O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Гачузо П.Г.
В ооруж ение русских п ер есел ен ц ев в С редней А зии. М ., 
1926, стр. 5.
305
www.ziyouz.com kutubxonasi


ulaming iqtisodiy mavqeini kuchaytirib, mahalliy xalqqa nisbatan 
kalondim og‘ligini yanada oshirdi. Bu esa buyuk ms shovinizmi- 
ning ijtimoiy-iqtisodiy zaminini yaratdi.
3. 0 ‘LKANING XOMASHYO BAZASIGA AYLANTIRILISH
0 ‘rta Osiyoning arzon xom ashyo manbai va ms sanoat mollari 
sotiladigan qulay bozor b o iish in i 1826 yildayoq general-mayor 
Verigin imperator Nikolay I (1825-1856)ga yo‘ llagan taqdimnomasida 
bayon qilgan edi. Verigin Rossiyada ishlab chiqarilayotgan mollar 
mamlakat ichkarisida ham z o ‘r-bazo‘r sotilayotgani va sifati past 
bo‘lgani uchun Yevropa bozorlarida sira raqobatga dosh berolmas- 
ligini k o ‘rsatib, 0 ‘rta Osiyo bu jihatdan rus sanoat mollari sotiladi­
gan qulay bozorga aylanishi inumkinligini bayon qilgan edi. Bu 
fikmi senator graf K.K.Palen rivojlantirib shunday degan edi: 
«Turkistonni istilo qilishning siyosiy sabablarini hisobga olmagan 
taqdirda ham bu o ik a Rossiya tarafidan bosib olinishining dastlabki 
kunlaridanoq Rossiya uchun ikki jihatdan qiziqish uyg‘otgan edi: 
1. Moliyaviy siyosat jihatidan davlat daromadi manbai va ichki 
ishlab chiqarish mahsulotlari uchun yangi bozor. 2. M ustamlaka­
chilik siyosati nuqtai nazaridan markaziy guberniyalardagi ortiqcha 
aholini k o ‘chirish uchun yangi hudud sifatida diqqatga loyiq edi»1.
Imperiya yuqon siyosiy doiralarining nufuzli vakili senator graf 
K.K.Palen o ik an in g metropoliyaga to iaydigan soliqlari miqdorini 
aniq bilgani holda ulami yanada oshirish rejasini ham ishlab chiqqan 
edi. Bu reja izchillik bilan amalga oshirilgan. Agar XIX asr oxirida 
yer solig‘i 4 million mblni tashkil qilgan b o is a , 1914 yilga kelib u 75 
foizga k o ‘paydi. Rossiyaning Turkistondan oladigan daromadi 300 
foizga oshdi va 1916 yilga kelib 38.329 ming mblni tashkil qildi.
Imperiyaning Turkiston xom ashyosidan oladigan foydasining 
aniq miqdorini hech kim bilmagan va u faqat metropoliya bur- 
juaziyasigagina m a iu m edi. Rossiya to ‘qimachilik sanoati mah­
sulotlari qimmati 1900 yildan 1913 yilga qadar 150 foiz oshganidan 
kelgan foyda ham shu rus kapitalistlarining cho‘ntagiga tushgan va 
uning hisobini ham hech kim bilmaydi.
Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o ‘z sanoati uchun xom 
ashyo manbaiga aylantirdi. Agar 1885 yilda paxta maydoni 41,4 
ming tanobni tashkil qilgan b o is a , 1915 yilga kelib u 541,9 ming 
tanobga yetdi, y a’ni 13 barobarga o'sdi. O ik a Rossiyaning asosiy

М атери алы к характеристи ке народного хозяйства в Т уркестане, ч. 1. 
отд. 4, С П б , 1911, стр. 111.
306
www.ziyouz.com kutubxonasi


paxta bazasiga aylandi. Bu haqda Turkiston jadidlari etakchilaridan 
Ubaydullaxo'ja Asadullaxo‘jaev 1917 yil iyul oyida Qozonda o ‘tgan 
2-Butunrossiya musulmonlar qurultoyida shunday degan edi: «Shu 
kungacha Turkiston rus kapitalistlari uchun govmish sigir b o iib
kelmoqda. Bugunda Turkiston Rossiyaga paxta yetkazuvchidir. 
Hanuzgacha to ‘xtamayotgan urush tufayli paxtaga ehtiyoj tobora 
ortib bormoqda, chunki u porox tayyorlashda kerakdir. Agar urush- 
gacha b o ig a n davrda Amerika paxtasining 1 pudi Rossiyaga 18 
rubldan tushgan b o is a , hozirda barcha mollarga narx-navo 3 barobar 
oshganda, 1 pud Turkiston paxtasi Rossiya tomonidan 7 rubldan 10 
rublgacha sotib olinmoqda, holbuki, 1 pudning bahosi hozirda 20 
rublni tashkil qilishi lozim. Demak, Turkiston paxtakorlari har pud 
paxtadan 10-12 rubl zarar koiishm oqda. Bundan shunday xulosa 
chiqadiki, agar Turkistonda yiliga 10-12 million pud paxta yetish- 
tirilsa, u holda bizning paxtakorlar tomonidan ishlab topilgan 100 
million rubl har yili rus kapitalistlari cho'ntagiga tushmoqda»1.
Metropoliyaning iqtisodiy siyosati Turkistonni xom ashyo 
bazasiga aylantirish, uni rus mollari sotiladigan bozor sifatida tutib 
turish va tabiiy boyliklarini markazga tashib ketishga qaratilgan 
edi. Bu siyosatdan dvoryan-pomeshchiklar sinfidan tashqari, tobora 
rivojlanib va kuchga kirib borayotgan rus burjuaziyasi, ayniqsa 
to'qimachilik sanoatining egalari manfaatdor edilar. Turkiston 
m o in a y daromad manbai sifatida ham chor Rossiyasining xazi- 
nasini boyitib borayotgan edi. Bu daromadlar 1867-1896 yillarda 
4 barobarga ko‘paydi, aholidan olinadigan soliqlar 1889-1893 yil­
larda 40 foizga oshdi. 1869-1896 yillar davomida imperiya xazinasi 
o ik ad an 158 million rubl daromad oldi-.
Metropoliyadagi kapitalistik munosabatlaming rivoji mustam- 
lakalami ham o ‘z domiga tortdi. Turkiston o ik a si ham bu jarayonga 
jalb etilib, unda ham markaz manfaatlariga mos kelgan kapitalistik 
munosabatlar rivojlana boshladi. O ik anin g birgina Farg‘ona viloya- 
tida XX asr boshida 157 paxta tozalash zavodi b o iib , ular mahalliy, 
rus va chet el kapitalistlariga qarashli edi. Turkistonning Samarqand, 
Sirdaryo va Farg‘ona kabi uch viloyatida 1867-1900 yillar mobaynida 
170 sanoat korxonasi ochilgan b o is a , 10 yil davomida (1900—
1910) yana 220, 4 yil ichida (1910-1914) esa 180 korxona ishga 
tushirilgan’.
1 « H urriyat» gazetasi, 1917 yil 15 avgust.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish