42
adabiyotshunosligida paydo bo‘lgan ritual-mifologik tanqid metodi yuqoridagi
qarashlarni inkor etgan edilar.
Mifologik maktab ilmiy yo‘nalishiga F.SHelling, A.Shlegel, F.Shlegel kabi
mutafakkirlarning estetik ta’limoti falsafiy asos bo‘lib xizmat qilgan. Bu yo‘nalish
namoyandalarining fikriga ko‘ra, “mif har qanday san’atning
vujudga kelishida
zaruriy shart, asos” (SHelling), “poeziyaning yadrosi, javharidir” (F.Shlegel). Aka-
uka Y.Grimm va V.Grimmlar ham bu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatib qanday
muvaffaqiyatlarga erishganlari ma’lum. Ular jahon xalqlari ertaklarini to‘plash va
yangilarini yozish barobarida 1835 yildi nashr qildirgan “Olmon mifologiyasi”
asari bilan mifologik maktab yo‘nalishining nazariy asoslarini takomiliga
yetkazdilar.
Ritual-mifologik tanqid metodi vakillari esa
miflarning kelib chiqishini,
asosini bilimsizlik, ojizlik va notovonlikka emas, balki rituallarga bog‘lab
tushuntiradi.
Ularning fikricha, barcha adabiy hodisalar ritual-mifologik asosga
tayanadi.
Mazkur yo‘nalish va metodlar keyingi olimlar tomonidan rad qilindi. Lekin
bunday nazariyalar miflarga o‘ziga xos yangi
nuqtai nazardan yondashish
mumkinligini ko‘rsatib berdi.
Ba’zi olimlarning fikriga ko‘ra, mif tom ma’noda so‘z san’ati hodisasi emas,
ya’ni haqiqiy adabiy hodisa bo‘la olmaydi. Biroq bu fikrni ham mutlaqlashtirib
bo‘lmaydi.
Chunki,
birinchidan,
mif
avvalo
adabiy
hodisa,
u
adabiyotshunoslikning tekshirish obyekti. Mif bilan falsafa,
arxeologiya, tarix,
etnografiya va til tarixi kabi fanlar ham shug‘ullansa-da, ular mifologiyadan o‘z
mavzulari chegarasida foydalanadilar. YA’ni mazkur fanlar uchun ma’lum bir yoki
bir necha mifdagi qarash, fakt, ma’lumotgina ahamiyatli. Adabiyotshunoslik
miflarni har tomonlama va ma’lum tizimlilikda o‘rganadi.
Ikkinchidan, mifda ramziy va majoziy obrazlar orqali fikr yuritiladi. Ramz va
majoz esa ijodkorona yondashuvsiz va so‘z san’atisiz yaralmaydi.
43
Ma’lum bir mifning
yaralishi muayyan muddat, davrni talab qiladi. Biror
avlod yoki guruhgagina xizmat qilish bilan chegaralangan adabiy to‘qima mif
darajasiga ko‘tarila olmaydi, u bir necha avlodlar tomonidan e’tirof etilishi va
tildan tilga ko‘chishi hamda bir necha talqinga yaroqli bo‘lishi shart.
Miflar insoniyat badiiy ijodi tarixining ilk bosqichiga oid hodisa bo‘lgani
uchun unga bugungi badiiy ijod hodisasi talablarini qo‘yib bo‘lmaydi.
Ularda
badiiy tafakkur shakllanishining unsurlari bo‘lishining o‘zi ularga adabiyot tarixi
materiali sifatida yondashish uchun yetarlidir. Markaziy Osiyo xalqlari orasida
tarqalib, tarixiy manbalardan o‘rin olgan miflarga yondashishda ana shu holatlarni
inobatga olish lozim.
Markaziy Osiyo xalqlari tomonidan har xil g‘oya va maqsadlar bilan yuzlab
afsonalar to‘qilgan. Ularning aksariyati yunon tarixchilarining
asarlarida zikr
etilgan. Jumladan, Gerodotning «Tarix» kitobida skiflarning birinchi ajdodlari
dunyoga kelishi bilan bog‘liq bir necha afsonalar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: