O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

2 Стеткевич А.
У бы точен ли Т уркестан для России? С П б, 1899, стр. 7. 
; 0 ‘zR M D A , 3 6 -ja m g ‘arm a. 1-ro‘yxat, 3298-ish, 42-varaq.
307
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘lka fabrika-zavod sanoatining asosini ham xuddi shu paxta 
tozalash korxonalari tashkil etgani tasodifiy emas, albatta. Chunki 
metropoliyaning sanoat sohasidagi siyosatini rus burjuaziyasi 
belgilar, unga esa o ik a n in g paxtasi birinchi navbatda zarur edi. 
Knyaz Masalskiyning ta’biricha, paxtachilikni har tomonlama 
rivojlantirish rus to ‘qimachilik sanoati uchun «yaqin kelajakda hayot- 
mamot masalasiga aylanadi»1. General-gubematoming yozishicha, 
Turkistonning imperiyaga ko‘rsatadigan buyuk iqtisodiy xizmati 
ham ana shunda edi. Rus to ‘qimachilik sanoati Turkiston paxta- 
chiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam marram egal- 
ladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi ms sanoati ehtiyojining 25 foizini 
tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va birinchi jahon urushi 
arafasida 50 foizga yetdi. Imperiya gazlama sanoatining gurkirab 
o'sishi ana shu paxta tufayli edi. 1889-1916 yillar orasida amerika 
navi ekiladigan Turkiston o ‘lkasi paxta maydonlari 7 barobar 
kengayganining boisi ham shunda edi2. Birgina Q o‘qonning o ‘zida- 
gina 1900 yilda 22 ta paxta tozalash zavodi ishlagan. Arzon xom 
ashyo asosida ishlovchi yog‘, vino, pivo, kolbasa zavodlari, o ‘lka 
yer osti boyliklarini o ‘zlashtiruvchi tog‘-kon korxonalari paxta toza- 
lovchi zavodlardan keyingi o ‘rinda turgan.
1884 yildan rus sanoatchilari «Amerika» navli paxtani o ik a d a
katta maydonlarda ektirishlaridan so‘ng imperiya to'qim achilik 
sanoati korchalonlarining ishtahasi ochilib ketgan edi. 
1889 
yilda bunday nav 50 ming, 1895 yilda 100 ming tanob maydonga 
ekildi. 1901 yilga kelib esa o ‘lkada 186326 tanob yem i egallagan 
paxtadan 174026 tanobi ms sanoati ehtiyoji uchun m o‘ljallangan 
amerika naviga tegishli paxta edi. Rus ishbilarmonlari va chet el 
firmalarining maxsus paxta plantasiyalari ham shitob bilan o ‘z 
maydonini kengaytirib bordi. G.Belyakov, N.Raevskiy, S.Tarsin 
kabi plantatorlar amerika navli paxtani Turkistonda keng tarqatish 
ishining tashabbuskorlari va boshlovchilari b o iish d i. Eng katta 
plantasiya Katta Yaroslavl manufakturasiga tegishli edi (2750), 
keyingisi esa m s kelgindilarining Andreev xutori (Andijon uezdi) 
b o iib , u 700 tanob maydonni egallagandi.
XX 
asr boshlarida paxtachilik Turkiston sanoati va qishloq 
x o ‘jaligi yalpi mahsulotining 40 foizini tashkil etgan b o is a , don -
37 foiz, boshqa ekinlar esa 1,2 foizni tashkil qilgan. Paxtachilik 
imperiyaning chet ellarga sarflaydigan 70 million oltin pulini te-
1 Т уркестан ской край. Т. X IX , С П б, 1913, стр. 559.
20 ‘zR M D A , 1-jam g‘arm a, 5 -ro ‘yxat, 939-ish, 6-varaq.
308
www.ziyouz.com kutubxonasi


jashda yordam bergani ham to ‘qimachilik, gazlama sanoati gurkirab 
o'sishiga turtki berdi.
Turkiston oMkasidan 1906 yilda 566878, 1909 yilda - 1102876, 
1913 yilda -2 1 1 5 1 1 9 , 1915 yilda esa 2426298 pud paxta Rossiya 
to ‘qimachilik sanoatiga yetkazib berildi. Shunga qaramay, paxtaning 
narxi nihoyatda past edi. 1913 yilda paxta narxi 50 foiz oshirilganda 
mustamlaka m a’muriyati ataylab eng muhim oziq-ovqat mahsulot- 
lari bahosini 400-500 foizga oshirdi. Nonning narxini 6 martaga 
ko‘tarib, paxta narxini esa 20 foizga kam aytirdi1.
Rus mustamlakachilari Turkistondan 1914—1916 yillar mobay- 
nida 59 million pud paxta, 8,5 million pud paxta yog‘i, 950 ming pud 
pilla, 2925 ming pud teri, 300 ming pud go‘sht, 229 ming pud sovun, 
474 ming pud baliq olib ketdilar.
Turkiston o ‘lkasi imperiyaning xom ashyo manbai bo‘lishidan 
tashqari u Rossiyaning Yevropa bozorlarida raqobatga dosh bera 
olmaydigan o ‘tmas matohlarining sotiladigan qulay bozoriga ham 
aylantirildi. XX asr boshlarida Turkistonga keltirilayotgan temir, 
mis, chinni idishlar, gazlama va boshqa mahsulotlar miqdori 8 marta 
ko'paygan2. Xususan, birgina Farg‘onaga Moskvadan - 605412, 
Irbitdan - 5000, Nijniy N ovgoroddan- 71233, Orenburgdan -2 3 9 1 0 , 
Louzdan - 33600 rubllik mollar keltirilgan3.
1895 yilning bir o ‘zida Rossiyadan Turkiston o ‘lkasining Far- 
g ‘ona viloyatiga 6010005 rubllik rus mollari keltirilgan. Metropo- 
liyadan 1914 yilga kelib bir yilning o ‘zidagina Turkistonga 243,6 
million rubllik mol keltirilib sotilgani ham o ‘lkaning rus tovarlari 
uchun qulay bozorga aylanganini yaqqol ko‘rsatadi. Mutaxassislar- 
ning hisob-kitobiga ko ‘ra, Rossiyadan keladigan mollaming 40 
foizini gazlama, 15 foizini oziq-ovqat, 11 foizini metallni qayta 
ishlash, 7 foizini yog‘ochni qayta ishlovchi, 6 foizini kimyo sanoati 
mahsulotlari tashkil qilgan4.
Rus finnalari va shirkatlari mollaming turlari bo‘yicha Turkis­
ton bozorida o ‘z monopoliyalarini o ‘matib olishgan edi. Xususan, 
choy savdosini Shvesov, Sinisin, Lushnikov firmalari egallab olgan 
edilar. Bu firmalar 1902 yilda 26222 pud, 1903 yilda esa 26327 
pud choyni sotishgan. Chinni buyumlar savdosi esa Kuznesov 
va Gardner shirkati monopoliyasida edi. «Vladimir Alekseev», 
«Bratya Kamenskie», «Baron A.Knop», «Bratya Shlyusberg» kabi
1 O 'zR MDA, 4 6 1-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 1676-ish, 2-varaq.
: 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 2599-ish, 2-varaq.
■'O'zR MDA, 19-jamg‘arma, 1-ro‘yxat, 24156-ish, 33-varaq.
309
www.ziyouz.com kutubxonasi


savdo uylari, «Ships, Stuken i K 0», «Yaroslavl katta manufaktura» 
shirkatlari, Moskva savdo-sanoat shirkati ham Turkiston bozorida 
hukmron mavqeni egallagan edilar.
Rus kapitalistlari o ‘z manfaatlarini o ‘ylab qayta ishlash sa- 
noatini o ‘stirishni istamaganlar va asosiy kapitallarini savdo-sotiq 
muomalasi doirasiga sarfladilar. 1913 yildan 1915 yilgacha Moskva 
va Sankt-Peterburgning firma va shirkatlari o ‘lka xo‘jaligiga sarfla- 
gan 313 million rubl m ablag‘ning 60 foizi kredit tarm og‘iga to ‘g ‘ri 
kelgan. Turkistondagi xususiy tijorat banklari ikki katta korchalon 
guruhni: Moskva va Peterburg banklarini tashkil qilib, oTka iqti- 
sodiyotida hal qiluvchi rol o ‘ynagan. Muntazam o ‘tkazib kelingan 
iqtisodiy zo‘ravonlikning oqibatlaridan rasmiy idoralar tashvishga 
tushgani haqida m a’lumotlar ko‘p. Xususan, taniqli mutaxassislardan 
N.P.Verxovskiy chorizmning Turkistonni xonavayron qiluvchi 
iqtisodiy siyosatini tanqid qilib, 1909 yilda bunday deb yozgan 
edi: «Bunday ijtimoiy-iqtisodiy evolyusiyaning borishi o ‘lkani 
butkul xonavayron qilibgina qolmay, barcha ruslardan yotsirashga 
olib keladi. Xonavayron b o ig a n aholining iqtisodiy noroziligini 
kuchaytirib, hukumatga va ruslarga qarshi tashviqot uchun qulay 
zamin yaratadigan nufusini vujudga keltiradi»1.
1916 yil 4 -6 mart kunlarida b o iib o ‘tgan Turkiston qishloq 
xo‘jaligi jam iyati majlisida paxtachilik bilimdoni hisoblangan
S.Ponyatovskiy Rossiyadan keltiriladigan gazlama, temir, mis 
buyumlar, choy va don mahsulotlariga hech qanday cheklanishsiz 
narx-navo qo‘yilgani holda, masalan, birgina yog‘ning narxi 1913—
1916 yillar davomida 20 barobar koiarilgani holda paxtaga narx 
qat’iy normada saqlanib qolayotganiga diqqatni qaratadi. «M osk­
va, - degan edi u, - bizning 0 ‘rta Osiyo paxta tolasiga nihoyat katta 
e ’tibor berayotganini ko‘rib turibmiz va bu e ’tibor kelgusida ulkan 
falokatga olib keladi»2.
Paxta yakka hokimligi Turkiston sanoatiga tamoman mustam­
laka tusini berib, uni metropoliya burjuaziyasiga raqobatchi emas, 
balki unga xizmat ko isatu v ch i sohaga aylantirgan edi. Rus bur- 
juaziyasi va shakllanib borayotgan Turkiston burjuaziyasi o ‘rtasi- 
dagi munosabatda ham shu holat o ‘z aksini topdi.
Markazdagi kapitalistlar, chet el firmalari bilan hamkorlikda 
Turkiston boyliklarini o ‘zlashtirish ishida mahalliy burjuaziyani 
o ‘ziga vositachi qilib olgan edi. Rus burjuaziyasi Turkiston sanoati,
1 Т уркестан ско е сельское хозяйство. 1909, № 22, стр. 839.
~ 0 ‘sha hujjat, 1916. № 5.
310
www.ziyouz.com kutubxonasi


qishloq xo‘jaligi va yer osti boyliklarini o ‘zlashtirish ishiga nis- 
batan, kapitalistik munosabatlardan kelib chiqqan holda siyosat 
o ‘tkazar va ana shu masalada dvoryan-pomeshchiklar bilan to ‘q- 
nashar edi. Rus podshohining saroyi, Davlat Kengashi va Ministr- 
lar Q o‘mitasida asosiy o ‘rinlami egallagan dvoryan-pomesh- 
chiklar esa Turkistonga nisbatan harbiy-feodal siyosat yuritib, 
ochiqdan-ochiq uning boyliklarini talash, yer-suvlarini tortib olish 
tarafdorlari edi. Har ikki sinf manfaatlarini muvofiqlashtirishga 
uringan podshohlik shuning uchun ham mustamlakalarda «Harbiy- 
feodal imperializmi» siyosatini o ‘tkazib kelardi. Aleksandr II 
(1856-1881), Aleksandr III (1881-1894) va Nikolay II (1894- 
1917) hukumatlari tarkibiga kirgan dvoryan-pomeshchiklaming hal 
qiluvchi mavqei rus burjuaziyasining noroziligini uyg‘otardi. 
Burjuaziya mustamlaka siyosatini o ikazishni monopolistik kapita- 
lizmga xos b o ‘lgan yangi usullarda: kapital chiqarish, qarz berish, 
konsessiyalar olish, xom ashyo manbalarini q o ig a kiritish kabi 
vositalar yordamida amalga oshirishni istasa, dvoryan-pomeshchik­
lar esa o ‘lka yerlarini tortib olib, rus pomeshchiklariga b o iib
berish, iqtisodiy xarakterga ega bo im ag an vositalami harbiy kuch 
va zo ‘ravonlik bilan patriarxal-feodal muno-sabatlami saqlab qolish 
tarafdorlari edilar. Boshqa sohalardagi kabi xuddi shu mustamlaka 
siyosatini o ‘tkazishda dvoryanlaming ustivorligi rus burjuaziyasini 
podshoh hukumatiga qarshi qayrardi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish