4-mavzu: Adabiy asarni o'qishning shakliga va mazmuniga ko'ra turlari Reja



Download 380,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.04.2022
Hajmi380,49 Kb.
#538975
  1   2
Bog'liq
4-мавзу



4-mavzu: Adabiy asarni o'qishning shakliga va mazmuniga ko'ra turlari 
Reja: 
1.Adabiy asarni o'qishning shakliga ko'ra turlari. Adabiy asarni sinfda va uyda o'qish.
o'quvchilarni sinfda va uyda o'qishga qiziqtirish yo'llari.
2.Asarni ovoz chiqarib va ovoz chiqarmay o'qish, sharhlab o'qish. jo'r bo‟lib o'qish.
Rollarga bo'lib o'qish. 
3.Adabiy asarni o'qishning mazmuniga ko'ra turlari. Asar mazmunini o'zlashtirishda
mantiqiy o'qish, mantiqiy o'qishda urg'u.
4.Adabiy o'qish, she‟rning hijolariga va turoqlariga. vazniga ehtibor bcrib o'qish.
5.Ifodali o'qish. Asarni o'qish qonun qoidalariga, tinish belgilariga ham shakliga, ham 
mazmuniga ehtibor berib o'qish.
6.Badiiy o'qish. Badiiy o'qish orqali adabiyot darslarining sanha darslariga aylanib ketishi
mumkinligi, bunda tuyg'ular jo'shqinligining ustunligi 
Tayanch so‘zlar va tushunchalar:
Adabiy asar, dramaturgiyada pafos, dramatizm
tragediya, komideya, dramatik harakat, adabiy-nazariy tushuncha, adabiy ta‟lim metodining 
o„quvchi faoliyati shakllanishidagi ahamiyati, maktab adabiy ta‟limining mazmuni va qurilishi, 
adabiyot o„qitish usullari, ta‟lim jarayonida bilim va bilish, analitik fikrlash, lirik asar, epik
asar, ramatik asar, qahramonlar nutqi. 
ADABIYOTLAR: 
1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O„zbekiston davlatini birgalikda barpo 
etamiz. – T.: “O„zbekiston” NMIU, 2017.
2. To„xliyev B. Adabiyot o„qitish metodikasi. –T.:O„qituvchi, 2010.
3.Yusupova Sh. Til ta‟limi va falsafa. –Toshkent.: Mumtoz so„z, 2009. 
4.Yusupova Sh. Hozirgi o„zbek adabiy tili darslarida o„quvchilar tafakkurini o„stirishning
falsafiy asoslari. –Toshkent.: Fan, 2005. 
5.Yo„ldoshev Q. Adabiyot o„qitishning ilmiy-nazariy asoslari.-T.1996. 
6. N.Saidahmedov. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati//Xalq ta‟limi,1999, 1-son. 21-23 
betlar.
7.Q.Husanboyeva.Ta‟limning zamonaviy texnologiyalari va mustaqil fikrlash //Til va adabiyot 
ta‟limi. 2003, 2- son, 7-13 betlar. 
8. J. Yo„ldoshev. Yangi pedagogik texnologiya //Til va adabiyot ta‟limi. 2003, 3 - son, 4-11 
betlar. 
Adabiy ta‟limda adabiy-nazariy tushunchalarning o„rni va ahamiyati. Ta‟limning ayrim 
bosqichlarida adabiy-nazariy tushunchalarni berishning mazmuni, hajmi va izchilligi masalalari 
alohida tadqiq etilishi kerak. Ta‟lim bosqichlarida adabiy materiallar qanday berilishi kerak, 
ularga oid bo„lgan nazariy tushunchalarning mazmuni va hajmi qanday bo„lishi kerak, degan 
savollar amaliyotda tez-tez uchran turadi.Bu jarayonda bevosita adabiy-nazariy tushunchalarni 
o„rganish bilan birga, ularni o„rganish va o„zlashtirishga yordam beradigan adabiy-tanqidiy 
qarashlardan foydalanish ham bor. Matbuotda, gazeta va jurnallarda, adabiy-tanqidiy 
yo„nalishdagi kitoblarda bunday qarashlarga keng o„rin beriladi. Ularda tegishli badiiy 
asarlarning ilmiy baholari va sharhlari keltirilgan bo„ladi. Bunday ishlar o„quvchilarning
umumiy dunyoqarashiga, badiiy asarni to„g„ri anglashlari va o„zlashtirishlariga, undagi o„ziga 
xosliklarni tezroq va teranroq tushunib olishlariga imkon yaratadi. Buning natijasida esa ularning 
ma‟naviy olamlari yanada boyiydi, badiiy-estetik rivojlanishlarida qo„shimcha omil paydo 
bo„ladi, eng muhimi ularning adabiy savodxonligi ko„tariladi. 
Adabiyot darslarini tashkil etishda adabiy-tanqidiy maqolalardan klassik adabiyotni 
o„rganishda ham, zamonaviy adabiyotni o„rganishda ham foydalanish mumkin. O„quvchilarning 
umumiy tayyorgarligi, o„qituvchining darsni tashkil etishdagi o„ziga xos yondashuvlardan kelib 
chiqqan holda ayrim adabiy-tanqidiy maqolalardan to„lig„icha, ayrimlaridan qisman foydalanish 
maqsadga muvofiq bo„ladi. “Avesto” obidasini o„rganish jarayonida H. Homidovning “Avesto” 
fayzlari, Bilga xoqon, To„nyuquq, Kul tigin yodnomalarini o„rganishda N. Rahmonovning “Turk 
xoqonligi”, O„. Umarbekov ning hayoti va ijodini o„rganish jarayonida tanqidchi I. 


G„afurovning “Adabiy qahramon larga xatlar”idan bemalol foydalanish mumkin. Shuningdek, 
Alisher Navoiyning hayoti va ijodini o„rganishda ko„plkab navoiyshunoslarimizning asarlaridan 
jumladan, Izzat Sultonning “Navoiyning qalb daftari”dan A.Qayumovning bir qator kitoblaridan 
foydalanish yaxshi samaraalr beradi. Mumtoz adabiyotni o„rganish jarayonida tasavvuf falsafasi 
muammolariga ro„para kelinadi. Ushbu jarayonda alohida olingan ijodkorlarning asarlarini tahlil 
qilish asnosida tasavvufning anchayin murakkab masalalalarini bir qator sodda va aniq tavsiflab 
bergan olimlar N. Komilov, H. Homidov, I. Haqqulov, Y. Isxoqov va boshqalarning 
tadqiqotlariga suyanish mumkin. 
Alohida ta‟kidlash joizki, mumtoz adabiyot haqida gapirilganda, ularning barchasini 
yoppasiga tasavvuf adabiyoti sifatida baholash va tahlilda ham shunga intilish o„zini oqlaydigan 
nuqtayi nazar emas. Har bir holat alohida yondoshuvni taqozo etishini unutmaslik kerak. Zero, “ 
shunday ijodkjorlar borki, na iste‟dod yo„nalishi, na dunyoqarashi, na voqelikka munosabati 
ularni so„fiy deyish yoki mutasavvuflar safiga qo„shishga imkon beradi. Hayotiy ehtirosi baland, 
qalbidan xalq va yurt dardi chuqur o„rin egallagan bunday ijodkorlarning asarlarini majburan 
tasavvufga keltirb bog„lash ularning san‟atkolrik mavqeini yuqori ko„tarmaydi, aksincha, 
pasaytiradi”. O„z o„rnida kelgan talqin va tahlillar esa o„quvchilarning adabiy didini oshiradi, 
ularning umumiy adabiy tayyorgarligiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Akademik Alibek Rustamov tasavvuf adabiyotidagi ayrim obrazlar mohiyatini ochib berar 
ekan, jumladan, shunday misollarni keltiradi: “ SHe‟rda “may” so„zi va uning ma‟nodoshlari: 
istiora tarzida ilm-u ma‟rifat va ishq-u muhabbat ma‟nolarida qo„llanishi mumkin. So„zni 
nazarda tutmasdan shu so„z bildirgan narsaning o„zini e‟tiborga olganda, ya‟ni. Masalan, “may” 
so„zini emas, mayning o„zini il;m-u ma‟rifat va hokazolarning timsoli deb tasavvur qilinganda, 
buni “ishora”, “ramz” yoki “simvol” deb ataydilar. Agar shu tasavvurga asoslanib yana so„zga 
qaytilsa-yu, so„zning ma‟nosi nazarga olinsa, buni ramziy yoki simvolik ma‟no deyiladi. Agar 
ramz yoki simvollar sistemasi e‟tibor olinsa, buni “ ishorat” , “rumuz” yoki “ simvolika” 
deydilar.Endi shopir so„zlarini, jumladan, “may” so„zini o„z ma‟nosida yoki ishora tarzida 
qo„llanganini qanday bilamiz, degan savol tug„iladi. Buning javobi shunday: 

Download 380,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish