O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


M a ’n a v iy a t va m a ’rifa td a g i m u sta m la k a ch ilik



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

M a ’n a v iy a t va m a ’rifa td a g i m u sta m la k a ch ilik
Rus mustamlakachilarini Turkistondagi keng tarmoqli xalq 
maorifi o ‘choqlari: maktablar va madrasalar g ‘oyat ajablantirgan edi. 
Istilochilar ularning faoliyati bilan tanishib, mustamlakachilik tadriji 
uchun o ‘sha maktab va madrasalaming g ‘oyatda xavfli ekanligini 
payqadilar.
Chorizm ruslashtirish siyosatini ayni shu sohadan boshlash 
kerakligini anglab, o ‘z dasturini ishlab chiqishga kirishdi. Turkis- 
tonning birinchi general-gubematori, ustamon diplomat va pixini 
yorgan siyosatchi K. R fon Kaufman bu sohada ayniqsa jon kuydirib 
faoliyat k o ‘rsatdi. Uning bu sohadagi ishlari behuda ketmadi. 1880 
yilda Imperiya Davlat Kengashida Turkistondagi mahalliy aholi 
bolalarini ruslar bilan birgalikda o ‘qitish masalasi k o ‘rilganda 
Turkiston aholisining «savdo-sotiq, dehqonchiliqda suyagi qotganligi 
va yuvosh tabiati» ta ’kidlanib, ulaming «imperiyadagi boshqa 
musulmonlardan keskin ajralib turishlari» qayd qilindi1.
Imperiya Davlat Kengashining 1880 yil fevral oyidagi qarori 
Turkiston general-gubematori K.R fon Kaufman tomonidan qizg‘in 
qoTlab-quw atlandi va mslashtirish siyosatining yangi bir jabhasi 
xalq maorifiga qaratildi. Kaufman «ruslar va tuzemeslaming 
bolalarini birgalikda tarbiyalash» masalasini k o ‘tardi. U «musulmon 
va ms maktablarining ajralib turishi» iqtisodiy va siyosiy jihatdan 
zararli deb hisobladi2. Bu g ‘oyani Kaufmanning izdoshi general- 
leytenant N. O. Rozenbax (1884—1889) davom ettirib, ibtidoiy turdagi 
boshlang‘ich maktablar - «rus-tuzem» maktablari tarm og‘ini yaratish 
loyihasini ishlab chiqdi. 1884 yidda Toshkentda birinchi ms-tuzem 
maktabi ochilib, ulaming soni XIX asr oxirida yuzdan oshib ketdi. 
Bunday maktablarda o ‘quv kuni ikki qismdan iborat b o iib , birinchi 
qismda ikki soatlik m ashg‘ulotni ms o ‘qituvchisi (o ‘quv, yozuv, hisob 
b o ‘yicha), ikkinchi qismda esa saboqni o ‘zbek muallimi olib borgan.
Farg‘ona harbiy gubematori general-leytenant N.I. Korolkov
1898 yilda imperatorga y o ilag a n hisobotida podsho m a’muriyati- 
ning o ik a n i ruslashtirish bobidagi dasturini bayon etib, «tuze­
meslaming» o‘z bolalarini ixtiyoriy ravishda ms-tuzem maktab- 
lariga berishiga erishish muhimligiga e ’tibomi qaratgan. Buning 
uchun u mahalliy m a’muriyat amaldorlariga yaqin besh yil 
ichida ish yuritishni m s tiliga ko ‘chirtirish lozimligini uqtiradi. 
Korolkov bu tadbir «tuzemeslami» mansabga qiziqib, farzandlarini
‘Журнал Государственного Совета, 5/1 -2 9 /1 , 1880 г., №13.
20 ‘zR MDA, 47-jam g‘arma, 1-ro‘yxat, 1004-ish, 32-varaq.
330
www.ziyouz.com kutubxonasi


rus-tuzem maktablariga berishga b o ig a n istagini uyg‘otadi, deb 
hisoblagan. Podsho generallari «rus-tuzem maktablari va shahar 
bilim yurtlarini muvaffaqqiyatli tugallagan tub yerli aholining 
bolalariga jiddiy imtiyozlar berilsin»', degan fikmi ilgari surdilar. 
0 ‘zbek tilini mukammal bilgan, sakkiz yil davomida rafiqasi bilan 
Nanay q ishlogida yashab, o ‘zbek xalqi ruhiyatini puxta oig an gan , 
ruslashtirish siyosatining «madaniy» uslubi tarafdorlaridan b o ig a n
sobiq zobit, Turkiston maorifi rahbarlaridan biri V.P.Nalivkin 
(1857-1918) maslakdoshlari o ‘rtasida shunday g ‘oyani ilgari surgan 
edi: « 0 ‘lkada rus ta ’sirini mustahkamlash uchun ikki tomonlama 
ish olib borish kerak. Aholining ikki asosiy guruhi o‘zaro bir-bir- 
lariga yaqinlashsin. Rus tilini mahalliy aholi o ‘rtasida keng tarqatish 
bilan birga ruslar, ayniqsa, xizmatdagi amaldorlarga mahalliy 
og‘zaki nutqni o ig a tish kerak»2. Turkistonda qariyb 40 yil xizmat 
qilib, kichik zobitlikdan general-leytenant unvoniga, shahar hokimi 
yordamchisi, eski shahar polismeysteri lavozimidan viloyat harbiy 
gubematoriga qadar mansab pillapoyalaridan ko iarilgan N .S.Li­
koshin ana shu g‘oyaga amal qilgan amaldorlardan biri edi. U uch 
yil ichida o ‘zbekchani o ig an ib , shu tilda yozadigan, ruschadan 
o ‘zbekchaga, o ‘zbekchadan ruschaga bemalol va erkin tarjima qila- 
digan darajaga erishadi. N.S.Likoshin ruslashtirish siyosatining 
nozik uslubini yoklab, Turkistonda xizmat qiluvchi har bir rus 
mansabdori mahalliy tilni bilishi shart deb hisobladi. Likoshin ma­
halliy aholidan tushayotgan ariza-shikoyatlami tekshirish vosita- 
chilar orqali emas, balki pristavlar tomonidan bevosita oikazilishi 
lozimligini uqtirgan. Bu esa pristavlardan mahalliy tilni bilishni 
talab qilardi. Likoshin rus zobitlarini o ‘zbek tilinigina emas, o ‘zbek 
yozuvini ham oiganishg a chaqirgan. Mahalliy m a’muriyat vakillari, 
aholining nufuzli qatlami, ulamo va ziyolilami bilish, nazorat qilish, 
xalq kayfiyatidan vaqtida xabardor b o iib turish uchun eng yaxshi 
vosita ekanligini ta ’kidlagan. Mustamlakachi amaldorlar bunday 
taklifni boshda ijro uchun qabul qilib, Turkiston xalqlari tillarini 
o ig anishga oid tadbirlami y o ig a qo‘yish bilan shug‘ullanuvchi 
komissiya tashkil qildilar. Komissiya o ‘zbek, tojik, q irg iz tillarini 
o'rgangan rus amaldorlariga mukofot berishga qaror qildi. Hindis- 
tonda ingliz amaldorlari mahalliy tilni oiganganlari uchun 600 
rupiya mukofot olishlarini eslatib, rus xizmatchilarini mahalliy 
tillarni oig anish ga rag'batlantirish zarurligini k o isatd i.


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish