O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi


T a ra k q iy p a rv arla r ku rash stra teg iy a sin in g



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

T a ra k q iy p a rv arla r ku rash stra teg iy a sin in g
g ‘o y a v iy -n a za riy asoslari
1908 
yili Turkistonga Rossiya imperatorining yaqin mulozimi, 
senator, graf K.K.Palen boshchiligida katta komissiya yuborilishi 
mustamlakachilaming o ‘lkadagi vaziyatdan qanday cho‘chiganlari- 
dan darak berardi. Komissiyaning asosiy maqsadi Turkistondagi 
har qanday ozodlik harakatlarini tag-tomiri bilan yo‘qotish, o ‘lkani 
doimiy mustamlaka asoratida saqlab turish va «yosh sartlar» sifatida 
faoliyat yuritayotgan taraqqiyparvarlar faoliyatini nazoratda ushlab 
turish uchun qanday choralar ko‘rish edi.
Sankt-Peterburgning Turkistonga tashlagan bu ikkinchi desan- 
tida maxfiy polisiya, siyosiy razvedka xodimlaridan tashqari iqtisod, 
adliya, m aorif va madaniyat sohasidagi bilimdon mutaxassislar ham 
b o ‘lib ular ikki yil 1908-1910 yillar davomida o ‘lkani atroflicha 
taftish qilishdi. Ular to ‘plagan ulkan materiallar tahlil qilinib hisobot 
tarzida bir tizimga keltirildi. Senator gofmeystr graf Palen ana 
shu hisobotlardagi muhim yakuniy xulosalami o ‘rganib, ulardagi 
eng muhim g ‘oyalar, takliflar va mulohazalar umumlashtirilgan 
taqdimnomani Rossiya imperatori Nikolay P diqqatiga havola qildi. 
Bu taqdimnoma Senat bosmaxonasida alohida kitob holida chop 
etildi1.
Taqdimnoma Turkiston general-gubematorligi tashkil topgan 
kunidan boshlab (1867 yil) 1910 yilgacha bo‘lib o ‘tgan barcha 
katta-kichik voqealarning keng manzarasini chizib beradi. 0 ‘lkani 
boshqargan general-gubematorlar viloyatlar, uezdlami boshqargan 
amaldorlar faoliyatini tahlil qiladi. Mahalliy hokimiyat shaxsiy 
tarkibini baholaydi. Polisiya, sud organlariga ta ’rif beradi. 0 ‘lka 
siyosiy tuzumining barcha jabhalari faoliyatiga imperiya hukmron 
doiralari manfaatlari nuqtai nazaridan baho beradi.
Taqdimnomada Turkiston xalqlari maorifi, madaniyati va aho- 
lining barcha tabaqalari o ‘rtasidagi kayfiyat, mavjud tuzumga muno- 
sabat va yoshlarning dunyoqarashiga alohida e ’tibor beriladi. Shu 
o ‘rinda komissiya talabi bilan yozilgan Toshkent eski shahar poli­
siya boshqarmasi boshligM podpolkovnik N.N.Karaulshchikovning 
«Tuzem aholi o ‘rtasida ozodlik harakati» deb nomlangan axbo- 
rot diqqatga sazovor. Podpolkovnik N .Karaulshchikov taraqqiypar-
1 Всеподданнейшая записка, содержащая главнейшие выводы отчета, 
произведценой сенатором гофмейстром графом К.К.Паленом ревизии Турке­
станского края в 1908-1910 гг., Сенатская типография, СПб, 1910.
369
www.ziyouz.com kutubxonasi


varlaming kurash strategiyasiga oid qiziq mulohazalar yuritadi. 
Uning fikricha, Rossiyadagi inqilobiy harakat ta’sirida mahalliy xalq 
ongidagi «kemmak» to ‘zib ketgan. Bu o ‘rinda «Taraqqiy» gazetasi- 
ning roli katta b o ig an . Gazetada bosilgan maqola va xabarlaming 
mazmuni va ilgari surgan g ‘oyalari xususida fikr yuritgan jandarm
ofiseri taraqqiyparvar ilg‘or g ‘oyalami keng xalq o ‘rtasida tarqatish, 
dini islomning mustamlakachilar tomonidan kamsitilayotganiga 
qarshi kurashish, milliy mustaqillikka erishish yo‘llarini izlashni o ‘z 
oldilariga qo‘yishganini ta ’kidlaydi. Taraqqiyparvarlar strategiyasi 
maorifni isloh qilishga qaratilganini uqtiradi.
Bu so ‘rovnomalarga javoblar yangi usul maktablari tarixi bo‘yi- 
cha qiziqarli m a’lumotlar beradi. Farg‘onadan kelgan javobda bunday 
maktablar dastlab ruhsatsiz va yashirin suratda ochilgani m a’lum 
qilinadi. Shu bilan birga bu maktablar mabodo yopilsa mahalliy 
aholi orasida keskin norozilik kelib chiqishi mumkinligi bildiriladi. 
Farg‘ona viloyat xalq o ‘quv yurtlari nozirining fikricha, yangi usul 
maktablarini yopishga qonuniy asos b o ‘lmaganligi sababli ular 
uchun alohida dastur va qonun ishlab chiqishni taklif qiladi. Ko‘p 
maktablar 10-12 yil avval mahalliy hokimiyatlar tomonidan va qozi- 
lar roziligi bilan ochilgan. Mahalliy tilda yozish, o ‘qish, arifmetika, 
geografiya, tabiatshunoslik, ilohiy fanlaridan dars berilgan. Mak- 
tablarda mahalliy mualliflar tomonidan yozilgan darsliklar o ‘qitil- 
gan. Yangi usul maktablaridagi o ‘qituvchilaming ko‘pchiligi mad- 
rasani bitirganlardir. Darslar o ‘quv jadvali asosida, senzura ko‘rigi- 
dan o ‘tgan darsliklar bo‘yicha olib borilgan. O 'quvchilar soni 50 
nafardan 145 nafargacha yetgan.
Yangi usul maktablari o ‘qituvchilari orasida tatar millatiga 
mansublar faol ish olib borishadi. Holbuki, qoidaga ko‘ra muallimlar 
asosan tub joy aholisi vakillari b o ‘lishi lozim.
Agentura m a’lumotlariga ko‘ra Ismoilbek Gasprinskiy millatiga 
mansub ziyolilar mahalliy yoshlami o ‘z mafkurasiga tortish yo‘lida 
samarali faoliyat ko‘rsatmokda.
Agentura axborotlarida andijonlik millioner Mirkomil M irm o1- 
minboev ham o ‘z hisobidan yoshlami chet ellarga o ‘qishga yubo- 
rayotgani xabar qilingani ham diqqatga sazovordir.
Desantchilar taraqqiyparvarlar dasturida ilg‘or yo‘nalishdagi 
gazetalar chiqarish va ulami omma o ‘rtasida tarqatishda jonkuyarlik 
ko‘rsatayotgan shaxslar xususida keng m a'lum otlar to ‘plashdi.
G raf K.K.Palenning taftish komissiyasi, maxfiy polisiya va siyo­
siy razvedka o ik ad ag i mavjud tuzum uchun sosial-demokratlar, 
kadetlar va eserlar emas, balki mayor Lyakost yozgan tarakqiyparvar-
370
www.ziyouz.com kutubxonasi


lar ekanligiga to ‘la ishonch hosil qilishdi. Ulami zararsizlantirish 
choralarini ko‘ra boshlashdi.
Senator K.K.Palen komissiyasining dastlabki taklif-tavsiyalari 
Sankt-Peterburgdagi oliy amaldorlar kengashida (1911 y.) ko‘rib 
chiqildi. Uning taftish materiallari va imperator hukmiga havola 
etgan takdimnomasida chorizm idorasini mustahkamlash, «Turkiston 
general-gubematorligi m a’muriy-polisiya amaldorlariga o ‘zlariga 
qarashli aholiga uncha ahamiyatli b o im ag an xatti-harakatlari uchun 
qo‘llanadigan jazo berish xuquqlarini yanada kengaytirish»1 taklifi 
muhokama qilindi. Senator Turkiston shaharlarida mustaqil polisiya 
boshqarmalari, Toshkentda ober-polismeyster lavozimini joriy etish 
va o ik ad ag i mirshab-polisiya xizmatchilari sonini k o ‘paytirishni 
ham taklif qildi. U Turkistonda inqilobiy harakatga rahna solish 
uchun va «Ovrupo Rossiyasidan yopirilib kelayotgan proletariat 
va agrar g ‘alayonlar yuz bergan gubemalardan ko‘chib kelayotgan 
dehqonlaming zararli ta ’sirini» kesish uchun Turkiston general- 
gubematorligida tuman polisiyasi mahkamasini tuzish g ‘oyasini 
ilgari surdi2. G raf Palenning fikrlari imperiya Vazirlar Kengashida 
Turkiston o ‘lkasi boshqamv idorasini tubdan o ‘zgartirish bo‘yicha 
Vazirlar Kengashi a ’zosi, Davlat nazoratchisi P.Xaritonov raisligidagi 
maxsus Kengashda ham muhokama etildi. Kengash ishiga Turkiston 
general-gubematori Samsonovning imperatorga 1909 yil b o ‘yicha 
yo‘llagan axborotnomasi va senator Palenning taftishi yakunlari 
asos qilib olindi3. Kengash Turkiston general-gubematorining barcha 
talablarini asosli deb topdi. Turkistonga oid barcha tadbirlar uning 
roziligisiz amalga oshirilmasligi kerakligini tasdiqladi. Imperator 
saroyi, moliya, adliya sohasidan tashqari, barcha vazirliklar idorala- 
rini boshqarishda unga imperiya vaziri vakolatlari berildi. Metro- 
poliya hukumati o ‘z siyosatini faqat shu birgina shaxs Turkiston 
general-gubematori orqali amalga oshiradigan bo‘ldi. General- 
gubematorga ikkinchi yordamchi lavozimi ham berildi. Kengash 
ishlab chiqqan Turkiston o ‘lkasi idorasiga oid takliflar 1912 yil 20 
noyabrda Vazirlar Kengashida muhokama etilib, m a’qullandi4.
Imperiya hukmdor doiralari Turkiston o ‘lkasining ms va tub 
joy aholisi uchun maxsus siyosat dasturini ishlab chiqdi. Rus aholisi 
o ‘rtasida inqilob harakatni to ‘xtatish va Turkiston xalqlari o ‘rtasida


Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish