Nafas shodmonov o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/92
Sana04.04.2022
Hajmi1,58 Mb.
#528383
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92
Bog'liq
fayl 1847 20210917

“Zarina va Striangey” 
afsonasidir. Uning mazmunini Kteziyning 


57 
ma’lumotiga tayanib sitsiliyalik tarixchi Diodor bayon qilgan. Lekin asar mazmuni 
to‘liq emas. Shunga qaramay, unda ikki masalaning yoritilgani ko‘zga yaqqol 
tashlanadi. Biri, aql-idrokli, jasur va shijoatli ayol fazilati, ikkinchisi, er ikshidagi 
mardlik muhabbatdan ko‘ra muhimroq ekani masalasi. Aks holda inson 
xudbinlashishi va o‘z kelajagini fojeaga olib borishi uqtiriladi unda. Striangey jang 
maydonida mardona kurashadi, kerak paytda muruvvat qilishni ham biladi. Bu 
xislatlari bois uni Zarinaga yoqtirib qoladi. Lekin Striangeyning go‘zallikda tanho 
Reta ismli xotini borligini bilgan Zarina o‘zini qo‘lga oladi. Striangey esa aksincha 
o‘zini Zarinaga bo‘lgan tuyg‘ularidan to‘xtata olmaydi va o‘z joniga qasd qiladi. 
Umuman, turkiy xalqlar adabiyotida barkamol ayol timsoli yetakchi 
mavzulardan sanaladi. 
“Amorg va Sparetra”
qissasida ham sak podshohlaridan 
biri Amorgning Kir qo‘lida asir bo‘lib qolishi va uni xotini Sparetra katta qo‘shin 
to‘plab borib, Kirni mag‘lub qilgan xotini qutqarib olishi hikoya qilinadi. Shunisi 
ham e’tiborliki, uning besh yuz ming kishilik lashkarida xotin-qizlar ikki yuz ming 
kishini tashkil qiladi, ya’ni lashkarning qirq foizi ayollardan tarkib topgan. Mana, 
ayollarning ijtimoiy faollik darajasi to‘g‘risidagi qadimiy qarash, nuqtai nazar. 
Iskandar 
qissasi. Iskandar ismli qahramon musulmon turkiylar orasida ikki 
xil qarash mavjud. Biri, payg‘ambar Iskandar; ikkinchisi, yevropacha Aleksandr 
ismining arabiy talaffuzdagi shakli, ya’ni fotih Aleksandr Makedonskiy. 
Payg‘ambar Iskandar haqidagi qarashlarni mustahkamlashga qanchalik 
urinmasinlar, ixtiloflar hamon bor. 
Aleksandr Makedonskiyning Osiyoga harbiy yurishlari va uni zabt etishi bu 
yerda yashayotgan xalqlar xotirasiga uning nomini ham mangu muhrladi. Bu esa 
badiiy ijodda ham o‘zining chuqur izini qoldirdi. Dastlab Iskandarning minglab 
kishidan iborat targ‘ibot guruhi o‘z imperatorlari shuhratini yoyish uchun turli 
joylarda so‘zlab yurgan hikoyalari bora-bora rivoyatlarga, katta-katta afsonalarga 
aylanib ketdi. Iskandar haqidagi afsonalardan xalq ijodi vakillari unumli 
foydalandilar. Turli mavzulardagi qarashlarni ifodalash uchun Iskandar tayyor 


58 
obraz bo‘lib shakllandi. O‘rta Osiyo xalqlarining Iskandar obrazi asosida 
yaratilgan yuzdan ziyod afsona va rivoyatlari vujudga keldi. 
Iskandar to‘g‘risidagi xalq qissalarining qisqacha bayon ko‘hna Sharq tarixi 
bilan shug‘ullangan bir necha olimlar, ijodkorlarning asarlariga kiritilgan. 
Jumladan, XIII asr olimlaridan Abu Ja’far Muhammad bin Jarir Tabariyning 
“Tarixi Tabariy”, Banokotiyning “Tarixi Banokotiy”, Ibn al-Asirning “Tarixi 
Komil”, Abulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarlarida Iskandar Zulqarnayn 
haqida hikoya qilinadi. Bulardan tashqari, Mahmud Koshg‘ariy va Umar 
Nizomiylar ham bu tarixiy qissalarga murojaat qilishgan. Qolaversa, muallifi 
noma’lum bo‘lgan bir necha tarixiy qo‘lyozmalarda ham u bilan bog‘liq voqealar 
qalamga olingan. 
Ularda Iskandar nomi bilan birga qo‘llanuvchi “Zulqarnayn”ning ma’nosi, 
asosan, ikki xilda izohlanadi. Birinchisiga ko‘ra, “qarn” so‘zi “shox” (a’zo) 
ma’nosini bildiradi. Bu so‘z oxiridan qo‘shiluvchi -ayn qo‘shimchasi arab tilida 
ikkilik qo‘shimchasining kelishikda turlangan shakli hisoblanadi. Chunki “zu” 
so‘zi ega ma’nosini, shuningdek -li qo‘shimchasi mazmunini bildiradi. Binobarin, 
“Iskandar Zulqarnayn” “Ikki shoxli Iskandar” deganidir. Manbalarda shoxlar 
ulug‘lik belgisi bo‘lgani aytiladi. Ikkinchisiga ko‘ra, “qarn” so‘zi 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish