Siyosatshunoslikka


 Siyosiy hokimiyat va uning tuzilishi



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

2. Siyosiy hokimiyat va uning tuzilishi
Siyosiy hokimiyat hokimiyatning asosiy shakli sanalib, ilmiy ada- 
biyotlarga unga nisbatan quyidagi ta’riflami uchratish mumkin:
Siyosiy hokimiyat u yoki bu vosita: obro‘, huquq, zo‘rlik yordami- 
da o ‘z 
irodasini amalga oshirish, jamiyat xulq-atvoriga belgilovchi 
ta’sir 
ko‘rsatishning usul va imkoniyatlaridir.
Siyosiy hokimiyat bu - uni egallab turgan, butun jamiyat (davlat)ga 
rahbarlik qilib boshqarayotganlarning davlat ixtiyoridagi vosita- 
lar yordamida xalq ommasining xatti-harakatiga belgilovchi ta’sir 
o'tkazish, odamlaming ko‘pchiligini qo‘yilgan maqsad va dasturlami 
nmulga oshirishga safarbar etish, barqarorlik va ijtimoiy kelishuv 
maqsadiga alohida guruhlar munosabatlarini tartibga solish qobiliyati 
va imkoniyatidir.
109


Siyosiy hokimiyatning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:
birinchidan, hukmronlik munosabatlarining subyekti va obyekti- 
ning mavjudligi;
ikkinchidan, hokimiyatni amalga oshiruvchining faoliyati;
uchinchidan, bo‘ysundirishning amalga oshiruvchi mexanizmi;
to‘rtinchidan, hokimiyat subyekti salohiyatlarini mustahkamlab 
qo‘yadigan normalar.
Ta’kidlash joizki, siyosiy hokimiyat hokimiyatning boshqa turlari- 
dan quyidagi asosiy xususiyatlari bilan farq qiladi.
1 . Suverenitet - hokimiyatning mustaqilligi va bo‘linmasligidir. 
Masalan, mamlakatda koalitsion hukumat va ko‘p partiyali parlament 
bo‘lgan taqdirda ham siyosiy hokimiyat turli siyosiy kuchlaming ke- 
lishilgan siyosati orqali amalga oshiriladi.
2. Iroda - muayyan siyosiy maqsad va dastuming mavjudligi va 
uni amalga oshirishga qaratilgan tayyorgarlik.
3.Avtoritet - siyosiy hokimiyat subyektining ijtimoiy hayotning 
barcha jabhalaridagi ta’sirining mamlakat va uning tashqarisidagi 
umum e’tirofi.
4. Majburlash - o‘z irodasini jismoniy kuch ishlatib bo‘lsada amalga 
oshirish. (Bu xususiyatni diktatura bilan aynanlashtirmaslik kerak.).
Siyosiy hokimiyat tuzilishi (strukturasi) - bu uning ularsiz mavjud 
bo‘la olmaydigan tarkibiy qismlaridir. Siyosiy hokimitning tarkibi- 
ga subyekt, obyekt va resurslar kiradi. Ular hokimiyatning bevosita 
tashuvchisidir.
Hokimiyat faqat hokimiyat subyekti va obyekti o‘zaro xatti-ha- 
rakati natijasidagina amalga oshadi. Subyekt o ‘z irodasini obyekt- 
ga nisbatan amalga oshirolmay qolishini sanksiyalar berish xavfiga 
duchor bo‘ladigan buyruqlar, topshiriqlar, farmoyishlar berish vosi- 
tasida ifodalaydi.
Subyekt - hokimiyatning faol, yo‘naltiruvchi qismidir. U alohida 
inson, ijtimoiy guruh, kishilaming birligi, misol uchun xalq yoki jahon 
hamjamiyati, davlat institutlari, siyosiy partiyalar bo‘lishi mumkin. 
Biroq har qanday inson hokimiyatning subyekti bo‘lavermaydi. U ho­
kimiyat subyekti bo‘lishi uchun qator sifatlarga ega boiishi kerak. Av-
110


valambor, bu hokimlikka xohish-istak, ko‘rsatmalar yoki buyruqlarda 
ko‘rinadigan hokimlik qilish irodasidir. Ko‘pchilik kishilar hokimi­
yatga egalik qilishdan qoniqish his etmaydilar. Ular uchun hokimi­
yat o ‘z-o‘zidan boylik hisoblanmaydi. Ko‘plar, agar hokimiyat turli 
imtiyozlami olish uchun imkoniyatlar ochib bermaganda, umuman, 
rahbarlik lavozimlaridan va ular bilan bog‘liq bo‘lgan mas’uliyatdan 
o‘zlarini olib qochgan bo‘lardilar. Ular uchun hokimiyatga intilish ins­
trumental xarakterga ega, ya’ni boshqa bir maqsadga erishish vositasi 
bo‘lib xizmat qiladi.
Hokimiyat subyektlari murakkab, ko‘p qirrali xarakterga egadir. 
Uning boshlang‘ich aktorlari - individlar va ijtimoiy guruhlar, ik- 
kinchilari - siyosiy tashkilotlar, eng yuqori darajadagi subyektlari 
esa siyosiy elitalar va liderlardir. Ushbu darajalar o ‘rtasidagi aloqalar 
doimo bir tekisda va silliq ketavermaydi. Bu aloqalar buzilishi ham 
mumkin. Masalan, liderlaming ommadan, hatto o ‘z partiyasidan uzi- 
lib qolish hollari ham goh-goh uchrab turadi.
Obyekt - hokim iyatning ikkinchi muhim elementidir. U ho­
kim iyat subyekti qarorlarining bevosita boshqaruvchisidir. 
Obyekt ham, xuddi subyekt kabi hokim iyatning ajralmas tarkibiy 
qismidir. Bu elem entsiz hokimiyatni tasavvur etib b o ‘lmaydi. 
Hokimiyatning obyektini individ, ijtim oiy guruh, sinf, jam iyat 
tashkil etadi.
Hokimiyat obyektning siyosiy hokimiyat subyektiga bo‘ysunish 
omillari29:
- qo‘rquv;
- odat (bo‘ysunishga odatlanib qolganligi);
- manfaat;
- avtoritet va boshq.
Siyosiy hokimiyat resurslari bevosita hokimiyatning mustahkam- 
lik asoslarini belgilab beradi. Hokimiyat resurslari keng ma’noda 
“individ yoki guruhning boshqalarga ta’sir qilish uchun foydalanishi 
mumkin bo‘lgan hamma narsadir”.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish