Siyosatshunoslikka


 Siyosiy ishtirok tushunchasi



Download 7,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/176
Sana07.04.2022
Hajmi7,05 Mb.
#534689
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176
Bog'liq
Siyosatshunoslikka kirish. Bito`rayev O`.B(1)

3. Siyosiy ishtirok tushunchasi
Siyosiy jarayonlar bevosita siyosiy ishtirok ko‘lami asosida shakl- 
lanadi. Shu jihatdan, siyosiy jarayonning mazmuni fuqarolaming 
siyosiy xohish-istaklarini bildirishlarining ikkita shaklini o ‘z ichiga 
oladi:
birinchidan, bu-siyosiy jarayon oddiy ishtirokchilarrfing turli-tu- 
man ko‘rinishdagi siyosiy faoliyatida o‘z manfaatlarini ifodalashlar- 
ning turli usullaridir: saylovlar, referendumlar, ijtimoiy-siyosiy hara- 
katlar kabilardagi ishtiroki;
ikkinchidan, siyosiy yetakchilar va elita tomonidan qabul qilinadi- 
gan qarorlar va ulami amalga oshirishda ishtirok etish.
Siyosiy ishtirokning ilmiy adabiyotlarda bir qator ta’riflari mavjud 
bo‘lib, ular qatoriga quyidagilami keltirish mumkin:
Siyosiy ishtirok-ixtiyoriy faoliyat b o iib , uning vositasida jamiyat 
a ’zolari hukmdorlami saylashda va to‘g‘ridan-to‘g ‘ri yoki bilvosita 
davlat siyosatini shakllantirishda ishtirok etadilar. U doimiy yoki
75


vaqtincha, uyushgan yoki uyushmagan bo‘lishi, hokimiyatning qo- 
nuniy yoki noqonuniy usullardan foydalanishi mumkin.
Siyosiy ishtirok - siyosiy hokimiyatning har qanday - mahalliy 
yoki umummilliy darajalarida xususiy kishilaming davlat siyosatiga 
ta’sir etish, davlat ishlarini boshqarish yoki siyosiy yetakchilami say- 
lash maqsadlaridagi xatti-harakatlaridir.
Siyosiy ishtirok - ijtimoiy-siyosiy jamoa a’zolarining ichki siyo­
siy munosabatlar va hokimiyat tarkibiga jalb etilganligidir.
Siyosiy ishtirok demokratiyaning asosiy tavsiflaridan biri, siyosiy 
ijtimoiylashuv va siyosiy tarbiyaning, nizolami hal etishning, byu- 
rokratiya va fuqarolaming siyosiy chetlashuviga qarshi kurashishning 
vositasi sifatida baholanadi.
Siyosiy ishtirok shakllari ham turlicha:
1) Axborot qilish va uzatish.
2) Siyosat va davlat arboblari hamda tashkilotlari bilan muloqot.
3) Saylov va boshqa siyosiy kompaniyalarda ishtirok.
4) Namoyishlarda, siyosiy ish tashlashlarda, ommaviy norozilik 
harakatlarida, ozodlik urushlari va inqiloblarida ishtirok.
5) Boshqamv va o‘z-o‘zini boshqamvda ishtirok.
6) Qonunlar yaratish, ulami himoya qilish va ularga amal qilishda 
ishtirok.
7) Siyosiy partiyalar va ijtimoiy siyosiy harakatlar faoliyatida 
ishtirok etish kiradi.
Siyosiy ishtirok quyidagi vazifalami bajaradi:
-
siyosiy ijtimoiylashuv;
-
ixtiloflami hal etish va ulardan ogohlantirish;
-
byurokratiya bilan kurashish, fuqarolaming siyosat va 
boshqamvdan begonalashuviga qarshi kurash;
-
turli manfaatlar, talablar va istaklami kelishtirish va ulami 
qondirish.
Siyosiy ishtirokning quyidagi asosiy turlarini sanab o‘tish mumkin:
1) to‘g ‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va bilvosita siyosiy ishtirok;
2) umumiy va cheklangan siyosiy ishtirok;
3) ixtiyoriy va majburiy siyosiy ishtirok;
76


4) an’anaviy, faol va passiv siyosiy ishtirok;
5) legitim va nolegitim siyosiy ishtirok;
6) qonuniy va noqonuniy siyosiy ishtirok.
Ta’kidlash joizki, siyosatga b o ‘lgan qiziqishning so‘nishiga 
sabab bo ‘lgan omillardan biri fuqarolam ing hokimiyatga is- 
honchsizlik bilan qarashidir. Siyosiy hayotda ishtirok etishdan 
ixtiyoriy ravishda voz kechgan kishilarning bir necha guruhlari 
mavjud.
Loqayd odamlar o ‘zlarining xususiy muammolari, o ‘z kasblarida 
yuqori pog‘onaga ko‘tarilish talablari bilan butunlay band bo‘lib qol- 
ganliklari, yengil g ‘ayot kechirishga yoki submadaniyatga bo‘lgan 
rag‘batlari tufayli siyosat bilan qiziqmaydigan fuqarolar. Ulaming 
ayrimlari siyosatni tushunib boimaydigan, zerikarli va ma’nosiz bir 
narsa deb hisoblaydilar.
Siyosatdan chetlashgan kishilar-siyosat ulardan voz kechgan 
deb hisoblovchilar. Ular, biz ovoz berish-bermasligimizdan q at’i 
nazar, siyosiy qarorlar ozchilik tomonidan chiqariladi, deb ishona- 
dilar.
Anolik kishilar-o‘z imkoniyatlariga, maqsadlarining ro ‘yobga 
chiqishiga ishonchini, qandaydir ijtimoiy gumhga mansubligi- 
ni yo ‘qotgan, ijtimoiy ildizlaridan uzilib qolgan odamlar. Ular 
o ‘zlarining hech qanday maqsadga intilmasliklarini, ojizliklarini 
sezadilar, chunki hayot ular uchun o ‘z m a’nosini yo ‘qotgan.

Download 7,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish