Siyosatshunoslikka


 Tadjixanov B. Siyosiy va huquqiy tizimlar va ulaming o ‘zaro aloqadorligi



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

20 Tadjixanov B. Siyosiy va huquqiy tizimlar va ulaming o ‘zaro aloqadorligi
// http://huquqburch.uz/uz/view/98


markazida hokimiyat va boshqaruv bilan bog‘liq masalalar joy olgan. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, jamiyat siyosiy tizimining deyarli barcha 
tarkibiy bo‘laklari va qismlari quyidan yuqoriga qarab tashkil etilgan- 
ligini, zinapoyalilik tavsifini belgilaydi. Siyosiy hokimiyatning barcha 
qismlari, masalan, boshlang‘ich mahalla instituti (birinchi zinapoya) 
dan tortib, tuman, shahar, viloyat, markaziy hokimiyat muassasala- 
rigacha quyidan yuqoriga qarab tarkib topgan, hokimiyat muassasa- 
lari faoliyati ham shunga qarab amaliy faoliyat olib boradi.
Siyosiy tizim jamiyatning sinflarga bo‘linishi va davlatning pay­
do bo‘lishi jarayonida vujudga keladi. Davlat asosida birlashgan 
jamiyatning taraqqiyoti davomida siyosiy tizim yanada murakkab 
va ko‘p tarmoqli ko‘rinish oladi. Shuning uchun uning tuzilishi, 
ishlash tartibi hamisha jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, m a’naviy-ax- 
loqiy rivojlanish darajasi, shuningdek, bir qator xalqaro, geografik 
va boshqa omillar bilan belgilanadigan aniq tarixiy xususiyatga ega 
bo‘ladi.
0 ‘z navbati siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlari (iqtisodiy, 
madaniy, huquqiy, harbiy tizimlari)dan farq qiladi:
Birinchidan, siyosiy tizim doirasida qabul qilinadigan qarorlar bu- 
tun jamiyat uchun majburiydir.
Ikkinchidan, siyosiy tizim ijtimoiy muhit va, avvalo, jamiyatning 
ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmasi bilan bog‘lanib ketganligidir.
Uchinchidan, siyosiy tizim jamiyatning boshqa tizimlariga qara- 
ganda mustaqildir.
Siyosiy tizim tuzilmasi (strukturasi)ni quyidagi to'rtta kichik 
tizimlar (ayrim manbalarda ostki tizimlar ham deyiladi) tashkil etadi:
1.Tashkiliy tizim (davlat, siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tash- 
kilotlar va harakatlar).
2. Madaniy-mafkuraviy tizim (siyosiy madaniyat, siyosiy ong, 
mafkura, jamoatchilik fikri).
3 .Me’yoriy (normativ) tizim (siyosiy-huquqiy, tashkiliy, axloqiy, 
siyosiy va boshqa m e’yorlar).
4. Axborot-kommunikatsiya tizimi (OAV va ulaming kommuni- 
katsiyalari, ilmiy infratuzilmalar).


Boshqa manbalarda siyosiy tizim strukturasi uchta ostki tizimlar- 
dan iboartligi borasidagi qarashlar ham uchraydi: 1. institutsional ostki 
tizim; 2. axborot-kommunikativ tizim; 3. m e’yoriy-regulyativ tizim.
Fikrimizcha, mazkur ostki tizimlami yuqoridagi kabi to‘rt guruh- 
ga ajratish maqsadga muvofiq, boisi madaniy-mafkurafiy jihatlami 
me’yoriy-regulyativ tizim to‘liq ochib bera olmaydi.
Shuningdek, boshqa manbalarda siyosiy tizim strukrurasi tushun- 
chasiga - siyosiy tizim, siyosiy tashkilotlar, institutlar, muassasalar va 
siyosiy munosabatlaming umumlashgan ko‘rinishi sifatidagi ta’riflar 
ham uchraydi. Biroq bu siyosiy tizim strukturasini tor doirada, ya’ni 
siyosat subyektlari va ular o‘rtasidagi munosabatlar yig‘indisi sifatida 
cheklab qo‘yadi.
Siyosiy tizimni tashkil etuvchi elementlar o‘zaro munosabatlarida 
siyosiy m e’yorlarga tayanib ish ko‘radi. Siyosiy me’yor - bu davlat 
va siyosiy tuzilmalar darajasida tan olingan siyosiy normalar hisob­
lanadi. Uning asosiy hujjati konstitutsiya bo‘lib, jamiyat va davlat 
hayotining huquqiy asoslarini o‘zida aks ettiradi.
Shu bois siyosiy tizim va huquqiy tizim o ‘zaro bog‘liqdir. Huqu­
qiy tizim siyosiy faoliyatning barqarorligi va samarali amalga oshi- 
shini ta’minlar ekan, siyosiy tizimning demokratik xarakterini belgi- 
lab beradi. “Huquqiy tizim” tushunchasi yuridik fanda 80-yillaming 
o‘rtalarida paydo bo‘lib, hozir iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy tizimlar 
kabi kundalik hayotimizda mustahkam o‘rin egallaydi. U huquqiy vo- 
qelikning barcha belgilarini o‘zida mujassamlashtirib, ular orasidagi 
aloqadorlikni hamda huquqni ijod qiluvchi, tatbiq etuvchi va muho- 
faza qiluvchi fanlarga amaliy masalalami hal etishda yordam beradi. 
Huquqiy tizimning asosiy qismlariga quyidagilar kiradi: 
huquqiy tushunchalar; huquq prinsiplari; huquqiy madaniyat; 
huquqiy siyosat; huquq va uni ifoda etuvchi qonunchilik; huquqiy 
munosabatlar; yuridik amaliyot; yuridik texnika; yuridik fan.
Huquqiy normalar siyosiy tizimning subyektlari bo‘lgan tashki­
lotlar faoliyatini tartibga solish bilan birga, siyosiy munosabatlaming 
ishtirokchisi sifatida bevosita fuqarolaming ham xulq-atvoriga o ‘z 
ta ’sirini o ‘tkazadi. Huquqiy normalar fuqarolaming siyosiy huquqla-
90


rini belgilab beradi, shaxsning siyosiy manfaatlarini amalga oshirish- 
ning turli shakllarini tartibga soladi, siyosiy huquq va erkinliklar- 
ning kafolati sifatida maydonga chiqadi. Huquqiy demokratik davlat 
va fuqarolik jamiyatini qurish jamiyat a ’zolaridan yuksak siyosiy 
madaniyatni, siyosiy faollikni va huquqiy bilimdonlikni talab etadi21.
Ta’kidlash lozimki, davlat - tashkiliy jihatga ega bo‘lgani uchun 
siyosiy institut hisoblanadi va uni mamlakat tushunchasidan farqlay 
olish lozim. Siyosiy institut - bu aniq maqsadga yo‘naltirilgan, tash­
kiliy va ijro tuzilmasi hamda apparatiga ega siyosiy tashkilot sanaladi22.
Siyosiy tizimning asosiy mohiyati va funksiyasi jamiyatda barqa- 
rorlikni saqlab qolgan holda o ‘zgarishlami amalga oshirib borishdan 
iborat.
Bundan tashqari, jamiyat siyosiy tizimining asosiy funksiyalari 
quyidagilardan iborat:
1. Integratsiya funksiyasi. Uning doirasida jamiyat sotsial struk- 
turasining barcha elementlarini, jamiyatning yetakchi qadriyatlari, 
siyosiy m oljallari asosida birlashtirishga harakat qilinadi.
2 .Maqsadga yo‘naltirish funksiyasi. Ushbu funksnyani amalga 
oshirilishi natijasida jamiyat taraqqiyotining yetakchi maqsadlari va 
yo‘nalishlari belgilab olinadi.
3.Tashkilotchilik funksiyasi. Uning doirasida jamiyat manfaatlari, 
maqsad-muddaosini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakat moddiy, 
m a’naviy ijtimoiy resurslari safarbar etiladi.
4. Regulyativ funksiya asosan siyosiy hokimiyat va jamiyatda amal­
ga oshiriladigan siyosiy jarayonlaming legitimligini ta’minlanishi va 
mustahkamlashdan iboratdir.
5.Nazorat qilish funksiyasi. Uning doirasida siyosiy tizim ijtimoiy 
guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar holatini, jamiyat sotsial tinchligi, 
barqarorligi holatini nazorat qiladi. Jamiyatda ziddiyatli vaziyatlami 
kelib chiqishini oldini olish va boshqa shu kabi vazifalar amalga 
oshiriladi.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish