1 -jadval
Geosferalarning kimyoviy tarkibi
Kimyoviy
elementlar
Granit
qatlami
Bazalt
qatlami
Litosfera
(16-20
kilometr-
gacha)
Yerning
umumiy
kimyoviy
tarkibi
0
47,59
44,24
46,8
27,71
Si
27,72
23,24
27,3
14,53
Al
8,13
8,46
8,7
1,79
Fe
5,01
8,76
5,1
29,76
Ca
3,03
6,51
3,6
2,32
Na
2,85
2,35
2,6
0,38
K
2,60
1,28
2,6
0,14
Md
2,09
3,73
2,1
8,69
Ti
0,63
0,83
-
0,02
C
0,09
-
-
0,04
S
0,05
0,10
-
0,64
P
0,13
0,20
-
0,11
Mn
0,04
0,25
-
0,07
Cn
-
-
-
0,20
Ni
-
-
-
3,46
Boshqa
elementlar
0,04
0,05
1,2
0,14
Barcha
elementlar
100
100
100
100
Ilmiy
kosmogoniyada
Quyosh
atrofidagi
bulutligining
(tumanligining) kelib chiqish masalasi o’ta murakkab muammo
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Quyosh tizimidagi planetalarni hosil
qiluvchi birlamchi bulutlikning (tumanlikning) hosil
bo’lishi to’g’risida
2
– ma‘ruza. Mavzu: TABIIY MINYeRALLAR HAQIDA
ASOSIY MA‘LUMOTLAR
Reja:
2.
1.Umumiy ma‘lumotlar
2.2.Tabiiy minerallarning hosil
bo’lish sharoitlari
2.3.Minerallarning fizik xususiyatlari
2.4.Minerallarning tasnifnomasi
Adabiyotlar: 7,10, 14, 15, 17, 20, 21, 23, 24, 26, 33, 36, 37, 40,
48, 49, 52, 54, 64, 68, 79, 81, 82, 83.
Tayanch iboralar: minerallar, kristall va amorf minerallar,
endogen, ekzogen va metamorfik minerallar, kristall agregatlar,
psevdomorfozalar, minerallarning qattiqligi, Moos shkalasi.
2.1.Umumiy ma‘lumotlar. Kimyoviy elementlar yer po’stida sof
holatda deyarlik uchramaydi, ular doimiy
tarkibga ega bo’lgan kimyoviy
birikmalar hosil
qiladi. Tarkibi va tuzilishi bir xil bo’lgan, yer po’sti
ichkarisida va yuzasida sodir bo’ladigan turli-tuman jarayonlar
natijasida hosil
bo’lgan kimyoviy birikmalar hosil qiladi. Tarkibi va
tuzilishi bir xil
bo’lgan, yer po’sti ichkarisida va yuzasida sodir
bo’ladigan turli-tuman jarayonlar natijasida hosil bo’lgan tabiiy
kimyoviy birikmalar minerallar deyiladi. Minerallar sun‘iy yo’l bilan
ham olinishi mumkin. Yer po’stining turli qismlarida ma‘lum fizik-
kimyoviy sharoitlarda-bosim, harorat va turli miqdordagi eritmalar
ta‘sirida va ishtirokida hosil bo’lgan minerallar, faqat shu sharoit uchun
o’zgarmas va barqaror hisoblanadi. Ko’pgina hollarda sharoit o’zgarishi
bilan ular o’zgaradi yoki yangi sharoitga xos bo’lgan yangi mineral
birikmalarini hosil qiladi.
Minerallar yakka kimyoviy elementdan (oltingugurt, olmos,
grafit, sof, tugma, mis) yoki qator elementlarning (kvarts, slyuda,
ortoklaz) kimyoviy birikmalaridan tashkil topishi mumkin.
Hozirgi vaqtda 5000 do
na mineralning nomi ma‘lum. Ulardan
taxminan 2500 tasi mustaqil minerallar hisoblanadi, qolganlari esa
ularning boshqa ko’rinishlariga yoki sun‘iy yo’l bilan olingan kimyoviy
birikmalarga kiradi.
Bu minerallarning ko’pgina qismi yer po’stida kamdan-kam
uch
raydi va faqat 50 ga yaqini keng tarqalgan va tog’ jinslarini hosil
qiluvchi minerallar hisoblanadi.
13
16
ikkita asosiy gipoteza mavjud. Ulardan biri Quyoshning atrof koinotdan
jismlarini tortib olishidan, ikkinchisi Quyosh va Quyosh tizimidagi
planetalar birga bir vaqtda bir xil gaz-
chang yig’indilaridan hosil
bo’lganligini taxmin qiladi.
Akademik O.Yu.SHmid
t gipotezasiga ko’ra, Quyosh olam
bo’shlig’idagi harakati jarayonida gaz-chang bulutliklaridan iborat
bo’lgan yulduzlar oralig’idagi jismlarni o’ziga tortib olgan. Bu
bulutliklar vodorod gazsimon, asosiy qismi muzlardan iborat bo’lgan
qattiq zarralardan tashkil topgan. Tosh va metall jismlar ham mavjud
bo’lgan. Tosh va muzdan iborat bo’lgan qattiq zarralardan Quyosh
tizimining ko’pgina jismlari hosil bo’lgan. Quyosh atrofidagi
bulutliklardagi qattiq zarralarning to’qnashuvi natijasida ular bir-birlari
bilan
yopisha boshlagan va bulutlikning o’zi esa yassi, zichligi ortgan
qatlamga aylangan. Katta jismlardan planeta va boshqa kosmik jismlar
hosil
bo’lgan. Planetalar hosil bo’lishi jarayonida, bir-birlari bilan
to’qnashgan ayrim zarralar tezligini katta miqdorda yo’qotib umumiy
bulutlik yig’indisidan uzoqlashgan. Bu zarralar planetalar atrofida
aylana boshlaydi, so’ngra esa ular yig’ilib yo’ldoshlarni hosil qiladi.
O.Yu.SHmidtning gipotezasiga ko’ra Yer va boshqa planetalar
birlamchi sovuq jismlar bo’lgan, so’ngra Yerning ichki issiqligi
radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida hosil
bo’lgan.
Akademik A.G.Fesenkov Quyosh va boshqa planetalarning hosil
bo’lishini yulduzlarning paydo bo’lishi muammosi bilan birgalikda
ko’rib chiqadi. Gallaktikadan tashqarida joylashgan tumanliklarning
tuzilishini o’rganish hozirgi kunda ham yulduzlar hosil bo’layotganligini
ko’rsatdi. Yulduzlar gaz-chang tumanliklarida joylashgan diffuzion
jismlarning quyuqlashuvidan paydo bo’ladi. Ayrim tumanliklarda
quyuqlashgan gaz-chang
yig’indilarining mavjudligi kuzatiladi. Ayrim
yig’indilarning parchalanishi va ulardan yulduzlarining hosil bo’lishi
ma‘lum bo’ldi. Yulduz jismlarining dunyo bushlig’iga yoyilish jarayoni
ham isbotlandi.
V.G.Fesenkov, Quyosh va planetalar qattiq yassi disk shaklidagi
yulduzlar oraligidagi gaz-chang
yig’indilaridan (kuykalaridan) hosil
bo’lgan deb hisoblaydi. Avvalo katta massaga ega bo’lgan va hozirgi
vaqtga nisbatan tezrok aylanadigan Quyosh hosil
bo’lgan. So’ngra esa
aylanish tezligi katta bo’lganligi uchun gaz-chang jismlarining juda ko’p
qismi markaziy yig’indiga qo’shila olmagan va uning ekvator qismidan
ajralib tumanlik markazidan uzoqlashib borgan. Bu ajralgan qismlarning
harakati markaziy yig’indining harakatini qaytargan.
Markaziy yig’indidan tashqaridagi gaz-chang jismlarining asta-
sekin zichlanishi Quyosh tizimining hozirgi vaqtda mavjud planetalarini
hosil
bo’lishiga olib kelgan.
Hozirgi davrdagi tasavvurlarga ko’ra Quyosh tizimi jismlari
fazoda birlamchi sovuq va gazsimon materialning yig’ilishi va
zichlanishi natijasida Quyosh va birlamchi planetalar paydo bo’lguniga
qadar shakllangan. Asterioid va meteoritlar yer guruhhiga kirgan
planetalar uchun, kometa va meteorlar esa gigant planetalar uchun ilk
(dastaval) mahsulot hisoblanadi. Yerni hozirgi vaqtdagi qobiqli
tuzilishining shakllanishi birlamchi gomogen (bir xil tarkibli, tuzilishi)
moddalarning og’irligiga bog’liq ravishda differentsiatsiya jarayoni
bilan bog’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |