Boshlang'ich ta'lim bolalariga xo'jalik sohalariga oid ma'lumotlarni ingliz tilida o'rgatish ishlanma loyihasi.
Sinf: 4-b Sana: ___________ Fan: Ingliz tili Mavzu: Xo'jalik sohalarini o'rgatish. Darsning maqsadi: a) ta`limiy maqsad: Boshlang'ich ta'lim bolalariga xo'jalik sohalariga oid ma'lumotlarni ingliz tilida o'rgatish va ularda xo'jalik sohasiga oid ma'lumotlarni ingliz tilida shakllantirish va rivojlantirish.
b) tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni o`zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o`zaro hurmat, jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda ma`suliyat sezish ko`nikmalarini tarkib toptirish.
c) rivojlantiruvchi maqsad: Ingliz tilida xo'jalik sohalariga oid ma'lumotlarni o'rgatish bilan birgalikda ularda inglizcha nutqni rivojlantirish, til ko'nikmasini oshirish hamda shu sohani ingliz tilida chuqurroq o'rgatish.
Dars turi Yangi mavzuni o`rganuvchi dars.
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum
Darsning jixozi:
Darslik, tarqatma materiallar, rag`bat uchun rasmli stikerlar.
Darsning texnik jixozi: Kompyuter
Darsning rejasi; 1. Tashkiliy qism. (2 daqiqa) Boshlang'ich ta'lim bolalariga xo'jalik sohalariga oid bo'lgan " fermerlik" haqida umumiy ma'lumot berish. Fermerning faoilati haqida tushuncha beriladi va uning ingliz tilida nomlanishi o'rgatiladi. Fermer ingliz tilida " farmer" fermerlik esa " farming " deb nomlanadi. Fermer ma'lum yerni ijaraga olib dehqonchilik bilan shug'ullanadilar odamlarga beradi. U odamlar dehqonchilik bilan shugullanadi. Dehqon ingliz tilida " peasent" deb nomlanadi. Aqliy hujumdan foydalanish. Bolalarga dehqon kim va uning faoilati qanday deb savol beriladi. Bolalar o'z bilimlariga tayangan holda javob beriladi. Bu method orqali bolalar yangi mavzuga doir qisqacha tushunchaga ega bo'ladilar. Shu bilan birga o'quvchilarning bergan javoblari o'qituvchining ma'lumotlarni bilan to'ldiiriladi. Dehqon ekin maxsulotlarini yetishtiruvchi inson. Dehqon urug' orqali turli xil sabzavotlar va mevalar o'stiradi. Demak bolalar urug' ekish so'zini ingliz tilida nomlanishini o'rganamiz. Urug' ekish ingliz tilida " sowing of seed" deb ataladi. Daraxt ekish esa "planting tree" deb ataladi. Bolalar mavzu haqida umumiy ma'lumotlarga ega bo'lishgandan so'ng yangi mavzuning umumiy bayoniga o'tiladi.
2. O`tilgan mavzuni takrorlash. ( xotirani sinash 12 daqiqa) 3. Yangi mavzuni bayoni. (10 daqiqa) 4. Mavzuni mustahkamlash (15 daqiqa) 5. O`quvchilarni baholash . (4 daqiqa) 6. Uyga vazifa. (2 daqiqa) Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism.
Salomlashish.
Davomatni aniqlash.
Rag`bat uchun 3 xil stiker tasvirlaridan foydalaniladi.
Besh yulduzcha - 5ball. To`rtburchak shakli - 4ball Uchburchak shakli - 3ball 2. O`tgan mavzuni takrorlash va uyga vazifani so`rash. O`tilgan mavzular bo`yicha savollar berib, o`quvchilarni baholayman.
O'tgan mavzuning nomi : " Teaching about construction"
1. Qurilish sohasiga oid so'zlarni so'rash
2. Quruvchi kim va uning ingliz tilida nomlanishi
3.qurilish sohasida ishlatiladigan jihozlarining inglizcha nomini so'rash
4. Qurilish jihozlarining inglizcha nomlaridan foydalanib gap tuzish.
3.Yangi mavzuni bayon qilish. " Teaching about farming" Yangi mavzu haqida tushuncha berilganda so'ng xo'jalik sohalariga oid ma'lumotlarga asoslangan rasmli tarqatma materiallar va plakatlar orqali yangi mavzu o'tiladi. 4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Darsni mustahkamlash uchun didaktik o'yinlar bilan yangi mavzu mustahkamlanadi..
Ya'ni tarqatma materiallar orqali o'yin tashkil qilinadi. O'yindan so'ng
bolalarni bilimlariniva o'rganganlik darajasini tekshirish uchun yangi so'zlar so'raladi. Yangi mavzuga doir so'zlarni qatnashtirib jumlalar tuzishi dars davomida vazifa qilib beriladi.
5. Darsni yakunlash va darsda yaxshi qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish. O`quvchilarning olgan baholarini jurnalga va kundalikka qo`yish.
6. Uyga vazifa: Yangi so'zlarni takrorlash va yangi so'zlarni qatnashtirgan holda 5 ta gap tuzish.