Siyosatshunoslikka


Definition o f political process // https://www.merriam-webster.com/



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

18 Definition o f political process // https://www.merriam-webster.com/
dictionary/political%20process
67


latlaming ichki hayoti va xalqaro siyosiy munosabatlari bilan bog‘liq 
voqea-hodisalar ham siyosiy jarayonlaming tarkibiy qismi hisobla­
nadi.
Siyosiy jarayonlar deb jamiyatning siyosiy hayotida turli xildagi 
voqea-hodisalaming ro‘y berib turishi, ulaming obyektiv qonuniyat- 
lar harakati asosida davom etishi va shu asosda jamiyatning siyosiy 
jihatdan rivojlanib borishiga aytiladi.
Shu bilan birga “siyosiy jarayonlar” tushunchasi “siyoyosiy muno­
sabatlar” tushunchasi bilan birgalikda qo‘llanadi. Biroq ular o‘rtasida 
ma’lum ma’noda farq bor.
Siyosiy jarayon tushunchasi siyosiy munosabatlar tushunchasiga 
qaraganda mazmunan keng m a’noga ega. Agar siyosiy munosabatlar 
tushunchasi turli subyektlar o ‘rtasidagi o ‘zaro munosabatlami ifoda- 
lansa, siyosiy jarayonlar esa, ham subyekt, ham obyekt o‘rtasidagi mu­
nosabatlar va ulaming har birida ro‘y beradigan o‘zgarishlar tushuni- 
ladi. Ammo, bunda siyosiy jarayonlar tushunchasining ta’sir kuchini 
cheklab qo‘yish mumkin emas, u jamiyatning iqtisodiy, madaniy va 
sotsial hayot sohalari bilan bog‘liq ravishda rivojlanib boradi.
Siyosiy jarayonlarda bo‘ladigan o‘zgarishlar jamiyat hayotining 
boshqa sohalarida ro ‘y beradigan o ‘zgarishlarga u yoki bu darajada 
sabab bo‘ladi. Masalan, siyosiy tizimning isloh qilinishi jamiyat hayo­
tining boshqa sohalarida biron -bir darajadagi o‘zgarishlaming ro‘y 
berishiga sabab bo‘ladi. Biron-bir mamlakatda siyosiy hokimiyatning 
almashinishi shu mamlakatning ijtimoiy hayotida amalda bo‘lgan tar- 
tiblaming o‘zgarishiga olib keladi. Yangi hokimiyat mamlakatning 
siyosiy y o iin i o‘zgartirish, mayjud muammolaming yangicha usullar 
yordamida hal etishga harakat qiladi.
Siyosiy munosabatlar - bu jamiyatning siyosiy hayoti va uning 
siyosiy jarayonlarida uzluksiz harakatda bo‘lgan siyosat subyektlari 
va ulaming obyektiga qiladigan ta’sirini ifoda qiluvchi harakatlaming 
umumiy ifodasi yoki ulaming birligidir.
Siyosiy jarayon hokimiyat subyektlarining o‘ziga xos rollari va 
funksiyalarini bajarishni ta’minlab, butun bir siyosiy hayotning funk­
sional tavsifi sifatida namoyon bo‘ladi. U hokimiyat subyektlari, so-
68


hiblari va institutlarining o ‘z huquqlari va alohida vakolatlarini siyo­
siy sohada amalga oshirishlariga doir xatti-harakatlar yig‘indisidir. 
Siyosiy jarayonda turli-tuman siyosat subyektlari va omillari o ‘zaro 
xatti-harakatlarida bo‘ladi, natijada jamiyat siyosiy islohotlar va 
o ‘zgarishlar amalga oshadi.
Taniqli ingliz olimi E.Xeyvud fikricha, “siyosiy jarayon” tushun­
chasi ijtimoiy (davlat, hukumat) siyosati “yaratiladigan” mexanizmi- 
ga taalluqlidir. Uningcha, siyosat ishlab chiqarishni jarayon sifatida 
ikki xil ma’noda tushunish mumkin. Birinchidan, u tadbir yoki xatti- 
harakatning ketma-ket izchilligi haqida bo‘lishi mumkin. Bu zanjir u 
yoki bu g ‘oya tug‘ilishidan boshlanib, uning dastlabki rasmiylashuvi, 
muhokama, tahlil va baholash sifatida davom etishi, rasmiy qarorlar 
qabul qilish, oldindan o‘ylangan muayyan xatti-harakatlar vositasida 
ulami amalga oshirilishi bilan tugallanadi. Ikkinchidan, jarayon ish­
lab chiqarish vositasi hamdir.
Siyosiy jarayonlar qanchalik xilma-xil bo‘lmasin, ulaming umu­
miy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
• har qanday davlatda ham siyosiy jarayonlaming bosh manbai va 
lider kuchi xalq ommasining ongli faoliyatidir;
• agar kishilar jamiyatning siyosiy hayotida faol ishtirok yetma- 
salar, siyosiy jarayonlaming kechishi sustlashadi va bunday sharoitda 
har qanday siyosiy institutlaming faol harakati ham o‘zining samarali 
natijasini bermaydi.
Siyosiy jarayonlaming yana bir xususiyati shundaki, u «siyosiy 
faollik» tushunchasi bilan ham uzviy bog‘liq, ya’ni kishilaming ongli 
siyosiy faoliyati siyosiy jarayonlaming borishini belgilar ekan, unda 
jamiyatning har bir a ’zosining davlatda amalga oshirilayotgan siyosiy 
ishlarda faollik bilan ishtirok etishi taqozo etiladi. Binobarin, jamiyat- 
dagi siyosiy faollik insonlaming erkinliklari, demokratik tamoyillar- 
ning ta’minlanishi bilan uzviy bog‘liq. Jamiyatda fuqarolaming siyosiy 
va ijtimoiy huquqlari ta’minlansa, demokratik tamoyillarga amal qilin- 
sa, siyosiy jarayonlar ham, siyosiy faollik ham yuqori darajada bo‘ladi. 
Yoki aksincha, totalitar yoki demokratik tamoyillar ta’qib qilingan dav­
latlarda, siyosiy jarayonlar ancha sust darajada namoyon bo‘ladi.
69


Jamiyat hayotida hal qiluvchi o ‘zgarishlar, yangilanishlaming 
yuz berishiga sabab bo‘layotgan jarayonlar siyosatshunoslik fanida 
tub siyosiy jarayonlar, deb ataladi. Masalan, bunga jamiyat demokrat- 
lashuvi, siyo-siy modemizatsiya, liberallashuv kabi jarayonlami kiri- 
tish mumkin. Demak, siyosiy jarayon siyosat dinamikasining institut- 
sionallashgan ifodasidir. Bunda uning quyidagi bosqichlarini ajratib 
ko‘rsatish mumkin.
1. Individual va guruh manfaatlarining shakllanishi.
2. Siyosiy partiyalar va boshqa tashkilotlaming faoliyatidan kelib 
chiqib manfaatlaming ifodalanishi.
3. Hokimiyat vakillik organlari tomonidan amalga oshiriladigan 
siyosiy harakat yo‘nalishining ishlab chiqilishi.
4. Birinchi navbatda, ijro etuvchi hokimiyat faoliyat orqali avval 
qabul qilingan qarorlaming amalga oshirilishi.
5. Siyosatda Sud va Konstitutsion nazorat organlari tomonidan 
amalga oshiriladigan nazorat va arbitraj.
Siyosiy jarayon quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
>
Siyosiy munosabatlar. Subyektlaming hokimiyat doira- 
sidagi siyosiy manfaatlarini boshqarish va muvofiqlashtirish bora­
sidagi aloqalar. Siyosiy munosabatlaming amalga oshishi natijasida 
siyosiy jarayonning yangilanishi, siyosiy g ‘oyalar, bilimlar, tajriba, 
qadriyatlar, axborot va h.k., shuningdek, siyosiy faoliyat shakllari va 
usullarining to‘planishi va uzatilishi ro‘y beradi.
>
Siyosiy jarayon subyektlari. Siyosiy jarayon ishtirokchi- 
lari. Ularga shaxslar, qatlamlar, etnoslar, konfessional va demografik 
gumhlar (ijtimoiy) va siyosiy institutlar kiradi. Ikkita muhim jihatni 
birlashtiradi: onglilik; faollik.
>
Siyosiy xulq-atvor. Shaxs ijtimoiy gumhlaming siyosiy 
hokimiyatni amalga oshirishda, o‘z siyosiy manfaatlarini himoya qil- 
ishda ishtirok etish shakli. Siyosiy ishtirok. Siyosat subyektlarining 
siyosiy munosabatlarga jalb qilinganligi.
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, siyosiy jarayon o‘z doirasida 
davlat siyosatini ishlab chiqish jarayoni(the 

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish