O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

Bendrikov K.E.
K o'rsatilgan asar, 217-bet.
333
www.ziyouz.com kutubxonasi


xarakterlidir. Turkiston general-gubematori yordamchisi general- 
leytenant N.Ivanov shahar boshliqlari, mingboshi, qozi va boshqa 
mansabdorlar, mudarrislar uchun tarixda birinchi marta tashkil etilgan 
ilmiy-ommabop m a’ruza kechasida madrasalarda rus tilini alohida 
predmet sifatida joriy etishni taklif qildi. Rus mustamlakachilarining 
sardori ana shu ishda ham «sopini o ‘zidan chiqarish» qabilida 
ish tutib, ilg‘or o ‘zbek ziyolilaridan foydalanishga harakat qildi. 
Rus tili Turkiston xalklari uchun Yevropa va jahon madaniyatini 
yaqindan bilishga vosita b o ‘lishini yaxshi tushungan ziyolilardan 
taniqli ulamo, jum alist M uhiddinxo‘ja qozi general-gubematoming 
madrasalarda rus tilini o ‘qitish fikrini quw atladi, lekin uning 
Osiyo madaniyatini yerga urishi va madrasalaming ahamiyatini 
kamsitganiga qarshi chiqib, Yevropaning Osiyo madaniyatidan 
o ‘rgansa arziydigan ijobiy tomonlari ham borligini uqtirib o ‘tdi'. 
M uhiddinxo‘janing millatparvarlik g ‘umri unga qimmatga tushdi. 
Bu gaplari uchun u o ‘sha yili o ‘tgan saylovlarda g ‘olib chiqqan b o ‘lsa 
ham, nomzodi tasdiqlanmadi. U ellikboshilardan 62 ovozni, raqibi 
podshoh amaldorlari ko'targan nomzod Rahmatxo‘ja 12 ovozni oldi. 
Ammo viloyat harbiy gubematori, taraqqiyparvar o ‘zbek ziyolilarini 
o'lgudek yomon ko'm vchi general N .Korolkov o ‘z huquqidan 
foydalanib, saylov natijasini bekor qildi. Q o‘shimcha yangi saylov 
o ‘tkazishni, nomzodlar safiga M uhiddinxo‘jani kiritmaslikni buyurdi. 
Bu taraqqiyparvar o ‘zbek ulamosiga qilingan birinchi adolatsizlik 
emas edi. M uhiddinxo'ja 1899 yil 22 iyulda general-gubematorga 
yo‘llagan arizasida o ‘z xizmati davomida kechirgan uqubatlarini tilga 
olishga majbur b o id i: «Ustimizda turg‘on shahar hokimimiz bizni 
shaharga kelgonidin beri manga nazarlari chap b o ‘lub, yomon ko‘rub 
turadur. Shundog‘ yomon ko‘mshning sababini, o ‘z tarafimdin biror 
ayb sodir boim aganligi m a’lum emasligi yuzidin, muayyan bayon 
qilmoqg‘a ju r ‘at qilolmayman, xizmatimni g o ‘yo mukofotiga bu 
shahar hokimidin har bir jamiyatda behurmatlik ko‘mb, haqoratga 
oid b o ‘ladurg‘on so‘zlar eshitganim vajhidin qo‘rqinch ostida 
bo‘lub... ushbu ahvolotlarimni janobingizga ariza qilmoqni lozim 
bildim»2.
General Korolkovning imperatorga taqdim etgan yerli aholi 
turmushiga m a’naviy-mhiy tazyiq o ‘tkazish dasturida o ik a xotin- 
qizlarini va bolalami mscha hayot tarziga o ‘rgatish alohida o ‘rin 
egallagani bejiz emas. «Turkiston o ik a sid a tarixan oliy missiya 
o ‘tkazishga chaqirilgan ms xalqining shifokor ayollari», uning fikri-
1 «Туркестанские ведомости», 1899, № 5.
: 0 ‘zR MDA, 1-jamg‘arma, 27-ruyxat, 1610-ish, 9-varaq.
334
www.ziyouz.com kutubxonasi


cha, o'zbek xotin-qizlarining «erksiz, ziyosiz va huquqsiz turmush 
tarziga o ‘zga tushunchalar olib kiradi va boshqacha intilishlar 
uyg‘otadi»'. «Tuzemkaning, - deb davom etadi general Turkiston 
xotin-qizlarini tahqirli bir nomda atab, - o ‘zi bir joyda nasroniy ayol 
bilan yashashi, u bilan doimiy va yaqin aloqasi unda o ‘z hayot tarzini 
rus ayollariniki yanglig1 yaxshilash fikrini asta-sekin uyg‘otadi, 
nasroniy tasaw urlarni singdirib boradi va bu hoi uning farzandlarini 
tarbiyalash jarayoniga ham ta ’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Bunday 
ayolning o ‘g ‘il-qizlari musulmon bo‘lmaganlarga murosasiz va 
dushman boim ayd i» 2. Shunday ishni muvaffaqiyatli bajarish uchun 
Korolkov o ‘lkada xotin-qizlar ambulatoriyalarini ko‘paytirishni 
taklif qiladi. Bunga yana qo‘shimcha tarzda u Rossiyadagi ayollar 
monastirlarini Turkiston ayollariga «pravoslav rus qarashlarini 
singdirish uchun» xizmatga jalb etish zaruratini ham alohida ta’kid- 
lab o ‘tadi3. Yana bir rus amaldori Koshg‘arda majburan xitoylar xotin- 
qizlaming yuzini ochganiga to‘xtalib, Turkistonda ham xotin-qizlami 
«paranji zuhnidan xalos etish zarurligini» uqtiradi va mahalliy xotin- 
qizlar ruslaming yaxshi ittifoqchisi b o iish i mumkinligiga diqqatni 
qaratadi. «Rus kishisining fikri» deb nomlangan sarlavha ostida 1899 
yilda Toshkentda nashr etilgan kitobda nom a’lum m uallif xuddi 
shunga hamohang fikrlar bildirgan. «O ik an i ruslashtirish, - deb yoz­
gan edi u, - qonunan asoslangan qatag‘on dahshati ostida aholini 
tutib turishga qodir kuchlami ko‘paytirish y o ii bilangina amalga 
oshiriladi, degan gap emas. Tarixning o ‘zi rus kishisining mustam- 
lakachilik bobida z o i salohiyatini ko‘rsatgan. Ana shu layoqatni 
to ‘la namoyon qilib, tinch y o i bilan mehnatkash dehqonlar va yarim 
jangovar kazak kuchlarining o ‘zaro hamkorlikda ish ko‘rishi hamda 
rus elementini asta-sekin ko‘paytirish orqali Turkiston o ik asin i 
ruslashtirishga zamin hozirlanadi»4.
Shunday fikrlami hisobga olgan holda general-gubemator 
S.M.Duxovskoy, general Korolkov ishlab chiqqan dastumi to id irgan 
holda, imperiya hukumati harbiy vaziriga 1898 yil 6 sentyabrda 
yuborgan axborotida rus hukumatining Turkiston o ik asid a amalga 
oshirishi lozim b o ig a n ishlari haqida o ‘z mulohazalarini bildirdi. 
Bular quyidagilardan iborat edi:
1. 
Xalqning m a’naviy-ruhiy holatiga kuchli ta’sir oikazuvchi 
barcha musulmon muassasalari, ayniqsa madrasa ishlariga faol 
darajada aralashish.
! 0 ‘zR MDA. 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 91-ish, 17-varaq.
-’O 'zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 91 -ish, 16-varaq.
’ O 'zR MDA, 1-jamg‘arma, 31-ro‘yxat, 91 -ish, 17-varaq.
4 Мысли русскою человека. Ташкент, 1899, стр. 10.
335
www.ziyouz.com kutubxonasi


2. Barcha mahalliy musulmonlami birlashtirishga qodir organ 
sifatida musulmon diniy boshqaruvi idorasiga yo‘1 qo‘ymaslik.
3. Barcha tuzem maktablami m a’muriyat ixtiyoriga o'tkazish 
va barcha mahalliy musulmon o‘quv yurtlari va diniy muassasa- 
lami to ‘la ro ‘yxatdan o ‘tkazish.
4. Turkistondagi barcha musulmonlarga yahudiylarga nisbatan 
o ‘matilganiga o ‘xshash munosabatlarni joriy qilish; shuning uchun 
barcha tuzem musulmon maktablariga 1893 yil 1 mart qonunini 
q o ‘llash; shu qonunga ko‘ra musulmon maktablari o ‘qituvchilari 
har yili alohida guvohnomalar olishlari va ular uchun haq toiash lari 
lozim.
5. Siyosiy jihatdan zararli deb topilgan mahalliy musulmon 
muassasalarini yopish huquqini general-gubernatorga berish, oila 
va nikoh ishlarini hal qilish huquqini rus m a’muriyatiga qaytarib 
berish.
General-gubemator bu takliflarning umumiy asosini belgilab, 
«nodon va ehtirosli osiyoliklar uchun islom hamon kuchli ta ’sir 
qilishini»1 uqtirib, bu ta’sir hali uzoq davom etishini ta’kidlab o ‘tdi.

Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish