10.5. Pamflet
Hajviy publitsistikanmg eng muhim janrlaridan biri pamfletdir.
Pamflet so‘zi aslida yunoncha b o ‘lib, o ‘t qoym o q, yondirmoq degan
m a’noni bildiradi. Keyinchalik bu ingliz tili orqali ommalashib, shu
kunning muhim masalasiga bag‘ishlangan va keskin fosh etish tarzida
yozilgan asarga aytiladigan b oig an . Binobarin, pamflet jamiyatning shu
kundagi, ayni zamondagi hayotida uehraydigan ijtimoiy illat va
nuqsonlami kuchli hajviy uslubda tasvirlab fosh etuvchi asar, publitsistika
janridir. Pamflet ham xuddi feleton singari hayotdagi biror ijtimoiy illat,
salbiy
xususiyatga ega bo'lgan
voqea,
muammo yoki
shaxsga
bag‘ishlanadi, uning tuzilishi, shakli ham feletonga yaqin turadi.
Ammo uning feletondan farqi shundaki, pamflet ijtimoiy jihatdan o ‘ta
muhim va yirik ijtimoiy mavzularga bag‘ishlanadi hamda ayovsiz fosh
qilish kuchiga ega bo 'I ad i. Y a’ni, pamflet jamiyatning shu kungi hayoti,
taraqqiyotiga jiddiy xavf solayotgan, unga murosasiz dushmanlik ruhida
bo ‘lgan qarashlar, voqealar, muammolar yoki shaxs va guruhlarga qarshi
qaratiladi hamda unda hajvning eng o ‘tkir, eng ayovsiz vositalaridan
foydalaniladi. T a’bir joyiz bo‘lsa, feletonni ijtimoiy illatlarga qarshi
otilgan o'q deb faraz qilsak, pamfletni esa eng xavfli ijtimoiy dushman
kuchlarga qarshi otilgan zambarak o ‘qiga qiyos etish mumkin. Feletonda
ijtimoiy kulginmg piching, kinoya, hazil kabi turlaridan foydalanilsa
pamfletda esa achchiq zaharxanda, sarkazm. g ‘azab va nafrat uyg‘otuvehi
kulgi ko‘rinishlari qoilaniladi. Pamfletning vujudga kelishida mafkura,
dunyoqarash muhim o ‘rin tutadi. Boshqacha qilib aytganda pamflet - bir-
biriga murosasiz, hayot-mamot jangiga chiqqan ikki xil dunyoqarash, ikki
xil g ‘oya va ijtimoiy tartiblarning publitsistikadagi tortishuvi, g ‘oyaviy-
ijodiy jangining k o ‘rinishidir. Shuning uchuri ham pamflet insoniyat
tarixidagi m a’lum bir sinflar, ijtimoiy tabaqa va guruhlarga xizmat qilib
kelgan, y a’ni, biron-bir sinfyoki ijtimoiy guruhning o ‘ziga qarama-qarshi
bo'lgan sinf va guruhlarga qarshi g ‘oyaviy hujum quroli sifatida vujudga
kelgan. Pamfletning tarixi uzoq qadimgi davrlarga borib taqaladi,
eramizdan oldingi davrlarda bu janr og ‘zaki nutq shaklida mavjud b o ‘lib,
289
o ‘sha davrlarning mashhur notiqlari — Demosfen, Tsitseron va boshqalar
g ‘oyaviy
muxoliflarga
qarshi
kurashda nutqiy
pamfletdan
keng
foydalanganlar. Yevropada o ‘rta asrlarda ham pamflet ancha rivojlangan
edi. Italyan mutafakkir adibi Dante Aligeri, fransuz U yg‘onish davri vakili
Fransua Rable, shu davr ingliz dramaturgi Vilyam Shekspir, XVII asr
ingliz adibi Jon Milton va boshqalarning asarlarida pamfletga xos boMgan
kuchli fosh etish ruhi o ‘z ifodasini topgan edi. Mazkur janr buyuk ijtimoiy
voqelar davri - Yevropadagi burjua inqiloblari paytida yuqori cho'qqiga
ko‘tarildi.
Fransuz publitsist-adiblari Jan Pol Marat, Kamil Dyulen va boshqalar
o ‘z pamfletlarida feodal yakka hukmronligini ayovsiz fosh etdilar.
Keyinchalik, XIX asrga kelib ijtimoiy maydonga chiqqan kommunistik
g ‘oya tarafdorlari ham burjuaziya tartiblarini fosh etishda pamfletdan keng
foydalandilar. Bu g ‘oyaning asoschisi b o ‘lmish Karl Marksning «Lui
Bonapartning 18-bryumeri» va boshqa pamfletlari mazkur janm ing
mukammal ko‘rinishlari bo‘ldi. Kommunistik qarashlarning Rusiyadagi
tarafdorlari ham bu janrga katta e ’tibor bilan qaradilar, jumladan,
V.I.Leninning «Lakeyxonada» va boshqa pamfletlari mavjuddir. Ammo
mazkur pamfletlar kommunistik yakka g ‘oya nuqtai nazaridan yozilgan va
ijtimoiy hayot voqealariga shu nuqtai nazardan yondashilgan edi. Sovet
davrida yozilgan va jurnalistika nashrlarida bosilgan boshqa pamfletlarda
ham ana shunday g ‘oyaviy-siyosiy bir yoqlamalik, cheklanganlik mavjud
edi. 0 ‘zbek adabiyoti tarixida ham pamflet janrining uzoq davrlarga borib
taqalishini ko ‘rish mumkin. Milliy yozma adabiyotimizda bunga misollar
ko ‘p. Garchi bu asarlar bevosita mazkur janrda yozilmagan bo ‘lsa-da,
ularda ko‘tarilgan ijtimoiy fosh etish ruhi pamfletga yaqin turardi.
Jumladan, XVII asrda yashab ijod etgan shoir Turdi Farog‘iyning
«Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari hajvi» asarida o ‘sha davr
hukmdorlarining siyosati xalqparvarlik nuqtai nazaridan keskin fosh
etilgan
edi.
Shoir
o ‘sha
davrdagi
Buxoro
hukmdori
bo‘lmish
Subhonqulixon va uning a ’yonlarini quyidagicha zaharxandalik bilan fosh
etadi:
290
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroning etini,
G‘asb ila molin olib, qo ‘ymadingiz bitini,
Qamchilar dog‘ solib bo‘yung‘a, tilib betini,
Yordingiz zahrasini, ichidan olib o ‘tini,
B oim adi kam bu raiyat boshidan hech tayoq.
Shu davrda yashagan ikkinchi bir otashnafas shoir Boborahim
Mashrabnmg o ‘tkir she’rlarida ham pamfletona fosh etish kuchi mujassam
edi. Shoir «Dili tig ‘i sitamdan pora b o ig an » mehnatkash xalq ahvoliga
qayg‘urdi, ijtimoiy hayotdagi zulm va adolatsizlikka keskin qarshi chiqdi.
Masalan, uning «Dastingdan» radifli muxammasining har bandida:
Hama obod b o id i, b oim adim obod dastingdan,
Ki men har qayga borsam dod etarman, dod dastingdan,
deb takrorlanib keluvchi
satrlar xalqning mavjud tuzumdan
noroziligining keskin ifodasi edi.
Zamondan shikoyat, ijtimoiy illatlami, zulmu zalolat va adolatsizlikni
keskin fosh etish XVIII asrning oxiri X IX asrning boshlarida yashab, ijod
etgan xalqparvar shoir Maxmur asarlarining ham bosh y o ‘nalishi b o id i.
Shoirning «Hapalak» va boshqa hajviy she’rlarida o ‘sha davr hayoti, oddiy
xalq boshiga balo boiayotgan ijtimoiy tartiblar keskin, zaharxandalik bilan
fosh etildi. Shoirning qator hajviy she’rlarida ijtimoiy tengsizlik, haq-
huquqsizlik, zulm va zo‘rovonlikka qarshi qaratilgan «bizga cheksiz
zulming qachongacha? Rostgo'ylam ing boshida qilich qachongacha
o ‘ynaydi?
Qachongacha bir alamimizni yuz alam qilasan? Axir, yuraklar tah-
batah qon b o iib ketdi-ku!» degan ijtimoiy xitoblar mavjuddir. Bu fikrlarda
pamfletning kuchli fosh etish ruhini ko ‘rish mumkin.
Yuqoridagi xalqparvar shoirlar ijodining g ‘oyaviy-ijodiy davomchilari
b o ig an shoirlar Zokirjon Furqat, Muhammad Am inxo‘ja Muqimiy,
Ubaydulla Zavqiylar ijodida ham pamfletga xos b o ig a n fosh etish ruhi
kuchli edi. Jumladan, shoir Muqimiyning «Tanobchilar», «Dodhohim»
kabi hajviy she’rlarida xalq uchun og ‘ir sitamlar olib keluvchi ijtimoiy
tartiblar ustidan keskin zaharxandalik bilan kulinadi. Shoir Zavqiy o ’zining
«Hajvi ahli rasta» asarida o ‘sha davrning «zamona zo‘rlari» b o ig an
291
boylar, savdogarlaming bir guruhini o ‘tkir kinoyali kulgi bilan fosh etgan
edi. Mazkur asarlami oikam izdagi ilk yozma pamfletlar edi, deyishimiz
mumkin.
Pamflet bevosita janr sifatida o ‘zbek jumalistikasida yigirmanchi
yillarga kelib shakllana boshladi. U avvalo feletonning bir turi sifatida
vujudga keldi. 0 ‘sha davrda vaqtli jumalistika nashrlarida bosilgan ayrim
feletonlarda pamfletlik xususiyatlari paydo b o ia boshladi. Masalan.
Abdulla Qodiriyning «Mushtum» jurnalining 1923- yil, 2-sonida bosilgan
«Siyosat maydonida» sarlavhali xalqaro mavzudagi feleton-sharhida chet
el hukmdoiiarinmg bosqinchilik siyosatlari
pamfletga xos
o ‘tkir
zaharxanda bilan tanqid qilinadi. Yozuvchining «Sho‘x baytal» feletonida
ham shu xususiyatni ko‘rish mumkin. Unda o ‘sha zamon g ‘arb
dunyosining ayyorona siyosati, chirkin fahsh axloqi keskin zaharxandali
piching bilan quyidagicha fosh etiladi:
«Ingliz siyosatdonlari London sho‘x baytallarini sharq amir-shohlarini
yoVvoshlashtirish uchun Arabiston, Eron Va Hindistonga y o ila r ekanlar.
Lord Kerzon o ‘z siyosatini Sharqda amalga oshirish uchun qizchasini Eron
hukmdori Ahmadshohga nazir tortqon, deb ham so‘zlaydilar».Yigirmanchi
yillar o ‘zbek jumalistikasining taniqli namoyandasi b o ig a n Nazir
T o‘raqulovning «Uchqun» jurnalida bosilgan «Mirza Kerzonga maktub»
sarlavhali hajviy-publitsistik asarini ham dastlabki o ‘zbek pamfletlaridan
biri deyish mumkin. Muayyan sinfiy-partiyaviy nuqtai nazardan yozilgan
bu asarda o ‘sha davrdagi ichki va tashqi muxoliflaming kirdikorlari o ‘tkir
satira bilan fosh etilgan edi. Ziyo Said va Nosir Saidlaming «Mushtum»
jurnali sahifalarida bosilgan «Oxirat maktublari» deb nomlanuvchi
feletonlar turkumi hamda Nosir Saidning shu davrda yozilgan «Bir
rakaatlik nomroz» sarlavhali hajviy-publitsistik asarida ham pamfletlik
xususiyatlari mavjud edi. Mazkur asarlarda ham o ‘sha davrdagi m uxolif
kuchlar ayovsiz satira ostiga olingan edi.
Bundan keyingi davrlarda ham o ‘zbek jurnalistikasida pamflet janri
goh-goh o ‘rin olib turdi. Oybek, G ‘afur G ‘ulom, Abdulla Qahhor va
boshqalar bu janrning rivojiga o ‘z hissalarini qo ‘shdilar. Ular yaratgan
pamiletlarda davrga muxolifatda b o ‘lgan tashqi kuchlar o ‘tkir hajv ostiga
292
olindi. Bu davrda yaratilgan qator pamfletlarda fashizm va uning
insoniyatga dushman b o ig an g ‘oyalari ayovsiz fosh etildi. Bunday
pamfletlar orasida Abdulla Qahhoming «Bos tepkini!» feleton-pamfleti
alohida ajralib turadi. Bu davrda yaratilgan boshqa pamfletlar, yuqoriroqda
aytganimizdek, kommunistik g ‘oya va sinfiy-partiyaviy manfaatlar nuqtai
nazaridan yozilganligi boisidan o ‘zida bir yoqlamalik, cheklanganlik
xususiyatiga ega boidilar.
Mamlakatimiz o 'z milliy mustaqilligiga erishgach mazkur janrning
yanada
rivoji
uchun
keng
y o ila r
ochildi.
Xalqaro
terrorizm,
mustaqilligimizga qarshi b o ig a n tashqi va ichki kuchlarning kirdikorlari
va boshqa ijtimoiy illatlar pamflet uchun mavzu b o iib xizmat qilishi
lozim.
Yuqoridagi tarixiy kuzatishdan ko‘rinib turibdiki, pamflet ham hajviy
publitsistikaning muhim, dolzarb va jangovar janri hisoblanadi. Mazkur
janr ham xuddi feleton singari ijtimoiy kulgiga asoslanadi hamda o ‘zida bu
kulgining eng kuchli, ta ’sirchan vositalaridan foydalanadi. Xuddi
feletondagi kabi pamfletda ham obraz va obrazlilik muhim ahamiyatga ega
b o iad i. Pamfletda ham obraz - muayyan shaxs, guruh yoki tabaqa b o iish i
mumkin. Y a’ni, unda shu kungi ijtimoiy hayotda taraqqiyotga to ‘siq
boiayotgan, dushmanchilik qilayotgan m uxolif kuchlar, ulaming vakillari
fosh etilishi lozim. Shu bilan birgalikda pamflet uchun biror ijtimoiy
muammo, chunonchi, m uxolif kuchlarning mafkurasi yoxud poraxoilik
kabi ijtimoiy illatlar ham umumlashgan obraz b o iib xizmat qilishi
mumkin. Pamfletda obraz yaratishda feletonga qaraganda muhim va
yirikroq faktlar, voqealardan foydalaniladi. Ijtimoiy kulgining esa olingan
mavzuga mos keluvchi eng ta’sirchan ko ‘rinishlari, g ‘azab va nafrat
uyg‘otuvchi turlari qoilaniladi. Pamflet ham xuddi feleton singari turli
shakllarda namoyon b o iad i. U, jumladan, maqola, hikoya, xat va boshqa
shakllarda ifoda etilishi mumkin. Pamfletning shakli, obrazlari va undagi
ijtimoiy kulgi turlari olingan mavzuning t o i a ochib berilishi hamda
publitsistik ta’sirchanlikka erishishga xizmat qilishi lozim.
Boshqa badiiy-publitsistik asarlar singari pamfletda ham syujet va
kompozitsiya puxta o ‘vlangan b o iish i, olingan mavzuni ochib berishi va
Do'stlaringiz bilan baham: |