Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

Sherak
8
qissasi 
ham qahramonlik mavzusida yaratilgan. Kirdan keyin Eron 
taxtini qo‘lga kiritgan ahmoniy hukmdor Doro I (m.a. 521 – 485) ham O‘rta 
Osiyoga hujum boshladi. Urush qanday tugaganidan qat’i nazar, xalq o‘z 
qahramonlarini qadrladi, nomlarini abadiylashtirdi. 
Sherak ona Vatan va xalq ozodligi uchun jonini tikishga tayyor jasur va 
irodali shaxs. Polien tomonidan uning mazmuni to‘la yoritilmagan. Chunki u 
Sherak qissasining adabiy manbaligini nazarda tutmagan, uning harbiy taktikadagi 
ahamiyatiga e’tibor qaratgan, xolos. Shuning uchun uning adabiy-badiiy xarakteri 
mutlaqo saqlanmagan. Shunday bo‘lsa-da, qissaning aslida yuqori pafos, murakkab 
bir obraz yaratilganini tasavvur qilish mumkin. 
Doro qo‘shini bilan saklar o‘rtasida urush borar edi. Sak podachilaridan 
SHerak o‘z podsholaridan Saksfar, Omarg va Tomirlar huzuriga keladi. Ular 
aynipaytda dushmanga qarshi kurashish rejasini tuzayotgan edilar. SHerak Eron 
qo‘shinini hiyla bilan halok etajagini aytadi, ammo podshohlar SHerakning 
oilasiga, bolalariga, avlodiga g‘amxo‘rlik qilishlari shart edi. Ularning va’dasini 
olgach, SHerak o‘sha yerdayoq o‘zining quloq-burnini kesadi, boshqa a’zolariga 
ham jarohat yetkazadi, so‘ngra saklardan Eron qo‘shini tomon qochib o‘tgan kishi 
sifatida forsiylar turgan joyga keladi. 
8
Burungi darslik va qo‘llanmalarda u Shiroq deb yuritilar edi. A.Abdurahmonov o‘z o‘quv qo‘llanmasida uni 
Sherak deb qo‘lladi va bu ko‘pchilik tomonidan ma’qul deb topildi. 


55 
Sherak Doroga arz qilib, o‘zini saklardan alam ko‘rgan kishi qilib ko‘rsatadi. 
U Eron qo‘shinini saklarning ko‘chib ketgan yeriga ko‘pi bilan yetti kunda yo‘lni 
kesib olib borajagini, u yerda turib, sak qo‘shiniga to‘satdan hujum qilishlari va 
g‘alaba qozonishlarini aytadi.
Eron qo‘shini bir haftalik oziq-ovqat olib yo‘lga tushadi. Qo‘shin uzoq yo‘l 
yuradi. Oziq-ovqat tamom bo‘ladi. Atrof quruq qum va sahrodan iborat edi. Eron 
qo‘shini aldanganini anglaydi. Eron sarkardaridan biri Ranosbat Sherakdan:
– Shunday ulug‘ podshoni aldab, katta qo‘shinni biror quduq bo‘lmagan, biror 
qush uchmaydigan, biror jonivor ko‘zga ko‘rinmaydigan, na olg‘a yurish, na ortga 
qaytish mumkin bo‘lgan sahroga boshlab kelishdan muroding nima edi? –deb 
so‘raydi.
Sherak: 
– Men o‘z maqsadimga yetdim. O‘z qabilam va tuprog‘imni dushmanlar 
bosqinidan saqlab qoldim. Endi qaysi tomon ketsangiz ha yetti kunlik yo‘l. Sizni 
ochlik va tashnalik nobud qiladi. Bir o‘zim Eron qo‘shinini halok etaman, deb 
javob beradi. 
Botir cho‘pon qatl etiladi. Doro Appolon ma’budigi iltijo qilib yomg‘ir 
yog‘dirishni so‘raydi. Yomg‘ir yog‘adi va askarlar undan meshlariga suv oladilar. 
Forsiylar ko‘p talofat berib, arang Amudaryo sohiliga yetib oladilar. Fors shohi 
SHerakning o‘chini uning qavmidan oldi.
Olimlarning fikricha, jahon adabiyotida Vatani va xalqi ozodligi yo‘lida 
o‘zini qurbon qilgan qahramonlar obrazi ma’lum ma’noda yaratilgan. Rus 
adabiyotida M.Gorkiy tomonidan folklor materiallari asosida yaratilgan “Izergil 
kampir” asaridagi Danko hamda xalq qahramoni Susanin xuddi shunday obrazlar 
sarasiga kiradi. Beruniyning “Hindiston” asaridagi «Shoh Kanik va Roja 
Kanjaning vaziri afsonasi»da harbiy hiylaning yana bir shakli o‘z ifodasini topgan. 
Bunday obrazning turkiy adabiyot ilk namunalarida uchrashi bu adabiyotning 
o‘ziga xos yutuqlaridan edi. 


56 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish