2-mavzu: mikroelementlarning agrokimyoviy va fiziologik roli, ularning vazifalari



Download 21,28 Kb.
Sana28.11.2022
Hajmi21,28 Kb.
#873919
Bog'liq
2-Maruza


2-MAVZU: MIKROELEMENTLARNING AGROKIMYoVIY VA FIZIOLOGIK ROLI, ULARNING VAZIFALARI
Keyingi yillarda mutaxassis va olimlarda o‘simlik hayoti va dehqonchilikda mikroelementlarning tutgan roli masalasi katta qiziqish uyg‘otdi. O‘simliklar tarkibida mikroelementlar miqdori juda kam (quruq massaning yuzdan bir, mingdan bir va hatto o‘n mingdan bir foizi) bo‘lib, fiziologik tadqiqotlarda o‘simlik hayotida mikroelementlarning zarurligi va ahamiyati yuqoriligi aniqlangan. O‘tkazilgan ko‘pchilik tadqiqotlarda, asosan o‘tgan asrning 60-70 yillardagilarda, ayrim mikroelementlarning nafaqat fiziologik, balki agronomik ahamiyati mavjudligi ko‘rsatilib, ko‘pchilik tuproqlarda mikroo‘g‘itlarni qo‘llash talab etiladi.
Qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish tadbirlari orasida mikroelementlarni qo‘llash muhim rol o‘ynaydi.
Mikroelementlar bu – tirik organizmlarga juda kam miqdorda zarur bo‘ladigan kimyoviy moddalardir, ularsiz o‘simliklar yaxshi rivojlanmaydi va mahsuldorligi past bo‘ladi. Bu shundan dalolat beradiki, mikroelementlar fermentlar, vitaminlar va garmonlar tarkibiga kiradi, o‘simlik organizmida nihoyatda muhim rol o‘ynaydi.
Tuproqda mikroelementlar yetishmasligidan o‘simlik mahsulotlari kam olinadi yoki ushbu elementlarning qariyb mavjud emasligidan o‘simliklar kasallanadi va hatto hosil olinmaydi. Oziqlanishda mikroelementlar miqdorining nomutanosibligidan o‘simliklarda jiddiy kasalliklar kelib chiqadi.
Mikroelemenlarning agrokimyoviy va fiziologik roli nihoyatda katta. Ular o‘simlikda moddalar almashinuvini yaxshilaydi, o‘simliklarda sodir bo‘ladigan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarning maromida kechishini ta’minlaydi, xlorofillning sintezlanish jarayoniga ta’sir etadi va fotosintez intensivligini oshiradi. Muhitning noqulay sharoitlari, xususan tuproqda namlik tanqisligi, past va yuqori harorat, qishki qattiq sovuqlar va boshqa holatlarda mikroelementlar ta’sirida o‘simliklarning zamburug‘ va bakterial kasalliklarga chidamligi ortadi.
Qator mikroelementlar – bor, mis, molibden, va boshqalar o‘simliklarning noqulay sharoitlarga, jumladan, sovuqqa, issiqqa, yotib qolishga, sho‘rga, qurg‘oqchilikka qarshi chidamliligini oshiradi.
Bir qancha makro va mikroelementlar o‘simliklarning rivojlanishini, urug‘ning pishishini tezlashtiradi. Masalan, sudan o‘ti, zig‘ir va bug‘doy ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarda bor mikroelementi gullarning rivojlanishini tezlashtirganligi va ularning sonini oshirganligi aniqlangan.
M.P.Mironovaning (1956) pomidor va bodring ustida o‘tkazgan tajribalarida bor va marganes o‘simlikning rivojlanishini tezlashtirgani holda birinchi terim hosilini sezilarli oshirganligi, buning esa amaliy ahamiyati yuqoriligi aniqlangan. Bor va mis makkajo‘xorining (Voronejskaya 76 navi) rivojlanishini 10-14 kunga tezlashtirgan, natijada dala sharoitida so‘ta hosildorligi 9,5-27,6 % ga oshgan.
U.M.Sultanbaeva, P.G.Grabarov, I.S.Rыkov (1980) tajriba natijalarining ko‘rsatishicha, mis makkajo‘xori rivojlanishini 12 kunga tezlashtirgan, so‘ta hosildorligini 87 % ga oshirgan. Ushbu variantda hosilni yig‘ishtirish vaqtida 60 % so‘ta to‘liq pishish va 40 % so‘ta mum pishish fazasida bo‘lgan bo‘lsa, mis mikroelementi qo‘llanilmagan variantda so‘talar sut pishish fazasida ekanligi aniqlangan. Borli va misli o‘g‘itlarni qo‘llash makkajo‘xori gullashini va so‘ta shakllanishini tezlashtiradi.
Mikroelementlar va fermentlar
Hozirgi vaqtda mikroelementlar ko‘plab fermentlar tarkibiga kirishi aniqlangan (1-jadval), ular o‘simlik hayotida muhim o‘rin tutadi, xususan, biokimyoviy jarayonlarni tezlashtiradi, organizmning odatdagi haroratida bo‘lishini ta’minlaydi. Barcha biokimyoviy reaksiyalar sintezi, parchalanishi va organik moddalar almashinuvi fermentlar ta’sirida boradi.
1-jadval
Mikroelementlar va fermentativ tizim

Mikroelementlar

Fermentlar va fermentativ tizim

Mis

Polifenoloksidaza, askarbinatoksidaza, laktaza, aldolaza

Rux

Enolaza, karboangidraza, ishqoriy fosfataza, pirofosfataza, lesitinaza va boshqalar

Molibden

Nitratreduktaza, gidrogenaza, ksantinoksidaza

Temir guruhiga mansub Mn, Co, Cu va Mo singari mikroelementlar – eng avvalo ergik element hisoblanadi. Periferik qobig‘i ostidaligi, almashinuvchanligi, tez-tez yuqori valentlik sodir etishi, ionlar radiusining katta emasligi, ionlar zaryadining elektrostatik zichligi yuqoriligi, ularning elektromanfiy qiymati yuqoriligining elektron qobig‘ining deformatsiyaga uchrash xususiyatiga bog‘liqligi, shuningdek oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etishi tavsifli.


O‘simlik hujayrasidagi mikroelementlar asosan organik komplekslar tarkibida uchraydi. Ushbu birikmalarda metallarning katalitik faolligi eritmada uning ionlari ta’siriga qiyosan yuz, ming, ba’zan million marta oshadi.
Fermentlar faolligiga ko‘p sonli metallar ta’sir etadi: Na, R, Rb, Cs, Mg, Al, Ca, Mn, V, Cr, Co, Ni, Cu, Zn, Mo, Pb, Fe. Metalloidlar orasida galoidlar sezilarli ta’sir etadi, ularning ichida yod eng ko‘p o‘rganilgan. Borning o‘simlikni hayotiy jarayonlarini faollashtirishda o‘ziga xos roli aniq bo‘lsada, uning fermentlar tarkibiga kirishi aniqlanmagan.
Fermentlar tarkibiga kiruvchi mikroelementlar elektronlar anion guruhining almashinishi uchun kuchli xlorofill markaz hisoblanadi. Bir qator holatlarda u yoki bu mikroelement ferment va sukbstrat o‘rtasida «ko‘prik» bo‘lishi mumkin.
Fermentlarning metallar bilan bog‘lanish ionli, kovalentli yoki o‘zaro almashinuvchan bo‘lishi mumkin. Fermentlarda metallar aniq funksional guruhlarni qurshab olishi mumkin va ayniqsa bir qator reaksiyalar sodir bo‘lishining oldini oladi. Najjar (1951) oqsillar bilan bog‘lanish zichligiga ko‘ra metalloenzimlarni 2 guruhga ajratadi:
1. haqiqiy metalloenzimlar – belgilangan metallarga aniq o‘ziga xos egalik qiladigan: metallar ularda protein bilan mustahkam birikkan bo‘ladi.
Mn – prolidaza, adenozintrifosfatlar, enoloazlar, geksoginaza, fosfomonoesteraza;
Cu – polifenoloksidaza, askorbinoksidaza, lakkaza, aldolaza, urikaza, tirozinaza, forminoksidaza;
Zn – karboangidraza, degidropeptidaza, ishqoriy fosfotaza, glitsil-glitsindipeptidaza, karboksipeptidaza, alkogol-degidragenaza, glutamatdegidrogenaza, laktikodegidrogenaza, noorganik pirofosfataza;
Mo – nitratreduktaza, aldegidroksidaza, ksantinoksidaza, gidrogenaza;
Mo, Cu, Mn – flavoproteidlar.
2. metalloenzimlar – metallarga, ya’ni bir va bir qancha metallarning faol kompleksida nisbatan yengil almashinadigan o‘ziga xos (xos bo‘lmagan) kuchsiz holatda egalik qiladi (Shkolnik, 1963).
Mn, Co – arginaza;
Co, Zn, Mn – lesitinaza;
Zn, Mn – sistein-disulfigidraza;
Mn, Co, Cu, Zn – karboksilaza;
Mn, Co – dezoksiribonukleaza;
Co, Zn, Mn – otquloq-sirkali dekarboksilaza.
Bor, marganes va mis bilan ildizdan tashqari oziqalantirishda fotosintez intensivligini yuqori darajada saqlash uchun tuproqda namlik tanqis bo‘lgan holatlarda butun vegetatsiya davomida ushbu mikroelementlar eritmasi bilan qayta purkash zarur (Tagi-Zade, 1957). M.Ya.Shkolnik (1959) tajribalarida harorat yuqori bo‘lgan sharoitda fotosintezga marganes, mis va ruxning ijobiy ta’siri namoyon bo‘lgan. Issiq iqlimda ushbu elementlarning miqdori yetarlicha bo‘lganda kunduzgi soatlarda fotosintez intensivligi xuddi nazorat o‘simliklarda ertalabki soatlardagi singari bo‘lgan yoki undan ham yuqori bo‘lgan. Mis, rux, marganes ta’sirida fotosintez depressiyasining kamayishi ularning xususiyati bilan bog‘liq holda yuqori haroratda plastid va fermentlar inaktivatsiyasi, ularning ijobiy ta’siridan assimilyantlar harakatlanishi kamayadi.
V.P.Bojenko, M.Ya.Shkolnik, T.S.Momot (1963) ko‘rsatishicha, rux va mis barglarda adinozintrifosfat kislota (ATF) miqdori oshirsa, ATF ishtirokida esa assimilyantlar oqimi tezlashadi (Kursanov, Brovchenko, 1961). N.Tolbert (1961) fikriga ko‘ra, ATF uglekislotalar tiklanishida ham ishtirok etadi. Bundan tashqari, hujayra qobig‘i orqali bikarbonatlar shaklida SO2 hujayraga singishi va keyinchalik rux saqlovchi karboangidrazali xloroplast bilan birikishi aniqlangan (Waygood, Clendenning, 1950).
Nafas olish jarayoni fermentlar boshqaradi, katalitik reaksiyani limon kislotali sikl tashkil etadi. Siklning yetakchi ioni bo‘lib Mn2+ xizmat qiladi. Hujayraning nafas olish markazi mitoxondriya hisoblanadi. Limon kislotali siklda fermentlar saqlovchi mitoxondriya lipid almashinuvida ishtirok etadi. D.M.Mixlin, P.A.Kolesnikova (1947) ma’lumoti bo‘yicha mis saqlovchi polifenoloksidaza fermenti o‘simlik dunyosida eng ko‘p tarqalgan nafas olish tizimi hisoblanadi. Mis saqlovchi oksidlovchi fermentlar tarkibidagi mis boshqa oksidlovchi fermentlar bilan birgalikda nafas olish jarayonida ishtirok etadi, energiya ta’minotida, o‘simlikning sintetik faoliyatini amalga oshirish uchun u shunchalik zarur.
Mis peroksidaza oksidlovchi tizim sintezini, oqsil, uglevod, pentoza va yog‘ sintezini ta’minlaydi. Mikroelementlar azot almashinuvida juda katta rol o‘ynaydi. Azot almashinuvida muhim modda hisoblangan flovoprotein fermentlar tarkibida metallar aniqlangan, atmosfera azoti fiksatsiyasi jarayonida va nitratlar tiklanishida bir qator elementlarning ahamiyatiga aniqlik kiritishga imkon beradi.
Nitratlarning tiklanish sxemasi quyidagicha (Nicholas, 1961):
Mo Fe, Cu Fe, Cu Mn
NO3 → NO2 → NO → N2O3 → NH4OH → NH3.
Nitrat azotining ammoniy azotiga aylanishi bir guruh mikroelementlar ishtirok etadigan murakkab, ko‘p stadiyali jarayon hisoblanadi. Ushbu jarayonni boshlab beruvchilar molibden saqlovchi nitratreduktaza fermenti hisoblanadi. U elektron tashilishini tezlashtirib, piridin-nukleotidlar tiklanishi bilan nitratlardan nitritlar hosil bo‘ladi. Xorijiy tadqiqotchilar (Mulder, 1948; Ichioka, Arnon, 1955) tomonidan juda qiziqarli ma’lumotlar olingan bo‘lib, ularning ko‘rsatishicha molibden mavjud bo‘lmasligida nitratlar to‘planadi, o‘simliklarda aminokislota miqdori kamayadi, nitrat azotining ammoniy azotiga almashinuvida molibdenga bo‘lgan talab sezilarli pasayadi.
B.A.Yagodin (1968) ishlari azotfiksatsiya jarayonida So ning roli muhimligini ko‘rsatadi. Ushbu element azotfiksatsiya jarayonida vodorod donorli tizim fermentlarini faollashtiradi, dukkakli ekinlar tuganaklarida gemoglabin, V12 vitamini miqdorini oshiradi.
Vitaminlar va o‘sishni rostlovchi moddalar sintezida mikroelementlar ijobiy rol o‘ynaydi (Shkolnik, 1967 b).
Fermentlar tarkibidagi mikroelementlar ribonuklein kislota bilan kompleks hosil qilib, o‘simlik hayotining barcha jabhalarida jiddiy ta’sir etadi. Ular RNK va DNK konfiguratsiyasi muqim (stabil) bo‘lishiga imkon beradi, avloddan avlodga o‘tishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Sinergizmdan tashqari, elementlarning antagonistik o‘zaro ta’siri ham ko‘pchilik fermentlar aktivligiga ta’sir etadi. Enzimlar aktivligiga ta’sir etadigan asosiy ingibitorlar sifatida Ag, Hg, Pb, W, ba’zan Cu kabi og‘ir metallar xizmat qiladi, faollashtiruvchi elementlarning yuqori konsentratsiyasi fermentlar faoliyatini susaytiradi.
Marganes xloroplastlarda, asosan gidrogenaza fermentini konsentrlaydi, uglekislotalar tiklanishida faol ishtirok etadi. Bundan tashqari, fotosintezning muhim reaksiyasida ishtirok etadi, uni fotosintez jarayonidagi muhim omillardan biri deb hisoblashga asos bor. Karboksillanish, dekarboksillanish, fosfor almashinish reaksiyalari va limon kislotali siklda fermentlar faollashishi marganes ishtirokida amalga oshadi. Marganes nitrat assimilyatsiyasi jarayonida ferment tizimida oxirgi komponent sifatida ishtirok etadi.
Mis polifenoloksidaza, askorbinoksidaza, lakaza va boshqa qator fermentlar tarkibiga kiradi, nafas olish, fotosintez jarayonini boshqaradi va azot almashinuvida ishtirok etadi. Mis tanqisligining sodir bo‘lishi azotli oziqalanish sharoiti bilan chambarchas bog‘liq. Oqsil biosintezida mis muhim rolni bajaradi.
Rux nafas olish jarayonlari bilan bog‘langan qator fermentlar komponenti yoki faollashtiruvchisi hisoblanadi. Ushbu element fosforlanish jarayonida juda katta rol o‘ynaydi. O‘simliklarda ruxga bo‘lgan talab fosforli o‘g‘itlarni yuqori dozada qo‘llash natijasida kuchayadi. Rux o‘sish jarayonini boshqaradi, assimilyantlar oqimini tezlashtiradi. Rux oksidlanish-qaytarilish jarayonini amalga oshiradigan fermentlarga (alkogoldegidrogenaza, laktatdegidrogenaza va boshqalar) kuchli ta’sir etadi. Rux o‘simliklarning meva tugish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi.
Molibden tuganak bakteriyalarga va dukkakli ekinlar bilan kuchli simbioz ta’sirlashadigan Azotobacter va Clostridum bakteriyalariga azotning fiksatsiyasidagi zaruriy o‘ziga xos biokatalizator komponenti hisoblanadi. O‘simliklarga nitrat azotining o‘zlashtirish jarayonida va niratlar reduksiyasida ushbu elementning roli nihoyatda katta. Nitratli oziqalanishda o‘simliklarning molibdenga talabi ortadi.
Bor yuqori o‘simliklar uchun ularning barcha hayot faoliyati o‘tishida zarur element hisoblanadi. Bor yetishmasligining asosiy alomati – ildiz va poyaning o‘sish nuqtasi qurishi, natijada uglevod tanqisligi kuzatiladi.
Ildizga yutilgan borning sezilarli qismi bargda organik birikmalar bilan organobor birikma shakllanadi, ularning ko‘pchiligi kam harakatchanligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun o‘simliklardagi borning asosiy birikmalari issiq suvda ham qayta-qayta ekstraksiyasi qiyin ajraladigan shaklda bo‘ladi. Uning juda ham kam qismi eriydigan holatda bo‘ladi. O‘simliklarning uglevod almashinuviga faqatgina borning noorganik birikmalari ta’sir etadi. Shunga ko‘ra, o‘simliklarning qulay o‘sishi va rivojlanishi uchun ularga borning to‘xtovsiz yutilishi zarur.
O‘simliklar hayotida borning fiziologik roli juda ko‘p qirrali. Uning muhim funksiyasi uglevod almashinuvida, oqsil sintezida ishtirok etishi va ularning o‘simliklarda harakatlanishi hisoblanadi.
Bor barglarda va poyada umumiy, oqsil azoti va oqsil miqdorini oshiradi hamda oziqa muhitda bor tanqisligi natijasida ularning sintezi oxiriga yetishi kechikadi.
Nuklein kislotalar miqdori bor miqdoriga bog‘liq (Vlasyuk, 1966), u efirosaxarlardagi fosfor miqdorini keskin kamaytiradi va uning miqdori nukleotidlar, makroergik birikmalardagi miqdorini ko‘paytiradi. Bor va ATF faolligi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Bor energiya almashinuvida muhim rol o‘ynaydi, fosforlanish jarayoni va moddalar almashinuvida fosforning energetik qatnashish jadalligini ta’minlaydi.
Bor plazma kalloidlarining fizik-kimyoviy xossalariga ta’sir etadi: cuvsizlanish pasayadi, yopishqoqlik oshadi, plazmaning o‘tkazuvchanligi kamayadi, hujayrada gidrofil kalloidlar – oqsillar va nukleoproteidlar ijobiy ta’siri namoyon bo‘ladi: noqulay ob-havo sharoitida qurg‘oqchilikka, sovuqqa, issiqqa va sho‘rga chidamliligi oshadi (Shkolnik, 1959).
Bor o‘simliklarning mineral oziqa elementlar ta’minotida ishtirok etadi. Uning yetishmasligi natijasida o‘simlikning o‘sayotgan yosh organlariga barcha oziqa elementlar harakatlanishi u yoki bu darajada qiyinlashadi. Borning o‘simlikka ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siri tuproqda mineral oziqa elementlar o‘rtasidagi optimal nisbatining buzilishida namoyon bo‘ladi, bu uning oksidlanish-qaytarilish jarayoniga ta’sirlashishi bilan bog‘liq (Shkolnik, 1952). Bor misga bo‘lgan munosabatda antagonistik ta’sir etadi (Shkolnik, Makarova, 1950). Uning yetishmasligi o‘simliklarga fosfor va azotning o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir etadi.
Bor fotosintez intensivligini oshirgani singari xlorofill sintezi jarayoniga ham ijobiy ta’sir etadi va qorong‘ilikda uning parchalanishi kamayadi. Bundan tashqari, u o‘simlikning suv almashinuvini yaxshilaydi va o‘simlikning zamburug‘li, bakterial kasalliklarga chidamliligini oshiradi.
Shuning uchun mikroelementlar rolini o‘rganish vazifasi avvalo, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarda V, Mn, Cu, Zn, Mo, Co va boshqa mikroelementlarning ishtirok etish mexanizmini chuqur tadqiq etish, tuproq-o‘simlik tizimida oziqa moddalar aylanishini inobatga olgan holda qishloq xo‘jalik ekinlarining turli tuproq-iqlim sharoitlarida o‘g‘itlarga talabini diagnostika qilish usulini ishlab chiqish va har bir tuproq-iqlim sharoiti uchun makro va mikroo‘g‘itlardan samarali foydalanish tizimini ishlab chiqishga qaratilishi lozim.
Fermentlar tarkibiga kiruvchi ayrim mikroelementlarning yetishmasligi ularning keyingi faolligini susaytiradi. Masalan, L.S.Okanenko va L.K.Ostrovskayalarning (1950) ta’kidlashicha, mis yetishmaganda mis saqlovchi polifenoloksidaza va askarbinatoksidaza fermentlarining faolligi keskin pasayadi.
V.V.Yakovleva, T.A.Danilova (1965) ma’lumotlarga ko‘ra, yarim mikroo‘g‘itlar (PMU) tarkibidagi bor, molibden va rux mikroelementlar gorox ildizi va urug‘pallalaridagi peroksidaza va polifenoloksidaza fermentlarining faolligini oshirgan. xuddi shuningdek, makkajo‘xorida oksidlovchi peroksidaza fermenti polifenoloksidaza fermentiga qaraganda ko‘p bo‘lishi aniqlangan. Oksidlanish-qaytarilish jarayonida fermentlar o‘simlikning nafas olishini mo‘tadillashtiradi, noqulay sharoitlarda uni qulay darajada bo‘lishiga yordam beradi.
Mikroelementlarning fermentlar bilan bog‘lanishi mustahkam bo‘lishi yoki mustahkam bo‘lmasligi mumkin. Shunday mikroelementlar mavjudki, ular mustahkam bo‘lmagan bog‘lanishda bo‘ladi, xususan ular oksidlanish-qaytarilish jarayonida, fotosintezda, uglevodlar, vitaminlar to‘planishida, shuningdek, qator boshqa fermentativ jarayonlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Ya.V.Peyvening (1980) ta’kidlashicha, u yoki bu mikroelementlarni qo‘llashga oid masalalarda ularning tuproqdagi harakatchan shakli emas, balki ularning bir xil valentligi va o‘simlik fermentlari molekulasi tarkibida bir-biri bilan o‘rin almashinishi inobatga olinishi kerak. Lekin hozirgi vaqtda fermentlar va vitaminlarning mikroelementlar bilan bog‘lanishi juda mustahkamligi aniqlangan, masalan, mis polifenoloksidaza va askorbinatoksidaza bilan, rux karboangidraza bilan va h.k.
O‘simlik hujayrasida fermentlar sintezi biokimyoviy reaksiyalar bilan bog‘lanishda bo‘ladi, bunga mikroelementlarning ta’siri bevosita yoki bilvositadir. Mikroo‘g‘itlardan foydalanish amaliyotida ayrim mikroelementlarning o‘zaro antogonizmi hisobga olinishi kerak. O‘simlik ulg‘aygan sari sinergizm va antogonizmning ifodalanish darajasi hamda yo‘nalishi o‘zgaradi, o‘simlikning oziq moddalarga bo‘lgan talabi va hujayrada moddalar almashinuvi ham shunga mos o‘zgaradi.
Mikroelementlar va moddalar almashinuvi
Keyingi yillarda flavoprotein fermenti tarkibiga kiruvchi mikroelementlar kashf qilinishi bilan azot almashinuvida mikroelementlarning funksiyasini aniqlash bo‘yicha yuqori natijalarga erishildi. Ayrim mikroelementlar molekulyar azotni fiksatsiya qilishni kuchaytirishni ta’minlaydi, buning esa amaliy ahamiyati nihoyatda katta.
Bundan 80 yil oldin H.Bartels Azotobacter chroococcum bakteriyasi orqali molekulyar azotning fiksatsiya qilinishida molibdenning roli nihoyatda katta ekanligi isbotlangan. Birozdan so‘ng ushbu mualliflar anaerob azotfiksatsiyalovchi Clostridum pasterianum bakteriyasi molibden ishtirokida bo‘linishini aniqlashgan. Keyingi o‘tkazilgan tadqiqotlarda esa ushbu jarayonda mis, bor, vanadiy, volframning ahamiyati borligi aniqlangan. Bundan vanadiy va volfram molibdenning o‘rnini qisman bosishini ta’kidlash mumkin (E.N.Mishustin, V.T.Emsev, 1987).
Molekulyar azotning tuganak bakteriyalar yordamida fiksatsiya qilinishida, ya’ni atmosfera azotini o‘zlashtirishdagi degidrogenaza fermenti faolligini oshirishda molibden ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, faollashgan vodorodning kelib turishini ta’minlaydi.
Molibden va mis dukkakli ekinlar tuganaklarida aminokislota va oqsil sintez bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bor, mis, rux kabi mikroelementlarning yetishmasligida oqsil sintezi uchun zarur bo‘lgan erkin aminokislotalar miqdorining sezilarli kamayishiga olib keladi.
Bir qator mikroelementlar fotosintezga ijobiy ta’sir etadi, masalan, bor, rux, molibden va boshqalar fotosintez aktivligini oshiradi. Shunday mikroelementlar borki, masalan, mis, molibden, bor, marganes, kobalt o‘simlik bargida xlorofill sinteziga ijobiy ta’sir etadi va kechasi uning sarflanishini kamaytiradi.
G.N.Popov, B.V.Egorov (1987) ma’lumotlariga ko‘ra, mikroelementlar superfosfat hisobidan kungaboqarga qo‘llanilganda fotosintez intensivligi rivojlanish fazalari bo‘yicha o‘zgargan (2-jadval).
2-jadval
Kungaboqarning fotosintez mahsuldorligi, g/m2xsutka



Superfosfat

Rivojlanish fazalari

4-5 juft barg

Savatcha hosil qilish

Gullash

Pishish

1

Oddiy

6,6

9,2

7,2

2,1

2

Borli

8,1

12,3

9,5

3,1

3

Marganesli

7,7

12,1

9,3

2,9

4

Ruxli

7,3

11,8

8,8

2,5

5

Kobaltli

6,8

9,8

7,9

2,2

Mikroelementlar ta’sirida fotosintezning birlamchi mahsuloti – uglevodlar miqdori o‘zgarishi aniqlangan.


Gorox urug‘i o‘sish jarayonida urug‘pallalarida kraxmal, saxaroza va monosaxarlar miqdori kamayadi, bu asosan, mikroelementlar bilan ishlov berilgan urug‘larda kuzatiladi. Bu hol ularning o‘sish nuqtasiga, ildizga yo‘nalishi bilan bog‘liq, bundan tashqari nafas olishga ko‘proq sarflanadi, chunki ularda jadal kechadi. Ildizlarda va yosh o‘sish nuqtasida qand (saxar) miqdori oshishi saqlanib qoladi va bu hol vegetatsiyaning birinchi yarmigacha davom etib, so‘ngra kamayadi.
Makkajo‘xori bargida vegetatsiyaning boshidan to don shakllanishigacha mikroelementlar ta’sirida uglevodlar miqdori muttasil oshib boradi va pishishda birmuncha kamayadi (G.N.Popov, B.V.Egorov, 1987).
Bor, mis, rux, molibden va boshqa mikroelementlarda uglevodlar, asosan saxarozaning barglardan poyaga va hosil elementlarga harkatlanishini yaxshilaydi.
Binobarin bor, mis, rux, molibden va marganes nafaqat qand, balki boshqa birikmalarning katta miqdori harakatlanishi uchun energetik quvvatni ta’minlaydi, shunga ko‘ra, ular nafaqat uglevodlarning, balki organik moddalarning harakatlanishini yaxshilaydi. Oqsil, yog‘, alkaloid, vitamin, o‘stiruvchi stimulyatorlar va boshqa organik birikmalar sintezi uchun qand dastlabki material bo‘lib, moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
Oqsil almashinuviga bor va misning ta’siri sezilarli, molibden yetishmasligida o‘simlikda aminokislotalar miqdori kamayadi. Bir qancha mikroelementlarning yetishmasligida o‘simlikda xloroz sodir bo‘ladi, shuningdek, oqsil sintezi buziladi.
Mikroelementlar o‘simlikda elementlarning harakatlanishi va qayta taqsimlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Nishonlangan atomlar yordamida aniqlanishicha, bor mikroelementi fosforning poyadan bargga harakatlanishini tezlashtiradi. Uning ta’sirida yuqoridagi yosh barglarda fosfor miqdori oshadi va aksincha, pastdagilarda kamayadi. Bundan aytish mumkinki, uglevodlar sintezi va harakatlanishiga bor ijobiy ta’sir etadi.
Download 21,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish