21
Odam tanasi tuzilishi; skelet: birikishlar, tayanch va harakat, himoya, suyak shakllari, suyak
xususiyatlari, suyak to’qimasi, skelet ontogenezi, o’sishi, suyaklashuv, bo’g’inlar va ularning klassifikasiyasi;
muskullar: muskul to’qima, muskullarni tanada joylashuvi, shakllari; ish faoliyati;.
Ovqat hazm qilish va nafas olish tizimi; og’iz bo’shlig’i; so’lak bezlari; til; tanglay; xalqum, qizilo’ngach;
oshqozon; ichak va uning bo’limlari; jigar: tuzilishi va funksiyasi; oshqozon osti bezi; qorin bo’shlig’i; nafas olish
tizimi: burun bo’shlig’i, xiqildoq, traxeya va bronxlar, o’pka, plevra, alviyelalar.
Siydik – tanosil tizim: buyrak tuzilishi, siydik yo’li, siydik pufagi, erkak va ayol jinsiy bezlari tuzilishi.
Endokrin tizim: qalqonsimon bez; gipofiz, epifiz, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezining insulyar qismi,
odamning tomir tizimi, qon va limfa, yurakning tuzilishi, arteriya, vena va kapillyarlar tuzilishi. Nerv sistemasi.
Bosh va orqa miyaning tuzilishi. Periferik nerv tizimi.
6.5.3.7. Odam va hayvonlar fiziologiyasi
Fiziologiya fanining predmeti, maqsadi, tadqiqot metodlari va rivojlanish tarixi. To’qimalar fiziologiyasi;
muskul to’qimasini umumiy fiziologiyasi; ko’ndalang-targ’il muskullar; xoliko-reseptor va uning ion kanali; silliq
muskullar; nerv tizimining umumiy va xususiy fiziologiyasi; sensor tizimlar fiziologiyasi; endokrin tizim; qon,
to’qima suyuqligi, limfa; yurak-tomir tizimi; nafas olish tizimi fiziologiyasi; ovqat xazm qilish fiziologiyasi, ayiruv
organlari fiziologiyasi; modda va energiya almashinuvi; oliy nerv faoliyati fiziologiyasi; reproduktiv tizim
fiziologiyasi.
6.5.3.8. O’simliklar ekofiziologiyasi
O’simliklar ekofiziologiyasi fanining predmeti, o’simliklar ekofiziologiyasi fanining rivojlanishi,
obyektlari va biologiyasining umumiy rivojlanishi va amaliyoti bilan bog’liqligi. O’simliklar ekofiziologiyasining
yangi sohalari uchun nazariy asoslar. O’simliklar hosildorligining fiziologik asoslari.
Hozirgi zamon ekofiziologiyasining qishloq xo’jaligi, tabiatni muhofaza qilishga doir masalalarni
yechishdagi roli. O’simlik xujayrasining ekofiziologiyasi. Bioenergetikaning asosiy tushunchalari, fotosintez,
fotosintez ekologiyasi, bundan tashqi sharoit va organizm holatiga bog’liqligi, harorat, yoritishi sharoiti, karbonat
angidrid, mineral oziqlanishi va suv bilan taminlanishining fotosintezga ta’siri fotosintez jarayonlarining sutkalik va
mavsumiy maromlar. Fotosintez omillar kompleksining ta’siri. Turli ekologik guruxga mansub o’simliklar
fotosintezining xususiyatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: