Rp.: Zinci oxydi 1,5
Hexamethylentetramini 1,0
Aquae purificatae 120 ml
M.D.S. Sirtga qo’llash uchun.
Rux oksidi miqdori 3% dan kam bo’lgani uchun suspenziya og’irlik — hajm usulida
tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan suv 10 ml geksametilentetramin
eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan
aralashtirib maydalanadi (Deryagin koidasiga kura). So’ngra 15 ml (10 barobar ko’p)
eritma
qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. 2—3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. CHukma
yana maydalanib, ustiga 15 ml eritma qo’shib aralashtiriladi. YAna 2—3
minutga qoldirilib,
ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga
«Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo’llash uchun» deb ezilgan yorliq epishtiriladi.
Rp.: Extracti Belladonnae 0,1
Bismuthi subnitratis 2,0
Aq. rurif.100 ml
M.D.S. 1 desert qoshiqdan 3 mahal
Dastlab quyuq ekstraktning suvli eritmasi tayyorlab olinadi. So’ngra
yuqoridagi retsept
texnologiyasi buyicha suspenziya tayyorlanadi.
Rp.: Zinci oxydi 20,0
Talci 20,0
Glycerini 30,0
Aq. rurif. 100 ml
M.D.S. Sirtga.
Bu retseptda quruq modda miqdori 3% dan ko’p bo’lgani uchun suspenziya og’irlik
usulida tayyorlanadi.
Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So’ng
qolgan glitserin solinadi va oz-ozdan suv qo’shib shisha idishga yana chayib solinadi.
Rp.: Magnesii trisilicati 5,0
Magnesium carbonatis light 5,0
Natrii bicarbonatii 5,0
Peppermint aqua 2,5 ml
Aq. purif. ad. 180 ml
M.D.S. Ichish uchun.
Pasporti: Magniy trisilikat-5 g
Magniy karbonat-5 g
Natriya gidrokarbonat-5 g
YAlpizli suv 2,5 ml
Tozalangan suv 100-5-5-5-2,5=82,5ml
M um=100 g
Havonchada quruq moddalar yaxshilab eziladi, so’ngra 7,5
ml tozalangan suvi bilan
hovonchada yaxshilab bo’tqasimon massa xosil bo’lguncha maydalanadi. Hosil bo’lgan pulpa
tozalangan suv bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2—3 minutga qoldiriladi. So’ng
ustki qismi shisha idishga solinadi. Havonchadagi cho’kma yana tozalangan suv bilan
aralashtiriladi. Bu jarayon cho’kma tugaguncha davom ettiriladi.
Eng oxirida yalpizli suv
qo’shib, «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb ezilgan yorliq yopishtiriladi.
22
Bu gidrofil xususiyatli moddalar bilan suspenziyalar tayyorlashga misol bo’ladi.
Gidrofil bo’kuvchi moddalarga tanalbin, tealbin, sanalbinlar kiradi. Bunday moddalardan
suspenziya tayyorlashda ularni quruq holda maydalab olish zarur.
22
Lloyd V.Allen, Gavrilov A.S. Farmatsevtichesaya texnologiya izgotovleniya lekarstvennыx
preparatov.-«GEOTAR-Media».- Moskva.-2014. (9 bet)