O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Sodiqov H., Shamsutdinov R., Ravshcmov P.
Istibdod. «Q ishloq hayoti», 1999 
yil 3 sentyabr.
: 0 ‘zR M D A . 1-jam g‘arm a, 4 -ro ‘yxat. 2 41-ish, 4-varaq.
3 «Р усский Т уркестан », 1906 г. 11 августа.

Слуцкий И.М.
Х лоп ководство в Т уркестане. Т уркестанское сельское 
х озяйство, 1911, № 4, стр. 352.
271
www.ziyouz.com kutubxonasi


Rossiya imperatori Siyosiy agentining 1905 yil noyabrida y o i-
lagan maktubida ham ruslar orasidagi inqilobiy harakat o ‘zbeklami 
ham aynitayotgani, paxta tozalash zavodlarida ish to ‘xtatilgani 
m a’lum qilingan. Samarqand Eski shaharidagi o ‘zbeklardan choy 
qadoqlash korxonalarida ish tashlash jiddiy tus olgani va bunda 
ruschani biladigan bolshevik va eser tashviqotchilari bilan bog‘langan 
D o‘stmuhammadUstaboevningroli katta b o ig an i polisiya hujjatlari da 
o ‘z aksini topgan
Samarqand viloyati harbiy gubematori general shtab general- 
mayori Gesketning 1905 yil 21 dekabrda tumanboshilarga yuborgan 
ko'rsatm asida Samarqandning o ‘zbeklar yashaydigan qismida «ay- 
rim kimsalar xalqni soliqlarni toiam aslikka chaqirayotganlari» 
m a iu m qilingan. General-gubemator idorasi hujjatlarida ham 1905 
yil noyabr-dekabrida rus inqilobchilari mahalliy aholini soliqlarni 
to iam aslik, majburiyatlami bajarmaslikka d a’vat etayotgani, o‘z- 
beklami «rus hukumatiga qarshi qo‘zg ‘atishga urinishayotgani» 
alohida uqtirilgan1.
Xuddi shunday urinishlar haqidagi m aiu m o tlar Sirdaryo, Kas- 
piyorti viloyatlan gubernatorlaridan ham olingan.
Samarqand viloyagi harbiy gubematori 1907 yil 24 fevraldagi 
m aium otnom asida «Xo'janddagi yangi soliq solinganidan keyin 
paydo b o ig a n boqimandalar, asosan, baqiroqlaming hukumatga 
qarshi gaplarining aholiga yetib borganligi oqibatidandir» deganida 
chuqur m a’no bor edi. G ubemator ms inqilobchilari va mahalliy 
aholi o ‘rtasida vositachi sifatida «Kavkazdan kelgan arman, gmzin, 
fors, lezgin va boshqalar» ekanligini aytib, ular inqilobiy faoliyatni 
keng quloch yoydirish uchun juda qulay material» deb baholaydi va 
kelgindilar «shu kungacha sodiq va tinch yerli aholini ham y o id a n
urayotganini» ta'kidlab o ‘tadi. Farg'ona viloyati harbiy gubematori 
esa 1907 yil 1 martda general-gubematorga y o ilan g an maxfiy 
axborotda inqilobiy harakat qishloqqa ham ko‘chgani va bu joylarda 
o ‘ziga xos usulda namoyon boiayotganini shunday ta ’riflaydi: 
«Hozirgi kundagi siyosiy jinoyatlar olomonning to'poloni, g ‘alayoni, 
talonchiligi, qotilligi kabi holatlar bilan uzviy bog ian g an » 2.
Turkiston o ik a si aholisinmg 90 foizini tashkil etgan dehqon va 
chorvadorlaming ahvoli tobota mushkullashib bordi. Turkistondagi 
yer solig‘i 1914 yilda 6859021 mbl b o ig a n b o is a , 1916 yilda bu 
raqam 14311771 rublni, y a’ni ikki barobami tashkil qildi. 1915
10 ‘sha joyda, 111-bet.
20 ‘sha jo y da, 120-bet.
272
www.ziyouz.com kutubxonasi


yilda esa maxsus harbiy soliq solinib, u paxtakorlar uchun har 
pud paxtadan 2 rubl 50 tiyinni tashkil qildi. 0 ‘sha 1915 yildagi 
soliqlar miqdori 38329000 rubldan iborat bo‘ldi. Mustamlakachilar 
imperiya to'qimachilik sanoati manfaatlarini himoya qilib paxtaga 
bozor iqtisodiyoti qonunlariga xilof ravishda qat’iy narx - pudiga 
24 rubl belgiladi. Natijada paxtakorlar bir yil ichida 60 million rubl 
yo‘qotdilar. Agar 1913 yilda paxta narxi 50 foiz oshirilgan bo‘lsa, 
boshqa zarur mollar narxi 400-500 foizga ko‘tarildi. Non narxi esa 6 
barobar oshdi. Chayqovchilik avj oldi1.
Jandarmeriya xizmati Q o‘qon b o iim i boshlig‘ining 1915 yil 18 
noyabrdagi maxfiy hisobotida «olib sotarlar har yuz yilda bir marta, 
hozirgidek, urush yillarida boyib ketishi mumkin», deb yozgan 
edi. Paxta xarid narxining ana shunday sharoitda yana 20 foizga 
tushirilishi faqat mahalliy paxtakorlar emas, balki paxta yetishtirishga 
ixtisoslashgan rus mujiklarining ham keskin noroziligiga sabab 
bo'ldi. 1916 yil 4-6 martda Turkiston qishloq xo‘jaligi jamiyati 
uyushtirgan yig‘inda paxtachilik bilimdoni S. Ponyatovskiy bunday 
siyosat juda xunuk oqibatlarga olib kelishini aytib, «Moskva bizning 
0 ‘rta Osiyo tolasiga nihoyatda katta e ’tibor berayotganini ko‘rib 
turibmiz va favqulodda e ’tibor ulkan falokat debochasidir», deganida 
chuqur haqiqat bor edi. Urush bahonasida turli-tuman qo‘shimcha 
majburiyatlar va yangi soliqlar undirilishi ham xalq ahvolini 
og‘irlashtirgani va bu hoi xunuk oqibatlarga olib kelishini siyosiy 
polisiya agentlari xabar qilgan edilar.
TRMB agentlari g ‘alla zaxiralarini yashirayotgan, kundalik 
xarid mollari narxini ko‘tarish payida uni sotayotgan savdogarlar 
haqida qator axborotlar yo ilagan. TRMBning tajribali josusi 
Avgustovskiy aholining tobora oshib borayotgan qimmatchilik 
va b o ‘hrondan noroziligi haqida yozib, bu hoi kelgusida katta 
to ‘polonlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan. «Aholi 
o ‘rtasida, - deb yozgan edi josus, - mahalliy m a’muriyat savdo- 
sotiqni tartibga sololmas ekan va aksincha u oziq-ovqatni yashi­
rayotgan chayqovchilarni o ‘z panohiga olayotgan ekan, demak, 
odamlaming o ‘zlari chayqovchilaming tanobini tortib qo‘yishlari 
kerakligi haqidagi gaplar kuchayib bormoqda»2. Avgustovskiy 
bun-day sharoitda chetdan tashviqotchilar kelsa, ular o ‘zlari uchun 
qulay zaminni shu o ik ad an topishlari mumkinligidan ham bosh- 
liqlarini ogoh qilgan.
' 0 ‘zR M D A , 4 6 1-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 2 1 -ish, 140-varaq.
- 0 ‘zR M D A , 4 6 1-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 2 1 20-ish, 140-varaq.
273
www.ziyouz.com kutubxonasi


Toshkentda ancha vaqt ishlagan quruvchi muhandis fon Fe- 
gezakning o ‘sha 1916 yildagi fikri ham diqqatga sazovor: «Mening 
fikrimcha, Rossiya o ‘zining iflosligi va tartibsizligidan halokatga 
uchraydi. 0 ‘shanda ruslar uyg‘onib adolat, halollik va tozalik 
hukmron bo‘lgandagina davlat yashashi mumkinligiga ishonch hosil 
qilishadi»1.
M ustamlakachilar Turkistondan urush yillari 59 million pud 
paxta, 8,5 million pud paxta yog‘i, 950 ming pud pilla, 2925 ming 
pud teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 474 ming pud 
baliq olib ketishgan. Frontga aholidan 70 ming ot, 12 ming tuya, 38 
ming kvadrat metr gilam-namatlar, 2400 ming rubl yig‘ib olingan. 
Xuddi shu davrda guruch. go'sht, qand, poyafzal va gazlamaning 
narxi bir necha marta ko'tarilib. dehqon bilan hunarmand hamda 
ishchi ro lzg'orini mushkul holga soldi. «Andijon tumanida, - deb 
yozadi Darxon mahallalik Sodiq hoji, - armiya ehtiyojlari uchun 200 
ming rubl yig‘ildi. Bu pulni m a’muriyat harbiy xizmatni o'tam as- 
lik evaziga soliq sifatida yig'di. 8 iyul kuni ertalab esa, yuqoridan 
b o ig a n buyruqqa asosan, shahar Jom e’ masjidida quyi mahalliy 
m a’muriyat vakillaridan 200-300 kishi yig‘ilishdi. Tuman boshlig'i 
polkovnik Brjeziskiy odamlar kam to'plangan deb, bozordagi barcha 
aholini haydab kelishni buyurdi. 10 mingga yaqin kishi to'plandi. 
R o'za oyi bo'lgani uchun xaloyiq asabiy, toliqqan ahvolda ancha 
turib qoldi. Tuman boshlig‘idan chaqiriq yoshiga etganlarm askarlik 
xizmatidan ozod qilishni so ‘rashdi. Podshoh nomidan chaqiriqdan 
ozod qilinganlik haqida qog'oz berishni iltimos qilib y ig iab - 
siqtaganlar ham bo'ldi. Brjeziskiy indamay j o ‘nab ketdi va bir soat- 
dan so‘ng ikki vzvod askar bilan qaytib keldi. Tinch muloqot sekin- 
asta otishmaga aylandi»2.
Aholi tomonidan advokat Ubaydulla Asadullaxo‘jaev nomiga 
yozilgan ariza ham diqqatga sazovor. Unda quyidagilami o ‘qiymiz: 
«Hozirgi Andijon tumani boshlig'i Brjeziskiy davrida aw allari ham 
mavjud bo'lgan poraxo‘rlik, tovlamachilik va zo ‘ravonlik nihoyatda 
kuchayib ketdi. Qonun-qoidaga aylangan bu tizimning xususiyatlari 
quyidagicha: 1) Aholidan o'lpon olish va poraxo'rlikka mahalliy 
amaldorlar: ellikboshi, mingboshilar va hozirgi bosh oqsoqol 
Shermat Alimqulov (qo‘qonlik amiri lashkar Alimqulning o ‘g ‘li 
Shermuhammad) kabi m a’muriyat vakillarini jalb etishgan; 2) Soliq- 
o lp o n undirish va pora olish m a’muriyat vakillari tomonidan bevo-
1 O 'z R M D A , 461 -ja m g 'a rm a , 1-ro‘yxat. 1 9 0 -aish . 16-varaq.
’ O 'z R M D A , 4 6 1-jam g‘arm a, 1-ro‘yxat, 2113-ish, 42-varaq.
274
www.ziyouz.com kutubxonasi


sita emas, balki bilvosita vositachilar orqali amalga oshirilmoqda. 
Xususan, nohiya boshlig‘ining tilmochi Yusufjon hoji hamda 
pristavlaming tarjimonlari vositachilik qilishadi. Bu usul shunday 
ustalik va izchillik bilan olib boriladiki, natijada aholi amaldorlaming 
qonunga xilof ishlari yuzasidan qilgan shikoyatlari hech qachon 
adolatli hal boim asligiga ko‘nikib ketishgan»'.
TRMB agenturasi xabarlarida sosial-demokrat A.Kazakov «ish- 
chilar o ‘rtasida urushga qarshi so'zlayotgani, urush xalq uchun 
befoyda ekani, ishchilar ahvoli og‘irlashgani, hukumat va tijorat- 
chilar esa urushdan manfaatdor ekanliklarini tushuntirayotgani 
to ‘g ‘risida»: m a'lum otlar olingan.
Boshqa bir axborotda TRMB agenti Toshkent tramvayi 
ishchilarining «qurolni hukumatga qarshi qaratish kerak» va umuman 
o ik a ishchilari o'rtasida «eski tuzum saklanib qololmaydi, inqilob 
muqarrar» degan g ‘oya keng quloch otganini xabar qiladi. Bunday 
holat mustamlakachilar o'rtasida, chorizm kutganidek, yaqdillik 
yo'qligini ko'rsatdi, qolaversa, rus ishchilari, o'zlariga yaratilgan 
imtiyozlar va hukmron mavqeidan qat’i nazar, mavjud tuzum 
tayanchlari emasligini bildirib qo'ydilar.
Mahalliy millatlardan iborat ishchilar sinfi o'rtasida ham mav­
jud tuzum va tartiblardan norozilik uchqunlari asta-sekin alanga 
olmoqda edi. Temir yo'l ishchilari safida tub joy millatiga mansub 
ishchilar 4,5-5 ming kishini tashkil qilgan. Xuddi shu temir yo'ldagi 
qora ishda, qurilishlarda va malakali kasblarda ishlovchilar ozodlik 
g'oyalari ta’siri ostida o ‘z haq-huquqlarini tanib, milliy o'zligini 
anglay boshlagan edilar.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish