Siyosatshunoslikka


 Siyosiy qaror va uning mohiyati



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

4. Siyosiy qaror va uning mohiyati
Siyosiy ishtirokning muhim jihatlaridan biri bevosita siyosiy qaror- 
larining qabul qilinishida ishtirok etish yoki unga ta’sir ko‘rsatishdan 
iboratdi. Siyosiy qarorlar bevosita siyosiy jarayonlar dinamikasini 
ham belgilab beradi. AQSH siyosatshunosi R.Makridis fikricha, qa­
rorlar qabul qiIish--“siyosatning eng muhim ijtimoiy fimksiyasidir”.
Siyosiy jarayonlarda ijtimoiy va ommaviy jamoat tashkilotlari 
ham faol qatnashadilar. Jamiyat siyosiy hayotida bu tashkilotlar u 
yoki bu darajada faollik ko‘rsatadi.
77


Siyosiy qaror - hokimiyat amal qilishi bilan bog‘liq vazifalar, 
bosqichlar, vositalami belgilab beruvchi jarayon.
Siyosiy qaror - siyosiy xatti-harakatlaming maqsadlari, bosq- 
ichlari, ularga erishish usullari belgilanishining jamoaviy va individu­
al shaklda amalga oshiriluvchi jarayoni, hokimiyatni amalga oshirish 
bilan aloqadorlik.
“Siyosiy qaror” tushunchasini R.Dal quyidagicha ta’riflaydi: “qa- 
ror-birinchi navbatda, turli muqobilliklar ichidan eng yaxshisini tan- 
lab olishdir”.
Qarorlar qabul qilishning ikki asosiy usuli mavjud: ratsional-uni- 
versal usul va izchil cheklashlar usuli. Ulaming birinchisi muammoni 
oqilona tarzda bo‘lib tashlash va hal etishning ideal rejasidir va shu 
tufayli ushbu usul muxolifatdagi kuchlaming vakillari orasida eng 
ko‘p tarqalgan.
Siyosiy qarorlami qabul qilishning 3 bosqichi mavjud:
1) Tayyorgarlik bosqichi (xalq ommasi faol ishtirok etadi).
2) Qarorlami qabul qilish bosqichi (davlat, uning organlari, parti­
yalar).
3) Qabul qilingan qarorlami amalga oshirish bosqichi.
Ikkinchi bosqichdagi siyosiy qarorlami qabul qilishning bir necha
usullari mavjud:
1) Kompromiss - o ‘zaro yonbosishlar natijasida erishilgan bi­
tim.
2) Konsensus (kelishuv) - qaror ovoz berish yo‘li bilan emas, keli- 
shuv yo‘li orqali qabul qilinadi.
3) Ustunlik - siyosatda biror siyosiy kuch yoki davlatning boshqa 
kuch yoki davlatlarga nisbatan mavqeini egallashi.
Uchinchi bosqichda hokimiyat qabul qilgan qarorlami hayotga tat- 
biq etadi. Bu qarorlar siyosatning barcha subyektlarini qoniqtirmaydi, 
lekin ulaming amal qila boshlashini ta’minlash zarur.
Biroq bu siyosiy qaror qabul qilish bosqichlarining yagona vari- 
anti emas. Bu borada bir qancha qarashlar shakllangan. Ulardan biri 
tadqiqotchi G.Lassuel e’tiroficha siyosiy qaror qabul qilish jarayoni 6 
bosqichdan iborat:
78


1) muammoni qo‘yish va unga doir axborotlami izlash
2) tavsiyalar ishlab chiqish - muammolami hal etishning muqobil- 
lami izlash;
3) muqobillar ichida eng maqbulini tanlab olish;
4) qaror kimga qaratilgani nuqtayi nazaridan uning to‘g‘riligiga 
oldindan ishonch hosil qilish uchun qaytadan ko‘rib chiqish;
5) qaroming samarali ekanligini baholash;
6) yangidan qayta ko‘rib chiqish yoki qaromi bekor qilish.
Boshqamvga oid qarorlami amalga oshirish bosqichida siyosiy ja-
rayonning mazmuniga, eng avvalo, hokimiyatning qabul qilingan qa­
rorlar va bayon etilgan maqsadlami adekvat tarzda amalga oshirilishi- 
ga erishuvi, fuqarolaming ommaviy xulq-atvorini ana shu maqsadga 
bo ‘ysundira olishi ta ’sir ko ‘rsatadi. Odatda, qarorlami amalga 
oshirishning bir nechta asosiy turlari ajratib ko‘rsatiladi. Bu popu- 
lizm, elitizm, konservatizm, demokratizm va radikalizmdir. Siyosiy 
yo‘lni amalga oshirish mazkur turlarining har biri hokimiyat tomoni­
dan boshqarib turishning muayyan usullari qo‘llanishiga, hokimiyat 
bilan aholi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlaming tabiatiga, hokimiyat 
va boshqaravni amalga oshirishning axborot rejimining tegishli tipiga 
ko‘ra farqlanadi.
Populizm siyosiy boshqaruvning bir turi bo‘lib, hokimiyatga eri- 
shishning asosiy vositasi sifatida to‘g ‘ridan-to‘g‘ri jamoatchilik fikri­
ga, omma kayfiyatiga suyanish usulidan foydalanadi. Shunga ko‘ra 
populizm muqarrar ravishda siyosiy vaziyatni soddalashtirishga 
yo‘naltirilgandir. Siyosiy vazifalami hal etishning bunday usullaridan 
foydalanuvchi siyosiy elitalar, ko‘pincha, amalga oshirilishi ulaming 
nazarida ziddiyatlar va kamchiliklami bartaraf etishga yordam bera­
digan qandaydir shior, aholiga qaratilgan chaqiriqlar ishlab chiqishga 
urinadilar.
Elitizm, fuqarolaming siyosiy yo‘lni ishlab chiqishda emas, bal­
ki unga tuzatishlar, o‘zgartishlar kiritishda ham biron-bir sezilarli 
ishtirokiga yo‘l qo‘ymaslikka yo‘naltirilgan bunday rejimlar elektorat 
bilan o ‘zaro faoliyatning turli bilvosita shakllarini rag‘batlantiradilar, 
siyosiy jarayonda vakolatli organlar va tuzilmalaming rivojlanishiga
79


urg‘u beradilar. Bunda hokimiyatning pinhoniy, apparat mexanizm- 
lari keng o‘rin tutadi. Shu bilan bir paytda jamiyatga, hokimiyat faoli- 
yatiga har tomonlama baho berishga, ular tomonidan qabul qilingan 
qarorlaming tabiatini tushunib yetishga xizmat qilmaydigan muxtasar 
axborot taqdim etiladi. Umuman olganda, bunday siyosat fuqarolar- 
ning asosiy ommasini qarorlar qabul qilishdan uzoqda tutish va siyo­
siy jarayon doirasidan siqib chiqarishga qaratilgan.
Konservatizm siyosatni amalga oshirishning shakli sifatida ho­
kimiyatning har qanday ijtimoiy o ‘zgarishlar sharoitida, eng avvalo, 
hokimiyatning u yoki bu institutlarini, tuzilmalarini yoki munosabat- 
larini saqlab qolishga intilishi bilan ajralib turadi. 0 ‘zaro munosa- 
batlarda fuqarolar siyosiy xulq-atvorining, davlat institutlari faoliyat 
ko‘rsatishining an’anaviy shakllari va usullariga ustunlik beriladi. 
Barcha o ‘zgarishlar muayyan me’yorlar, institutlar va munosabat­
laming saqlanish shakli bo‘lgani uchun tan olinadi.
Siyosiy hukmronlikning shakli sifatida radikalizm, odatda, yuqori- 
dagilarga butunlay qarama-qarshi bo‘lgan natijalarga olib keladi. Ra- 
dikalizm-asosiy ijtimoiy institutlami yoki siyosiy tizimni qatiy rav­
ishda o‘zgartirishga qaratilgan siyosiy hukmronlik shakli. Hozirgi 
zamon radikalizmi uchun nazariy va amaliy, ijtimoiy muammolarni 
hal etishda, ko‘pincha, qo‘yilgan maqsadlarga mos kelmaydigan, bir 
yoqlama, kuch ishlatishga asoslangan usullar va vositalami tanlash, 
himoya qilish va qo‘llash xosdir. Radikal usullar kamdan-kam hol- 
lardagina jamiyatda fuqarolar tinchligini, tartibni ta’minlaydi, aholi 
hayotining yaxshilanishiga olib keladi.
Siyosiy qarorlar siyosiy jarayonning ajralmas qismi bo‘lib, bu­
gungi kunda siyosiy qarorlar mohiyati, uning bosqichlari va hayotga 
tatbiq etish masalalari borasida ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib boril- 
moqda.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish