170
XALQARO MIQYOSIDAGI ILMIY-AMALIY KONFERENTSIYA MATERIALLARI
Shu maqsadda,qator yetakchi Xorijiy mamlakatlar,jumladan Finlandiya, Xitoy Xalq
Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya,
Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o'rganilib, amaldagi fanlarning
o'quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilinib,eng samarali usul va vositalar amaliyoga
bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog'lom avlod
asoslari, Salomatlik, Yo'l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari, Huquqiy
tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari kabi bir qancha fakultativ
o'quv kurslari dasturlarini birlashtiradi. Konsepsiya umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim
standartlarida belgilangan talablarning (keyingi o'rinlarda — Malaka talablari) negizi hisoblanadi.
Konsepsiya “Tarbiya” fanini o'rganish bosqichlari, o'quv fani bo'yicha ta'lim mazmuni va malaka
talablarining tuzilishini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda yoshlar bilan ishlashning yangicha modellarini
yaratishda innovatsion mexanizm va texnologiyalarni qo'llashga doir ko'plab amaliy ishlar
qilinmoqda.
Jadallik
bilan
rivojlanayotgan,o'zgarayotgan
dunyoda
o'quvchi-yoshlarni
muvaffaqiyatli ravishda ijtimoiy hayotga tayyorlashda mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va
huquqiy madaniyat, teran dunyoqarash, sog'lom e'tiqodlilik, ma’'rifatlilik, diniy va milliy
bag'rikenglik, ma'naviy, fuqaroviy, ijtimoiy kabi fazilatlarni shakllantirish asosiy masalalarga
aylanib bormoqda. Shu bois yoshlar tarbiyasiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan “Milliy istiqlol g‘oyasi:
asosiy
tushuncha
va
tamoyillar”
turkumiga
kiruvchi
fanlarni
o'qitish
ta'lim
jarayonigayangichayondashuvni taqozo etmoqda.
Jumladan, yoshlartarbiyasidadunyoda yuz berayotganmurakkab geosiyosiy va mafkuraviy
jarayonlarga to'g'ri baho bera olish, ijtimoiy muammolarni hal etishda to'g'ri qaror qabul qilish,
hayotda o'z o'rnini topish bilan bog'liq bo'lgan aniq maqsadlarni shakllantira olishga o'rgatish,
buning natijasi o'laroq, oila-jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning uzilib qolishining oldini olish,
loqaydlik, huquqbuzarlik, “ommaviy madaniyat”ning turli ko'rinishlaridan saqlash imkoni
yaratiladi. Bu, o'z o'rnida, O'zbekiston Respublikasini siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-
ma'naviy rivojlantirishning muhim omili bo'lgan yoshlar tarbiyasi shaxsan O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining tashabbuskorligida davlat siyosati darajasiga ko'tarilganini inobatga olib, ushbu
yo'nalishdagi prinsipial yondashuvlarni takomillashtirish, strategik maqsad va vazifalarning
konseptual asoslarini ishlab chiqish zaruratini talab qiladi. Konsepsiyada belgilangan vazifalar
ijrosini ta'minlashdagi asosiy prinsiplar quyidagilar hisoblanadi:
-milliy va umuminsoniyqadriyatlarning ustuvorligi;
-ongli vatanparvarlik ruhini rivojlantirish;
-sohadagi zamonaviy ilmiy-tadqiqotlarga asoslanish;
-ochiqlik va shaffoflik; tarbiya sohasiga oid tashabbuslarni qo'llab-quvvatlash va
rag'batlantirish;
- tarbiya sohasiga doir siyosatni amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari,
nodavlat notijorat tashkilotlari, xususiy sektor faoliyatining muvofiqligi va mutanosibligi.
Davlatimiz rahbari tomonidan 2021-yilni ”Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi
salomatligini mustahkamlash”yili deb e'lon qilinishi munosabati bilan joylarda amalga
oshirilayotgan islohotlar o'z samarasini ko'rsatmoqda.
Yoshlar tarbiyasi har bir zamonning,har qaysi davrning eng muhim,dolzarb masalasi bo'lib
kelgani hech kimga sir emas. Shu o'rinda “Tarbiya”tushunchasiga to'xtalib o'tsak.
Tarbiya - arabcha rivojlantrish, parvarish qilish, o'stirish, o'rgatish, ilm berish ma'nolarini
anglatadi.
Tarbiya-ta'lim,axloq-odob kabilarni o'rgatib,singdirib,insonni voyaga yetkazish,ulg'aytirish
o'stirish.[5]
Tarbiya-insonda ish-hunar,odob-axloq va shu kabilarni shakllantirish,rivojlantirishga,uning
jamiyatda yashashi uchun kerak bo'lgan xislatlarga ega bo'lishini ta'minlashga qaratilgan ish-
amallarmajmui va shu yo'l bilan singdirilgan odob-axloq,xislat-fazilat kabilrning o'zidir.[5]
BOSHLANG‘ICH TA’LIMGA XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI JORIY ETISHNING ISTIQBOLLARI
Do'stlaringiz bilan baham: |