Kalit so’zlar:
axborot kammunikatsion texnalogiyasi, innavatsiya, differansatsiya,
individuallashtirish.
Аннотация
: Статья посвящена использованию педагогических, инновационных и
информационных технологий в процессе обучения, использованию ИКТ как наглядного,
описательного, объяснительного метода обучения, индивидуализации и дифференциации
процесса обучения в случае дидактического правильного использования. ИКТ о появлении
неограниченных возможностей для.
Ключевые слова
: информационно-коммуникационные технологии, инновации,
дифференциация, индивидуализация.
Annotation:
This article is about the use of pedagogical, innovative and information technologies
in the learning process, the use of ICT as a visual, descriptive, explanatory method of teaching, the
individualization and differentiation of the learning process in the case of didactic correct use of
ICT about the emergence of unlimited opportunities for.
Keywords
: information and communication technology, innovation, differentiation,
individualization.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisi Davlat ta'lim standartlari bo'yicha bolalarning mantiqiy
tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini,
tayanch va fanga oid kompetentsiyalarini va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin
fikrlay olish, o'zgalar fikrini anglash,o'z fikrini og'zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish
ko'nikmalarini egallashlariga erishishi lozim. Shu boisdan ham boshlang'ich sinflar o'quv
51
jarayonidagi bir xillikga barham berish dars jarayonini turli tumanligini , rangbarangligini
ta'minlash maqsadida ilg'or pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishga
mo'ljallangan o'quv-metodik qo'llanmalarni yaratish va tadbiq qilish davr talabidir. Shu bilan birga
dars jarayonida maxsus tayyorlagan mul`timediali ilovalardan, videolavhalardan, turli animatsion
materiallardan foydalanib o'quv jarayoni tashkil qilinganda, o'quvchilarning amaliy tafakkur va
tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga
imkoniyat yaratadi. Shuningdek, dars davomida o'quvchilar charchab qolmasligi va zerikmasliklari
uchun musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday,
boshlang'ich sinflarda matematika darslarida didaktik o'yin va boshqotirmalardan foydalanish
o'quvchilarning mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Umumiy
o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinflarida o'quv jarayonini axborot kommunikatsiya
vositalaridan foydalangan holda shakllantirish o'qituvchidan o'quvchiga o'qituvchining ishtirokisiz
mustaqil tarzda amalga oshirish uchun zarur bo'lgan elementlarni, didaktik materiallarni berish
(o'quv masalalarini qo'yish,amaliy predmetli mazmunini aniqlash, har bitta alohida amallarning
bajarilishi bo'yicha namunalarni ko'rsatib berish, har bir harakat va amallarning bajarilishini nazorat
qilib borish, masalaning yechilganligini, tugallanganligini baholash) uzluksiz tarzda ketma-ket
kechadigan jarayondir. Boshlang'ich sinflarda kompyuterli o'qitish predmetlar muhitini
elementlarini o'zgartiruvchi va boyituvchi sifatida qaraladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida aynan
bunday yoshda bolaning aqliy qobiliyatlarini jadal rivojlanish jarayoni kechadi, uning intellektual
salohiyatini rivojlanishi uchun fundament yaratiladi. O'quv jarayonida pedagogik, innovatsion va
axborot texnologiyalaridan foydalanish boshlang'ich ta'limning dolzarb masalalarini samarali
yechish uchun imkoniyat yaratadi.Jumladan o'quv jarayonini qiziqarli va mahsuldor qilish hisobiga
o'quvchida materialni anglab olish motivatsiyasi ortadi.Mustaqil ishlash va o'zini-o'zi nazorat qilish
ko'nikmasi rivojlanadi. Darsning samaradorligini va har bir o'quvchining o'zlashtirishini
ta'minlaydi. Har bir o'quvchining fikrlashini, bilish hissiyotini, maqsad sari intilishlarini, ma'naviy
tasavvurlarini rivojlantirish hisobiga umumiy faol rivojlanishga erishiladi. Sinfdagi barcha
bolalarning faol ishlashi ta'minlanadi. Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga
tadbiq qilishni zamonaviy axborot dunyosini rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb
xarakterlash mumkin.Kompyuterlarning o'quv jarayoniga jadal kirib kelishi pedagoglar hayotida
misli ko'rilmagan darajada o'qitishning yangi turlarini, shakllarini keltirib chiqardi.Boshlang'ich
ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanish kompetentsiyasi ikkita asosiy masalani yechish
bilan bog'liq. Bolalarni yangi texnikaviy vositalardan foydalanishga o'rgatish va o'quvchilarning
o'qish va o'qishdan tashqari faoliyatida yangi imkoniyatlarini ochish va takomillashtirish maqsadida
kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. Zamonaviy pedagog kompyuterdan foydalanishni
bilishi, kompyuter yordamida o'qitish vositalaridan foydalana olish zarur. Chunki 1-4 sinf
52
o'quvchilarida ko'rgazmali-obrazli fikrlash rivojlangan, shu boisdan ham dars jarayonini kompyuter
texnologiyalaridan foydalanib tashkil qilish juda muhim. Buning uchun sifatli ko'rgazmali
materiallarni maqsadli tarzda juda ko'p tayyorlash va undan foydalanish zarur, bilimni qabul qilish
jarayoniga yangi ko'rinishlarni tadbiq qilish, tovushlar, slaydlar, animatsiyalar ishlaydi.
Boshlang'ich maktabda turli darslarda AKTdan foydalanish o'qitishning
ko'rgazmali,tasvirli,tushuntirish uslubidan faoliyatli uslubga o'tishga imkoniyat yaratadi. Bunda
o'quvchi o'quv jarayonining faol ishtirokchisiga, subyektiga aylanadi. Bu esa o'quvchida bilimni
anglagan holda o'zlashtirishga imkon yaratadi. Shu boisdan ham zamonaviy ta'lim tizimida
boshlang'ich sinflarda kompyuter texnologiyalarini qo'llab dars jarayonini tashkil qilish juda ko'p
novator pedagoglar tomonidan amalga oshirilmoqda. Bu juda ko'pchilik pedagoglarning hayotiy ish
normasiga aylanib bormoqda. AKT – bu o'qituvchi qo'lidagi juda quvvatli, ko'p qirrali, universal
instrumental vosita hisoblanadi, buni egallab olishi va o'zining predmeti bo'yicha darslarda undan
maqsadli foydalanishi zarur. Kompyuter boshlang'ich maktab ta'lim texnologiyasiga zamonaviy
texnologiyalardan hisoblangan loyihalash texnologiyasi elementlarini olib kirishga imkoniyat
yaratdi. Loyihalarni yaratish boshlang'ich sinf o'quvchisida bilim olishga bo'lgan qiziqishlarini,
ijodiy va intellektual sifatlarini shakllanishiga, estetik jihatdan tarbiyalanishiga, mustaqil harakat
qilishini rivojlanishiga olib keladi. Mustaqil faoliyatning rivojlanishi – bu shunday jarayonki,
maktabdagi butun o'quv davrida uzliksiz davom etadi. Boshlang'ich sinfga qabul qilingan maktab
bolasida dastavval mustaqil faoliyat ko'rsatishning kurtaklari shakllanadi, undan keyin esa bilim
olish shakllanadi. O'quvchining mustaqil faoliyat olib borish sifatlari – o'quv faoliyatining subyekti
sifatida amaliy yoki o'quv masalalarni o'qituvchining yordamisiz bajara olish ko'nikmalarini
ifodalaydi. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat
o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy
xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.Pedagogik va psixologik
tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv
tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning
obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam
beradi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidir. Aynan
zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo
bo‘lishidir.Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni
o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta
mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar
maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi
asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda
boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi
53
tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni,
mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam
kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini
mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga
AKTni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.O‘z faoliyatimizda ta’lim
jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKTdan
foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz.Ахborot texnologiyalaridan
foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKTni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan
hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan
imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish
imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni
egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va
metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini
rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan
asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar
sodir bo‘ladi. O‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish
ta’minlanadi.АKTdan foydalanilganda ta’limda shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish
oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars
jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan
tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va
taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin.
Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili
darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda
turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik
materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali mashq, nazorat mashqlari va test sinovlari
modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni
joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika
orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi .
1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni
tovushli harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli
qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli
topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin
shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi
uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini
differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida
54
erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga
tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha
mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv
havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari»,
«Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va
o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda
va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar,
sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning
to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va
omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin»
testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi.Asosiysi: test
topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa
ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli
darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar,
jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita
kompyuterda ishlaydilar. Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida
ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish
mumkin.Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida
AKTdan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi axborotliligi,
ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha
taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish
mumkin.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu
global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga
oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish,
qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil
juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi
topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni
to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita
Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni
o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib
borish mumkin.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdan mustaqil foydalanishni, kerakli axborotni
tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va
bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas,
55
balki bevosita kompyuterda ham topshiriqlarni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash
birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy
ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar.Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini
shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Inson tabiatning bir qismi bo’lishi bilan
bir qatorda, o’zining hayot faoliyatida yangidan-yangi usullar bilan tabiatga ta'sir qilishni davom
etmoqda. Bu esa ekologik tizim holatining o’zgarishiga, ayniqsa, ularning sifat va miqdor
ko’rsatkichlarining buzilishiga olib keldi. Bunday faoliyat natijasida yer shari yuzasi, iqlimi,
o’simligi, hayvonot dunyosi, sayyoramiz havosi o’zgarishi, suvning ifloslanishi, o’rmonlarning
qirqib yuborilishi, yer yuzasida tuproq nurashi, hayvonot va baliqlarning ko’p ovlanishi natijasida
ekologik inqiroz yuzaga keldi. Inson faoliyati ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashib
ketishiga sabab bo’ldi. XXI asr boshlariga kelib, tabiat bilan insoniyat o’rtasidagi munosabatlarning
keskinlashuvi yaqqol ko’zga tashlana boshladi. Sayyorada murakkablashib borayotgan ekologik
vaziyat, butun insoniyat oldida tabiat, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiat zahiralaridan tejab-
tergab, ehtiyotkorlik bilan oqiloni foydalanishni, agar ana shu muammolarni zudlik bilan hal etishga
kirishilmasa, ularning oqibatlari o’ta dahshatli bo’lishi, hattoki, sivilizatsiya halok bo’lishi
mumkinligi dunyodagi barcha mamlakatlar va xalqlar oldiga ko’ndalang qilib qo’ydi.
Atrof-muhitni muhofaza etish uchun yoshi, jinsi, millati, e'tiqodi, mansabi, ijtimoiy kelib
chiqishidan qat'iy nazar inson tabiatga zo’rovonlik qilishni to’xtatmasa, tabiat insondan
shavqatsizlarcha o’ch olishi, hamda sivilizatsiya yutuqlarini bir lahzada yo’q qilib tashlashini
anglash hamda ushbu fikrlarni yosh avlod ongi singdirish zarur. Hozirgi davrda insoniyat oldida
turgan eng dolzarb ekologik muammo atrof muhitning ifloslanishini bartaraf etib, ularning barqaror
muhofazasini ta'minlashdir. Bu o’z navbatida, insoniyatning baxt-saodati, ertangi kuni, kelgusi
avlod taqdiri uchun g’amxo’rlik qilishdek muhim pedagogik, siyosiy, muammoni kun tartibiga olib
chiqish vazifasini qo’yadi. Atrof-muhitda sodir bo’layotgan ekologik o’zgarishlar tabiiy
jarayonlarning ajralmas bo’lagi bo’lsa-da, biroq u ko’p jihatdan inson faoliyati – antropogen omillar
bilan chambarchas bog’liq. Agar ekologik muammolar iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy, estetik
omillarning uzviy va uzluksiz birligida tahlil qilinsa, uning o’ziga xos jihatlaridan biri bu kishilarda
atrof-muhit, tabiat haqidagi bilimlar tizimi, yuksak ekologik madaniyat, ekodunyoqarashning davr
talablari darajasida shakllanmaganligi bilan izohlanadi. Bu zaruriyat barcha insonlarga, xususan,
o’quvchilarga tabiatni e'zozlash ruhida ta'lim-tarbiya berishni takomillashtirishni taqozo etadi.
Global muammoga aylangan tabiat bilan inson o’rtasidagi munosabatlarning tobora keskinlashuvi
esa aholi, ayniqsa, yosh avlodning ekologiya va atrof-muhitning muhofazasi haqidagi nazariy
hamda amaliy bilimga bo’lgan ehtiyojlarini oshirmoqda. Shu jihatdan tabiatni e'zozlash, kurrai
zaminimizdagi muhitning qanday omillar sababli ifloslanayotgani va boshqa masalalar haqida
56
o’quvchilarga bilim berish ta'lim tizimi oldidagi o’ta dolzarb muammolardan biridir.Yuqoridagi
masalalardan kelib chiqqan holda ta’lim tizimida boshlang’ich sinflarda tabiatga ijobiy munosabatni
shaklantirishimiz zarur.Buning uchun AKT vositalaridan foydalanishimiz zarur.Chunki biz
yashayotgan asar axborot tehnologiya asri bo’lib,o’quvchini AKT vositasi orqali tabiatni jonli
ko’rsatib,u qay holatda ekanligini ko’rsatishimiz lozim. Tabiat ijobiy munosabatni
shakllantirishimiz kerak.
Maktabni bitirib mustaqil hayotga qadam qo`ygan har bir yosh, qanday ixtisos egasi
bo`lishidan qat`iy nazar , ekologiya va tabiyatni muhofaza qilishga oid nazariy va amaliy bilimlarga
ega bo`lishi kerak. Tabiatni muhofaza qilish hozirgi zamonning asosiy masalalaridan biri bo`lib
qolganligi o`quvchi ongiga birinchi navbatda singdiriladi. . Pedagogik yo’nalishda ekologik ta’lim
va tarbiya berish ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan
tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ya’ni AKT
vositalari orqali beriladi. Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini
tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiya umumiy ta’lim-tarbiyaning yangi shakli va tarkibiy qismi
bo’lib, maktabda barcha fanlarni o’qitishda amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ekologik ta’lim-
tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlod atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni
shakllantirishdan iboratdir. Ekologik taarbiyalash jarayonida yoshlar tabiat boylik larni tejab-
tergashga, tabiatni muhofaza qilishga o’rgatila boriladi. Atoqli pedagog V. A. Suxomlinskiy
“Bolalarga jonim fido” asarida “ Men bolalar “Alifbe”ni ochib, birinchi so’zini hijjalab o’qishlariga
qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob – tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim” deb
ta’kidlaganidek, bu boradagi barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga
muvofiqdir. Ekologik tarbiyada o’quvchilarni o’z maktabini, yashaydigan muhiti-shahar va qishloq
ko’chalarini ko’kalamzorlashtirish, mevala va manzarali daraxt ko’chatlari ekish, xiyobonlarni, suv
havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb
etish katta ahamiyatga ega. Ekologik savoxonlik va madaniyat, avvalo, oiladan boshlanadi.
Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog’liqdir. Agar bu
masala oilada to’g’ri yo’lga qo’yilmagan bo’lsa, uni maktablarda, keyingi ta’lim bosqichlarida
hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo’ladi. Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga
alohida e’tibor bilan qarganlar va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirganlar. Bolalar
go’daklik chog’laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularda mehnatga
muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonchilik va ko’kalamzorlashtirish atrofni ifloslantirmaslik
uchun ahlatlarni alohida chuqurchalarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan
uzoqroq joyda kavlash, yong’in chiqmasligi chorasini ko’rish, turli ehtiyojlar uchun yashnab turgan
daraxtlarni emas, balki qurib qolganlardan foydalanish, nihollarni sindirib, payhon qilmaslik,
57
qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga
“Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichib bahra oladi”, “Gullab turgan
mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o’zing iste’mol qilasan”, “ Pishib
yetilmagan uzumni uzma, agar uzsang katta gunoh ish bo’ladi, chunki unda ahli mo’minning
nasibasi bor” deb pand-u nasihatlar qilganlar. Ekologik ta’lim va tarbiyalash tizimi bolalar
bog’chalarida, umumiy o’rta ta’lim maktablarida, keyingi ta’lim bosqichlarida hamda mehnat
jamoalarida davom ettiriladi, bu o’rinda hayotiy misollar orqali hozirgi paytda oilalarda ekologik
savodxonlikning pastligi uqtiriladi. Masalan, hozirgi ko’plab odamlar mollarini ekinzorlarda,
bog’larda, hatto mevali va manzarali daraxtlarga bog’lab boqadigan bo’lib qolishmoqda. Axir
o’tmishda xalqimiz qaramog’idagi hayvonlariga maxsus podachi saqlagan-ku. Yoki moli bor
kishilar navbat bilan poda boqqan-ku. Buning ustiga hozirgidek hayvonlarni duch kelgan yerda
emas, alohida ajratib qo’yilgan yaylovlarda o’tlatgan. Yoki oilaviy dam olishga chiqilganda o’t-
o’lanlar payhon qilinmagan, qir-adirlarda shisha siniqlari, ovqat qoldiqlari tashlab ketilmagan.
Daraxtlarga, o’simliklar olamiga, hayvonlarga zarar keltirilmagan. O’lkamizning tabiiy o’simliklar
dunyosi, ularning foydasi, bu boylilklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi maslahaatlat bilan
yoshlarni maktab partasidan keng tanishtirib borish o’z samarasini beradi. Bunda ekologiyadan
ilmiy tushunchalar maktablarda o’qitiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tabiatshunoslik, fizika,
ekologiya, matematika, geografiya, tarix kabi fanlarni o’qitishda umumlashtiriladi. Shu bilan birga
fakultativ mashg’ulotlarda, darsdan tashqari to’garak yig’ilishlarida, ekskursiya davrida hamda
o’zlarining kundalik faoliyatlari davomida ekologik muammolarni o’rgana boradilar. Shunday
qilib,AKT vositasi orqali boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq qilish o’quvchilarda mustaqil o’quv
faoliyatining shakllanishiga va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Darslarda
prezentatsiyalardan,animatsiyalardan,tarqatma materiallardan ,axborot qog’ozlaridan maqsadli
foydalanish, mavzular bo’yicha bukletlar yaratish va boshqa jihatlari mustaqil o’quv faoliyati
ko’nikmasini shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Avazov. SH. “ Ekologik ta`lim - tarbiyaning ba`zi masalalari “- Toshkent - “ O`zbekiston “ , 1989
yil.
2. Avazov. SH. “ Maktabda ekologik tarbiya “ – Toshkent – “ O`qituvchi” , 1992 yil , - 62 b.
3. Alibekov. A. A, Nishonov. S.A. “ Fan texnika taraqqiyoti va inson “ – Toshkent - “ O`zbekiston
“ 1984 yil- 169 b.
58
Do'stlaringiz bilan baham: |