169 XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI BOSHLANG'ICH SINF TARBIYA DARSLARINI TASHKILQILISH IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA Niyozova R.Sh. – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlan'g'ich ta'lim) yo'nalishi I kurs magistranti, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Toshkent, O‘zbekiston. Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinflarda tarbiya darslarini tashkil qilishning
ahamiyati,uning jamiyat,davlat uchun dolzarbligi haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: Tarbiya, zaruriyat, konsepsiya, talab, mas'uliyat, muammo, yo'nalish, vazifa,
maqsad.
Аннотация: В данном статье рассматривается важность организации учебных
классов в начальной школе,ее актуальность для общества и государстваю.
Ключевые слова: образование, необходимость, концепция, требовать проблема,
направлениею, задания, цель.
Annotation: This article discusses the importance of the organization of educational classes
in the primery school its relevenceto society and the state.
Key words: upbringing, necessity, conception, demand, responsibility, problem, direction,
task, purpose.
Butun jahon miqyosida va mamlakatimizda ro'y berayotgan globallashuv jarayonlari, fan-
texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyojlar asosida amalga oshirilayotgan
islohotlar yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish,
innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lishdek hayotiy talablarni ham qo'ymoqda. Shu bois,
O'zbekiston Respublikasida “Tarbiya” fanini joriy etish,uni amaliyotga tadbiq etish masalasiga
ahamiyat berish, mazkur fanni davlatning ta'lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda
mavjud bo'lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo'naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish muhim
vazifa hisoblanadi. ”Tarbiya” darslarini tashkil etish Konsepsiyasida yosh avlod tarbiyasidagi
ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsadlarni belgilab
beruvchi vazifalar,yo'nalishlar mavjud. Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo'nalishlar
mamlakat yoshlarini ma'nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini
ro'yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga hissa qo'shish maqsadidagi buyuk g'oya
atrofigabirlashtirish, tashabbuslarini yetarli darajada qo'llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar,
iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur
Konsepsiya
O'zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi,
O'zbekiston
Respublikasining “Ta'lim to'g'risidagi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagi qonunlari, xalqaro
huquqning umume'tirof etilgan hujjatlari, xususan “Bola huquqlari to'g'risidagi, “Bola
huquqlarining kafolatlari to'g'risidagi konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Yoshlar-
2030” strategiyasi hamda O'zbekiston Respublikasining ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlariga
asoslanadi. Konsepsiyada belgilangan vazifalar O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi,
milliy va jahondagi ilg'or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarhlar bilan uyg'un
ravishda amalga oshiriladi. Konsepsiya umumiy o'rta ta'lim tizimida o'quvchilarning yoshiga mos
ma'naviy rivojlanishini ta'minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida
umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitilayotgan “Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar” turkumiga kiruvchi fanlar “Odobnoma”, “Vatan tuyg'usi”, “Milliy istiqlol g'oyasi va
ma'naviyat asoslari”,Ma'naviyat asoslari”, Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan yagona
Tarbiya fanining asosiy yo'nalishlarini belgilab beradi.[4]
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI