66
Oilaning ijtimoiy moslashishi birligi tashkil etuvchisi – oilaning moddiy
ahvoli.
Oilaning moddiy farovonligi, uning ta’minlanganligi bir necha miqdorli va
sifatli ko‘rsatkichlar bilan baholanadi. Bular oilaning daromad
darajasi, uning
hayotiy sharoitlari, buyumlari mavjudligi (ya’ni oila ega bo‘lgan buyumlar) hamda
uning a’zolarining ijtimoiy-demografik xususiyatlaridan iborat,
bu oilaning
ijtimoiy-iqtisodiy mavqeini tashkil etadi. Oilaning daromadlari darajasi hamda
turar joyi sharoitlari belgilangan normadan past bo‘lsa, (tirikchilik minimumi va
boshqalar) buning oqibatida oila eng kerakli hisoblangan yegulik, kiyim, turar joyi
uchun haq to‘lash talablarini qondira olmaydi, bunday oila kambag‘al hisoblanadi
va uning ijtimoiy-iqtisodiy statusi (maqomi) – past hisoblanadi Agarda oilaning
moddiy ta`minlanishi ijtimoiy normalar minimumiga mos kelsa, ya’ni ongli hayot
kechirish uchun
asosiy talablarni qondira olsa, lekin moddiy mablag‘i dam olish,
ta’lim va boshqa talablarni qondirishga etmasa, bunday oila kam ta`minlangan
hisoblanadi. Daromadi darajasi va yashash sharoiti yuqori bo‘lib (ijtimoiy
normalardan ikki barobar ko‘p va undan ortiq) faqatgina asosiy talablarini qondirib
qolmay, yana turli xil xizmatlardan foydalanish imkoni bo‘lsa, bu oila moddiy
ta’minlangan hisoblanadi, ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo‘ladi.
Oilaning ijtimoiy moslashishi ikkinchi tashkil etuvchisining psixologik
muhiti- oila azolari kayfiyati ularning hayotiy kechinmalari, bir-biriga munosabati,
boshqa
odamlarga, ishga, atrofdagi xodimlarga qarashlari natijasi sifatida yuzaga
keladigan barqaror mustahkam emotsional kayfiyatdir.
Oilaning psixologik kayfiyati holatini baholash uchun er-xotinlar
o‘rtasidagi, bolalar va ota-onalar hamda yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarini hisobga olish kerak bo‘ladi. Oilaning psixologik kayfiyati holati
ko‘rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi. Emotsional erkinligi darajasi, havotirlanish
darajasi bir-birini tushinish, hurmat qilish, qo‘llash, yordam ko‘rsatish,
hamdardligi, bir-biriga ta`siri darajasi, dam olish joyi (oilada yoki undan
tashqarida) oilaning yaqin atrofdagilar bilan munosabatlari ochiqligi. Teng
huquqlilik va hamkorlik tamoyillari asosiga qurilgan munosabatlar ma’qul
67
hisoblanadi. Oilada bir-birining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga
bog‘langanlik, mavjud emotsional yaqinlik his etiladi.
Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan xursand. Bular
mavjud bo‘lgan holatda - oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei yuqori baholanadi.
Oilada nosog‘lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar
o‘rtasidagi doimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan
holatda yuzaga keladi, oila
a’zolari doim havotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin his eta olmaydilar; oila a’zolari
o‘rtasida begonalik hissi hukmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy
vazifalaridan biri bo‘lgan – psixoterapevtik, ya’ni stressni yo‘qotish, jismoniy va
ma’naviy kuchlarni tiklab olish kabi vazifalarni bajarishga harakat qilinadi.
Bunday holatda ijtimoiy-psixlogik muhit past darajali bo‘ladi. Shu bilan birga
yomon munosabatlar inqirozni, butunlay
bir-birini tushunmaslik, bir-biriga
dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (jismoniy, seksual), ajratish istagi paydo
bo‘lishi
bilan
ifodalanuvchi
holatlarga
aylanishi
mumkin.
Inqirozli
munosabatlarga: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan
munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda, doimiy bo‘lmaganda, oilaning oraliq holatda
bo‘lganida oilaning ijtimoiy-psixlogik mavqei o‘rtacha hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: