Tomoq bo’g’masining kataral turining klinik tashxisi ancha murakkab bo'ladi,
chunki bunda bodomcha bezlar faqat qizaradi, ularda parda hosil bo'lmaydi.
Kasallikning bu turida tashxis asosan bakteriologik tekshirishlar natijasida
aniqlanadi.
Bo'g'maning bu turlarida yallig’lanish jarayoni mahalliy bo'lib, organizmning
umumiy zaharlanishi kuchli bo'lmaydi. Tomoqning tarqoq bo’g’masida
intoksikasiya belgilari yaqqol yuzaga chiqadi, harorat yuqori bo'ladi, karashlar
zichroq joylashib, butun bodomcha bezlardan tashqari, xalqumning shilliq pardasi
tanglay ravoqlarini, yumshoq tanglayni, tilchani, yutqin devorlarini qoplaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |