axborot agentliklari faoliyatida ham tasvir, y a’ni xabardor qilishlik bosh
vazifa hisoblanadi. Jahondagi barcha axborot agentliklari har kuni har i
soatda, har daqiqada ko‘p,
turli ijtimoiy, dunyo xabarlarini yig‘ib, tarqatib
turadilar.
Jurnalistikaning tasvir yoki xabardor qilish ijtimoiy vazifasini
'
bajarishda publitsistikaning axboriy janrlari asosiy o ‘rin tutadi. Bularga !
axborot
(xabar),
kengaytirilgan xabar, reportaj, hisobot, suhbat
(intervyu
), !
korrespondensiya kabilar kiradi. Publitsistikaning ushbu janrlari asosan
ijtimoiy
hayotdagi fakt
(lotincha factum - qilingan ish),
voqea va i
hodisalarni xabar qilish, tasvirlab, ko‘rsatib berish bilan bog‘liq. Ammo bu,
ijtimoiy
vazifa
yuqoridagi
janrlar
bilan
cheklanib
qolmaydi.
Publitsistikaning tahliliy va badiiy-publitsistik janrlari b o im ish maqola;
sharh, ocherk, esse, feleton, pamflet kabi janrlari ham garchi biror
muammoni, hayotni aks ettirishga m oijallangan boMsa-da, aslida ularning
asosida ham xabardor qilish yotadi. Ommaviy axborot vositalari - radio va
teleko‘rsatuvlardagi publitsistikaning yuqoridagi janrlari ko‘rinishlarida
ham tasvir elementi bo‘ladi.
Jurnalistikaning tasvir, ya’ni xabardor etishlik ijtimoiy vazifasi uning
kelib
chiqishiga
asos
bo‘lgan
tabiiy
ijtimoiy
vazifa.
Ammo,
jurnalistikaning kelib chiqishi va faoliyat ko‘rsatishida
ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va m a’naviy ehtiyojlar ham muhim rol o‘ynaydi. Jamiyatdagi
kuchlar, hukmron sinf yoki guruhlar jurnalistikaning bu ijtimoiy vazifasini
bajarishda ham m a’lum - ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatadilar. Masalan,
jurnalistikaning ilk davri - avtoritar jurnalistika davri nashrlari garchi
ommani turli yangiliklardan xabardor qilib turgan bo‘lsa-da, bu nashrlar
hukmron shaxsni ulugiash, uning manfaatlari
uchun xizmat qilish bilan
shug‘ullaganligi boisidan bu ijtimoiy vazifa m a’lum darajada cheklangan
edi. Erkin dunyo jurnalistikasida esa jurnalistikaning bu ijtimoiy vazifasi
o czinihg eng yuqori darajasiga erishadi, y a’ni bu jurnalistikaning vazifasi
xabardor qilish, yangiliklar y ig is h va sotishdan iborat bo‘ladi. Erkin
dunyo
mamlakatlari jurnalistikasi, radiosi, teleko‘rsatuv\ari, axborot
agentliklari har kuni, har soatda juda ko‘plab yangi-yangi xabarlar yig‘ib,
tarqatib turadi. Buning uchun katta reporterlar armiyasi, axborot
y ig‘uvchilar apparati ish olib boradi. Ammo erkin dunyo jurnalistikasining
106
kapitalga qaramligi, asosiy nashrlar, ommaviy axborot vositalarining ayrim
shaxslar, monopoliyalar q o lid a xususiy mulk,
foyda olish manbai
ekanligidan uning salbiy xususiyatlari ham kelib chiqadi. Davriy matbuot
nashrlari o ‘rtasidagi o ‘zaro raqobat, foyda ketidan quvish natijasida gazeta
va jurnallar sahifalari, radioeshittirish va teleko‘rsatuvlar, axborot
agentliklari beradigan xabarlarda o b ’ektiv xabarlar bilan bir qatorda
sensatsion (shov-shuvli) materiallar, dezaxborot (ataylab
teskari axborot
berish hollari), pomografik (behayo mazmundagi va ko‘rinish)dagi
materiallarning ham keng o ‘rin olishi, reklamaga k o ‘p o ‘rin berilishi ham
jurnalistika mazkur ijtimoiy vazifasining buzilishiga olib keladi.
0 ‘lkamizda salkam bir asr hukm surgan kommunistik jumalistikada
esa bu cheklanishning boshqacha ko‘rinishi mavjud edi. Kommunistik
jumalistikada tasvir, ya’ni xabardor etishlik ijtimoiy vazifasi yakka
mafkura hokimligiga bo‘ysundirilgan edi. Kommunistik jurnalistika
nashrlari, radio va teleko‘rsatuvlarda
qanday xabarni berish
Do'stlaringiz bilan baham: