O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

4. AGRAR SIYOSAT
Rossiya imperiyasining Turkistondagi agrar siyosatidan ko‘z- 
langan bosh maqsadi va asosiy yo‘nalishlarini Davlat mulklari 
va ziroatchilik vaziri A.V.Krivoshein shunday ifodalagan: «Bu
1 O 'z R M D A . 3 0 0 -jam g ‘arm a. 1-ro‘yxat, 60-ish, 49-varaq.
: 0 ‘zR M D A , 19-jam g‘arm a, 2 4 149-ish, 50-varaq.
291
www.ziyouz.com kutubxonasi


markaziy masalada uch ko‘rinish mavjud. Agar birinchisida yarqirat 
turgan yozuv «Paxta» b o is a , ikkinchisida «Sug‘orish» va nihoyat, 
uchinchisida uncha ko‘zga tashlanib turmagan b o is a ham, aslida 
hammasidan muhimi - «ruslami ko‘chirib keltirib o ‘mashtirish>; 
yozuvi turibdi»1. Podshohning vaziri markazning Turkistondagi 
mustamlaka siyosatining asosiy y o ‘nalishlarini juda lo‘nda, mux- 
tasar tarzda, y a ’ni «paxta», «sug‘orish», «ruslami k o ‘chirib kel- 
tirish» kabi uch so‘zda ifodaladi. A.V.Krivoshein o ‘z fikrlarini aniq 
dalillashga urinib, masalaning dastlab iqtisodiy tomoniga urg‘u 
beradi. «Bizning ichki bozorimizga, so‘nggi 20 yil ichida Amerika 
paxtasi uchun faqat boj tariqasida 700 million mbl to iash g a to ‘g ‘ri 
keldi. 1900 yildan esa yiliga 40 million mbldan to ia b kelmoqda- 
miz»2.
Turkistonning Rossiya saltanati uchun bebaho tabiiy boyliklai 
makoni ekanligi masalasiga, y a’ni mavzuning sof iqtisodiy tomo­
niga Sankt-Peterburg alohida e ’tibor qaratgan edi.
Oliy lavozimli yana bir arbob M.Brodovskiy Turkiston oikasi- 
ning Rossiya manfaati bobidagi o ‘m i va ahamiyatini yanada ix- 
chamroq qilib ifodalaydi. «Imperiyaga qo‘shib olingan bu hudud- 
ga, - deb yozgan edi u, - imperiya bilan chambarchas b o g ian g an 
mustamlaka sifatida qaralishi lozim... Bu joy Yevropa Rossiyasi 
manufaktura sanoati ehtiyoj sezayotgan janubiy iqlim mahsulot- 
larini yetishtirishga qodir. Qisman k o ‘chmanchi chorvador va 
qisman o ‘troq, asosan dehqon aholi yashaydigan bu mustamlakada 
manufaktura sanoati juda past rivojlangan. Shuning uchun ham u 
tabiiy ravishda Yevropa Rossiyasi manufaktura mahsulotlari chaq- 
qon sotiladigan bozorga aylanadi»3.
Podshoh amaldori Turkistonning mustamlaka sifatidagi aha­
miyatini davom ettirib «istilo etilgan bu yerlardagi b o ‘sh yerlarga 
hukumat xo‘jayin ekanligini hisobga olsak, 0 ‘rta Osiyodagi 
mulklarimiz ichki gubemiyalardagi ortiqcha aholini ko‘chirib 
keltirishga imkon bemvchi mustamlaka ahamiyatini kasb etadi»4, 
degan xulosaga keladi.
1886 yilgi «Nizom» o ik a g a m s aholisini ko‘chirib keltirish 
y o ‘li bilan o ik a n i mslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab,

Кривошеин А.В.
Зап иска главноуправляю ш его зем л ед ел и ем и зе м л е ­
у стр о й ство м о п оездке в Т уркестан . С П б, 1912, стр. 111.
: 0 ‘sha asar, 72-bet.

Бродовский М.
К олони альное значение н аш их ср ед н еази атски х в лад е­
ний дл я внутр ен н и х губерн ий . М осква, 1891, стр. 4.
40 ‘sha jo y d a.
292
www.ziyouz.com kutubxonasi


unga siyosiy tus berdi. К о ‘chib keluvchilarga 10 tanobdan kam bo‘lma- 
gan yer ajratish belgilandi. Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, Turkis­
tonga kelib o ‘mashish va yer-mulkka ega bo‘lish huquqi faqat nasro- 
niy dinining pravoslav mazhabidagilargagina berildi. 1886 yilgi 
qonunga ko‘ra o‘lkaga k o ‘chib keluvchilarni tanlash va joylashtirish 
tartiblari belgilandi. «Bo‘sh davlat yerlari»ga birinchi navbatda 
xizmatdan bo ‘shagan zaxiradagi zobit, quyi unvondagi harbiy 
xizmatchilar joylashtirilishi alohida ko‘rsatildi. Ammo qonunda 
«B o‘sh davlat yeri» atamasida qanday yerlar nazarda tutilganligiga 
izoh berilmagan. Holbuki, ana shu masala o ‘lkadagi yer-suv 
munosabatlariga bevosita aloqador bo‘lib, u keyinchalik o ‘tkir 
muammoga aylandi.
Er-suv munosabatlarida chorizm ikki maqsadni ko‘zlab ish 
tutgan. U 0 ‘rta Osiyoda o ‘z hukmronligini mustahkamlash va uning 
iqtisodiy imkoniyatlaridan mustabid Rossiyaning hukmron tabaqalari 
manfaatlari yo‘lida foydalanishga intilgan. Shu maqsadlar uchun 
mahalliy hukmron doiralaming qarshiligini sindirish, o ‘lkada amalda 
bo ‘lgan qadimiy munosabatlami saqlab qolish, iqtisodiy va madaniy 
taraqqiyotga imkon bermaslik kerak edi.
Uzoqni ko‘zlagan maqsaddan kelib chiqqan holda Rossiya 
Turkistonda olib borgan yer-suv munosabatlarida quyidagi siyosatni 
o ‘gkazdi:
1. O ik adagi barcha yerlar davlat xazinasiga tegishli, deb e ’lon 
qilindi. 0 ‘troq mahalliy aholiga yer merosiy yakka jam oa egaligi 
tariqasida, ko‘chmanchi aholiga esa muddati cheklanmagan tarzda 
jam oa b o iib foydalanish uchun topshirildi.
2. 0 ‘troq joylarda yer undan amalda foydalanayotganlarga 
biriktirildi. Bu tartibga binoan sud organlariga yer-suvga oid 
munozarali masalalami hal etishda qozilar tomonidan berilgan yerga 
egalik qilish haqidagi hujjatlariga - vasiqalarga tayanmay, aksincha, 
yerdan kim amalda foydalanayotganiga qarabish tutish lozimligi 
haqida ko‘rsatma berildi. 0 ‘rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib 
olingunga qadar katta yer egalari dehqonlarga ijaraga bergan yerlar 
endilikda ijarachilarga merosiy tarzda foydalanishga topshirildi. 
Chorizmning yer-suv sohasidagi bunday «tantiligi»ning sababi, 
birinchidan, Rossiyaning dastlabki yillarda qo'chirish ehtiyojlari 
uchun zarur yer jam g ‘armasiga muhtoj bolm agani, ikkinchidan, bu 
sohada o ‘ziga raqib b o ig a n mahalliy zodagonlar bilan kurashda keng 
mehnatkashlar ommasini betaraf qilib qo‘yish edi.
3. K o‘p hollarda vaqflar avvalgi tarzida qoldirildi, ammo ayrim 
hollarda vaqf yerlarini davlat ixtiyoriga olish ham mumkinligi 
belgilandi.
293
www.ziyouz.com kutubxonasi


4. Sobiq imtiyozli shaxsiy mulk yerlariga boshqalar qatori soliq 
solindi. Ular endi xususiy mulk emas, balki davlat yerlari deb ataldi 
va dehqonlarga merosiy ravishda egalik qilish va foydalanishga 
topshirilgani m a’lum qilindi.
5. Shahar tashqarisida rus aholisiga yer ajratish ham taqiqlandi.
6. Evropaliklar, xususan, ruslar tomonidan mahalliy aholiga 
qarashli yerlami sotib olish mutlaq man etildi. Bu ta ’qiq 90-yillar 
oxiriga qadar o‘z kuchini saqlagan.
1886 yilgi «Nizom»da mahalliy aholining yerga egalik qilishi 
«odat b o ‘yicha» deb belgilangani holda, uning yerga qonunan 
xo‘jayin, yo xo‘jayin emasligiga doir aniq ta ’rif kiritilmadi. Rus 
qonunlari podshohlik yerlariga nisbatan xonliklar davridagi huquqni 
rasmiylashtirdi, lekin ular tub aholi ko‘pchiligining yerlarini ularga 
shaxsiy mulk sifatida biriktirmadi. Chorizmning 1867-1916 yillar 
davomida yer-suvga egalik masalasidagi hujjatlarini o ‘rganish shuni 
ko‘rsatadiki, rus amaldorlari o ‘rtasida Turkistondagi yerlarga egalik 
masalasida ikki xil nuqtai nazar hukmronlik qilgan. Birinchisi, 
Turkiston o ‘lkasini rus mustamlakasi sifatida o ‘zlashtirishda dvo- 
ryan-pomeshchiklaming fikri. Rus dvoryanlari Turkiston dehqon- 
larini 1861 yil islohotiga qadar davlat dehqonlari, y a’ni huquqsiz 
dehqonlar sifatida ishlagan rus krepostnoylari ahvoliga tushirishni 
istashgan. Ikkinchisi, Rossiya burjuaziyasining fikri. Ular Turkiston 
dehqonlarini erkin yer egalari deb e ’lon qilishni, ulaming o ‘z 
yerlaridan shaxsiy mulk sifatida foydalanishlarini istab, shu y o ‘1 bilan 
Turkiston qishloq xo‘jaligida kapitalistik munosabatlarga keng y o ‘1 
ochishni ko‘zlagan.
Rus amaldorlari tuzgan va joriy etgan qonunlarda ana shu ikki 
qudratli sinflar manfaatlari to ‘qnashuvi o ‘z aksini topdi. Rossiya 
Turkiston uchun chiqargan qonunlarida rus mustamlaka qulligi 
makkorona niqoblanib, ulaming moddalari bir-birlaridan battar 
beburd va beqaror b o ‘lgan. Aslida, Turkistonni ezish hamda talashda 
rus dvoryanlari va burjuaziyasi yakdil bo‘lgan. Lekin uning yo ‘llari, 
shakl va uslublari o ‘rtasida kuchli ixtiloflar bor edi.
1882-1884 yillarda o ‘lkada taftish o ‘tkazgan imperatoming 
haqiqiy maxfiy maslahatchisi Girs o ‘z hisoboti va podshohga taqdim 
etgan qonun loyihasida ms burjuaziyasi manfaatlarini ifodalagan 
edi. U Turkiston dehqonlari o ‘z yerlarining to ‘la xo‘jayinlari b o 'l­
gan holda imperiya sanoatiga xom ashyo yetishtirish uchun shart- 
sharoitga ega b oiishlarini yoklab chiqdi. Girs tayyorlagan qonun 
loyihasida barcha yerlar, yaylovlar dehqonlarga, qishloq ahliga
294
www.ziyouz.com kutubxonasi


mavjud «odat bo‘yicha har biriga alohida ravishda va to‘la xususiy 
mulk sifatida biriktirilishi zarur»1 ekanligini ta ’kidladi.
Maxfiy maslahatchi Girs o ‘zining taftish yakunlarini ifodalagan 
taqdimnomasida yer-suv munosabatlariga to ‘xtalib shunday deb 
yozgan: «Turkiston oikasidagi har bir qishloq uchastkalarga b o ii-
nadi, ulaming egalari undan odat va meros yoki hujjatlarga k o ‘- 
ra to‘la xo‘jayin sifatida foydalanadilar. Ana shu yerga egalik shakli- 
dan xalq mamnun ekan, bu shaklni saqlab, uni qonunan tasdiqlash 
kerak»2.
Ammo dvoryan-pomeshchiklar, burjuaziya fikriga qarama-qarshi 
o ‘laroq Turkiston yerlarini talon-toroj qilishni istaganlar. Bu esa ms 
burjuaziyasi uchun xom ashyo manbalarini kamaytirar va oqibatda 
ras mollari bozori doirasini cheklashga olib kelgan. Dvoryanlar 
va burjuaziya fikrlaridagi qarama-qarshilik Sankt-Peterburgning 
hukmdor tabaqalari doirasida o ‘z ifodasini topib, ular ham qonun 
loyihalarida ham bir-biriga zid moddalami o ‘ylab topganlar. Pod- 
sholik Rossiyasi bu ikki qutbni o ‘zaro yaqinlashtirish va murosaga 
keltirishga uringan. Ammo, ko‘pincha imperator hukumati, Davlat 
Kengashi va Vazirlar qo‘mitasi dvoryanlarga yon bosgan.
Podsho hukumati Turkiston o ‘lkasidagi o ‘troq aholining yerlarini 
qishloq jamoalari va qishloqlarga berkitib soliq yig‘ishda «doiraviy 
javobgarlik»ni joriy etdi. Bunda soliq birligi sifatida aw algidek 
yakka hovli - xo‘jalik emas, balki butun qishloq, yo jam oa olindi. 
Rus amaldorlari kam bag‘allar uchun ulaming boy qarindoshlari 
yoki hamqishloqlari uning solig‘ini to ‘lab yuborishlarini bilib, shu 
odatni qonunlashtirdilar. K o‘pineha soliq yig‘uvchilaming o ‘zlari 
kam bag‘allaming solig‘ini to ia b , keyin uni ortig‘i bilan undirib 
olishgan. Sankt-Peterburg kiborlar doirasi vakili, Turkiston o ik asin i 
1908-1910 yillarda taftish qilgan senator graf K.K.Palen ana shu 
odat haqida o ‘z fikrini shunday ifodalagan: «Rus m a’muriy organlari 
butun omma bilan emas, balki uning manaplari, sultonlari va boylari 
bilan muomalada b o iish n i afzal ko‘radilar, xuddi shular turmush- 
ning bir maromda tinch o ‘tishi va hukumat farmoyishlari bajari- 
lishini bekam u-ko‘st ta ’minlashga qodirlar»3.
Soliq yig‘ishda odamlaming qanday yo‘l tutganligini tuman­
boshilar yig‘inida (1898) K attaqo‘rg‘on vakili shunday ifodalagan 
edi: «Soliqlar kam bag‘allarga ko‘p, boylarga esa kam tushadi»4.
' 0 ‘zR M D A , 1-jam g‘arm a, 12-ro‘yxat, 923-ish, 63-varaq.
0 ‘sha hujjat, 64-varaq.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish