Siyosatshunoslikka


turli  shakllari



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

103


turli 
shakllari
mavjud bo‘lgan: iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, harbiy, 
diniy, m a’naviy, oila (sulolaviy) hokimiyat. Tarixda siyosiy hokimiyat 
hukmdor qo‘lida bo‘Isa, diniy va harbiy hokimiyat egalari katta 
ta’sirga ega hisoblanishgan.
Shu bilan birga hokimiyatni faqatgina kuchga asoslangan emas, 
uni amalga oshirishning turli 
vositalari
ham mavjud: huquq, an’analar, 
ishontirish, majburlash, manipulatsiya, obro‘-e’tibor.
Dastlab, hokimiyatni namoyon qilish, o ‘zining kuch-qudratini 
namoyon qilish hukmdorlik orqali namoyon bo‘lgan. Tarixan 
monarxiyalarda hamma sulola vakillari hukmronlikka intilishgan. 
Bugungi kunda jamiyat siyosiy institutlari keng rivojlandiki, natijada 
hokimiyatning 
namoyon bo'lishining
turli shakllari ham vujudga 
kelidi: hukmronlik, rahbarlik, boshqarish, muvofiqlashtirish, tashkil 
etish, nazorat.
Siyosiy hokimiyat mavzusini o ‘rganish natijasida, talabalarda 
kishilik jamiyatida nima uchun hokimiyat munosabatlari zarur bo‘- 
lishligi to‘g ‘risida hamda siyosiy hokimiyat strukturasining asosiy 
elementlari, siyosiy hokimiyat resurslari, turlari va umuman, siyosiy 
hokimiyatning asosiy mohiyati to‘g‘risida kerakli bilim ko‘nikmalari 
hosil bo‘ladi. Siyosiy hokimiyat siyosatshunoslikning asosiy 
kategoriyasi sifatida ko‘plab tadqiqotchilaming asosiy tadqiqot 
obyektiga aylangan va turli ta’riflar shakllangan.
N.Makiavelli (1469-1527) siyosiy hokimiyatning davlat hokimiyati 
sifatidagi mohiyati va tabiatini asoslab berdi. Uning fikriga ko‘ra, 
davlat siyosatining asosiy maqsadi har qanday vositalar bilan o‘z 
hokimiyatini kuchaytirishdan iborat. Uning fikricha, hokimiyatning 
asosi - «yaxshi qonunlar» va «qudratli qo‘shin». Hokimiyat- 
odamlaming ehtiroslarini jilovlashga va ularda fuqarolik fazilatlarini 
tarbiyalashga qodir bo‘lgan kuch.
Hokimiyat 
tabiati 
va mohiyatini 
ochib 
berishda 
ingliz 
mutafakkiri 
Jon 
Lokk( 1632-1704)ning 
xizmatlari 
benihoya 
kattadir. U birinchiladan bo‘lib hokimiyatni insonparvarlashtirish va 
ma’naviyatga bo‘ysundirish g‘oyasini ilgari suradi.
104


Nemis faylasufi M.Veber( 1864—1920)ning izohlashiga ko‘ra, 
hokimiyat 
odamlaming 
odamlar 
ustidan 
ichki 
oqlangan 
zo‘ravonlikka asoslangan hukmronligidir. Hokimiyatning asosiy 
vositasi-zo‘ravonlik. Siyosat esa hokimiyatda ishtirok etishga 
intilishni anglatadi.
M.Veber birinchi bo ‘lib hokimiyatning o ‘z xohish-irodasini 
o‘tkazish imkoniyati sifatidagi mohiyatini ochib berdi. Falsafiy 
yondashuv nuqtayi nazaridan, hokimiyat kimgadir amr-farmon 
berish, nimanidir tasarruf etish qobiliyati, huquqi yoki imkoniyati, 
odamlaming huquqlar, obro‘-e’tibor, iroda, majburlash singari 
vositalar yordamida amalga oshiriladigan faoliyati yoki xulq- 
atvoridir.
Ingliz faylasufi T.Gobbs (1588-1679) siyosiy hokimiyatning 
jamiyatdagi yetakchi roli haqidagi tasavvumi rivojlantirdi. U 
hokimiyat deb “boshqalar uning xohish-irodasiga bo‘ysunadigan 
shaxs yoki jamiyat”ni atagan. Hokimiyat fuqarolaming istak-irodasini 
yagona xohish-irodaga birlashtirishidir.
AQSHlik Olim R.Dal( 1915-2014)ning xulosasiga ко ‘ra, hokimiyat 
bu - odamlar xulq-atvorini nazorat qilishdir. T.Parsons (1902-1979) 
esa hokimiyatni umumiy maqsadlarga erishishga yordam beruvchi 
resurslar tizimidir, deb qaraydi.
Bir qancha insonlar siyosiy hokimiyat haqidagi konsepsiyalami 
yoqtirishmaydi. Unda majburlash, notenglik va ba’zan shafqatsizlik 
ifori ufurib turadi degan fikrlar bildiriladi. Ayrim notiqlar kuch 
ishlatishsiz boshqaruvni taklif etish orqali “siyosatda kuch ishlatish”ni 
inkor etishi, ular fikricha hayotdan xursand aka-ukalar va opa- 
singillar uyushmasi o‘zlarini sevgi va hissiyotlami o‘zaro bo‘lishish 
orqali boshqarishadi. Bunday holatga asoslangan hamjamiyatlar 
hamjihatligi uzoq davom etmaydi, yoki agarda ular o ‘z holatlarini 
yetakchi va izdoshlar singari tuzilmaga o‘zgartirishmasa. Siyosiy 
hokimiyat inson holati va vaziyati orqali vujudga keladigandek 
tuyuladi. Lekin nima uchun ayrim odamlar boshqalar ustidan siyosiy 
hokimiyatni amalga oshirishadi? Hozircha siyosiy hokimiyatni 
to‘liqligicha tushuntirib beradigan ta’rif mavjud emas. Bu o ‘rinda
105


biologik, psixologik, madaniy, ratsional, irratsional yondashuvlami 
ilgari surish mumkin.
> Biologik yondashuv. Aristotel uni birinchi marta va ehtimol eng 
yaxshi uslubda aytgandir: “Inson o‘z tabiatiga ko‘ra siyosiy mavjudot- 
dir”. (Aristotelning “Zoon Politikon” so‘zini “siyosiy mavjudot” yoki 
“ijtimoiy mavjudot” sifatida tarjima qilish mumkin. Greklar polis 
deb nomlangan jamiyatlarga ega shahar-davlatlarda istiqomat qi- 
lishgan).
Aristotel insonlar tabiatan fillar yoki kiyiklar singari to‘dalarga 
birlashib yashashlarini nazarda tutgan. Biologik jihatdan, mavjud 
bo‘lishi va yashab qolishi uchun insonlar bir-birlariga muhtojdir- 
lar. Barcha to‘da bo‘lib yashovchi hayvonlar singari insonlaming 
o‘zlarini yetakchilar va ergashuvchilar singari sinflarga ajratishi ham 
tabiiy holat sanaladi. Aristoteldan o ‘m ak olgan holda, zamonaviy 
biologik ta’rifda shunday deyiladi: siyosiy tizimni shakllantirish va 
o ‘z yetakchilariga bo‘ysunish insonning tug‘ma xulq-atvoridir, gen- 
lar orqali kelajak avlodga o ‘tib boradi. Ayrim olimlar inson siyosati 
boshqa sut emzuvchilamiki singari aynan “iyerarxik ustunlik”ni namo- 
yish etadi deb hisoblashadi. Siyosatchilar “alfa norlar”(hayvonlarda 
to‘dagi oldinga yetaklovchi erkak to‘daboshilar) bo‘lishga intiladilar 
yoki o‘zlarini shunday hisoblashadilar28.
Demak, hokimiyat faqat inson uchun xos emas, balki inson va 
hayvon uchun umumiy bo‘lgan biologik shart-sharoitlar va ildizlarga 
ega, ya’ni hokimiyatning asosi insonning biologik mavjudot sifati­
dagi mohiyatida mavjuddir.
> Antropologik yondashuv muayyan darajada biologik yon­
dashuv bilan o ‘xshash, shu bilan bir paytda o ‘ziga xos xususiyat- 
larga ham egadir. Masalan, agar biologik yondashuv tarafdorlari 
«siyosiy hokimiyat» tushunchasining har qanday tirik tuzilmalarda 
amal qilishni uqtirsalar, antropologik yondashuv tarafdorlari «siyo­
siy hokimiyat» tushunchasini barcha ijtimoiy, shu jumladan, sinflar 
paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan tuzilmalarga ham nisbat be- 
radilar.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish