13
Gaplarim xuddi telbalikni targ’ib qilayotgandek tuyulishi mumkin. Ammo mening
maqsadim sizda aqldan voz kechish istagini uyg’otish emas. To’g’ri, telba odam baxtli
yashaydi, chunki u g’am-tashvishni bilmaydi, anglamaydi. Ammo, unutmangki, u baxtli
hayot kechirayotganini ham anglay olmaydi.
Hayvon va o’simliklarning buyukligi shundaki, ular o’z buyukliklarini bilmaydilar
va undan mag’rurlanmaydilar. Bizning baxtimiz shundaki, biz hayotimizning baxtli
onlarini idrokan his eta olamiz, bunga shukrona keltira bilamiz. Balki, bizning yagona
buyukligimiz ham ana shundadir…
Bo’ldi. Endi kitobni yoping-da, kamida bir soat dam oling. Bu vaqtda bugunga
rejalashtirgan boshqa ishlaringizni qilib olishingiz mumkin. Faqat u qog’ozga tikilib
qilinadigan ish bo’lmasin. Ko’zingizga dam bering – sayrga chiqsangiz ham mayli. Bu
muddat sizdagi ishtiyoq darajasi biroz ko’tarilib olishi uchun zarur.
Bir soatdan so’ng ko’rishamiz.
Qamaldagi shaxsiyat
Keling, sizga bir ertak aytib beray.
Qadim-qadim zamonlarda bir shahar bo’lgan ekan. Uning bir zolim podshohi
bo’lib, u faqat o’z bilganicha ish tutar, na vazirlarining maslahatlariga va na shahar
aholisining arzlariga quloq solar ekan.
Uzoq o’lkalardan keluvchi savdogarlar shaharliklarga boshqa mamlakatlarda
odamlar qanday erkin yashashlari, madaniy rivojlanishda katta yutuqlarga erishgani, o’z
tabiatlarini ma’naviy yuksak qilib tarbiyalashgani haqida aytib berar ekan. Shaharliklar
bu gaplarni havas va nadomat bilan eshitar, borgan sari o’z shohlaridan norozi bo’lib
qolishar ekan.
Aholi orasida bunday norozilikni bartaraf etish va bo’lg’usi g’alayonlarning oldini
olish uchun makkor shoh o’z shahri darvozalarini batamom berkitib, shaharni tashqi
dunyodan uzib qo’yishga qaror qilibdi.
Bu qarori shaharliklarning kuchli noroziligiga sabab bo’lishini bilgan shoh
vaziyatdan chiqib ketishning juda ayyor yo’lini topibdi. U o’z askarlarining bir qismini
tunda yashirincha shahar tashqarisiga olib chiqib, ularni o’zga mamlakat askarlaridek
kiyintiribdi. Ularga tong otishi bilan shaharga hujum qilib, uni qamalga olishni buyuribdi.
Ertasiga soxta lashkar shaharga hujum qilibdi. Shoh himoyalanish vaji bilan shahar
darvozalarini mustahkam berkitishni buyurib, har bir darvozaga qattiqqo’l soqchi
qo’yibdi. Kimki shahardan chiqishga harakat qilsa, u dushmanga sotilgan xoin sifatida
qatl etilishi e’lon qilinibdi.
Shu tariqa shahar aholisi qamal ostida ekaniga ishontirilibdi. Yillar o’tibdi hamki,
podshoh hiylasi bo’lgan “dushman” qamalni yechmabdi.
O’sib borayotgan shahar aholisiga turar joy va oziq-ovqat yetishmay qolibdi.
Ustiga-ustak, shaharda turli kasalliklar tarqay boshlabdi. Natijada aholi o’sishdan
to’xtabdi. Oziq-ovqat va yashash muhiti uchun raqobat kuchaygani sari, odamlar
vahshiylashib, tubanlashib boribdilar.
Atrof dunyo rivojlanishda davom etaveribdi. Ammo qamaldagi shahar
buzg’unlikka duchor bo’libdi. O’ttiz yildan so’ng shahar aholisi ikki barobarga qisqarib
Do'stlaringiz bilan baham: |