balandligi va fibrinli (parda) ning tomoq chegaralaridan chiqib boshqa a'zolarga
tarqalishi bilan kechadi. Tana harorati 39-40ºº C ga ko'tariladi. Bodomcha bezlar
va ular atrofidagi to'qimalar shishadi, bolaning rangi oqarib qayta-qayta qusadi,
pastga bo'g’in va ko'krak qafasi teri osti yog' qatlamiga hamda yuqoriga lunj va
qovoqlarga tarqaladi. Shish ustidagi terining rangi odatda o'zgarmaydi. Bolaning
jarangdorligi pasayadi, sistolik shovqin paydo bo'ladi. Aksariyat hollarda, buyrak,
asab tizimining faoliyati buziladi. Bo'yindagi shishning katta-kichikligiga qarab,
bo’g'maning toksik turining I. II. III darajalari farq qilinadi. Bo’g'maning toksik
o'zgarishlardan tashqari markaziy asab tizimining va yurak qon tomir a'zolari
faoliyatining izdan chiqishi bilan kechadi va yashin tezligida bir necha kun ichida
bemorning halok bo'lishi bilan tugaydi. Kasallikning gangrenoz formasi og’iz va
yutqin to'qimalarining chirib parchalanib ketishi bilan kechadi. Gemorragik
bo’g'ma burundan milklardan, me'da-ichaklardan qon ketishi badanida gemorragik
toshmalar hosil bo'lishi kuzatiladi.
Hiqildoq bo’g’masi yoki chin bo’g'ma yuqori nafas yo'llarining torayishiga va
nafasning qiyinlashuviga olib keladi Hiqildoq bo’g’masi yallig'lanish jarayonning
tarqalishiga qarab
1) mahalliy, 2) tarqalgan, 3) toksik turlarga bo'linadi. Kasallikning mahalliy turida
faqatgina Hiqildoq, tarqalgan turida hiqildoq va traxeya, toksik turida hiqildoq
traxeya va bronxlar zararlanadi.
Hiqildoq bo’g'masi kechishiga qarab bir necha bosqichda bo'ladi. Odatda
kasallik yuqori harorat dag'al yo'tal va tovushning qisman xirillashi bilan
boshlanadi. Bu davrda nafas olish uncha qiyinlashmaydi. Bu bosqich kataral
bosqich deb yuritiladi va 2-3 kundan 7-8 kungacha davom etadi.
Ikkinchi bosqich- stenotik bosqich bo'lib bunda nafas yo'llari torayadi,
yo'tal it hurgandagiga o'xshash cho’ziqroq, qo'pol bo'ladi, bolaning tovushi
yo'qoladi, shovqinli nafas oladi, lab-burun uch burchagi ko'karadi, nafas olish
qiyinlashadi, hansiraydi, bola bezovtalanadi. Nafas olish jarayonida ko'krak
qafasining muskullari ishtirok eta boshlaydi. Bolaga o'z vaqtida yordam
ko'rsatilmasa asfiksiya bosqichiga o'tadi. Bu davrda bola hushidan ketadi,
talvasaga tushadi, organizmida kislorod yetishmasligi oqibatida bola halok bo'ladi.
Burun bo’g'masi. Kasallikning bu turida pardali va kataral yarali turlari mavjud.
Pardali turida burun shilliq qavatida, burun to’sig’ida, burun chig'anog'ida va burun
bo'shlig’i devorlarida fibrinoz pardalar hosil bo'ladi. Kataral yarali turida burundan
oldin seroz keyin esa seroz qonli suyuqlik ajraladi va burun teshiklari atrofida
terini ta'sirlab, teri yoriladi. Bo’g'maning ko'z, teri, kindik, jarohat yuzalarida va
jinsiy a'zolarda uchraydigan turlari bir muncha kamroq uchraydi. Ko'z bo’g'masi
qovoqning shishuvi, qon aralash yiring ajralishi bilan kechadi. Ko'z qonyuktivasida
kulrang-oqimtirparda hosil bo'ladi.
Teri bo’g'masi. Terining shikastlangan joylarida, bo'yinda, burun ostida
kuzatiladi. Terida giperemiya shish va kulrang fibrinoz pardalar xosil bo'ladi.
Kindik bo’g'masi yangi tug’ilgan chaqaloqlarda kindigida kulrang fibrinoz
karashlar hosil bo'ladi.
Bo'g'maning asoratlari. Asoratlarga qon aylanishining buzilishi, miokardit,
chegaralangan falajlar, poliradikulo-nevrit va nefrozlar kiradi.
Tashxisi. Izchillik bilan to’plangan kasallik tarixi epidemiologik vaziyat va
difteriyasining asosiy klinik belgilari uning tashxisini qo’yishga imkon beradi. Har
bir tashxis bakteriologik yo'l bilan asoslanishi shart.
Davosi. Bo’g’mani davolashda kun tartibi, parhez, parvarish katta ahamiyatga
ega. Lekin asosiy davolash usuli bo’g'maga qarshi antitoksik zardob qo'llashdir.
Kasallikni davolashda uning turiga, og'riq darajasiga va qaysi bosqichda ekanligiga
e'tibor berish kerak. Kasallikning dastlabki kunlarida bemorga faqat suyuq ovqat
bergan ma'qul. Agar bemorda miokardit alomatlari bo’lsa, uni qimirlatmay
yotqizib qo’yish kerak.
Bo’g’maning asosiy davosi bo’g'maga qarshi zardobni yuborishdan iborat. Bu
zardob qanchalik barvaqt qo'llanilsa, uning foydasi shunchalik yaxshi bo'ladi.
Shunga qaramay, kasallikning o'ta og’ir turlarida hatto 1-2 kunlarda ishlatiladigan
zardob ham yetarali natija bermasligi va kasallik o’lim bilan tugashi mumkin.
Zardobda oqsil modda bo’lgani tufayli, bemor organizmini allergiyaga yoki
anafilaktik reaksiyaga olib kelishi mumkin, shuning uchun ham uni yuborishdan
oldin bemor organizmining zardobga sezuvchanligini aniqlash zarur. Bemorlarga
zardob Bezredko usuli bo'yicha, bo'lib-bo'lib yuboriladi. Kasallikning mahalliy
turlarida zardobni bir kunda bir marta yuborish kifoya, lekin og'ir turlarida
zardobni kun davomida qayta yuborish va bir necha kun davomida qo'llashga
to'g'ri keladi.
Bo’g'mada ko'pincha boshqa a'zolarning faoliyati buziladi, shuning uchun
ularning faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida dori-darmonlar ishlatiladi. Agar
yurak faoliyati buzilgan bo’lsa, yurak glikozidlari vitamin S va V guruhi
vitaminlari qo'llaniladi.
Bemorda zaharlanish alomatlari kuchli bo’lganda gemodez, reopoliglyukin, qon
zardobi va boshqalar tavsiya etiladi. Bakteriologik tekshirishning ikki marta salbiy
javob olingandan keyingina kasalxonadan javob beriladi. Bo’g'ma tayog'chalarini
tashib yuruvchilarni ham davolash zarur. Bakteriya tashib yuruvchilarni
antibiotiklar bilan davolash zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: