M uxtor xudo yq ulov jurnalistikaga


Sharh bo‘yicha reyting topshiriqlari



Download 9,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/144
Sana08.04.2022
Hajmi9,51 Mb.
#538130
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   144
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

Sharh bo‘yicha reyting topshiriqlari
1. Sharh so ‘zining lug ‘aviy m a ’nosini ayting.
2. Sharh qanday asarlarni izohlashda qo ‘llaniladi?
3. Publitsistik sharhni izohlab bering.
4. Sharh turlarini bilasizmi?
5. Sharh janrin ing tili.
6. Sharhlovchining mahorati.
244


7. 
О ‘zbek О А V da sharh ja n rig a e ’tibor.
8. О 'zbek jurn alistlari va adiblari yozgan sharhlardan m isollar
keltiring.
Sharh bo‘yicha nazorat savollari
1. Sharh qaysi jan rlarga yaqin turadi va nega?
2. Sharhning maqoladan farqin i ayting-chi?
3. Tashqi va ichki sharh.
4. Fotosharhni qanday tushunasiz?
5. Televideniye va radiosharh janri.
245


10 BOB. BADIIY PUBLITSISTIKA
M a’lumki, jum alistika materiallarining o ‘zagini publitsistika tashkil 
etadi. Publitsistika ijtimoiy hayotni aks ettirish k o ‘rinishlaridan boTgan 
adabiyot va san’atda ham keng o ‘rin egallaydi, ammo lining asosiy faoliyat 
ko ‘rsatadigan 
maydoni 
jurnalistikadir. 
Badiiy 
publitsistika 
-
publitsistikaning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Uning asosiy 
xususiyati va publitsistikaning boshqa qismlaridan farqi uning ijtimoiy 
hayotni aks ettirishda adabiy-badiiy vositalardan keng foydalanishi 
hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, badiiy publitsistika hayotni adabiyot 
nuqtai nazaridan yorituvchi ijtimoiy-ijodiy faoliyat hisoblanadi. Badiiy 
publitsistika foydalanadigan adabiy-badiiy vositalar orasida obraz va 
obrazlilik asosiy o ‘rin tutadi. Y a’ni, badiiy publitsistikaning asosiy qonuni, 
bosh xususiyati unda obraz va obrazlilikning mavjud boiishidir.
Obraz so£zi ancha murakkab tushuncha bo'lib, u aslida ruscha 
otobrazit-chizmoq, 
k o ‘rmish 
bermoq 
degan 
so‘zdan 
olmgan 
va 
tasavvurdagi ko ‘rinish qiyofa, shakl, timsol degan mazmunni beradi. 
Obraz bu - san’atning o ‘ziga xos bir ifoda ko ‘rinishi, san’atkorning 
voqelik haqidagi tasavvurining aniq, yorqin his etadigan bir tarzda 
gavdalanishidir. Kengroq qilib aytganda obraz ongda borliqning jonli, 
hayotiy tarzdagi aksi, in’ikosidir. Obrazlilik esa borliqning in’ikosida 
obraz unsurlarining mavjudligi, ishtirok etishi demakdir. Y a’ni obrazlilik- 
faqat inson tasviridagina emas, holat, tabiat manzaralari, fakt hodisa va 
voqealarning jonli, yorqin tasvirlanishidir. Obrazlilik og‘zaki nutqda, xalq 
og‘zaki ijodida, yozma adabiyot va san’atning barcha turlarida mavjuddir. 
Obraz obrazlilikdan o ‘z yaxlitligi, mukammalligi bilan farq qiladi. Obraz 
yaratish va obrazlilikda o ‘xshatish, jonlantirish, sifatlash, metonimiya (bir 
so‘z o ‘rniga kinoya, kesatiq tarzida ikkinchi so‘zni ishlatish), istiora 
(so‘zni ko‘chma m a’noda ishlatish), sarkazm (achchiq kinoya, istehzo) va 
boshqa badiiy vositalar keng qoTlaniladi. Yuqoridagilar badiiy adabiyot 
sohasida bo ‘lib, musiqa, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, kino, teatr,
246


m e’morchilik va san’atning boshqa turlarida har bir san’atning o ‘ziga xos 
tasviriy vositalari qollaniladi.
Publitsistikada obraz va obrazlilik o ‘ziga xos xususiyatlarga ega 
b o iad i, bu xususiyatlar publitsistikaning zimmasiga yuklangan, unga 
qo‘yilgan talablardan kelib chiqadi. Badiiy adabiyot va san’atda keng 
m a’noda o ‘z ifodasini topishi mumkin b o ig a n obraz va obrazlilik 
publitsistikada m aiu m darajada cheklangan va o ‘ziga xos ifodalangan 
boiad i. Bu publitsistikaning asosiy vazifasi b o im ish shu kun, ayni 
zamonni aks ettirish, undagi muammolar haqida jamoatchilik fikrini 
shakllantirish, hayotni publitsistik jihatdan tahlil qilish va zarur xulosalar 
chiqarish zarurati bilan bogliqdir. Y a’ni, so‘z san’ati b o im ish adabiyotda 
keng imkoniyatlarga ega b o ig a n obraz va obrazlilik so ‘z siyosati bo im ish
publitsistikada o ‘ziga ajratilgan o im gag m a ega b o iad i. Boshqacha qilib 
aytganda publitsistikaning ijtimoiy-ijodiy to ‘qimasida mavjud b o ig a n
siyosat, fan badiiy ijod mahsuli b o ig a n obraz va obrazlilikka kerakli 
darajadagina o crin beradi va u publitsistik asar oldiga qo‘yilgan maqsad, 
hamda chiqarilishi lozim b o ig a n ijtimoiy xulosaga xizmat qiladi.
Publitsistikaning axboriy qismida obraz va obrazlilik qattiq 
cheklangan, aksariyat hollarda esa ortiqcha hisoblanadi. Chunki bu qism 
publitsistikaning asosiy vazifasi ommaga faktlar, voqea va hodisalar 
haqida xabar beradi, yangiliklar yetkazadi. Bu o ‘rinda obraz va 
obrazlilikning aralashuvi xabar, yangiliklar haqidagi tushunchalaming 
buzilishiga olib keladi. Publitsistikaning ikkinchi bir muhim qismi b o ig a n
hamda hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni baholash, tahlil etish orqali 
ularning mohiyatini ochib berishga qaratilgan tahliliy publitsistikada ham 
obraz va obrazlilikdan foydalanish cheklangan tusda boiadi. Ammo ayrim 
hollarda, kishilar faoliyatini yoritishda m a’lum darajada obrazlilik, 
jonlantirish, tasvir vositalari qollanilishi mumkin. Shu bilan birgalikda 
hayotdagi voqea va hodisalarning mohiyatini ochib berish, jonlantirish, 
odamlarning his-tuyg‘ularim uyg‘otish uchun m a’lum m a’noda obraz va 
obrazlilik kiritilishi mumkin. Faqat badiiy publitsistikada obraz va 
obrazlilik keng qoilaniladi, chunki badiiy publitsistik materiallarda 
hayotiy voqealarni jonlantirib tasvirlanishi, insonlar faoliyati, voqea va 
hodisalar keng, har taraflama aks ettirilishi, o ‘quvchining ongigagina emas
247


his-tuyg‘usiga ham ta’sir etish talab etiladi. Bu badiiy publitsistikaning 
janrlarida o ‘z ifodasini topadi.
M a’lumki janr - shakl va mazmun jihatdan o‘ziga xos belgilarga ega 
bo‘lgan san’at asari turidir. Publitsistika janrlari ham shakl va mazmun 
jihatdan o'ziga xos xususiyatlarga egadir, ular ham xuddi adabiyot va 
san’atdagi janrlar singari kichikdan kattaga, yagonadan umumiyga, 
oddiylikdan mukammallikka o'sib boradi.
Publitsistikaning baduy turiga oid janrlar lavha, ocherk, esse, feleton 
va pamtlctdir. M a/kur janrlarda hayot voqealari, muammolari keng tarzda 
yoritilishi sababli ularda xabardor etish, tahlil qilish bilan birgalikda badiiy 
tasvir \ ositalaridan ham keng foydalaniladi, hamda ularda obraz va 
obrazlilik keng qo‘llaniladi. Ammo mazkur janrlarda ham obraz va 
obrazlilik bu janrlarga oid hayot voqealari, y a’ni ularning mavzusi hamda 
jamoatchilik fikrmi uyg‘otish uchun chiqanladigan publitsistik xulosalarga 
xizmat qilishi lozimdir. Biz quyida mazkur janrlarning o ‘ziga xos 
xususiyatlari, ulardagi obraz va obrazlilik darajasi va boshqa badiiy 
publitsistik vositalarni ko‘rib o'tamiz.

Download 9,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish