bo’lgan. Chunki bu masala ulkan amaliy ahamiyatga ega. Yerning paydo
va unda bo’ladigan jarayonlarni to’g’ri tushunish mumkin emas.
Qadimgi davrlarda Yerning va Quyosh tizimining vujudga kelishi
to’g’risidagi tasavvurlar asosan xurofiy bo’lgan. Faqat uyg’onish
davrida (XV asrning oxiri va XVI asrning boshi) fanni dinning
tazyiqidan ozod bo’lishi boshlanadi.
Polyak olimi Nikolay Kopernik (1473-1543) «Dunyo jismlarining
aylanishi haqida» nomli asarida birinchi bo’lib Yer koinotning markazi
emas, balki Quyosh atrofida doimo aylanib turadigan kichik planeta
ekanligini aniqlab berdi.
XVII asrning oxirida nemis olimi Leybnits (1646-1716) Yer
qachonlardir qizigan (chug’ holatidagi) nur tarqatuvchi jism bo’lgan
degan fikrni o’rtaga tashladi. Yerning yuqori qatlamlarini u Yer yuziga
oqib chiqqan massaning shlaklariga uxshatdi.
1745 yilda frantsuz olimi J.Byuffon (1707-1788) Yer va Quyosh
tizimining boshqa planetalari bir necha o’n ming yil avval Quyoshning
kometa bilan falokatli to’qnashuvidan ajralib chiqqan Quyosh
jismlaridan hosil
bo’lgan deb isbot qilishga harakat qildi.
Nemis faylasufi Immanuil Kantning gipotezasiga (1755y.)
ko’ra,
birlamchi koinot turli kattalikdagi va zichlikdagi qattiq, harakatsiz chang
zarrachalaridan tashkil topgan. Zarrachalarning o’zaro tortilishi
natijasida ular harakatlana boshlaganlar. Lekin ular zarralarning kattaligi
va zichligiga bog’liq ravishda turli tezlikda harakatlanganlar.
Zarralarning to’qnashuvi butun tizimni aylanishiga va uning markazida
zarralarning to’planishiga olib kelgan. Zarralar bu markaziy qism
atrofida aylana orbitasi bo’ylab bir tomonga aylana boshlagan.
Harakatlanayotgan zarralarning qo’shilishidan planetalar hosil bo’lgan.
Kantning ta‘kidlashicha osmon jismlarining hosil bo’lishi va hozirgi
olamning tarqoq materiyadan hosil
bo’lish jarayoni million yillar davom
etgan.
Frantsuz matematigi Per Simon Laplasning fikricha (1796y.)
koinot qizdirilgan gazsimon jismlardan tashkil topgan va u o’z o’qi
atrofida qattiq jismlar kabi sekin bir tekis aylanadigan birlamchi gaz
tumanligidan
iborat bo’lgan. Gaz tumanligi asta sekin sovib siqilib
borishi bilan aylanish tezligi va markazdan qochirma kuch ayniqsa
tumanlikning ekvator qismida ortib borgan. Natijada jismlar tumanlik
ekvatori yuzasiga yig’ilib borgan va yassi disk shaklini egallagan.
Ekvatordagi markazdan qochma kuch tortish kuchidan orta
boshlaganidan so’ng, tumanlikning ekvator qismidan gaz xalqalari
ajralib chiqa boshlagan va tumanlik harakat qilayotgan yo’nalishda
aylanishni davom etdirgan. Xalqa jismlari asta-sekin zichlanib borib gaz
quyqalarini (yig’indilarini) yoki birlamchi planetalarni (planeta
Qattiq minerallarning aksariyat ko’pchiligi kristall holatida,
ozgina qismi esa amorf holatda uchraydi.
Kristall va amorf holatlarining farqi shundan iboratki, kristallik
minerallardagi ionlar shu jism uchun ma‘lum aniq bir tartibda joylashadi
va struktura panjarasini hosil qiladi. Amorf minerallarda esa ionlarning
joylashishida qonuniy tartib bo’lmaydi.
Kristallik va amorf jismlarning ichki tuzilishidagi bunday farq
ularning fizik xossalariga (issiqlik o’tkazuvchanligi, ulanishi, qattiqligi
va boshqalarga) ta‘sir o’tkazadi. Shuning uchun ularni anizotrop jismlar
deyiladi. Amorf jismlarda esa ularning fizik xossalari hamma
yo’nalishlar bo’yicha bir xil bo’ladi. Bu jismlarni izotrop deyiladi.
Minerallar uch, to’rt, olti qirrali prizmalar yoki piramidalar,
boshqalari kublar, oktaedrlar ko’rinishiga ega bo’ladi.
Kristallning chegaralanish yuzasi uning yonlari, yonlar kesishgan
chiziqni uning qirrasi, qirralar kesishgan nuqtani uning uchi (chuqqisi)
deyiladi. Masalan kubning 6 tomoni, 12 qirrasi va 8 uchi bor).
Do'stlaringiz bilan baham: