28 Roskin M.G., Cord R.L., Medeiros J.A., Jones W.S. Political Science: An
Introduction. N ew Jersey: Pearson, 2013 - P 2-19.
106
> Hokimiyatning bixevioristik talqini. Unga ko‘ra hokimiyat faoli-
yatning xulq-atvoming alohida turi hisoblanadi, ya’ni unda ba’zi odamlar
boshqaradilar, ba’zilari esa unga bo‘ysunadilar, shunga moyil bo‘ladilar.
> Hokimiyatning psixologik talqini ( Z. Freyd, K.Gustav Yung,
K. Xomi). Bu talqin hokimiyatni real individlaming xulq-atvori sifa-
tidagi bixevioristik tushunishdan kelib chiqib, ushbu xulq-atvoming
subyektiv tomonini, kishilar ongi va ruhiyatida ildiz otgan hokimi
yat manbaini ochib tashlashga harakat qiladi. Bu tipdagi eng ko‘zga
ko‘ringan yo‘nalishlardan biri - psixoanalizdir. U hokimiyatga inti-
lishni va, ayniqsa, uni egallashni jismoniy yoki ma’naviy zaiflikni
subyektiv kompensatsiya qilish vazifasini bajaradigan psixik ener-
giya sifatida talqin etadi. Hokimiyat irodalaming o‘zaro harakati -
birovlami bo‘ysunishga, boshqa birovlaming “ixtiyoriy qo‘shilishga”
tayyorgarligi sifatida vujudga keladi. Z.Freydning e’tirof etishicha,
inson psixikasida shunday tuzilmalar borki, ular shaxsiy himoyalan-
ganligi va tinchligi uchun qullik erkinligini afzal ko‘rishga moyillik
tug‘diradi.
Umuman psixologik yondashuv hokimiyat mexanizmlari motivla-
rini buyruq berish-itoat etish munosabati sifatida tadqiq etishga yor-
dam beradi.
> Hokimiyatning tizimli yondashuv konsepsiyasi. Ushbu yon-
dashuvga ko‘ra, hokimiyat ijtimoiy hayotning elementlari tomonidan
qabul qilingan umumjamoaviy maqsadlaming bajarilishini ta’minlay
olinish layoqatidir.
> Hokimiyatning eng ko‘p tarqalgan ta’riflaridan biri
pozitiv-
sotsiologik talqindir (nemis faylasufi va sotsiologi M. Veber). Bu tal-
qinda hokimiyat biror individning muayyan ijtimoiy sharoitda boshqa
individga o‘zining irodasini o‘tkazish qobiliyati sifatida tushuniladi.
Hokimiyat munosabatlarining asosini o ‘zaro ta’sir doirasiga kiritish
munosabatlari tashkil etadi. Bunday munosabatlar hokimiyat subyek-
ti va obyekti o ‘rtasida qaror topadi.
> Hokimiyatning tuzilmaviy-fimksional talqini (Amerika sotsi
ologi T. Parsons). Bu talqin hokimiyatni teng bo‘lmagan subyekt-
laming o‘zaro munosabati, sotsial tashkilotning xususiyati sifatida,
107
insonlar birligining o‘zini-o‘zi tashkil etish, uyushtirish, safarbar qil
ish uslublari sifatida olib qaraydi. Insonning jamoa bo‘lib yashashini,
ko‘p kishilaming birgalikdagi hayotini hokimiyatsiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Jamiyat turli elementlardan iborat bo‘lgan yaxlitlikdir.
Uning o‘zi quyidan yuqoriga qarab tuziladi, boshqaradigan va ijro
etuvchi sotsial rollarni tabaqalashtiradi. Hokimiyat - bu resurslami,
ta’sir ko‘rsatish vositalarini safarbar qilishga imkon beruvchi sotsial
maqomlar, rollaming xususiyatidan iboratdir. Boshqacha qilib ayt
ganda, hokimiyat rahbar lavozimlami egallash va muayyan funksi-
yalami bajarish bilan bog‘liq faoliyatdir. Rahbar lavozimlar esa oqi
lona va nooqilona chora-tadbirlar, rag‘batlantirish va jazolash yor-
damida kishilarga ta’sir qilish imkonini beradi.
>
Ratsional yondashuv. Yana bir g‘oyaviy oqim maktabi mav-
judki, ular siyosatga nisbatan ratsional (oqilona) narsa sifatida qara-
shadi. Chunki nimani ko‘proq xohlashlarini o ‘zlari yaxshi bilishadi
va nimani qilishni xohlashsa, uni asoslash uchun yetarlicha saba-
balami qidirib topishadi. T.Gobbs, J.Lokk singari mumtoz siyosiy
nazaryotchilar insonlar “fuqarolik jamiyati”ni shakllantirishadi de
gan qarashni ilgari surishgan, boisi ulami kuchlari, hokimiyat bosh-
boshdoqligiga nisbatan ancha yaxshi sanaladi. Jonlarini va mollarini
asrash uchun insonlar boshqaruv tizimini shakllantirishadi. Agar
mazkur boshqaruv tizimi o ‘zini oqlamasa, insonlarda ulami tarqatib
yuborish va yangisini shakllantirish huquqi mavjud.
Biologik, psixologik va madaniy maktablar siyosiy hokimiyat
shakllanishida insonlaming hohish va istaklarini chetda e ’tiborsiz
qoldirishgan, ulaming da’vo qilishicha, muayyan xulq-atvor tug‘ma
yoki muayyan vaziyatda shakllanadi, individlar juda kam holatlarda
oqilona fikr yurita oladilar.
Umuman olganda, hokimiyat tushunchasining quyidagi umumiy
jihatlariga alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi:
1.
Hokimiyat bu - odamlar o ‘rtasidagi munosabatdir; hokimiyat
munosabatlari bo‘lishi uchun kamida ikkita hamkoming faoliyati
zamr bo‘ladi.
108
2. Hokimiyat munosabatlari oxir-oqibatda va har doim hukmron-
lik qilish va bo‘ysunish munosabatlaridan iborat bo‘ladi;
3. Hokimiyat munosabatlarida, albatta, hayotiy muhim masalalar-
ga e ’tibor qaratiladi.
4. Hokimiyat munosabatlari o‘ziga xos asimmetrik mohiyatga
cgadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |