Sog’liqni saqlash vazirligi ogohlantiradi



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/73
Sana07.04.2022
Hajmi1,11 Mb.
#534635
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73
Bog'liq
7 qadam 1 qism

 
15 
Eng achinarlisi
aqlining gapiga ergashishda o’ta chuqurlashib ketgan odam 
shaxsiy, ya’ni ma’naviy o’sishdan to’xtab qoladi
. Buning eng yaqqol misoli – hamma 
narsani bilishga da’vo qilgan odamdir. U o’z bilim va tushunchalariga shu qadar tobe 
bo’lib qolganki, o’zgalar fikri va qadriyatlari uning uchun xato bo’lib ko’rinaveradi. 
Albatta, siz bunday odam emassiz. Bu kitob unday odam qo’liga tushsa edi, u ensasi 
qotib yoki masxaromuz kulib, kitobni yelkasidan oshirib tashlagan bo’lardi. To’g’rida – 
u shundoq ham qanday yashash kerakligini biladi, bunda unga darslik kerak emas. 
Biroq har birimizda ana shunday o’zbilarmonlik illati ozmi-ko’pmi bor. Buni tan 
olamizmi-yo’qmi, har birimiz o’zgalar fikrini har doim ikkinchi darajaga qo’yamiz. 
Aqlingiz hozir “Nima unda boshqalarning fikriga qarab yashashim kerakmi?” deb 
g’azablanayotganini sezib turibman. Unga qarshi men hech narsa demayman – chunki 
aqlingiz har qanday gapimni inkor qilishda davom etaveradi. 
Umuman, men sizning aqlingiz emas – qalbingiz bilan sirlashsam degandim. 
Ammo, avval aytganimdek, aqlingiz qalbingizni yetti enli devor bilan o’rab, qamal qilib 
olgan. Ko’nglingiz darvozalariga kalladek qulf osib, uning kalitini qaysar posbonga 
topshirgan. Shu bois ko’nglingizga yo’l topish uchun men sizning aqlingiz bilan sulhga 
bormasdan ilojim yo’q. Kalitdor posbonga aniq mantiqiy isbotlardan pora berib, uni avrab 
darvozani ochib berishga ko’ndirishga urinib ko’raman. Agar aqlingiz toqatsizlik qilib, 
meni quvib yubormasa – qalbim aytgan sirlar qalbingizga yetib borishiga ishonaman. 
Inson aqli u hayotida shu kungacha olgan bilimlardan foydalanib ish ko’radi. 
Bolalikda bizning aqlimiz bilimga chanqoq, yangilikka intiluvchan bo’ladi. Shuning 
uchun kattalarni turli-tuman savollar bilan qiynab qo’yamiz. Ba’zida kattalar yosh 
bolaning savoliga javob bera olmay qoladi – bunda savolning javobi ular bilim doirasiga 
kirmaydi. 
Ulg’ayib borar ekanmiz, biz bilgan narsalar ko’payib boradi. Avval aytganimdek, 
aqlimiz bilgan narsalarini qonun qilib o’rnatib qo’yadi. Borib-borib, bunday qonunlar shu 
darajada ko’payib ketadiki, ular yangi bilimga intilish istagini yengib ketadi. Kishi o’z 
hayotiy tajribasiga shubha qilmaydi va hayotni hozirgacha bilgan narsalari doirasida tahlil 
qilib yashayveradi. 
Ammo o’ylab ko’ring. Axir, dunyo – bu 
cheksiz
haqiqatlar makoni. 
Sathi futbol maydoniga teng oq qog’ozni tasavvur qiling. Mana siz uning ustida 
yuribsiz. Qo’lingizda qalam. Qani, shu qalam bilan qog’ozga tangadek aylana chizing. 
Bo’ldimi? Yaxshi. Endi uning yoniga koptokdek aylana chizing. Buni ham 
uddaladingizmi? Ofarin. Endi katta doshqozon og’zidek aylana chizing. Bu ham juda 
oson – shunday emasmi? Endi uchala aylanaga qarang – diqqat bilan qarang. 
Sizning bilimlaringiz xuddi aylanadek cheksiz katta dunyoning bir bo’lagini ajratib 
beradi. Bilimingiz qancha ko’p bo’lsa – qog’ozdagi aylanangiz shuncha katta demak. 
Lekin siz o’z aylanangizni chizib, uning hoshiyalarini qalinlashtirib mustahkamlab 
qo’ysangiz – aylanangiz o’sishdan to’xtaydi. 
Anglab turganingizdek, aylana qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi. Biroq men 
sizga bilim aylanangizni iloji boricha kattaroq chizishni emas – uni o’sishdan 
to’xtatmaslikni taklif qilmoqchiman. Axir, tinimsiz o’sib borgan aylana bir kun kelib 
futbol maydonidan ham kattaroq bo’lib ketishi mumkin… 



Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish