1.3.Yer magnetizmi. Yerning fizik xususiyatlaridan biri uning
magnitligidir. Yer ulkan magnitdir. Yerning magnit maydoni uncha katta
bo’lmasa ham, u Yerning hayotida katta ahamiyatga ega.
Yer yuzasining magnit maydoni doimiy va o’zgaruvchan bo’ladi.
Doimiy magnit maydonining asosiy qismi Yer yadrosida, yadro va
mantiya chegarasida sodir bo’ladigan jarayonlar bilan bog’liq. Magnit
maydonining bu qismiga yer qobig’i jinslari barpo qilgan magnit
maydoni ham qo’shiladi. O’zgaruvchan magnit maydoni Quyoshning
nurlani
shi bilan ham bog’liq.
Yer Shimoliy va Janubiy magnit qutblariga ega. Ular geografik
qutblarga mos kelmaydi.
Magnit strelkasining ma‘lum bir joydagi geografik meridianidan
chetga burilishiga magnit chetlanishi deyiladi. Magnit chetlanishi
sharqiy va g’arbiy bo’ladi. Bir xil magnit og’ish burchaklarini
tutashtiruvchi chiziqlar izogon deyiladi.
Magnit strelkasining gorizontga nisbatan burchagi, magnit og’ishi
deyiladi. Shimoliy yarim sharda magnitning shimoliy strelkasi janubiy
yarim sharda esa janubiy strelk
asi gorizontga qarab og’adi. Og’ish
burchagi ekvatordan qutblarga qarab ortib boradi va magnit qutblarida
maksimumga (900) yetadi. Yer sharida bir xildagi magnit og’ish
burchaklarini tutashtiruvchi chizik izoklin deyiladi.
Og’ish va chetlanish miqdorlari kun, yil va asrlar mobaynida
Yerning Quyoshga nisbatan joylashgan o’rni va Quyoshning kun, yil va
asr mobaynidagi holatiga bog’liq ravishda o’zgarishga uchrab turadi.
o’ziga xos yangi mahsulotlar-pnevmatolitlar (pnevmo-gaz) hosil qiladi.
Bu eritmalar xlor, ft
or, brom, fosforlarga juda boy bo’lganliklari tufayli
juda yengil va harakatchan bo’ladi. Faqat shunday yo’l bilan hosil
bo’lgan mineral to’plamlarini-pnevmatolitik minerallar deyiladi. Bu
jarayon 3-6 km chuqurlikda 400-6000
0
S haroratda vujudga keladi deb
taxmin qilinadi.
Mineral hosil
bo’lishining gidrotermal bosqichi magmatik uchoq
evolyutsiyasining so’ngida, harorat 3740
0
S dan past bo’lganda va bosim
kichik bo’lgan sharoitda yuz beradi. Gidrotermal jarayonlarda minerallar
qaynoq mukammal yoki kolloid eritmalardan hosil
bo’ladi. Bu jarayonni
quyidagicha tasavvur qilish mumkin. Magmadan ajralib chiqqan suv
bug’i bilan erigan kimyoviy birikmalar, (komponentlar) yoriqlarda
harakat qilib, uzoq masofalarga olib ketiladi. Harorat va bosim kichik
muhitga tushishi bilan ular sovuy boshlaydi, suyuladi va qaynoq
eritmalar
–gidrotermalarni hosil qiladi. Yuqori harorat va nisbatan katta
bosimda bu eritmalar kimyoviy jihatdan juda faol bo’ladi. Magmatik
uchoqdan uzoqlashishi (Yer yuzidan 4-6 km chuqurlikda) va asta-sekin
sovushi bilan, gidrotermalarning eritish qobiliyati pasayadi va ilgari
erigan birikmalarning bir qismi turli-
tuman mineral tuzlar ko’rinishida
cho’kmaga tushadi va jins yoriqlarini to’ldiradi.
Ekzogen
(gipergen) jarayonlar Yer po’stining past haroratli va
bosimli yuqori qismi bilan bog’liq bo’ladi. Yer yuzasida mavjud bo’lgan
murakkab jarayonlar birlamchi magmatik jins va minerallarning
buzilishiga olib keladi. Bu buzilishlar sof mexanik tarzda sodir bo’lishi,
ya‘ni yaxlit tog’ jinslari turli kattalikdagi va shakldagi bo’laklarga
(parchalarga) aylanadi va keyingi qayta o’zgarishlar jarayonida
cho’kindi siniq jinslarni hosil qiladi. Tog’ jinslari va minerallarga
atmosfera, gidrosfera va biosferaning turli xil kimyoviy agentlarining
ta‘siri ularning tarkibini o’zgarishiga va muayyan sharoit uchun barqaror
yangi mineral birikmalarining paydo bo’lishiga olib keladi. Bunday yo’l
bilan hosil
bo’lgan minerallar va tog’ jinslari cho’kindi minerallar va
tog’ jinslari deyiladi va hosil kiluvchi asosiy omiliga ko’ra, kimyoviy va
organik turlarga bo’linadi.
Shunday qilib, ekzogen kuchlar ta‘siri natijasida birlamchi jinslar
murakkab o’zgarishlarga uchrab ikkilamchi cho’kindi tog’ jinslarining
hosil
bo’lishiga sabab bo’ladi. Hosil bo’lgan cho’kindi jinslar esa
qaytadan ye
r yuzasida va ichkarisida turli o’zgarishlarga uchrashi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |