4-mavzu: Adabiy asarni o'qishning shakliga va mazmuniga ko'ra turlari
Reja:
1.Adabiy asarni o'qishning shakliga ko'ra turlari. Adabiy asarni sinfda va uyda o'qish.
o'quvchilarni sinfda va uyda o'qishga qiziqtirish yo'llari.
2.Asarni ovoz chiqarib va ovoz chiqarmay o'qish, sharhlab o'qish. jo'r bo‟lib o'qish.
Rollarga bo'lib o'qish.
3.Adabiy asarni o'qishning mazmuniga ko'ra turlari. Asar mazmunini o'zlashtirishda
mantiqiy o'qish, mantiqiy o'qishda urg'u.
4.Adabiy o'qish, she‟rning hijolariga va turoqlariga. vazniga ehtibor bcrib o'qish.
5.Ifodali o'qish. Asarni o'qish qonun qoidalariga, tinish belgilariga ham shakliga, ham
mazmuniga ehtibor berib o'qish.
6.Badiiy o'qish. Badiiy o'qish orqali adabiyot darslarining sanha darslariga aylanib ketishi
mumkinligi, bunda tuyg'ular jo'shqinligining ustunligi
Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Adabiy asar, dramaturgiyada pafos,
dramatizm,
tragediya, komideya, dramatik harakat, adabiy-nazariy tushuncha, adabiy ta‟lim metodining
o„quvchi faoliyati shakllanishidagi ahamiyati, maktab adabiy ta‟limining mazmuni va qurilishi,
adabiyot o„qitish
usullari, ta‟lim jarayonida bilim va bilish, analitik fikrlash, lirik asar, epik
asar, ramatik asar, qahramonlar nutqi.
ADABIYOTLAR:
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O„zbekiston
davlatini birgalikda barpo
etamiz. – T.: “O„zbekiston” NMIU, 2017.
2. To„xliyev B. Adabiyot o„qitish metodikasi. –T.:O„qituvchi, 2010.
3.Yusupova Sh. Til ta‟limi va falsafa. –Toshkent.: Mumtoz so„z, 2009.
4.Yusupova Sh. Hozirgi o„zbek adabiy tili darslarida o„quvchilar tafakkurini o„stirishning
falsafiy asoslari. –Toshkent.: Fan, 2005.
5.Yo„ldoshev Q. Adabiyot o„qitishning ilmiy-nazariy asoslari.-T.1996.
6. N.Saidahmedov. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati//Xalq ta‟limi,1999, 1-son. 21-23
betlar.
7.Q.Husanboyeva.Ta‟limning zamonaviy texnologiyalari va mustaqil fikrlash //Til va adabiyot
ta‟limi. 2003, 2- son, 7-13 betlar.
8. J. Yo„ldoshev. Yangi pedagogik texnologiya //Til va adabiyot ta‟limi. 2003, 3 - son, 4-11
betlar.
Adabiy ta‟limda adabiy-nazariy tushunchalarning o„rni va ahamiyati. Ta‟limning ayrim
bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berishning mazmuni, hajmi va izchilligi masalalari
alohida tadqiq etilishi kerak. Ta‟lim bosqichlarida adabiy materiallar qanday berilishi kerak,
ularga oid bo„lgan nazariy tushunchalarning mazmuni va hajmi qanday bo„lishi kerak, degan
savollar amaliyotda tez-tez uchran turadi.Bu jarayonda bevosita adabiy-nazariy
tushunchalarni
o„rganish bilan birga, ularni o„rganish va o„zlashtirishga yordam beradigan
adabiy-tanqidiy
qarashlardan foydalanish ham bor. Matbuotda, gazeta va jurnallarda, adabiy-tanqidiy
yo„nalishdagi kitoblarda bunday qarashlarga keng o„rin beriladi. Ularda tegishli badiiy
asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo„ladi. Bunday ishlar o„quvchilarning
umumiy dunyoqarashiga, badiiy asarni to„g„ri anglashlari va o„zlashtirishlariga, undagi o„ziga
xosliklarni tezroq va teranroq tushunib olishlariga imkon yaratadi. Buning natijasida esa ularning
ma‟naviy olamlari yanada boyiydi, badiiy-estetik rivojlanishlarida qo„shimcha omil paydo
bo„ladi, eng muhimi ularning adabiy savodxonligi ko„tariladi.
Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan
klassik adabiyotni
o„rganishda ham, zamonaviy adabiyotni o„rganishda ham foydalanish mumkin. O„quvchilarning
umumiy tayyorgarligi, o„qituvchining darsni tashkil etishdagi o„ziga xos yondashuvlardan kelib
chiqqan holda ayrim adabiy-tanqidiy maqolalardan to„lig„icha, ayrimlaridan qisman foydalanish
maqsadga muvofiq bo„ladi. “Avesto” obidasini o„rganish jarayonida H. Homidovning “Avesto”
fayzlari, Bilga xoqon, To„nyuquq, Kul tigin yodnomalarini o„rganishda N. Rahmonovning “Turk
xoqonligi”, O„. Umarbekov ning hayoti va ijodini o„rganish jarayonida tanqidchi I.
G„afurovning “Adabiy qahramon larga xatlar”idan bemalol foydalanish mumkin. Shuningdek,
Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o„rganishda ko„plkab navoiyshunoslarimizning asarlaridan
jumladan, Izzat Sultonning “Navoiyning qalb daftari”dan A.Qayumovning bir qator kitoblaridan
foydalanish yaxshi samaraalr beradi. Mumtoz adabiyotni o„rganish jarayonida tasavvuf falsafasi
muammolariga ro„para kelinadi. Ushbu jarayonda alohida olingan ijodkorlarning asarlarini tahlil
qilish asnosida tasavvufning anchayin murakkab masalalalarini bir qator sodda va aniq tavsiflab
bergan olimlar N. Komilov, H. Homidov, I. Haqqulov, Y. Isxoqov va boshqalarning
tadqiqotlariga suyanish mumkin.
Alohida ta‟kidlash joizki, mumtoz
adabiyot haqida gapirilganda, ularning barchasini
yoppasiga tasavvuf adabiyoti sifatida baholash va tahlilda ham shunga intilish o„zini oqlaydigan
nuqtayi nazar emas. Har bir holat alohida yondoshuvni taqozo etishini unutmaslik kerak. Zero, “
shunday ijodkjorlar borki, na iste‟dod yo„nalishi, na dunyoqarashi, na voqelikka munosabati
ularni so„fiy deyish yoki mutasavvuflar safiga qo„shishga imkon beradi. Hayotiy ehtirosi baland,
qalbidan xalq va yurt dardi chuqur o„rin egallagan bunday ijodkorlarning
asarlarini majburan
tasavvufga keltirb bog„lash ularning san‟atkolrik mavqeini yuqori ko„tarmaydi, aksincha,
pasaytiradi”. O„z o„rnida kelgan talqin va tahlillar esa o„quvchilarning adabiy didini oshiradi,
ularning umumiy adabiy tayyorgarligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Akademik Alibek Rustamov tasavvuf adabiyotidagi ayrim obrazlar mohiyatini ochib berar
ekan, jumladan, shunday misollarni keltiradi: “ SHe‟rda “may” so„zi va uning ma‟nodoshlari:
istiora tarzida ilm-u ma‟rifat va ishq-u muhabbat ma‟nolarida qo„llanishi mumkin. So„zni
nazarda tutmasdan shu so„z bildirgan narsaning o„zini e‟tiborga olganda, ya‟ni. Masalan, “may”
so„zini emas, mayning o„zini il;m-u ma‟rifat va hokazolarning timsoli deb tasavvur qilinganda,
buni “ishora”, “ramz” yoki “simvol” deb ataydilar. Agar shu tasavvurga asoslanib yana so„zga
qaytilsa-yu, so„zning ma‟nosi nazarga olinsa, buni ramziy yoki simvolik ma‟no deyiladi. Agar
ramz yoki simvollar sistemasi e‟tibor olinsa, buni “ ishorat” , “rumuz” yoki “ simvolika”
deydilar.Endi shopir so„zlarini, jumladan, “may” so„zini o„z ma‟nosida
yoki ishora tarzida
qo„llanganini qanday bilamiz, degan savol tug„iladi. Buning javobi shunday: