Siyosatshunoslikka



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

3. Internet saytlari:
1. www.gov.uz/
2. www.uz-info.com/
3. www.press-service.uz/
4. www.uzreport.com/
5. www.xs.uz/
6. www.elections.uz/
84


4-mavzu. SIYOSIY TIZIM
Darsning -maqsadi:
• 
talabalarga siyosatshunoslik fani haqida m a’lumot berish;
• 
jamiyatning siyosiy tizimi haqida bilimlarini shakllantirish;
• 
yoshlar orasida sog‘lom m a’naviy-ilmiy muhitni shakllanti­
rish.
Tushunchalar va tayanch iboralar:
Jamiyat, tizim, tizimli yondashuv, siyosiy tizim, siyosiy tizim funk­
siyalari, siyosiy tizim modellari, siyosiy tizim tipologiyasi, sisiodi-
namika.
Asosiy savol:
1. Siyosiy tizim mohiyati va funksiyalari.
2. Siyosiy tizimlaming faoliyat ko‘rsatish modellari va siyosiy 
tizim tipologiyasi.
3. Siyosiy rejim va uning turlari.
1. Siyosiy tizim mohiyati va funksiyalari
“Siyosiy tizim” siyosatshunoslik fanining muhim masalalaridan 
biri bo‘lib, u bevosita jamiyat siyosiy hayotidagi turli elementlami 
yaxlit va mujassamlashgan holda faoliyat yuritishini tushuntirib bera 
oladi.
Avvalo tizim deganda, bu muyyan o‘zaro bir-biriga yaqin, bog‘liq 
bo‘lgan elementlar yig‘indisi tushuniladi. Biz yashab turgan jam i­
yatda turli tizim shakllarini kuzatishimiz mumkin: siyosiy tizim, 
iqtisodiy tizim, harbiy tizim, huquqiy tizim va boshqalar. Xususan, 
AQSHlik olim T.Parsons g ‘oyasiga ko‘ra, jamiyat bir-biriga ta’sir qi­
luvchi va hamkorlik qiluvchi to‘rt tizimdan iborat. Bular iqtisodiy, 
siyosiy, ijtimoiy va m a’naviy tizimlardir. Ulaming har biri alohida 
vazifani bajaradi va o ‘ziga mos talablardan kelib chiqqan holda faoli-
85


yatini namoyon qiladi. Masalan, iqtisodiy tizim odamlaming moddiy 
talablari farovonligi uchun javob beradi, ijtimoiy tizim esa, jamiyatda 
shakllangan va qaror topgan turmush tarzi, ijtimoiy aloqalar, norma- 
lar, qadriyatlami qo‘llab-quvvatlab turishga xizmat qiladi. M a’naviy 
tizim ma’naviy va madaniy qadriyatlami shakllantirish, jamiyatning 
intigratsiyalashuviga daxldor bo‘lgan vazifalami bajaradi. Siyosiy 
tizimning bosh vazifasi jamoaviy manfaatlami aniqlash hamda ulami 
amalga oshirish uchun mamlakat resurslarini safarbar qilishdan ibo­
rat.
Bular ichida nisbatan mustaqil va ta’sirga ega bo‘lgan tizim b u - 
siyosiy tizimdir. Siyosiy tizim deganda jamiyat siyosiy hayotini tash­
kil qiluvchi barcha elementlar (siyosiy me’yor, siyosiy institutlar, 
siyosiy munosabat, siyosiy ishtirok, siyosiy ong, siyosiy madaniyat 
va boshq.)majmuasi nazarda tutiladi. Siyosiy tizim mustaqil faoliyat 
yurita olsada, ular bir-birlari bilan uzviy bog‘langan, shu bois yagona 
va yaxlit tizimni tashkil etadi.
Jamiyat siyosiy tizimining muassasalar tizimiga siyosiy hokimi­
yat idoralari, siyosiy firmalar, ommaviy jamoat tashkilotlari kiradi. 
Demak, jamiyatning siyosiy tizimi - m a’muriy muassasalar, siyo­
siy va ommaviy-jamoat tashkilotlar majmuidan iborat ekan, ya’ni 
yaxlit bir tizimning alohida-alohida amal qiladigan, lekin dialektik 
tarzda bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan va bir-biriga o‘zaro ta’sir 
o ‘tkazib turadigan bo‘laklaridan tashkil topar ekan.
Jamiyat siyosiy tizimi xilma-xil ijtimoiy guruhlaming manfaatla­
rini ifoda etib, ular bevosita yoki o‘zlarining tashkilotlari orqali siyo­
siy hokimiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Bu manfaatlar e ’tirof etilsa, siyo- 
siy-boshqamv tuzilmasi yordamida siyosiy jarayonlar orqali, siyosiy 
qarorlami qabul qilish va amalga oshirish ro‘yobga chiqariladi.
Siyosiy tizimning ahamiyati, uni o‘rganishning maqsadga mu- 
vofiqligi shundan iboratki, bu erda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy va 
madaniy hayotining tomiri joylashgan bo‘lib, aynan shu yerda turli 
ijtimoiy kuchlaming to‘qnashuvi va o‘zaro kelishuvi orqali jamiyat 
hayotining hamma sohalariga ta’sir ko‘rsatishga qodir bo‘lgan qaror­
lar qabul qilinadi.
86


Shu bois jamiyatning siyosiy tizim tarkibiy tuzilishi o‘ta mu­
rakkab va bir-biri bilan chirmashib ketgan bo‘lib, ichki mustaqillik 
hamda tarkibiy aloqadorlik aqidalariga rioya qiladigan barcha bo‘lak 
va qismlar mutanosib harakat faoliyatini anglatadi. Jamiyatni siyo­
siy boqarish va unga siyosiy rahbarlik qilish vazifalarini og‘ishmay, 
izchil amalga oshirish - jamiyat siyosiy tizimining asosiy faoliyat 
yo‘nalishini tashkil etadi.
Professor 
M.Qirg‘izboyevning 
“Siyosatshunoslik” 
o‘quv 
qo‘llanmasida keltirilishicha, “siyosiy tizim” tushunchasiga ilk bor 
o ‘z ahamiyatini qaratgan mutafakkirlardan biri - bu Fransuz olimi 
Etenn Bonno de Kondilyakdir. U 1749-yilda “Tizimlar haqida trak- 
tat” asarini yozadi. Unda Kondilyak “tizim” tushunchasiga nisbatan 
quyidagi ta’rifni ilgari suradi: “Flar qanday tizim qandaydir amaliy 
faoliyat yoki fanning barchasi bir-birlarini o ‘zaro qo‘llab-quvvat- 
laydigan, oxirgisi birinchisini dalillaydigan turli qismlaming m a’lum 
bir tartibda joylashuvidan boshqa narsa emas. Uning boshqa qismla- 
rini dalillaydigan qismlari esa prinsiplar deb ataladi.”
XX asming 20-yillarida bu soha rivojlanishiga turtki bo‘ladigan 
hodisa yuz berdi: biologiya fani sohasida tizimlar nazariyasi yaratildi. 
“Tizim” tushunchasini ilmiy muomalaga birinchi bo‘lib, nemis biolog 
olimi L.Fon Bertalanfi (1901-1972yy.) kiritdi. L.Fon Bertalanfi ish­
lab chiqqan tizimlaming umumiy nazariyasiga tayangan holda AQSH 
olimi T.Parsons jamiyatda murakkab boshqamvdan iborat nisbatan 
avtonom tizimlar mavjud ekanligiga e ’tibor qaratdi. Uning fikricha, 
siyosiy tizim - umumiy maqsadlami ishlab chiqish, integratsiyalash 
va amalga oshirishni ta’minlab beradi.
Siyosiy tizim nazariyasini AQSH siyosatshunosi D.Iston har to­
monlama keng rivojlantirdi. U tarixda siyosiy tizim asoschisi degan 
nomga ega bo‘ldi. D.Iston “Siyosiy tizim” (1953), “Siyosiy tahlil 
m e’yori” (1965) asarlarida siyosiy tizimni “tashqaridan keladigan 
impulslarga - buymqlarga faol aks-sado beradigan, rivojlanuvchan 
va o ‘zini-o‘zi muvofiqlashtiruvchi organizm” sifatida ta’rifladi.
Umuman olganda, ilmiy adabiyotlarda siyosiy tizimga doir quyi­
dagi ta’riflami uchratish mumkin:
87


Siyosiy tizim - bu qoidalar, qadriyatlar, institutlar, tashkilotlaming 
amal qilishi va siyosiy hokimiyatni qo‘llash bilan bog‘liq munosabatlar 
yig‘indisidir. (Aliyev B., Ergashev I., Hoshimov Т., Yuldashev O.).
Siyosiy tizim bu - avvalambor, jamiyatni universal ravishda 
boshqaruvchi tizim bo‘lib, uning ichiga kiruvchi komponentlar bir- 
birlari bilan o‘zaro siyosiy munosabatlar orqali bog‘langan holda 
oxir-oqibatda turli ijtimoiy guruhlar o ‘rtasidagi munosatlami yo‘lga 
solish hamda jamiyatda barqarorlikni va davlat hokimiyati orqali ijti­
moiy tartibotni ta’minlashga xizmat qiladi (Idirov U.).
Jamiyatning siyosiy tizimi - siyosiy, ijtimoiy, yuridik, mafkuraviy, 
madaniy me’yorlarga, tarixiy an’analar va muayyan jamiyat siyosiy 
rejimining ko‘rsatmalariga bo‘ysunadigan siyosiy institutlar, xiz- 
matlar, munosabatlar, jarayonlar, jamiyat siyosiy tashkiloti prinsiplari- 
ning yaxlit, tartibga solingan majmui (G‘ofurov S.M., Haydarov A.A., 
To‘laganova N .0 ‘.).
Siyosiy tizim jamiyatda siyosat, hokimiyat va boshqaruvni shakl- 
lantirish hamda amalga ro‘yobga chiqarish bilan bog‘liq munosabat­
lar, harakatlar, tashkilotlar yig‘indisidan iborat (Odilqoriyev X.T., 
Razzoqov D.X.).
Siyosiy tizim-jamiyatning universal boshqaruv tizimi bo‘lib, o‘z 
ichiga jamiyatning turli elementlarini qamrab oladi. Siyosiy tizimda- 
gi turli xil elementlar (davlat, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari 
va hokazo) jamiyatdagi barqarorlikdan manfaatdor boiadi, ularning 
maqomi qonun bilan belgilanadi, faoliyati ham qonun bilan tartibga 
solinadi.
Siyosiy tizimning faoliyati huquqiy tizim orqali tartibga solinib, 
davlat hokimiyatidan foydalangan holda jamiyat a’zolariga va turli 
xil ijtimoiy guruhlarga ta’sir o ‘tkazadi. Jamiyatdagi turli xil guruh­
lar va jamiyat a’zolari faoliyatida ishtirok etib, hokimiyatga daxldor 
bo‘ladilar20.
Bu ta’riflarda siyosiy tizim umumiy m a’noda muayyan siyosiy el­
ement va hodisalar “majmui, yig‘indisi” sifatida tavsiflangan. Uning

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish