Dorilarni og’irlik bo’yicha do’zalarga bo’lish. Maydalash va aralashtirish asbobi. Elaklar va maydalik darajasi. Hovoncha o’lchamlarining maydalash jarayoniga ta’siri.
Bajardi: 303-B guruh talabasi Bazarbayeva Sh.J.
REJA:
1. Do’zalash.
2. Maydalash va aralashtirish asbobi.
3. Elaki dorilar. Poroshoklar (pulveres).
4. Elaki dorilarini tayyorlash boshqichlari.
5. Hovoncha o’lchamlarining maydalash jarayoniga ta’siri.
Do’zalash.
Tayyor elaki dorilarni alohida bir marta ishlatiladigan qilib taqsimlanishiga dozalash deyiladi. Elaki dorilami dozalashning 2 usuli bor. Hajm va og'irlik usuli. Kukun (elaki dori)lami dozalashda asosiy e'tibor uning aniqlik darajasi hisoblanadi. Ammo har qanday dozalash usuli ham ayrim kamchiliklardan xoli emas, shuni hisobga olgan holda XI Davlat farmakopeyasi bunday xatoliklami quyidagi me'yorda bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi:
Kukun og'irligi, g.
0,1 gacha
0,1-0,35
0,31-1,0
1 g ortiq
Keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, kukun massasi qancha ko'p bo'lsa, tortishdagi aniqlik shuncha oshadi. Kukunlar umuman 0,2-1,0 g atrofida dozalanadi. Undan ko'p yoki kam bo'lishi ulami qabul qiIishda ham ayrim o'ng'aysizliklami keltiradi. Dozalash asosan qo'l tarozilarida bajariladi. Ishlatish oldidan tarozi pallalari spirt bilan yoki spirt-efrr aralashmasi bilan artiladi. Kukun hovonehadan tarozi pallasiga plastmassa yoki shoxdan qilingan qoshiqehalar yordamida olinadi va palladan qog'oz kapsulalarga solinadi. Qog'oz kapsulaga o'tkazilganda paIlada kukun qolmasligi uchun palla orqasiga ko'rsatkieh barmoq bilan ehertib qo'yiladi. Ishlatib bo'lingan tarozi paIJasi bir ehimdim paxta yoki doka parehasi bilan artib tozalab qo'yiladi. lshlatilib paxta yoki doka tashlanadi. Pallani soehiq yoki qo'l bilan artish yaramaydi.
Kukunlami qo'l tarozisi bilan dozaIash aneha vaqt va mahorat talab qiladi. Ayniqsa bu hoI ko'p miqdordagi elaki dorilami domlashda yaqqol ko'rinadi. Bunday hollarda dorixona sharoitida ishlatishga mo'ljallangan kukunlarni dozalaydigan ДП-2 apparati ishlatiladi.
Xatolik, %
± 15
± 10
±5
±3
Bu avtomatik dozator vertikal joylashgan 140 sm kub hajmdagi bunkerdan (1), uning ustida o'matilgan motor (2) ga biriktirib bunkerga tushirilgan aralashtirgieh (3) va shnek (4) dan tashkil topgan. Bunker ostiga qo'l tarozisining bir yelkasi va pallasi joylangan. Tarozining o'ng yelkasi bunker to'kilish og'ziga keltirilgan bo‘lib, u dozalashga mo'ljallangan tubi ochiladigan palla (5), chap yelkasida esa toshlarga mo'ljallangan palla (6) joylashgan. Pallalar posangisini keltirishga mo'ljallangan mikrovint (7) yelka o'rtasida joylashgan. Bunker, elektromotor va tarozilar bir ustunda (8) mahkamlangan bo'lib, ularning tagiga fotoelement va kukun to'kishni ta'minlaydigan mexanizm joylangan. Yorug'lik tuynugi (9) va yoritish asbobi (10) ustunning old qismi va ular orasiga, tarozining o'ng yelkasiga bayroqcba (11) o'matilgan. Dozalaydigan pallasining ochiladigan tubiga muvozanatlantiruvchi richag o'rnatilgan bo'lib, u richagga qo'yilgan yuk ta'sirida palla tubini kukun to'lguncha ochilmay turishini va ochilgan tubning qayta yopilishini ta'minlaydi. Dozatorda
tinchlantiradigan va tiraladigan mexanizmlar (12, 13, 14) yelka va pallalami ish paytida tinchlantirishga mo'ljallangan. Dozatorda ishlashdan oldin, uni kerak bo'lgan dozadagi kukun miqdoriga moslashtiriladi. Ya'ni 0,5 gacha og'irlikdagi kukun uchun 1 yoki 2 -shnek o'rnatiladi. 0,5 gr dan ortiq shnek uchun 3 yoki 4 – shnek o'rnatiladi. Dozatorning o'rtacha ishlash me'yori minutiga 10-12 kukundan bo'ladi.
Maydalash va aralashtirish asbobi.
Dori tayyorlash uchun mo'ljallangan kukunIami maydalashdan ikki maqsad bor. Birinchisi dori moddaning tanaga tezroq va to'laroq so'rilishi ho'lsa, ikkinchisi maydalangan kukunIar yaxshi aralashadi, dozalanganda qavatlarga ajralmaydi va ingrediyentlarning ayrim zarrachaJari ajralib ko'rinmaydi. Dori modda zarrachalari maydalanishi natijasida bir zarracha, alohida zarrachaning sathi kamaysa ham, umum zarrachaJar sathini ifodalovchi umumiy sath (umurnsath) bir necha bor oshadi. Umumsath ko'rsatkichining oshishi quyidagi jadvalda yaqqoI ko'rinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |