O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti «Atrof muhit himoyasi va ekologiya» kafedrasi



Download 0,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/87
Sana07.12.2020
Hajmi0,59 Mb.
#53067
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87
Bog'liq
geologiya 1-qism. umumiy geologiya

3.2.Magmatik tog’ jinslari. Magmatik yoki otkindi tog’ jinslari 

magmaning sovib qotishi va kristallanishidan hosil 

bo’ladi. Magmaning 

qaerda 


–  yer  po’stining  ichkarisidami  yoki  yuzasidami  sovib  qotishiga 

qarab  ikki  xil  turdagi,  intruziv  (er  ichkarisida  sovib  qotgan  jinslar)  va 

effuziv  (oqib  chiqib  sovib  qotgan)  tog’  jinslariga  bo’linadi.  Intruziv 

yuzalarga  yoggan  yomg’ir  yoki  erigan  qorlar  nurashdan  parchalangan 

mayda zarrali jinslarni yupqa parda ko’rinishida to’yintiradi. To’yingan 

parda  o’z  og’irligi  ta‘sirida  yuza  bo’ylab  harakat  qiladi.  Og’irlashgan 

suv pardasi bilan harakat qilayotgan jins zarrachalari qiyalikning pastki 

tekis va yotiq yerlariga yotqiziladi. Bu jarayon ko’p marta qaytalanadi 

va  qiyaliklarning  ostki  qismlarida  delyuvial  shleyfni  hosil  qiladi. 

Shleyfning  qiyaligi  shunchalik  kichik  bo’ladiki,  unda  yomg’ir  suvi 

oqimlar og’irlik kuchini yengib harakat qila olmaydi. 

Yomg’ir  suvlarining  kuchi  juda  kichik  bo’lganligi  uchun  ular 

faqat  nurashdan  hosil  bo’lgan  juda  mayda  zarralarni  yuvadi.  Shuning 

uchun  delyuvial  jinslar  odatda  qumoq  tuproq  va  gilli  tuproqlardan 

tashkil  topadi.  Ayrim  hollarda  ularning  tarkibida  qiyaliklardan 

dumalangan (surilgan) yirik jins bo’laklari ham uchrashi mumkin. 

Jarliklarning  hosil  bo’lishi.  Tog’  jinslarining  vaqtincha  hosil 

bo’ladigan  oqimlar  bilan  yuvilishi  yerlarning  uyilishiga  olib  keladi. 

Yomg’ir  yog’ishi  qaytalanishi  bilan  vodiy  yonbag’ridagi  o’yilmaning 

chuqurligi  ortib  boradi  va  qiyalik  bo’yicha  yuqoriga  va  pastga  o’sib 

boradi.  O’yilma  balandlikning  yuqorisiga  yetgandan  so’ng  tik  devor 

hosil  bo’ladi  va  yig’ilgan  suvlar  sharshara  ko’rinishida  oqib  tusha 

boshlaydi.  Natijada  yuvilish  te

zlashadi  va  uyilma  o’rnida  jarlik  hosil 

bo’ladi. 

Jarliklarning o’z tagini yuvishi erroziya bazisigacha davom etadi. 

Jarlikning quyi qismidagi eng pastki sathi yoki jarlik daryoga, ko’llarga 

qo’yilsa ularning sathi jarlikning erroziya bazisi hisoblanadi. Jarlikning 

yuqori  qismlari  shu  hududdagi  eng  baland  sathga  yetganda,  undan 

oqadigan suvning miqdori ortmay qo’yadi va jarlik o’sishdan tuxtaydi. 

Jarlik o’sishdan to’xtagandan so’ng uning ko’ndalang kesimi tekis yotiq 

shaklga esa bo’ladi, ya‘ni jarlik muvozanat kesim shakliga ega bo’ladi, 

jarlik esa soyga aylanadi. 

Jarliklar  ayniqsa  O’zbekiston,  Tojikiston,  Turkmaniston, 

Qirgizistonning  tog’  oldi  hududlarida  kuchli  va  keng  ko’lamda 

rivojlangan. 

Jarliklarning  rivojlanishi  xalq  xo’jaligiga  katta  zarar 

yetkazganl

iklari uchun ularni oldini olish maqsadida jarlik hosil bo’lgan 

yoki  bo’lishi  mumkin  bo’lgan  yerlarda  daraxtlar  o’tkaziladi  va  suv 

oqimining tezligini kamaytirish uchun turli xil to’siqlar quriladi. 

Sel  oqimlari.  Jarlik  yerlarda  kuzatiladigan  erroziya  jarayoni, 

tog’lik tumanlarda joylashgan soylar va daryolarda yana ham katta kuch 

bilan  jadal  rivojlanadi.  Chunki  bunday  yerlarda  bahor  oylarida  jala 

yomg’irlari bo’lgan va qor jadallik bilan erigan davrlarda, tarkibi katta 

hajmda  maydalangan  jinslar  bilan  to’yingan,  katta  kuchli  oqim  hosil 

29 

56 



  

(otqindi)  tog’  jinslari  yuqori  harorat  va  bosimli  sharoitda  magmaning 

sekin sovishidan hosil 

bo’ladi. Bunday sharoitda magmani tashkil qilgan 

zarrachalari  yaxshi  qirralangan  kristallar  va  kristall  zarralari 

ko’rinishidagi  barqaror  kimyoviy  birikmalar  hosil  qilishga  ulguradilar. 

Bunday tog’ jinslari uchun to’liq kristalli struktura xarakterlidir. Intruziv 

jinslarning  tipik  namunasiga  granitlar,  granodioritlar,  dioritlar  va 

boshqalar kiradi. 

Magma, lava ko’rinishida yer yuzasiga yoki okean, dengiz ostiga 

oqib  chiqishi  bilan  o’zi  hosil  bo’lgan  sharoitdan  keskin  farq  qiladigan 

kichik  bosim  va  harorat  sharoitiga  duch  keladi.  Bunday  sharoitda,  tez 

sovib  qotish  natijasida  hosil 

bo’lgan  effuziv  jinslar  to’liq  kristallanib 

ulgurmaydi  va  shuning  uchun  ularning  tarkibida  turli  miqdorda  vulqon 

shishasi  mavjud  bo’ladi.  Sovib  qolgan,  puffaksimon  lavalarda,  tashqi 

bosimning  keskin  kamayishi  natijasida  ko’p  miqdorda  gazsimon 

mahsulotlar  ajralib  chiqadi  va  ularning  o’rnida  yumaloq  bo’shliqlar  – 

g’ovaklar hosil bo’ladi. Bunday jinslarning tuzilishi hech qachon to’liq 

kristalli  bo’lmaydi.  Bu  xolni liparit,  kvartsli  porfir, datsit,  andezit tog’ 

jinslarida yaqqol ko’rish mumkin. 

Intruziv tog’ jinslari hosil bo’lish chuqurligiga qarab abissal (katta 

chuqurliklarda  hosil 

bo’lgan) va gipabissal (kichik chuqurliklarda hosil 

bo’lgan)  turlarga  bo’linadi.  Gipabissal  jinslar  hosil  bo’lishi  jarayonida 

magmaning  harorati  abissal  jinslar  hosil 

bo’ladigan sharoitga nisbatan, 

kichik  bosim  hisobiga  tezroq  pasayadi.  Tashqi  qiyofasi  bo’yicha 

gipabissal jinslar effuziv va intruziv jinslar oralig’ida joylashadi. 

Magmatik  jinslarni  o’rganishda  uning  strukturasi  va  teksturasi 

katta ahamiyatga ega. Magmatik 

tog’ jinslarining strukturasi magmaning 

kristallanish sharoiti, uning tarkibi va uchuvchan, yengil birikmalarning 

mavjudligi bilan bog’liq. Kristallanish darajasi bo’yicha, to’liq kristalli-

donali,  to’liq  kristalli-mikrodonali,  yarimkristallik  va  shishasimon 

strukturalarga ajratiladi. 

To’liq  kristalli-donali  strukturalar  katta  chuqurlikda  magmaning 

yengil  uchuvchan  komponentlar  ishtirokida  sekin  sovib  qotishidan 

paydo bo’ladi. 

To’liq  kristalli-mikrodonali  strukturalar  magmaning  kichik 

chuqurliklarda  va  ayrim  hollarda  yer  yuziga  oqib  chiqishidan, 

kristallanishidan hosil 

bo’ladi. 

Yarim kristalli va shishasimon strukturalar magmaning yer yuziga 

oqib  chiqib  tez  sovib  qotishidan  hosil 

bo’ladi.  Donalarning  nisbiy 

kattaligiga qarab tekis donali (donalar kattaligi teng) va notekis (donalar 

bir-biriga  teng  emas)  donali  strukturalarga  ajratiladi.  Tekis  donali 

strukturali  jinslarda  kristall  donalarining  kattaligi  nisbatan  bir-xil 

balandlik  bo’yicha  saralanadi.  Yirik  (3-4  sm)  zarralar  2-5  metr 

balandlikda,  yirik  donali  qumlar  8-10  metr  balandlikda,  mayda  qumlar 

bir necha o’n metr balandlikga, chang zarralari esa 1000 metr va undan 

ortiq balandlikga ko’tariladi va harakatlanadi. 

SHamol  bilan  ko’tarilgan  gil,  chang  va  qum  zarralari  o’n,  yuz 

ming  kilometrlarga  olib  ketiladi.  Ularning  to’planishi  zarralarning 

kattaligi bo’yicha saralanish bilan bir vaqtda sodir bo’ladi. Eng yiriklari 

yer  yuzasi  bo’ylab  yumalaydi  va  juda  kichik  to’siqlarga  duch  kelishi 

bilan  o’z  harakatini  to’xtatadi.  To’siqlar  atrofida  qum  zarralarining 

yig’ilishi  natijasida  kichik  qum  do’ngliklari  hosil  bo’la  boshlaydi. 

So’ngra  bu  qum  do’ngliklari  tez  o’sa  borib  balandligi  30  metrlarga 

yetish  mumkin.  Bunday  yoy  shakli  ko’rinishidagi  qum  tepaliklarini 

barxanlar deyiladi. Barxanlarning shamolga qaragan tomonining qiyaligi 

8-140, shamolga teskari tomonining qiyaligi 30-

350 ga teng bo’ladi. 

Barxan  guruhlari  keng  maydonlarda  barxan  tizmalarini  hosil 

qiladi.  Barxan  yotqiziqlari  aksariyat  mustahkamlangan  bo’lmaydi  va 

sham

ol yo’nalishi bo’ylab ko’chib yuradi. Ularning harakat tezligi yiliga 



bir-necha  santimetrdan  7-12  metrga  yetishi  mumkin.  Shamolning 

yo’nalishi o’zgarishi bilan qum tepalarining harakat yo’nalishi va shakli 

o’zgarib turadi. 

Dengiz,  ko’l  va  daryo  qirg’oqlarida  joylashgan  qumlarning 

shamol ta‘siridan harakatlanishi, tashilishi va sohil bo’ylab yotqizilishi 

natijasida cho’ziq qum uyumlari ya‘ni dyunalar hosil bo’ladi.  

SHunday qilib, shamolning harakati natijasida turli shakldagi qum 

uyumlari  hosil  bo’ladi  va  juda  katta  maydonlarni  qoplaydi.  Bunday 

maydonlar O’zbekiston, Turkmaniston va Qozogiston respublikalarining 

juda katta maydonlarini tashkil qiladi (Qoraqum, Kizilqum, Muyunqum 

saxrolari). 

SHamol  keltirgan  yotqiziqlarni  eol  yotqiziqlari  deyiladi.  Bu 

jinslar 

yotish  holati  bo’yicha  qirqimda  qiyshiq  qatlamli,  yotiq 

linzasimon, gorizontal qatlam shakllari ko’rinishini hosil qilib yotadi. 

SHamolning  faoliyati  xalq  xo’jaligiga  katta  zarar  yetkazadi, 

harakatlanuvchi qumlar ta‘sirida hosildor yerlarni, imorat va inshootlarni 

qum  bosishi  mumkin.  Ko’chma  qumlarni  mustahkamlash  uchun  ildiz 

tizimi  ko’p  va  chuqurga  ketadigan  o’t  va  daraxtlar  ekiladi.  Qumning 

harakat  yo’liga  sun‘iy  to’siqlar  quyilishi  mumkin.  Ayrim  hollarda  esa 

harakatlanuvchi  qumlarga  qotib  qoluvchi  eritmalar  shimdirilib 

mustahkamlanadi. 




Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish