Siyosatshunoslikka


Introduction. N ew Jersey: Pearson, 2013. -P. 30-31



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

Introduction. N ew Jersey: Pearson, 2013. -P. 30-31.
92


D.Iston “kirish”ning ikki shaklini ajratib ko‘rsatadi: talab va 
qo ‘ llab-quvvatlash.
Talab - jamiyatda qadriyatlarni istalgan tarzda taqsimlash muno- 
sabati bilan hokimiyat organlariga yo‘naltirilgan fikr. Talab siyosiy 
tizimni zaiflashtirish tamoyiliga ega.
Qo‘llab-quvvatlash - aksincha, siyosiy tizimni kuchaytirishga 
olib boradi. U siyosiy tizimga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan barcha fi- 
krlar va axloqning barcha variantlarini qamrab oladi. Soliqlami o‘z 
vaqtida to‘lash, harbiy burchni bajarish, rahbariyatga sodiqlik, rejim- 
ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkaziladigan namoyishlar va shu 
kabilar qo‘llab-quvvatlashning namoyon bo‘lish shakllari deb hisob- 
lanishi mumkin.
Qo‘llab-quvvatlash muhit talabini tegishli qarorlarga aylantiradi- 
gan hokimiyat organlarining nisbiy barqarorligini ta’minlaydi, shu­
ningdek, islohotlami amalga oshirish maqsadida amaliy choralami 
qo‘llash uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. Qo‘llab-quvvatlash 
siyosiy hamjamiyat a’zolari o‘rtasida kelishuvni ta’minlashda alohida 
ahamiyatga ega.
«Kirish» natijasida atrof-muhitning tizimga ta’sir ko‘rsatish jara­
yoni (konversiya) sodir bo‘ladi, buning oqibatida unda reaksiya - qad- 
riyatlami taqsimlash bo‘yicha 
nufuzli qarorlar 
ko‘rinishida «chi­
qish» yuz beradi.
“Chiqish” signali mantiqan ham ikki xil ko‘rinishni qamrab oladi:
1. qarorlar.
2. xatti-harakatlar.
Tashqaridan olingan ichki turtkilarga tizimning javobi qarorlar 
va harakatlar shaklida amalga oshiriladi, yangi qonunlar, bayonotlar 
ham ular qatoridan o ‘rin olishi mumkin. Qarorlarning bajarilishi qo­
nun kuchi bilan ta’minlanadi.
“Kirish” natijasida olingan ma’lumotlar tahlil etilib (konversiya), 
“chiqish” - qaror yoki xatti-harakat shaklida yana iqtisodiy, ijtimoiy 
va siyosiy muhitga chiqaradi. Fuqarolar tomonidan ushbu qaror yoki 
xatti-harakat maqul ko ‘riladi yoki ko ‘rilmaydi. N atijada fuqa­
rolar yana o ‘zlarining yangi talabalarini “qarama-qarshi aloqalar
93


halqasi” singari qaytadan yana hukumat oldiga qo‘ya boshlaydi va bu 
jarayon to‘xtovsiz davom etaveradi.
Shunday qilib, siyosiy tizim tashqi muhit bilan har tomonlama 
o‘zaro bog‘liq munosabatda bo‘ladi. U tushayotgan talab va qo‘llab- 
quvvatlashlami o‘zini-o‘zi boshqarishga ega ekanligi sharti bilan te- 
gishli qarorlar va harakatlarga aylantirishi kerak. Unda kechayotgan 
siyosiy jarayonlar axborotlaming almashish, «kirish»dan «chiqishga» 
aylanish jarayonlaridir.
Siyosiy tizim atrof-muhitning signallariga javob qaytarar ekan, bir 
vaqtning o‘zida jamiyatda o ‘zgarishlami amalga oshiradi va barqa- 
rorlikni qo‘llab-quwatlaydi. Shu bilan birga, agarda o ‘zgaruvchanlik 
tizim faoliyatida uning o‘ziga xos xususiyati sifatida maydonga chiq- 
sa, yashash va o‘zini saqlab qolish, aslini olganda, uning muhim bel- 
gilari hisoblanadi.
Bu o ‘rinda ta’kidlash joizki, ko‘pchilik siyosatshunos olimlar 
e’tirof qilganlaridek, D.Iston nazariyasi qanchalik pishiq va keng 
qamrovli boigani bilan unda siyosiy tizimning ichki strukturasi, 
unga kiruvchi elementlaming xususiyatlari to‘liq ochib berilmagan.
D.Istondan farqli o‘laroq yana bir amerikalik politolog G.Almond 
siyosiy tizim subyektlarini yanada kengroq asoslashga harakat qilgan 
G.Almond fikricha, siyosiy tizim davlat va nodavlat institutlaming 
birgalikdagi hamkorligi, faoliyatining ifodasidir.
G.Almond siyosiy tizimning chiqish elementi aholining siyosiy 
ijtimoiylashuvi, safarbar bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligi haqidagi xu- 
losaga keladi. Shunday qilib, G.Almondning fikricha, siyosiy rol- 
lar va funksiyalarni umumlashtirish va taqsimlash orqali nafaqat 
siyosiy tizimning o‘zi, balki butun jamiyatning barqarorligi va uning 
o ‘zgaruvchan sharoitlarga moslashuvi ta’minlanadi.
Zamonaviy siyosatshunoslik fanida D.Iston, G.Almond model- 
laridan tashqari siyosiy tizim haqida ko‘pgina yangi konsepsiyalar 
shakllangan.
Hozirgi dunyoda mavjud bo‘lgan siyosiy tizimlaming xilma-xilli- 
gi ulaming shakllanish va amal qilish jarayonlariga tarixiy an’analar, 
madaniyat, iqtisodiy rivojlanish, fuqarolik jamiyatining yetukligi,
94


siyosiy shart-sharoitlar va shu kabi ko‘plab omillar ta’sir o‘tkazadi. 
Shu bois, u yoki bu omillaming ustunligi ulaming o‘ziga xosligi va 
betakrorligini taqozo etadi. Lekin ulami yaqinlashtiradigan, ulaming 
universal mexanizmlari (roli va amal qilish qonuniyatlari)ni namoyon 
etishga imkon beradigan nimaiki bo‘Isa, nazariy va amaliy qiziqish 
uyg‘otadi.
Siyosiy tizimlami tasniflashning amaliy ahamiyati shundaki, ular 
shart-sharoitlaming yetarli yoki yetarli emasligi, ulaming siyosiy ins- 
titutlaming o‘z siyosiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish darajasida 
samarali ishlashini ta’minlay olish-olmasligini aniqlashga yordam 
beradi. Siyosiy tizimlar tipologiyasi turli-tuman belgilami hisobga 
olish asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, siyosiy tizimni turlarga bo‘lishning quyidagi uslub- 
lari mavjud:
1. Hokimiyatni amalga oshirish usuliga ko‘ra(demokratik yoki av- 
tokratik).
2. Real siyosiy, ijtimoiy hayotga munosabat usuliga ko‘ra (bular 
konservativ, islohotchilik, progressiv turlarga bo‘linishi mumkin).
3. Siyosiy jarayonning xarakteri va yo‘nalishiga ko‘ra.
4. Siyosiy madaniyatning holatiga ko‘ra (Angliya-Amerika, 
kontinental Yevropa an’anaviy, totalitar turlarga bo ‘linishi mum­
kin).
5. Ijtimoiy muhit bilan aloqadorligiga ko‘ra (yopiq va ochiq tur­
larga bo‘linishi mumkin).
6. Siyosiy jarayondagi ishtirok xarakteriga ko‘ra (liberal demok­
ratik yoki rivojlanayotgan turlarga bo‘linishi mumkin).

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish