8-mavzu: qadimgi dunyodagi iqtisodiy g’oyalar. Feodal jamiyati va uning yemrilishi davridagi iqtisodiy ta’limotlar. O’rta osiyodagi temuriylar davrigacha bo’lgan va temuriylar davridagi iqtisodiy g’oyalar. Reja


Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar



Download 5,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/15
Sana09.04.2022
Hajmi5,47 Mb.
#538914
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
8-mavzu Qadimgi dunyodagi iqtisodiy g'oyalar

Bobur va boburiylar davridagi iqtisodiy g`oyalar
. Davlat arbobi va qomusiy olim 
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) va uning avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va 
huquqiy masalalarda katta ishlar amalga oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma'lum. Xususan, 
Boburning "Boburnoma" asarida, "Mubayyin" kabi to`plamlarida iqtisodiyotga oid ma'lumotlarga, 
shu jumladan soliq siyosatiga katta o`rin berilgan. "Zakot to`g`risidagi katta kitob" da esa o`sha 
davrdagi soliq, uning turlari to`g`risida qimmatli fikrlar bildiriladi. Bu asarlarni mutola qilar 
ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi hayotida ro`y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, 
o`zgarishlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun yangi fikrlar, 
maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning umumiy asoslari bo`lmish ishlab chiqarish, 
shuningdek savdo va tijoratga oid, soliq va boj to`lovlari bilan bog`liq bo`lgan qarashlari bizni 
to`lqinlantiradi. E'tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda Boburning davlatni boshqarish
ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish masalalariga doir alohida asari yoki uning o`z 
hukmronligi davrida yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo`lmasa ham, ilmiy 
bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday xulosaga kelamizki, u buyuk mutafakkir, 
qomusiy olim sifatida iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat 
hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun ham u dolzarb va adolatli 
farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning 
oqibati o`laroq u hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy -ijtimoiy 
taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan saltanat bir necha asr davomida yashadi 
va tarixda o`chmas iz qoldirdi. Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o`rinni 
egallagan .
Boburning "Mubayyin" asari to`la ravishda qonunlar va iqtisodiy masalalarga bag`ishlangan. 
Asarning nomi ham "qonunlar izohi" ma'nosiga ega.
Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va Xurosonda ham "zakot" ma'lum miqdorda 
va muayyan shart-sharoitlarda olinadigan soliq ma'nosida qo`llaniladi hamda naqd pul va savdo 
yig`imi shaklida to`planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish obyektining "nisobi", ya'ni mol-
mulkning zakot berishga layoqatli bo`lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam 
mulkdan soliq olinmaydi. "Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to`la", deb 
yozadi Bobur. Xiroj, ya'ni yer solig`i ikki toifaga bo`lingan: muqassam va muvazzar. Birinchisi, 
olingan hosilning miqdoriga bog`liq bo`lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo`lgan, ikkinchi esa, 
soliq solinadigan yerning maydoniga bog`liq ravishda olingan.
Yerni sug`orish masalalari Sharqda o`ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda quruq va 
issiq, yer-tuproq sharoiti sun'iy sug`orishni talab etganligidan, sug`oriladigan yerlar, tabiiyki, 
lalmikol yerlardan ko`p hosil bergan. Shu sababli suv solig`i ham bo`lgan . Suv solig`i 
quyidagicha olingan: "agar sug`orish davrida chig`ir qursang, olgan hosilning o`ndan birining 
yarmini (5%) soliq uchun to`lashing kerak", ya'ni sug`oriladigan yerlarga sarf-xarajat hisobga 
olingan va bu mantiqan to`g`ridir. Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig`imlar 
tamomila islomiy shariatga to`la rioya qilingan holda olingan. Nisobga yetgan miqdordagi mol-
mulkdan Qur'oni Karim, Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat'iy belgilab qo`yilgan qismi 
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, Masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir, 
otlardan, xususan, qo`ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo`ydan bitta (2,5%), 120 
tasidan ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo`lsa har 100 qo`ydan bittasi zakot qilib 
berilgan.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Shuningdek, "Boburnoma"da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga olib borilishi, almashuvi, 
aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to`la bayon 
qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar o`rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tuqunar edi. 
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo`llarda talash, bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon 
yetkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda bo`lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug`bek 
va boshqa temuriylar siyosati bilan ma'lum.
O`sha davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig`imining ham adolatli va xolisona 
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining savdo aylanmasidan savdo 
yig`imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi 
daromad hissasiga nisbatan kamayib borgan, ya'ni daromad ko`payishi bilan soliq kamaygan va 
boylik jamg`aruvchilar uchun o`ta manfaatli bo`lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni 
qo`llash foydadan holi emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig`im esa ularning qaysi 
yurtlardan kelganligiga bog`liq bo`lgan. Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo`lsalar, barcha 
daromadlarining yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo`lmagan 
mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu mamlakatlarda musulmon 
savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq 
tizimi.
Bobur ishlab chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo`llanib kelindi va mamlakatning 
iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g`oyalarining juda chuqur ilmiy 
asosga suyanganligi, uzoqni ko`zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy 
salohiyat uning vorislari, ham yurtlari bo`lgan-bizlarda unga nisbatan yanada chuqur hurmat va 
faxrlanish hissini uyg`otadi. Ulug` bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g`oyalar va 
iqtisodiy 
tafakkur 
merosi, 

yurgizgan 
iqtisodiy 
siyosat 
tizimi 
mustaqilligimizni 
mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo`lishga xizmat qiladi. 
Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o`rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq etish 
hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga 
sazovorki, Bobur podshohligi davrida mamlakatga vino keltirish ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda 
proteksionizm siyosati qo`llanilgan. Boburdan keyin uning o`g`li Humoyun, keyinchalik nevarasi 
Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik 
qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o`tkazdi, dehqonlarga yagona soliq 
kiritdi, yagona uzunlik va og`irlik o`lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to`g`risida 1601 yil 
"Akbarnoma" kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o`z aksini topgan.
Birbal-tarixiy shaxs, 1994 yilda Toshkentda bosilgan "Shoh Akbar va Dono Birbal" nomli 
tqo`plamda ko`rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII asrning boshlarida 
Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi Bobur an'analarini izchil davom ettirib, hindlar 
bilan musulmonlar o’rtasida birodarlik munosabatlarini o`rnatish yo`lida jonbozlik ko`rsatgan. 
Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind 
amaldorlariga alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan. Birbal ham 
Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida sidqidil bilan xizmat qilgan. Akbar va 
Birbalning o`zaro suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida 
diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning 
vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy 
muammolarning yechimini topishga uriniladi.
"Podshohning besh savoli" hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi 
namoyon bo`ladi. "Ulug` ma'bud Indiradir",- deb so`z boshlaydi u. Uning amri bilan yomg`ir 
yerni sug`oradi, bug`doy unadi, odamlar to`kin va to`q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u 


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
odamlarga ko`p foyda keltiradi. Eng qimmatli gul-paxtaning guli. Undan mato to`qiydilar. U 
butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan ulug` tish yo`q. Chunki, u yer bag`rini 
yoradi, shundan keyin don va sabzavot ekiladi, odamlarni to`ydiradi. Ulug` fazilat esa jasoratdir. 
Agar inson jasoratsiz bo`lsa, uning fazilatlaridan foyda yo`qdir. Jasorat bu mehnat. Inson hayotida 
faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida 
ahamiyatga ega. Bu borada
"Inson qo`li gul" hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal bog`bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -
Ertaga bog` va gulzorlardagi eng chiroyli va yaxshi gul bilan o`zing yetishtirgan mevalardan olib, 
shohning huzuriga borasan. Shoh bog`bondan meva va gullarning narxini so`raganda, u: -
Olampanoh ! Biz bu mo`'jizalarni bunyod qilish uchun ko`p vaqt sarfladik. Xullas, bu noyob 
narsalar uchun ming rupiy so`raymiz. Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal 
quyidagilarni aytibdi: "Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo`li bilan yaratilganidan 
yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga insonning qo`li gul ekanini, uning iqtidori 
yaratgan mo`'jizalar tabiatnikidan go`zal bo`lishi mumkinligini isbotlashga va'da bergan edim. 
Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog`bon yaratgan mevalar va gullar uchun 
ming rupiy to`ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz".
"Mehnatni qadrlash hayotni saqlar" hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal 
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining 
tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa, yerga ko`milgan oltin qanday bo`lsa shun-dayligicha 
turganmish. Boylikni olishib, eski uylariga bir kulba tutashgan bo`lib, u yerda o`sha paytlarda 
munkillagan bir kampir yasharkan. Kampir kunni kun demay, odamlarga qo`l tegirmonida donni 
yanchib berarkan. Ko`z tashlasa, kampir hali ham hayotmish. Ko`rinishi ham o`zgarmabdi.
Avvalgidek qo`l tegirmonni aylantirib yotganmish. So`ng ular kampirga rahmi kelib, bundan 
keyin rohatda yashang deb, olgan boyliklarining hammasini in'om qilishibdi. Kampirning qarilik 
yillari rohat-farog`otda o`tadigan bo`libdi.
Keyinchalik ma'lum bo`lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda ekan, shu 
davrdan beri 50 yil o`tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr ko`rish 
shartlaridan biri ekanligi haqidagi xulosaga kelibdi.
Hikoyalarning ba'zilari o`sha davrdagi tovar-pul munosabatlari masalalariga bag`ishlangan. 
"Firibgar kema egasi" hikoyasiga ko`ra, Birbal Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol 
olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni o`ziniki qilib 
olmoqchi bo`lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi. "Agar mevalar, ziravorlar 
haqiqatan seniki bo`lsa, ularni zarariga sotishga rozi bo`larmiding?". Kema egasi dengizchilarni 
ham yo`ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat tiklanadi.
"Tentaklar ro`yxati" hikoyasida shoh Akbarning zotli otlarni sotib olgani, otlar unga juda 
yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyurib, 1000 rupiy zakolat bergani hikoya qilinadi. 
Lekin,h shoh Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini 
so`ramagan, savdoda xatoga yo`l qo`ygan edi. Savdogar esa muttaxamlik qilib, qaytib kelmagan. 
Shunda, Birbal tovar-pul munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o`tadi. Savdolashganda xorij 
savdogar sotib olgan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini so`rash 
lozimligini ta'kidlaydi.
"Hozir nima harakatda" hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi yer, yana biri oy, deb 
javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga qanoatlanmaydi. Birbal quyidagi 
javobni beradi: "Hozir, - deydi Birbal, sudxo`r qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir, 
bu pullar hech qachon tinch yotmaydi. Aksincha, kundan-kunga tezligi oshib boradi".


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Bu javob shoh Akbarga ma'qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar qanchalik 
qo`shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron qilishi hammaga ma'lum edi. Bu 
yerda gap kapital aylanishi va foiz stavkasi bilan bog`liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan 
qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy xodisa sifatida qoralanadi. Demak, hozirgi davrdagi 
adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan 
edi. Lekin hayot statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh saroy 
yig`inida har bir mulozimidan:
-Dehlida nechta qarg`a bor? - deb so`rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal 
shunday javob beribdi:
-O`tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz sakson beshta qarg`a borligini 
aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib, o`tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding?
- deb savol beribdi va qo`shib qo`yibdi:
-Shoshmay tur, hali agar Dehlidagi qarg`alarning soni bittaga ko`p yoki kam chiqsa, uch 
ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to`laysan. Shuning uchun kechgacha o`ylab, menga aniq 
javob ber,-debdi shoh.
-Mening hisobim to`ppa-to`g`ri, qat'iyat bilan gapiribdi Birbal, -"Qayta sanaganda ham shu 
sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim qarg`alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va 
boshqalarning bu yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas". Bu javobda Birbal, 
birinchidan, Dehlidagi barcha qarg`alarni sanab bo`lmasligini ko`zda tutgan, shu bilan birga 
qarg`alar ko`payib, yozda sovuq joylarga uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda 
statistikaning dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
"Haqiqat qo`ng`irog`i" hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor ekanligi o`z 
ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida, u shahardagi maydonga bitta ustun 
o`rnatib, qo`ng`iroq osib qo`yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham 
qo`ng`iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo`ng`iroq ham jaranglar ekan. 
Saratonning jazirama kunlaridan birida qo`ng`iroq jaranglab qolibdi. Ho`kiz qo`ng`iroq ipini 
tortgan ekan. Ho`kiz-ho`kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo`ltillab turganmish, xolos. Shoh 
Bir-balga "Ho`kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber", debdi.
Birbal ho`kizning yelkasini silab, uning ko`zlariga tikilibdi. Keyin shohga ho`kizning 
dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib beribdi: "Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay 
qoldi. quvvatim borligida xo`jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi. Endi bo`lsa ko`chaga 
haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qayerdan ham panoh topaman,-deyapti", debdi. 
"Ho`kizning egasi topilganidan keyin Birbal savol beribdi:
-Nega bog`lab qo`ymadingiz? Savdogar javob beribdi:
-Janob vazir, u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to`lagan 
haqini tiyin-tiyinigacha oqladi.
-Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan 
haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu ishi adolatdan bo`ladimi?,-deb so`rabdi Birbal.
-O`z otasini qanday qilib haydashsin? - ajablanibdi savdogar. Bir eslab ko`rchi, bu jonivor 
senga qanchalar xizmat qildi. Nahot qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz 
mahluq butun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasa-yu, sen uning yaxshiligiga 
shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham achinmayapsan. Xullas, bu ho`kizni shoh molxonasiga 
qo`yib yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy haq to`laysan. Savdogar pulni 
to`laydigan bo`libdi.


JDPI, Maktab menejmenti yo
’nalish
i 1-kurs uchun Iqtisodiyot fanidan ma
’ruzalar matni
Bu hikoya o`z davrida va undan keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan. 
Xizmatkorlarni ishlatib, haqini to`lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga insofli bo`lish 
kerakligi to`g`risida xulosa chiqariladi. 
Asosiy tushuncha va iboralar. 
Islom; ribo; Ibn Xaldun; "Kitob-ul-ibar"; "Русская правда"; "Domostroy"; "beg`araz 
sovg`a"; "Utopiya"; "Oftob shahri"; ilk xayoliy sotsializm; "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi".

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish