O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti ekologiya kafedrasi



Download 4,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/230
Sana07.04.2022
Hajmi4,51 Mb.
#534719
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   230
Bog'liq
gidrobiontlar ekologiyasi

2. KO’LLARNING TURLARI.
Suv almashinishiga ko’ra ko’llar quyiladigan va quyilmaydigan ko’llarga bo’linadi. 
Quyiladigan ko’llar unga daryolardan kelib, tushadigan suvni yoki uning bir qismini quyi oqim 
bo’ylab dengizga qo’yadi (Baykal, Onej, Ladoga). Quyiladigan ko’llarga oqar ko’llar deyiladi. 
(Chud, Zaysan, Sraez).
Quyilmaydigan ko’llar suvni daryolardan oladi va uni faqat bug’lantirishga va sun’iy suv 
omborlariga sarflaydi (Kaspiy, Orol, Balxash, Issiqko’l, Chad).
3. KO’LLARNING MORFOLOGIYa VA MORFOMETRIYaSI.
Ko’llarning asosiy morfologik elementlari:
1. Havzasi – ya’ni er yuzasining turli yo’llar bilan tabiiy ravishda pasayishi.
2. Kosasi, ya’ni suv sathi – ko’lning suv bilan to’lgan qismi.
Ko’l havzasining muhim elementi qirg’oq qismi bo’lib hisoblanadi. Ko’lning qirg’og’iga 
uning litoral qismi deyiladi. So’ng suv ostidagi qiyalik qismi boshlanadi, bunga sublitoral 
deyiladi. Ko’lning chuqur qismiga pelagial deyiladi. Ko’lning tubiga profundal deyiladi. 
Ko’lning asosiy morfometrik elementlari quyidagilardan iborat.
1. Ko’lning maydoni – suv yuzasining maydoni yoki ko’zgusi. 


129 
2. Ko’ldagi suvning hajmi.
3. Qirg’og’ining uzunligi.
4. Ko’lning uzunligi – suv sathi bo’ylab ko’lning eng uzun nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
5. Ko’lning eni – ko’lning uzunligiga perpendikulyar bo’lgan qirg’oqning har qanday 2 
nuqtasini tutashtiruvchi chiziq.. 
6. Ko’lning maksimal enliligi. 
7. Ko’lning o’rtacha enligi. 
Materiklardan okeanlarga oqib kelayotgan suvning bir qismi ma’lum vaqt mobaynida 
relefning chuqur qismlarida to’planib, ko’llarni hosil qiladi.
Ko’l deb quruqlikning atrofi berk soyliklarida joylashgan oqimsiz yoki oqimi sust, okean 
bilan o’zaro bog’lanmagan, o’ziga xos ekologik sharoit va organizmlarga ega bo’lgan suv 
havzalariga aytiladi. Ko’llarning daryolardan farqi shuki – ular suv almashinuvi sust bo’ladigan 
havzalardir. Ko’llarning barcha rejimi; suvning gorizontal va vertikal bo’yicha haroratining 
o’zgarishi hamda ximiyaviy har xilligi, tagida qattiq jinslar va tuzlarning yotqizilishi, biosenozlar 
xarakteri, nihoyat suv havzalarining rivojlanishi va qurib ketishi, ulardagi suvning sust 
alamashinuvi bilan bog’liq. Biroq ko’llarni daryolarga shunchaki qarama-qarshi qilib quyish 
to’g’ri emas. Ko’pgina daryolarning ko’lsimon kengaygan joylari bo’ladi yoki ular suv 
birmuncha tez almashinadigan uzun va ensiz oqar ko’llarni ham o’z ichiga oladi. Qurg’oqchilik 
iqlimli joylarda ko’llar yozda ko’pincha bir-biridan ajralgan bir qancha ko’llarga bo’linib ketadi.
Har bir ko’l bir-biri bilan bog’liq uch tarkibiy qismdan iborat: 
1.
Suv to’ldirilgan chuqurlik 
2.
Suv massasi (u suvning o’zidangina emas, unda erigan moddalardan ham iborat).
3.
Suv havzasining o’simlik va hayvonot olamidan tashkil topgan.
Bundan ko’rinib turibdiki, tektonik ko’l, muzlik ko’l va shu kabi iboralar unchalik aniq emas, 
chunki ko’llarning hamma qismi emas balki havzasi (kotlovinasi) er yuzasining chuqurlashgan 
qismi tektonik yo’l bilan yoki muzlik ishi natijasida paydo bo’lishi mumkin.
Ko’llarning suvi – ko’llarning suvi asosan atmosfera suvi bo’lib, a) ko’l yuzasiga tushadigan 
yog’inlar, b) atmosferadagi namning suv yuzasida kondensasiyalanishi, v) ko’lga kelib 
quyiluvchi daryo va jilg’alar suvi va g) grunt suvi tarzida ko’lga kelib to’planadi. Ko’l suvi 
bug’lanishga, daryo oqimiga va gruntga shimilishga sarf bo’ladi.
Ba’zan ko’llardagi hozirgi suv massasi yaqin geologik o’tmishda shu kotlovinani egallagan 
dengiz suvining ko’l suviga almashinishidan hosil bo’lgan.
Muzliklar bosgan zamonda hozirgi Baltika dengizi va Oq dengiz, Ladoga, Onej ko’llari va 
Shvesiyadagi ko’llar o’rnida Geoldiya dengizi bo’lgan. Geoldiya dengizi chekingach, avval shu 
dengiz suvi, so’ngra esa chuchuk suvli ko’llar vujudga kelgan. Bu vaqtda Kaspiy dengizi Kuna-
Manich botig’idagi bug’oz orqali Qora dengiz bilan tutashib turgan, ya’ni dengiz havzasidan 
iborat bo’lgan. Bunday ko’llar relekt yoki qoldiq ko’llar deb ataladi. Ularda dengiz hayvonlari 
(chunonchi, tyulen) yashaydi va ular ko’l sharoitiga moslashadi.

Download 4,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish