Kasallikning yashirin davri 3-4 kundan to 10-14 kungacha davom etadi. O'rtacha
5-8 kunni tashkil etadi. Kataral davr 12-15 kungacha cho’ziladi. Emlangan
bolalarda bu davr uzayishi, go’dak bolalarda birmuncha qisqarishi mumkin.
Kasallik oddiy yo’tal bilan boshlanadi, bemorni umumiy ahvoli uncha
o'zgarmaydi. Yo’tal asta-sekin xurujsimon tusga kiradi. Spazmatik yo'tal xurujlari
davrida bemorning ahvoli og'irlashadi, yo'tal xurujlari holsizlantirib qo’yiladi. Bu
davrning asosiy belgisi xurujsimon yo’tal bo'lib, 2-3 hafta davom etishi mumkin.
Yo’tal birin-ketin keladigan nafas chiqarish harakatlari bilan boshlanadi va oxirida
qisqa hushtaksimon nafas olish bilan tugaydi. Yo’tal xuruji 2-3 martadan 20
martagacha takrorlanishi mumkin. Yo’tal xurujlari yelimsimon shilimshiq balg'am
chiqishi yoki qayt qilish bilan tugashi mumkin. Yo’tal xuruji vaqtida bemorni
ahvoli o’ziga xosdir: Uning yuzi qizaradi, ba'zan ko'karadi, lablari ko'karib biroz
shishadi, bo'yin vena tomirlari bo’rtib chiqadi, ko'zlari qon quyilgandek bo'ladi,
tillari chiqib turadi, ba'zan ko'zining oqsil pardasiga qon quyiladi. Bemorning beti
salqib shishib turadi, til yuzasida yaralar xosil bo'ladi. Yo’tal xuruji boshlanishi
oldidan bolalarda xuruj boshlanishidan darak beruvchi belgilar paydo bo'ladi:
bemor bezovtalanadi, qo’rqish alomatlari kuzatiladi.
Sog'ayish davri. Bu davr 1 haftagacha davom etadi. Yo’tal xurujlari kamaya
boradi, bemorning ishtaxasi ochilib kayfiyati yaxshilanadi. Ko'kyo'talning kechishi
yengil, o'rtacha og’irlikdagi va og'ir turda o’tishi mumkin. Kasallikning yengil
turida yo’tal xurujlari kuniga 5-15 martagacha takrorlanishi mumkin va qisqa
davom etadi.
O'rtacha og'irlikdagi turida yo'tal xurujlari kuniga 15-25 martagacha takrorlanadi.
Og'ir turdagi ko’kyo’talda esa xurujlar soni 25-30 tadan oshishi, har bir xurujning
uzoq davom etishi, bemor ahvolining og'irlashuvi kuzatiladi.
Ko'kyo'tal deyarli hamma vaqt nafas a'zolarining zararlanishi bilan kechadi.
Uning kataral davrida o'pkaga deyarli o'zgarishlar aniqlanmaydi. Xurujsimon yo'tal
davrida bronxitga o'xshash o'zgarishlar bo'lib, o'pkada xirillashlar eshitiladi.
Xirillashlar ko'pincha yo'tal xurujsimon keyin izsiz yuqoladi. Ko'kyo'talda qon
tomir tizimiga ham ancha o'zgarishlar bo'ladi. Bemor betining salqib turishi,
lablarining ko'kimtir tusga kirishi, bo'yin vena qon tomirlarining yo’tal xuruji
paytida bo’rtib turishi, qo'1-oyoq barmoqlarining ko'karishi, muzlashi qon tomir
tizimidagi o'zgarishlarni ifodasidir.
Ko'kyo'talda bosh miyada gipoksiya va qon aylanishining buzilishi tufayli
ensefalopatiya belgilari kuzatiladi: bemor bezovtalanadi, asabi beqarorlashadi,
qo'1-oyog'i titraydi, pay reflekslari kuchayadi. Tana harorati ko'kyo'talda deyarli
ko'tarilmaydi, yoki subfebril darajada bo'lishi mumkin.
Go'daklarda ko'kyo'tal katta yoshdagi bolalarga qaraganda o'ziga xos kechishga
ega. Ularda kasallikning yashirin davri nisbatan qisqa, yo'tal ham og’irroq bo'ladi,
ba'zan nafas maromi buzilib, nafasning to'xtab qolishi kuzatiladi. Kasallik
asoaratlari tez rivojlanadi.
Ko'kyo’talda uchraydigan asoratlardan yana biri ensefalit bo'lib, bu asosan 1-2
yoshdagi bolalarda uchraydi. Ko'kyo'talda ko'krak qafasida bosimni ortib ketishi
natijasida kelib chiqadigan asoratlardan pnevmotoraks, emfizema, kindik va chov
churrasi, to'g ri ichakning tushishi kabilarni qayd qilish mumkin.