Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
16 
Biz bilishimiz mumkin bo’lgan haqiqatlar cheksiz ko’p. Uning bir qisminigina 
ajratib oladigan va shu bilan cheklanadigan odamlar – o’z manfaatlariga zid ish qiladilar. 
Ular odatda “Men bilgan narsalarim – haqiqat. Undan boshqa narsalar – safsata va men 
bu safsataga qiziqmayman” kabi tamoyilda yashaydilar. 
Chinor navdasini gultuvakka ekib qo’ysangiz, uning ildizlari tuvak sopoliga 
qadalishi bilan, u o’sishdan to’xtaydi va tez orada qurib qoladi. Vaholanki, uning o’sish 
muhiti tuvak bilan cheklanmaganda – u ulkan va barhayot daraxt bo’lib yetishar edi. 
Siz – ulug’likka atalgan bekam qalb egasisiz. Shunday ekan, shaxsiyatingiz 
daraxtini o’sishdan tiyib turgan aql cheklovlaridan xalos bo’ling. Bunga erishish oson 
emas. Ammo natija – barcha urinishlaringizni oqlaydi. 
Aql qamalida qolgan shaxsiyat shahrini tashqaridan kelgan kuchlar ozod eta 
olmaydi. Ya’ni men sizning shaxsiyatingizni cheklanishlardan xalos qila olmayman. Men 
sizga buni 
qanday
qilish mumkinligini aytolaman, xolos. Bunday qahramonlikka zolim 
shohning gapiga ishonib yashayotgan shaharliklargina qodir. So’nggi qaror 
qalbingizdan
… 
Olamshumul zarra 
“Hayot – spektakl, odamlar esa – uning 
aktyorlaridir” 
(Uilliam Shekspir) 
Endi kitob avvalida sizga bergan savolimni takrorlayman: 
siz kimsiz? 
Biz bu dunyoda atigi bir zarracha ekanimizni tasdiqlovchilar haqiqat – faqat bu 
zarrachaning qudrati haqidagi haqiqatni ular e’tiborsiz qoldirishgan. 
Har bir odam, hayvon yoki o’simlik – bu dunyoda bor-yo’g’i bir zarra. Ammo ana 
shu milliardlab zarralar xohishiga qarab dunyo o’zgarib boradi. Ana shu zarralarga 
dunyoni o’zgartirish qudrati berilgan. Eng mayda viruslardan tortib, ummondagi ulkan 
kitlargacha dunyo shakllanishiga o’z hissasini qo’shadi. 
Har bir jonzotning o’z 
ahdi
bor. Har bir organizmning o’z maqsadi bor. Yegulik 
topish, himoyalanish, nasl qoldirish va boshqa ko’plab maqsadlarni ko’zlab tabiat 
farzandlari atrof-dunyoni o’zgartiradilar. 
Biz o’simliklarni har qanday hissiyot va ichki kechinmalardan mahrum mavjudot 
deb hisoblashga ko’nikkanmiz. To’g’ri-da – ular meva yoki don tugib bizni boqish, 
poyalari chorvamizga yem bo’lishi, tanalari bizga issiqlik yoqilg’isi bo’lib xizmat qilish 
uchun yaratilgan. Gulzordagi gullar, o’rmondagi daraxtlar, daladagi ekinlar, bog’dagi 
mevalar – ular nimani ham his qilishi mumkin. Ularda qandaydir tuyg’ular bo’lishi 
mumkinligi haqidagi gap juda kulgili eshitiladi. 
Uni qarangki, o’simliklar ham qo’rquv, hayajon, sevinish kabi tuyg’ularni his etar 
ekan. Ular hatto sevishga qodir desam nima deysiz? Ishonish qiyin-a? Ammo buning 
ilmiy isbotlari bor. 
Amerikalik olimlar oddiy tajribada o’simliklar haqida ko’p narsalarni kashf etishdi. 
Ular makkajo’xori tanasiga juda kuchsiz elektromagnit to’lqinlarni o’lchaydigan asbobni 
ulab qo’yishgan. Bir hafta davomida o’simlik o’sayotgan xonaga navbat bilan ikki 
yordamchi kiritilgan. Biri o’simlik bilan juda muloyim munosabatda bo’lgan, mayin mato 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish