Birinchidan,
shoirning qaysi adabiyotga mansubligini nazrga olish kerak. Qabih adabiyot
vakilidan ma‟rifat emas, fisq-u fujur o„rganish mumkin. Klassik shoir va buyuk olimdan esa
ichkilikbozning targ„ib qilishini kutish mumkin emas.
Ikkinchidan,
asarning mavzui va mazmunini hisobga olish kerak. Agar mavzui ichkilik haqida
bo„lsa, “may” so„zi va uning ma‟nodhslari asar mazmunida bo„ladi va bunda shoirning
ichkilikka bo„lgan munosabati bayon qilinadi. Agar mavzu ilm-u ma‟rifat bo„lsa, mazkur so„zlar
asarning formasida bo„ladi va bu holda ular o„z ma‟nosida qo„llanmagan bo„ladi.
Uchinchi,
belgi shundan iboratki, mazkur so„zlar ichkilik darajasiga sig„maydigan mutlaq
tushunchalarga nisbatan qo„llangan bo„ladi yoki shunday tushunchalar tarkibida beriladi.
Masalan, shoir men mayni tok vujudga kelmasdan ilgari ichganman yoki “ qabrim yonidan
o„tgan odam, may hidiga mast bo„ladi” desa, gap ichkilik haqida emasligi ma‟lum bo„ladi.
Umar Xayyom buyuk olim bo„lgan. Shuning uchun uning ruboiylarida “may” so„zi va
uning ma‟nodhslari ilm va uning lazzatini ifodalash uchun istiora qilinadi. Ilmiy ma‟lumotdan
xabar topishning, ayniqsa, biror ilmiy haqiqatni kashf qilishning kishiga ulug„ lazzat
bag„ishlashini eng qadimgi olimlardan tortib hozirgi olimlargacha ta‟kidlaganlar. Kashf qilingan
yoki idrok etilgan haqiqatning darajasi qancha ulug„ bo„lsa, uning lazzati ham shunchalik
lazizroq bo„ladi. Bu lazzatni tatib ko„rgan olim ilmni o„zga maqsadlar uchun, jumladan, obro„-yu
shuhrat, mansab qozonish vositasiga aylantirmaydi, - deydi Alibek Rustamov. qabul
Bu adabiy hodisalarni o„quvchilar tomonidan jonli va qiziqarli tushunilishiga qo„shimcha
imkon yaratadi. Qolaversa, fandagi yangiliklar olimlarning maqola va tadqiqotlarida dastlab yuz
ko„rsatadi. Birgina misol keltiraylik. Fanda uzoq muddat “Gul va Navro„z” dostoni Lutfiyga
nisbat berib kelindi. Ma‟lum bo„lishicha, uning Lutfiyga aloqasi yo„q, aksincha, u Haydar
Xoarzmiyning qalmaiga mansub ekan. Yoki Lutfiydek buyuk bir shoirning Toshkent da
tug„ilgani Shayx aahmad ibn Xudoydod taroziyning “Funun ul-balog„a” asari topilganidan
keyingina ma‟lum bo„ldi. Bi asar haqidagi ikki muallifning fikrlarini qiyoslab o„rganish ham
o„quvchilarning mustaqil, ijodiy fikrlarining shakllanishi va rivojida muhim omil bo„la oladi.
O„qituvchi o„quvchilardagi adabiy tushunchalarning rivojlanish bosqichlarini bilmasdan turib,
ta‟limda usullarni qo„llashda samrali natijalarga erisha olmaydi. Psixologik olimlarning fikricha,
o„quvchi o„z rivojida turli bosqichlarni-kichik ( 10-12 yosh), katta ( 13-14 yosh) va o„spirinlik (
15-17 yosh) davrini boshdan kechiradi. O„quvchilarda adabiy tushunchalarning rivojlanishi
ma‟lum sinfda o„qishiga ham mos bo„ladi. Yа‟ni kichik o„smir V-VII sinf larda, katta o„smir
VIII-IX va o„spirin keyingi bosqichlarda o„qiydi.O„quvchilar o„smirlik davriga ko„ra shartli
suratda guruhlarga bo„linadi. Chunki insonda ma‟naviy rivojlanish bir meyorda davom etmaydi.
Uning ichki rivoji faqat yoshiga emas, balki u tarbiyalanayotgan ijtimoiy, oilaviy muhitga va
uning shaxsiy xususiyatiga ham bog„liqdir.
Ma‟lumki, har bir sinfda adabiyotni turli darajada o„zlashtiruvchi o„quvchilarni uchratish
mumkin; ayrim o„quvchilarning adabiyotni o„zlashtirish qobiliyati boshqalarga qaraganda yaxshi
rivojlangan, ayrimlarida bo„sh rivojlangan bo„ladi. Ammo bir xil yoshda va bir sinfda o„qiyotgan
o„quvchilarning bunday xususiyatida umumiylik ham mavjuddir. Bu umumiylik ularning
adabiyotni o„zlashtirib borishlari davomida unga bo„lgan munosabatlarida badiiy asarda aks
ettirilgan qahramonlarga baho berishlarida ko„rinadi.Kichik o„smirning o„ziga xos xususiyati
shundaki, u o„zini bu yoshda bola deb hisoblaydi. Lekin uning bu bolalik xususiyati xulq-
atvorida, xatti-harakatida saqlansa ham, u o„zini katta bo„lgandek his qiladi va kattalarga o„xshab
harakat qilishga intiladi. Bu davrda ularda san‟atga, ayniqsa, kino va badiiy adabiyotga qiziqsh
boshlanadi. Ular xayoliy ertak, qahramon va jasur, shafqatli, oq ko„ngil odamlar haqidagi
asarlarni o„qishga oshiqadilar. Bu oshiqish, qiziqish xislatlari ularda turmush haqida o„z
bilimlarini oshirishga intilishlarining o„sib borishi natijasida paydo bo„ladi. Ular bu yoshda
kitobni turmushning aksi, unda tasvirlnagn voqealarni haqiqat deb biladilar.
V-VII sinf o„quvchilari san‟atning mohiyati haqida chuqur tushunchaga ega bo„lmasalar
ham, go„zallikni his qila boshlaydilar. Kitob o„qish ularga orom bag„ishlaydi. Masalan, dengizni,
o„rmonni ko„rmagan o„quvchi kitob o„qish bilan shoir, yozuvchi tasvirlagan dengiz, o„rmon
haqida tasavvurga ega bo„ladi va o„zicha ularni qog„ozda aks ettirishga harakat qiladi. Natijada
ularda asarda tasvirlangan voqea, qahramon haqida o„zlarida paydo bo„lgan fikrni o„z so„zlari
bilan bayon etish istagi qo„zg„aladi. V-VII sinf o„quvchilari yozuvchining bayonini jo„shqin nutq
deb qabul qiladilar, o„zlarini tabiat, borliq qo„ynida yurgandek his qiladilar. Ular asarni
o„qiganlarida , odatda, qahramonlar xususiyatiga e‟tibor bermagan holda, o„zlariga kuchli ta‟sir
ko„rsatgan bir-ikki qahramon obrazining xatti-harakatiga ahamiyat beradilar. Ular
qahramonlarning ko‟rashi, ruhiy kechinmalari imo-ishoralarida, nutqlarida namoyon bo„lishini
yetarli anglamaydilar. Ularni ko„proq asarda tasvirlangan bolalar obrazi qiziqtiradi. Katta yosh
kishilar obraznng bolalarga g„amginlik keltirishi, shafqatsizlik qilishi kichik o„smirga kuchli
ta‟sir etadi.
V-VII sinf o„quvchilari hamma narsa aniq va tez bo„lishini xohlaydilar.Shunda ular da
jiddiylashish alomati sodir bo„ladi. O„smir o„z so„zining haqqoniyligiga ishongani uchun
jiddiylashadi. Shu sabali ham, har bir o„qituvchi va metodistdan o„smirning bu xususiyati e‟tibor
berish, sabr bilan ularda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish talab etiladi. O„smirda asarni
estetik qabul qilish, u haqda mulohaza yuritish, o„qigan va o„zlashtirilganlarini xotirada saqlash,
mantiqiy fikrlash qobiliyatini uzluksiz o„stirib borish, ya‟ni ularni adabiy fikrlashga o„rgatib
borish kerak.
3. 8-9-sinf o„quvchilarida analitik fikrlash kuchliroq ekanligi. Pedagog va psixolog
olimlarning fikricha, VIII-IX sinf o„quvchilarida adabiyot haqidagi tushuncha V-VII sinf
o„quvchilarining tushunchasiga nisbatan rivojlangan bo„ladi. VIII-IX sinflarda o„quvchilar
san‟at, adabiyotga go„zallik namunasi sifatida munosabatda bo„la boshlaydilar, kitobni badiiy
boylik manbai deb biladilar. Shunga ko„ra, ular ko„proq o„zlarini qiziqtirgan kitoblarni
o„qiydilar. Asar qahramonlarinnig kechinmalari, murakkab hissiyotlari o„smirnnig o„z-o„zini, o„z
shaxsiyatidagi xususiyatlarni anglab olishiga, o„z ideallarini shakllantirishga va ro„yobga
chiqarishiga yordam beruvchi vosita bo„lib xizmat qiladi. Katta o„smir o„z ichki olami haqida
fikr yurita boshlaydi, asardan o„ziga ma‟qul bo„lgan voqea va obrazlarni axtaradi.
VIII-IX sinflardagi ayrim o„quvchilarda o„z qarashlarini fikr-mulohazalarini bayon etishga
ishtiyoq kuchayadi, asarni tahlil qilish ko„pincha shaxsiy mulohazalarni yoki nqiziqarli mavzuni
tahlil qilish bilan almashadi. San‟at, adabiyotga bunday shaxsiy munosabatda bo„lish barcha
o„quvchilarda bir xilda bo„lmaydi, albatta: ayrimlarda bunday munosabat sezilarli, ayrimlarda
kuchsiz, boshqalarda sezilmaydigan darajada bo„ladi. Shunga ko„ra, VIII-IX sinflarda,
o„quvchilardagi bu xususiyat e‟tiborga olingan holda, ularning asarga beradigan shaxsiy
baholari, bildiradigan mustaqil fikrlarning xolis bo„lishiga ahamiyat beriladi. Shu yo„l bilan
ularda kitobxonlik qobiliyati nazariy-adabiy tushunchalar yordamida rivoj toptiriladi.
VIII-IX sinflarda vaziyat pedagogik jihatdan bir xil bo„lsa ham, o„quvchilar o„z harakteriga
ko„ra bir-biridan farq qiladi. Bu sinflarda har bir o„quvchi o„ziga xosligi o„qigan asarlari haqida
bildiradigan mulohazalarida, bilim darajalarida, narsa va voqealarga qiziqishi va
munosabatlarida namoyon bo„ladi. Shu tufayli, o„quvchilar bilan shaxsiy munosabatda bo„linadi,
shaxsiy kechinmalari hisobga olingan holda, ayrim o„quvchining asar haqida xolis fikr
bildirishiga yordam beriladi, obrazli fikrlash qobiliyatiga ega bo„lgan o„quvchida adabiyotga
mustaqil yondashish qobiliyati o„stiriladi. Ammo, har vaqt o„quvchilarning madaniy nutqini
rivojlantirishga ahamiyat beriladi.
Umumta‟lim maktablari uchun chiqarilgan darsliklarda fanning nazariy jihatdan tuzulishi
uchun va amaliy foydasi xususida imkon qadar nazariy atamalar haqida izohlar berib
o„tadi.O„qituvchi adabiyot faniga daxldor nazariy tushunchalardan imkon qadar xabardor
bo„lishi lozim. Shuningdek, bunday atamalarni o„quvchilarga oddiy informatsion tariqasida
o„rgatmaslik mumkin emas. Balki nazariy tushuncha orqali adabiy hodisalarga mantiqiy jihatdan
odilona va keng ko„lamda munosabat bildirishga harakat qiladi.
Har bir tilning lug„at tarkibida boshqa tildan ma‟lum miqdorda so„z va iboralar o„zlashgan
bo„ladi. Bu narsa ayniqsa turli fanlarga oid atamalarga xos hodisadir. Fanlarni o„zlashtirishda
o„quvchilar ko„pincha atamalarga duch keladilar.Shuning uchun ularga atamalarni tushunib olish
va nutqda qo„llashga o„rgatish muhim metodik masalardan biridir.
O„quvchi ta‟lim jarayonida olgan bilimlarini hayotga tadbiq etishga harakat qilishi tabiiydir.
Shu sababdan darslkda mavjud bo„lgan adabiy turga mansub bo„lgan janrlarga xos
xususiyatlardan kelib chiqib munosabat bildirish va qaysi mavzuda, voqelikning
ko„lamiyozuvchining individual xususiyatlarini alohida ta‟lidlab o„tish bevosita ilmiy atamalar
asosida tahlil qilinsa maqsadga muvofiq bo„ladi.Shu boisdan tahlil jarayonida o„quvchining
mustaqil tadrijiy tafakkurini shakllantirish va masalarni har tomonlama taftish qilish
ko„nikmasini hosil qilish lozim bo„ladi.
O„quvchilarga adabiyotshunoslikka oid nazariy tushuncharni o„rgatish bilan bir qatorda
ijodkor nima sababdan roman yoki hikoya janrida hayotiy muammolar va mavzularni
tasvirlashga harakat qilgan kabi janr imkniyatlarini rivojlanishi va takomillashishi taraqqiyot
jarayonlarini ham tushuntirib borsa maqsadga muvofiq bo„ladi.Shuningdek, lirik turga mansub
bo„lgan janrlarning o„ziga xos xususiyatlari va afzallik tomonlarini ham ta‟kidlash kerak.Misol
tariqasida Navoiy,Bobur, Ogahiy kabi mumtoz shoirlarimiz ijodida g„azal yoki ruboiy janrida
qalam tebratganligi va mazkur janrlarda ijodkorlarning pozitsiyasi qay yo„sinda tasvirlanganligi
va janr talablariga javob bera oladimi kabi mulohazalarini nazariy atamalar asosida bayon etsa
ko„zda tutilgan vazifani ado qilgan bo„ladi.
Ta‟limning ayrim bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berishning mazmuni,hajmi
va izchilligi masalalari alohida tadqiq etilishi kerak.Ta‟lim bosqichlarida adabiy materiallar
qanday berilishi kerak,ularga oid bo„lgan nazariy tushunchalarning mazmuni va hajmi qanday
bo„lishi kerak, degan savollar amaliyotida tez-tez uchrab turadi.Bu jarayonda bevosita adabiy-
nazariy tushunchalarni o„rganish bilan birga,ularni o„rganish va o„zlashtirishga yordam
beradigan adabiy –tanqidiy qarashlardan foydalanish ham bor.Matbuotda,gazeta va
jurnalarllarda,adabiy-tanqidiy yo„nalishdagi kitoblarda bunday qarashlarga keng o„rin
beriladi.Ularda tegishli badiiy asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo„ladi.Bunday
ishlar o„quvchilarning umumiy dunyoqarashiga,badiiy asarni to„g„ri anglashlari va
o„zlashtirilishiga,undagi o„ziga xoslikni tezroq va teranroq tushinib olishlarig imkon
yaratadi.Buning natijasida esa ularning ma‟naviy olamlari yanada boyiydi,badiiy-estetik
rivojlanishlarida qo„shimcha omil paydo bo„ladi,eng muhimi ularning adabiy savodxonligi
ko„tariladi.
Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan klassik adabiyotni
o„rganishda ham foydalanishi mumkin. O„quvchilarning umumiy tayyorgarligi, o„qituvchining
darsni tashkil etishdagi o„ziga xos yondoshuvlardan kelib chiqqan holda ayrim adabiy-tanqidiy
maqolallardan to„lig„icha,ayrimlaridan qisman foydalanish maqsadga muvofiq bo„ladi.
Ta‟kidlash joizki, mumtoz adabiyot haqida gapirganda, ular ning barchasini yoppasiga tasavvuf
adabiyoti sifatida baholash va tahlilda ham shunga intilish o„zini oqlaydigan nuqtai nazar emas.
Har bir holat alohida yondoshuvni taqozo etishini unutmaslik kerak. Zero, shunday ijodkorlar
borki, na iste‟dod yo„nalishi,na dunyoqarashi,na voqelikka munosabati ularni so„f‟iy deyish yoki
mutasavvuflar safiga qo„shishga imkon beradi. Hayotiy ehtirosi baland,qalbidan xalq va yurt
dardi chuqur o„rin egallagan bunday ijodkorlarning asarlarini majburan tasavvufga keltirib
bog„lash ularning san‟atkorlik mavqeini yuqori ko„tarmaydi,aksincha,pasaytiradi. “O„z o„rnida
kelgan talqin va tahlilllar esa o„quvchilarning adabiy dini oshiradi,ularning umumiy adabiy
tayyorgarligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. “Tanqidchilarning maqolalari,adabiy qaydlar o„quvchilar
uchun mazmun va metodik jihatdan badiiy matnni tahlil qilishning namunasi bo„lib xizmat
qiladi.Tanqidiy maqola bilan avval o„qituvchi rahbarli gida, keyinroq mustaqil ravishda tanishar
ekan,o„quvchi uning tezislarini tuzadi, konspekt yozadi,shu yo„l bilan u muallif tomonidan asarni
tahlil qilishdagi tanlangan yo„lini o„zlashtiirb boradi;uning ijtimoiy-falasafiy va estetik nuqtai
nazarini,qahramonlarga bahosini anglab yetadi; shu asarda qo„yilgan dolzarb muammolarni
izlash va hal qilishni o„rganadi; tanqidiy matnda muallifning shaxsiy uy-fikrlari bilan
ko„chirmalar va matndan tashqaridagi mateiallar bilan uyg„unlashtirishning amaliy holatlari
bilan tanishadi. Bularning barchasi o„quvchiga o„rganilayotgan badiiy asar haqida o„z
tasavvurlarini yaratishga, badiiy va darslik kitoblari bilan muomala qilishning o„z metodikasini
ishlab chiqishga yordam beradi”. Ammo adabiy tanqidiy mateiallaridan foydalanishda ham
tegishli meyor mezonlarga amal qilish shart. O„quvchilarda adabiy tanqidchilikdagi mavjud
xilma-xilliklarga odatlantirish, ”nojoizroq” mulohazalar oqimiga nisbatan ham “immunitet” hosil
qilinishi kerak. Tanqiddagi bir yoqlamalik o„quvchilarni noto„g„ri yo„lga boshlab qo„yishi
mumkin. buning adabiy-nazariy tayyorgarligi hali anchagina past bo„lgan o„quvchilarda bunday
tasavvurlar barqarorlashib, hatto bir umrli xulosalarga aylanib qolishidan asrangan ma‟qul
bo„ladi. Demak, bu borada ham o„quvchilarda mustaqil va ijodiy nuqtai nazarni
shakllantirmasdan turib tegishli maqsadlarga erishib bo„lmaydi. Keyingi paytlarda yaratilayotgan
o„qituvchilarga mo„ljallangan bir qator o„quv qo„llanmalairda bu borada yaxshi tajribalarning
to„planib kelayotganligini alohida ta‟kidlash o„rinli bo„ladi. Ularda ayniqsa, o„qituvchilar uchun
katta naf va manfaatlar mavjud.
1 Lirik asarlarning janr xususiyatlariga doir.Buyuk yunon mutafakkiri Aristotel dunyo
adabiyotshunosligining ibtidosi bo„lgan “Poetika” asarida “dramaning o„zi harakat, chunki u
harakat qiluvchi shaxslarni aks ettiradi”, degan mashhur bir tushincha bilan dramaning teatr
san‟atida qanchalik mushtarak hodisa ekanini ta‟kidlagan edi.
So„z san‟atining asosiy turlaridan biri bo„lgan drama yunoncha so„z bo„lib, harakat, amal-
faoliyat degan ma‟nolarni bildiradi. Pyesa, asosan, sahnada ijro etish uchun mo„ljallangan bo„lib,
suhbat-dialog shaklida yoziladi.Unga bayon va tasvirlashga xos usullar yot bo„lganidan, muallif
personajlar xatti-harakati, hodisalarni bevosita tahlil etish imkoniyatiga ega emas. Bunday
vazifalar dialog yetakchiligida, monolog, remarka va pauzalar yordamida muayyan vaqt ichida
ko„z o„ngimizda sodir bo„layotgan qismatlar shaklida amalga oshiriladi. Har bir voqeaga
yo„nalish beriladi. Dramatik asar tanaffuslar bilan ko„rsatilganligi sababli,har qaysi qismi parda
deb yuritiladi. Parda ichida ko„rinishlar bo„ladi.Bir qismga mo„ljallanganligi sababli, drama asari
hajmi cheklangandir.
Epik asarlarning o„ziga xos xususiyati. Lirik yoki epik asarlarda muallif nuqtai nazari ko„p
holllarda ochiqdan-ochiq bildiriladi. Dramatik asarlarda esa ayni mana shu holat mavjud emas.
Bu o„quvchilar uchun qo„shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Shunga ko„ra bu yerdagi
munosabatlarning o„ziga xos tarzda aks etishini ularning ongiga, idrokiga yetkazish zarurati bor.
Sahna asaridagi har bir harakat va har bir so„zning katta ma‟no tashishi o„quvchilar tomonidan
anglab yetilishi kerak. Buning uchun tahlil jarayonlarida asarning shu xususiyatlariga asosiy
urg„u berishga to„g„ri keladi. So„z san‟atining asosiy turlaridan biri bo„lgan drama yunoncha so„z
bo„lib, harakat, amal-faoliyat degan ma‟nolarni bildiradi. Pyesa, asosan,sahnada ijro etish uchun
mo„ljallangan bo„lib, suhbat-dialog shaklida yoziladi.Unga bayon va tasvirlashga xos usullar yot
bo„lganidan, muallif personajlar xattiharakatini,hodisalarni bevosita tahlil etish imkoniyatiga
ega emas.Bunday vazifalar dialoglar yetakchiligida, monolog, remarka va pauzalar yordamida
muayyan vaqt ichida ko„z o„ngimizda sodir bo„layotgan qismatlar shaklida amalga oshiriladi.
Har bir voqeaga yo„nalish beriladi. Dramatik asar tanaffuslar bilan ko„rsatilganligi sababli,har
qaysi qismi parda deb yuriladi. Parda ichida ko„rinishlar bo„ladi. Bir kechaga mo„ljallanganligi
sababali drama asari hajman cheklangandir”. Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning
baland-pastligi katta ahamiyatga ega bo„lib, nutqning o„ziga xos bu xususiyati sahnada yanda
aniqroq ko„rinadi. Ta‟lim jarayonida o„quvchi va talabalar bir necha dramatik asarlar bilan
tanishib chiqishadi. Ular orasida qadimgi Yunon dramaturglarning laparlaridan boshlab, xori jiy
mamlakatlardagi adiblar qalamiga mansub bo„lgan sahna asarlarigacha mavjud. Tabiiyki, ular
orasida o„zbek dramalari asosiy o„rin tutadi.
3.Dramatik asarlarda qahramonlarning nutqiy tavsifi. Sahna asarining mohiyatni, pafosini,
ta‟sirchanligini dramatik harakatning o„ziga xos shakli hisoblangan dramatizm tashkil etadi.
Dramatizm qarama-qarshilik negizida, harakterlar og„ir,tang va mushkul holatlarga tushgan
damlarda yuzaga chiqadi. Shu sababli u tragediyada tragizm, komediyada komizm mohiyatida
kechadi. Pafos asarning g„oyaviylik bilan badiiyligi birligida yuzaga chiquvchi
ehtirosli,ta‟sirchan ruhidir.Qarama - qarshilikka xos bunday ikki tipologik umumiy ko„rinishi
asardagi g„oyaviy yaxlitlik va birlik bilan bog„langan bosh sahnaviy harakatning –
qiziqarli,keskin rivojlanib boruvchi dramatik yo„nalishning iki xilda ko„rinishini ta‟minlaydi.
1.Shiddatli va keskin rivojlanvchi dramatik harakat. Bu qadimiy klassik yoki an‟anaviy
turdagi harakat deb yuritiladi.Shu tur asarda ikki muhim jihat bor:ularda g„oyaviy maqsad,
asosan, bitta yaxlit fabula –yakunlangan hodisa atrofida keskin rivojlanuvchi faoliyatda, ya‟ni
harakat biriligida ifodalanadi.Chunonchi Hamzaning “Boy ila xizmatchi” dramasida g„oyaviy
yaxlitlik ma‟nosidagi harakat birligini Jamilaga Solihboyning “ishqi “ tushib qolishi bilan
aloqador fabula dalil chizig„ini tashkil qiladi, bunday asarlarda dramatik yo„nalishning dastlabki
holat, tugun, rivoj, kulminatsiya,yechim-final singari bosqichlari tiniq hamda muntazamlilikda
yuzaga chiqadi.
2.Asta-sekin kechuvchi dramatik harakat. Bu turdagi dramatik yo„nalish personajlarning
ziddiyatli holatlarida tug„iluvchi fikr va kechinmalarga, ruhiyatdagi iztiroblar dinamikasiga
bog„liq bo„lib, ichki taranglikda, zimdan keskinlikda kechuvchi munosabatlarga asoslanadi.
Unday pyesalarda yaxlit va yagona fabula, ya‟ni harakat biriligi to„g„risidagi
shart,ko„pincha,saqlanmaydi,dramatik yo„nalish bosqichlari batartib ravishda,izchillikda yuzaga
chiqavermaydi.
Madaniyatimiz tarixi bilan rivojlanib kelgan bu san‟at turi sintez aralash mohiyatga molik xalq
teatri bilan bir butunlkda, ayniqsa, qiziqchilik va qo„g„irchoq teatrlari hamda turli ommaviy
sayil-tomoshalar bag„rida yashadi.Dramatik asarlarga drama,komediya, tragediya singari janrlar
mansubdir.Bunday asarlarda voqelik asarda bevosita ishtirok etuvchi shaxslarning
xattiharakatlari,nutqlari orqali ochiladi.
Dramatik asarlar sahnaga moslab yozilgan bo„ladi, yozuvchining fikrlari asarda ishtirok
etuvchilarning so„zlari va harakatlari vositasida ko„rsatiladi. Dramatik asarlarda konflikt alohida
urg„u bilan namoyon bo„ladi. Shunga ko„ra, tahlil jarayonida asardagi asosiy konfliktning
namoyon bo„lishiga e‟tibor berish shartdir. Dramatik asar larni tahlil qilishda asardagi
qahramonlarning harakati, bir-birlariga munosabati gina emas, balki undagi har bir so„z, har bir
ishora ham o„ziga xos ahamiyat kasb etadi. Shunga ko„ra uni tahlil qilishda muallif remarkasidan
boshlab, qahramonlarning bir-biri haqidagi fikrlari, ularning o„z so„zlari, muallif qo„llagan tasvir
vositalarning barchasi, til imokoniyatlari ham hisobga olinishi kerak.
Umuman, dramatik asarlarni o„rganishda pardalar orasidagi bog„lanishlarga, har bir
pardaga xos bo„lgan voqealar rivojiga, mana shu jarayonlarda alohida olingan personoj lar
harakteridagi o„zgarishlar va rivojlanishlar darajasiga alohida e‟tibor berish kerak bo„ladi. Bunda
ularning tiliga, bir-birlariga munosabatlariga, shu munosabatlar -ning ifoda tarziga ham diqqatni
qaratish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |