6.5.3.4. Biokimyo va molekulyar biologiya asoslari
Biokimyo va molekulyar biologiyaning qisqacha tarixi, fanning predmeti, vazifasi va hayotni tushunish va
o’rganishda uning mavqyei. Ushbu fanning obyekti va tadqiqot metodlari. Biokimyo va molekulyar biologiya
fanining rivojlanishiga O’zbekiston olimlarining qo’shgan xissalari.
Tirik xujayrani kimyoviy tarkibi; biokimyoviy reaksiyalarni xujayra hayotiy xususiyatlaridagi o’rni;
oqsillar: strukturasi, funksiyalari, fizik – kimyoviy xususiyatlari, klassifikasiyasi, oqsil almashinuvi va uning
ahamiyati; fermentlar: fermentativ kataliz; fermentlar kimyoviy tuzilishi va xususiyatlari; fermentlar
klassifikasiyasi; izofermentlar, kofermentlar; polifermentlar; nuklein kislotalar almashinuvi; oqsil biosintezi;
uglevodlar: klassifikasiyasi, nomenklaturasi; biosintezi va almashinuvi; uglevod almashinuvini energetik tasnifi;
bioenergetika: lipidlar: klassifikasiyasi, strukturasi, funksiyasi; yog’ kislotalar; yog’lar biosintezi va parchalanishi;
vitaminlar; modda almashinuvida vitaminlarni biologik o’rni; klassifikasiyasi; modda almashinuvini boshqarish
asoslari; garmonlar; tuzilishi, fiziologik roli; gormonlarni ta’sir mexanizmi; regulyator reaksiyalarda siklik
nukleotidlarni funksiyasi.
Oqsil va nuklein kislotalarning tuzilishi va xossalari. Biologik materiallarda oqsil va nuklein kislotalarni
miqdoriy va sifat jihatdan ajratish usullari. Tirik organizmlarda genetik axborotning berilish yo’llari. Replikasiya,
transkripsiya va translyasiyaning molekulyar mexanizmlari va ularda fermentlarning o’rni. Translyasiya
jarayonining hujayradagi o’rni, aminokislotalarning birikishi, ribosomalar, inisiasiya kompleksini hosil bo’lishi,
Genetik kod va uning xossalari, gen muhandisligining asoslari. Molekulyar kasalliklar va ularni davolash usullari.
6.5.3.5. Gistologiya va individual rivojlanish biologiyasi asoslari
To’qimalar haqida ta’limot: to’qimalar klassifikasiyasi, evolyusiyasi; epiteliy to’qima va uning turlari;
bezli epiteliy: turlari, sekresiya; qon va limfa; mikroskopik tuzilishi; shakliy elementlar; turlari; qon gistogenezi; qon
hosil bo’lishi; limfa va hujayra elementlari; biriktiruvchi to’qimalarning shakllanishi va regenerasiyasi; tog’ayli
to’qimalar: tuzilishi, turlari, gistogenez, regenerasiya; suyak to’qimasi turlari, kimyoviy tarkibi va mikroskopik
tuzilishi; osteon; osteoklastlar va osteoblastlar; gavers tizimlari rivojlanishi; regenerasiya; suyak pardasi; muskul
to’qimalari; turlari; silliq muskul to’qimalari; ko’ndalang – targ’il muskul to’qimalari; miofibrilla va protofibrilla;
optik va kimyoviy xususiyatlari; gistogenez va regenerasiya; yurak – muskul to’qimasi; muskullardagi biriktiruvchi
to’qima; paylar va muskullarning birikishi; nerv to’qimalari; neyronlar tuzilishi va turlari; dendrit va neyritlar;
tigroid modda, kimyoviy tarkibi; tuzilishi va funksiyasi; neyrofibrillalar, nerv to’qimasi gistogenezi; nerv tolalari;
degenerasiya va regenerasiya.
Individual rivojlanish biologiyasi. Ontogenez davrlari; postembrional rivojlanish; organizmlarning qarishi.
Myuller – GEkkelning biogenetik qonuni; embriologiya tarixi va asoschilari; tadqiqot usullari; jinsiy va somatik
xujayralar; tuxum xujayra: tuzilishi, xususiyatlari, funksional ahamiyati, turlari; spermatozoid: tuzilishi,
xususiyatlari; tuxumdon va urug’don; oogenez va spermatogenez; urug’lanish. Partenogenez: tabiiy va sun’iy;
tuxum xujayraning bo’linishi, turlari, blastula va uning turli xil tuzilishi; sut emizuvchilarda blastosistaning hosil
bo’lishi; gastrulyasiya; ikki va uch qatlamli murtakning hosil bo’lishi: ektoderma, entoderma, mezoderma;
xayvonlarda gastrulyasiya turlari; murtak qatlamlari nazariyasi va xozirgi holati; neyrulyasiya, nerv nayini hosil
bo’lishi va determinasiyasi; sitodeffersiyalanish: qon aylanish tizimining rivojlanishi; jinsiy – tanosil tiziminin
rivojlanishi, oyoq-qo’llarning rivojlanishi; murtakning ona organizmi va muhit bilan munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |