14
ketibdi. Yarim asrdan keyin esa shaharda zolim shoh va uning yaqin soqchilaridan boshqa
hech kim qolmabdi…
Ertakning oxiri ayanchli – uning yakunini o’ylab topishni sizga qoldiraman. Ammo
unda juda muhim saboq yashirin.
Kitobxon, men ochmoqchi bo’lgan navbatdagi sir sizga mutlaqo yoqmasligi
mumkin. Lekin ochiq qalb va ochiq fikrlilikni saqlay bilsangiz – men haq ekanimga amin
bo’lasiz.
Har birimizning dunyoyimizda ana shunday shahar mavjud.
Bu – sizning
shaxsiyatingiz shahridir. Uni sizning aqlingiz qamal qilgan
. Nega deb o’ylarsiz?
Xuddi ertakdagi zolim shoh kabi sizning shaxsiyatingiz ustidan to’liq hokimiyatga
erishish uchun. U sizning har bir qaroringiz va xatti-harakatingizni boshqarishga,
hayotingizni o’z xohishiga ko’ra qurishga intiladi.
Bilim – baxt kaliti. Ammo, afsuski, ko’pincha bilim – sizning shaxsiy o’sishingizni
to’xtatib qo’yadigan, ma’naviy yuksalishingizga qarshilik qiladigan “soxta dushman”. U,
albatta, sizning aqlingizga bo’ysunadi. Faqat u shu aql buyrug’iga ko’ra dushman
kiyimini kiyib olgan va sizning qalbingizni qamalda saqlaydi.
Ishonmaysizmi? Aynan sizning xatti-harakatlaringiz bunga isbot. Siz biror narsada
xato qilsangiz, uni osongina tan olasizmi? Yo’q. Birov sizga to’g’ri maslahat bersa-yu, u
sizning aqlingiz intilgan narsalarga mos kelmasa – bu maslahatga quloq solasizmi? Yo’q.
Siz ko’pi bilan o’zingizni u odamning maslahatini olgandek qilib ko’rsatasiz – ammo
baribir o’z bilganingizdan qolmaysiz.
Bizning aqlimiz shu darajada ayyor va uddaburonki, u tamoman atrof-dunyoni
qanday ko’rishimizgacha ta’sir qiladi. Agar aqlingiz chiroyli kiyingan odam badavlat
bo’ladi deb qonun chiqargan bo’lsa, siz kiyinishi chiroyli bo’lgan odamni o’zingiz
bilmagan holda oliynasablar toifasiga qo’shaverasiz. Agar sizni, aytaylik, qora ko’zoynak
taqqan odam aldab, chuv tushirib ketgan bo’lsa, sizning aqlingiz qora ko’zoynak taqqan
boshqa har qanday odamga shubha bilan qarayveradi.
Bundan tashqari, har birimizda oila, maktab va jamiyat ta’sirida “yaxshi” va
“yomon” narsalar haqida tushuncha shakllanib qolgan. Aqlimiz bu tushunchalarni qonun
darajasiga ko’tarib, ular vositasida dunyoni boricha ko’rishimizga halal beradi.
Aytaylik, bizga yoshligimizdan ichkilikbozlik juda yomon ekanligi uqtirib kelinadi.
Natijada aqlimiz spirtli ichimlikni yomonlik belgisi deb qoida qilib qo’yadi. Siz aroq
do’koni oldida turgan odamni ko’rib qolsangiz, u haqida yaxshi xayolga borishingiz
qiyin. Agar u cho’ntagidan pul olib sanab qo’ysa – u g’irt aroqxo’r ekaniga ishonasiz
qo’yasiz. Vaholanki, u aroq do’koni oldida boshqa maqsadda turgan, pulni esa kasal
yotgan farzandiga dori olish uchun do’kon egasidan shoshilinchda olgan qarzini to’lash
uchun sanayotgan bo’lishi mumkin.
Yuqoridagi kabi misollarni minglab keltirish mumkin. Xulosa esa aniq – dunyoni
aqlimiz o’rnatgan qoidalar asosida baholash, atrofingizda aslida kechayotgan jarayonlarni
ko’ra bilmaslik degani.
Ammo eng katta muammo bundamas hali.
Do'stlaringiz bilan baham: |