4.1.Umumiy tushunchalar.
Yer po’sti uzoq tarixiy davrlar
mobaynida o’z tarkibining ichki tuzilishini va tashqi qiyofasini
to’xtovsiz o’zgartirib turgan. Bu o’zgarishlar yer po’stida va yuzasida
sodir bo’ladigan geologik jarayonlar bilan bog’liq.
Tabiiy xavfli jarayonlar deb, yer po’stining tarkibini, tuzilishini,
yotish holatini o’zgartiradigan hamda tog’ jinslarini hosil qiladigan,
geologik jarayonlarga aytiladi.
Tabiiy xavfli jarayonlar sodir bo’lish muddatiga ko’ra turlicha
b
o’ladi: ayrimlari juda tez muddatda tugallanadi (vulqon otilishlari,
zilzilalar) ayrimlari esa juda uzoq vaqt, uzluksiz, sokin bir necha million
yillar davom etadi (tektonik harakatlar, daryolarning o’z o’zani va
qirg’oqlarini yuvishi) va yerning tashqi qiyofasini va ichki tuzilishini
o’zgartiradi.
Tabiiy xavfli jarayonlar sodir bo’lishi uchun ma‘lum bir energiya
manbai bo’lishi lozim. Energiya manbai bo’lib Quyoshning issiqlik
energiyasi, Oy va Quyoshning tortish kuchi, yerning o’z o’qi atrofida
aylanishi,
yer qa‘rida radioaktiv elementlarning parchalanishidan ajralib
chiqqan issiqlik energiyasi va yer qa‘ri jismlarning solishtirma og’irligi
Tektonik uzi
lishlar bo’ylab hosil bo’lgan keskin harakat zilzila
epitsentrida Yer yuzasini deformatsiyalanishiga (ko’tarilishi va
cho’kishiga) olib keladi. Natijada turli uzunlikdagi, kenglikdagi,
amplituda va yo’nalishdagi yoriqlarni hosil qiladi. Bunday hodisalar
1885 yilda Oqsuv (Qirgiziston) va 1957 yilda Oltoy zilzilalari vaqtida
kuzatilgan.
Kuchli zilzilalarning ta‘siridan tog’ yonbag’irlarida va daryo
vodiylarida ag’darilishlar (qulashlar) hamda surilishlar hosil bo’ladi.
Zilzilalar tez-tez va katta kuch bilan s
odir bo’ladigan yer yuzaning
qismlarini seysmik viloyatlar deyiladi. Seysmik viloyatlarga Tinch
okeanining chekka qismlari, O’rta Yer va Qora dengizlarning
qirg’oqlari, Kavkaz va Eron tog’lari, Hindikush, Pomir, Ximolay,
Hindixitoy va Malay yarim orollari qarashlidir.
Yuqorida ko’rib o’tilgan zilzilalar, tektonik zilzilalar turiga kiradi.
Tektonik zilzilalardan tashqari kichik maydonlarda denudatsion va
vulqon zilzilalari sodir bo’lishi mumkin.
Denudatsion zilzilalar tog’ jinsi massivlarining qulashi ta‘siridan
hosil
bo’lgan turtki natijasida hosil bo’ladi. Aksariyat bunday qulashlar
yer yuziga yaqin chuqurlikda joylashgan yer osti bo’shliqlari tabiiy
shiplarining buzilishi natijasida ro’y beradi. Denudatsion zilzilalar karst
rivojlangan tumanlar uchun ham xarakterlidir. Lekin katta qulashlar yer
yuzida vujudga keladi. Denudatsion zilzilalar ta‘siridan yer po’stida
vujudga kelgan tebranma harakatlar uncha katta ta‘sirli bo’lmaydi va
kichik masofalarga tarqaladi va ta‘sir qiladi.
Vulqonlarning otilishi jarayon
ida ham zilzila paydo bo’ladi.
Bunday zilzilalarga vulqon ostidan ko’p miqdorda lava oqib chiqishi
natijasida hosil
bo’lgan bo’shliqlarning buzilishi sababchi bo’ladi. Bu
turdagi zilzilalar ham kichik maydonga tarqaladi va ta‘sir qiladi.
Seysmik hodisalarni gidrotexnik inshootlar qurilishida hisobga
olish zarur. Chunki zilzila ta‘siri natijasida inshootlarning
mustahkamligi va chidamliligi (qo’shimcha kuch ta‘sir qilishi),
inshootlarning asosni tashkil etgan tog’ jinslarining xususiyatlari va
holatlari o’zgarishi mumkin. Masalan: zilzila kuchi ta‘sirida qumlar
zichlanishi, gilli jinslarning holati va mustahkamligi o’zgarishi mumkin.
Shuning uchun inshootlarni zilzila ta‘siriga nisbatan chidamli tog’
jinslari tarqalgan maydonlarga joylashtiriladi. Magmatik, metamorfik va
cho’kindi qoyatosh jinslari inshootlarning ishonchli mustahkam asosi
bo’ladi, lekin plastik holatda bo’lgan gilli jinslar va suvga to’yingan
qumlar esa deyarli yaxshi mustahkam asos bo’la olmaydi, chunki zilzila
zarbidan bu jinslarning holati
o’zgarib suyulishi mumkin va inshootlar
xalokatli deformatsiya berishi va shikastlanishi mumkin.
39
46
bo’yicha bo’linishi natijasida hosil bo’lgan energiya xizmat qiladi.
Energiya manbaiga qarab geologik jarayonlar ekzogen (tashqi) va
endogen (ichki) turlarga bo’linadi.
Tashqi xavfli tabiiy jarayonlar yer yuzasida sodir bo’ladi va
haroratning kecha-
kunduz va fasl davomida o’zgarishi, yomg’ir, qor
suvlari ta‘siri, dengiz suvlarining ko’tarilishi va pasayishi, shamolning
ta‘siri natijasida tog’ jinslari parchalanadi va bu parchalangan jins
bo’laklari turli masofalarga tashiladi, yotqiziladi va yangi cho’kindi jins
uyumlarini
hosil
qiladi.
Tashqi
xavfli
tabiiy
jarayonlarga
organizmlarning skelet qoldiqlari va o’simlik qoldiqlaridan cho’kindi
jins hosil
bo’lishi jarayonlari ham talluqlidir.
Tashqi xavfli geologik jarayonlar yer yuzasida ichki tabiiy xavfli
geologik
jarayonlar
natijasida
hosil
bo’lgan makrorelefning
tekislanishiga sabab bo’ladi, ya‘ni yuqori balandliklarga joylashgan tog’
jinslari parchalanadi, buziladi, turli tabiiy omillar yordamida tashiladi va
relefning chuqur, pastkam yerlariga yotqiziladi. Natijada nisbatan
tekislangan yuzalarni pasttekisliklarni daryo vodiylarini hosil qiladi.
Tashqi xavfli tabiiy jarayonlarga (keltirib chiqaruvchi sabablarga
ko’ra) nurash, shamolning, oqar suvlarning, muzliklarning,
dengizlarning, ko’llarning, botqoqliklarning, yer osti suvlarining va
nihoyat odamlarning geologik faoliyati kiradi.
Ichki xavfli tabiiy jarayonlar deyilganda, yerning ichki
sferalaridan ajralib chiqqan magma massasining litosfera qatlamlaridagi
harakati tushuniladi. Tog’ jinsi qatlamlarining burmalanishi yoki uzilishi
natijasida yer po’stining ayrim qismlari yoriqlar yuzasi bo’ylab
ko’tarilishi va bukilishi natijasida tog’ tizmalari va botiqliklarning hosil
bo’lishi ham kiradi. Bu massaning bir qismi yer qobig’idagi yirik
yoriqlar orqali yer yuziga sizib chiqishi mumkin. Yer po’stida harakat
qilgan
va yer yuziga sizib chiqqan magma massasi magmatik tog’
jinslarini hosil
qiladi. Magma massasining litosfera yoriqlari bo’ylab
harakati jarayonida, litosferaning ayrim qismlari qattiq qizdiriladi,
atrofida joylashgan jinslarga eritmalar, gazlar, bug’lar katta bosim bilan
ta‘sir ko’rsatadi va natijada jinslarning tarkibi, tuzilishi va yotish holati
o’zgaradi.
Shunday qilib, tabiatda hamma narsa uzluksiz harakatda va
o’zgarishda bo’ladi. Bu o’zgarishlar uzaro ta‘sirda, ichki va tashqi xavfli
tabiiy jarayonlar bir-birlari bilan uzluksiz qarama-qarshi kurashda
rivojlanadi. Ichki va tashqi kuchlarning qarama-
qarshiligi, o’zaro ta‘siri
va birligi planetamiz tarixiy rivojlanishining dialektikasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |