partiya organlarida rahbar lavozimlarida ishlagan. U nafaqat
O‗zbekistonda yoki SSSRda, balki butun Sharqda parlament raisi
bo‗lgan birinchi ayoldir. Yo.Nasriddinova 1970-1974 yillarda
SSSR Oliy Soveti Millatlar Sovetining raisi lavozimida ham
faoliyat ko‗rsatgan.
1238
SSSR tarqalib ketgach qancha rus tashqarida
qolib ketdi??? 80 mln rus.
SSSR tarqalib ketgandan so‗ng 80 mln rus Rossiya hududidan
tashqarida qolib ketdi.
1239
SSSR va Sharqiy Yevropa davlatlarining
harbiy-siyosiy ittifoqi –Varshava Shart nomasi
Tashkiloti tuzildi tashkilotini tuzilgan yili
(1955-yili) sodir bo‘lgan voqeani toping. GFR
NATOga a‘zo bo‗ldi.
(Варшава конфересиясида Акш.Франсия.япония битим
имщолаганда Б.Британияда нима б-ди savol shu tarzda
trushunarsiz yozib olingan. Kimgadir shu savol tushgan bo‘lsa,
savolni to‘liq 94-630-96-444 ga yozib yuborsin)!
1240
SSSRda 1924-yilda milliy-hududiy
chegaralanish qaysi hududlarga qaratilgan?
1924-yil kuzida O‗rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish
o‗tkazilishi natijasida qurolli kurashning birinchi davri
yakunlandi. Uning ikkinchi davri (1925-1935-yillar) esa yana 10
yil davom etib, o‗zining xarakteri va kuchlar nisbati jihatidan
avvalgi davrga nisbatan ancha farq qiladi.Milliy chegaralanish
natijasida O'zbekiston SSR tashkil etildi. Uning tarkibiga quyidagi
hududlar kiritildi:Turkiston ASSR dan 9 ta uyezd, 133 tuman va 7
qishloq okrugi;Buxoro respublikasining 9 ta viloyati;Xorazm
respublikasining 23 ta tumani. Savolni yana bir ko‘rish kerak???
1241
SSSRda Ikkinchi jahon urushida qancha sovet
fuqarolari halok bo‗ldi??? 27 MLN.
SSSRda Ikkinchi jahon urushida 27 MLN. sovet fuqarolari halok
bo‗ldi, 12,5 mln. kishi nogiron bo‗lib qoldi, mamlakat juda katta
moddiy zarar ko‗rdi.
1242
SSSRda qachon majburiy boshlang‗ich ta‘lim
joriy qilindi???
1930-yili. SSSRda Savodsizlikka qarshi kurashda katta
muvaffaqiyatlarga erishildi. Ta‘lim tizimi to‗liq isloh qilinib,
1930-yili majburiy boshlang‗ich ta‘lim joriy qilindi.
1243 Ssuda nima???
Ssuda - moddiy boyliklar garovi hisobiga foiz to‗lash va qaytarib
berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan pul yoki
moddiy boylik. (Kapital).
1244
Stolipin agrar islohoti natijasida...???
Pomeshik yer egaligini tugata olmadi.
Ko‗chirish moddiy jihatdan yetarli ta‘minlanmadi. Stolipin agrar
islohoti qishloq aholisining tabaqalanishini va ichki bozorning
o‗sishini kuchaytirdi. Badavlat dehqonlar (quloqlar) ning
mavqeyini mustahkamladi. Biroq agrar islohot pomeshik yer
egaligini tugata olmadi.Bundan tashqari, ko‗chib ketganlar yana
avvalgi joylariga qayta ko‗chib kelishga majbur bo‗la boshladilar.
Chunki ko‗chirish moddiy jihatdan yetarli ta‘minlanmadi.
1245
Sug‗d yozuvlari qayerda qayd etib
o‗rganilgan??? Mug‗ qal‘asida, Sharqiy
Turkistondagi Turfan shahri yaqinida
Afrosiyobda qayd etib o‗rganilgan.
Panjikent yaqinidagi Mug‗ qal‘asida, Sharqiy Turkistondagi
Turfan shahri yaqini qaysi yozuv? Sug‗d yozuvlari. Bizning
zamonimizgacha saqlanib qolgan sug‗d yozuvlari Panjikent
yaqinidagi Mug‗ qal‘asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri
yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib
o‗rganilgan. Ularda Sug‗dning siyosiy tarixi, huquq va qonunlari,
iqtisodiy va diniy e‘tiqodlari xususida muhim ma‘lumotlar
keltirilgan.
1246
Sulh shartnomasini Xiva xoni Muhammad
Rahimxon II 1873-yil 12-avgustda imzolashga
majbur bo‗ldi.
Shartnomaning birinchi moddasida: «Sayid Rahim Bahodirxon
o‗zini butun Rossiya imperatorining sodiq xodimi deb tan oladi. U
qo‗shni hukmdorlar va xonlar bilan har qanaqa bevosita do‗stona
munosabatlardan va ular bilan biron-bir savdo yoki boshqa
shartnomalar tuzishdan voz kechadi hamda Rossiyaning O‗rta
Osiyodagi oliy hokimiyati ruxsatisiz ularga qarshi hech qanday
jangovar harakatlarni amalga oshirmaydi», deb yozib qo‗yilgan
edi. Bu bilan Xiva xoni mustaqil ravishda tashqi dunyo, hatto
yaqin qo‗shnilari bilan ham aloqa o‗rnatish imkonidan mahrum
etildi. Faqat ular bilan Rossiya imperiyasi roziligi bilangina aloqa
qila oladigan bo‗ldi.
1247
Sulton To'g'rulbek qaysi sulolaga asos soldi???
Saljuqiylar sulolasi.
Saljuqiylar davlati - Saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038-
1308). Unga Saljuqning nevarasi Sulton To'g'rulbek asos solgan.
1248
sun'iy sug'orish qachon vujudga keldi???
Eneolit - mis-tosh. Eneolit - mis-tosh asri deb
ataladi. Bu davr mil. avv. 4-3- ming yillikning
o'rtalariga to'g'ri keladi.
O'rta Osiyo janubida sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilik
vujudga keldi, xom g'ishtdan ko'p xonali uylar qurila boshlandi,
idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlardan foydalanishga
kirishildi.
1249
Svyatoslav 964-yilda 22 yoshida knyazlik
taxtiga o'tirgach,
Sharqqa yurish boshlagan. Svyatoslav Itil (Volga) va Don
daryolari oralig'ida tashkil topgan Xazar xoqonligini mag'lub etib,
uning poytaxti Itil shahrini egallagan. Keyinchalik Svyatoslav
Bolgariyaga, ko'chmanchi bijanaklarga, Vizantiyaga qarshi
urushlar olib borgan.
1250
Syezdda davlat, xo‗jalik, sovet, jamoat va
savdo tashkilotlariga mahalliy millat vakillarini
ko‗proq jalb qilish...
1925-yil 22-30-noyabrda Samarqand shahrida bo‗lib o‗tgan
O‗zbekiston Kommunistik partiyasining II syezdida ―Partiya,
sovet, xo‗jalik, kasaba uyushmalari va kooperativ tashkilotlariga
mahalliy aholini jalb qilish‖ masalasi ko‗rib chiqildi. Syezdda
davlat, xo‗jalik, sovet, jamoat va savdo tashkilotlariga mahalliy
millat vakillarini ko‗proq jalb qilish, shu yo‗l orqali shahar va
qishloq mehnatkashlarining mamlakatda sotsializm qurilishiga
faol ishtirokini ta‘minlash masalasi muhokama qilindi. Bundan
tashqari boshqaruv va rahbarlik ishlariga ishchi, dehqon va
ziyolilardan mahalliy kadrlar tayyorlash zarurligi uqtirildi.
1251
T. X. Gdlyan va N. V. Ivanov ishlari??? Aslida
savol boshqacharoq edi? Eslab qolish kerak.
T. X. Gdlyan va N. V. Ivanov rahbarligida (1983-yil aprelda
tuzilgan ) Markazdan respublikaga kelgan ―desantchilar‖ga
tayanib, O‗zbekistonda navbatdagi qatag‗onni amalga oshirdi.
O‗sha paytda ―desantchilar‖ va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga
mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining
ko‗plab xodimlari katta yordam bergan.
1252 Takash davrida ...?
Xorazm davlati, ayniqsa, Otsizning nabirasi Takash davrida juda
kengayadi. 1187-1193-yillarda u Nishopur, Ray va Marv
shaharlarini zabt etadi.
1253 Tarbiyai atfol a‘zolari?
1910-yilda Buxoroda mudarris Hoji Rafiy, Mirza Abduvohid,
Hamidxo‗ja Mehriy, Usmonxo‗ja va Muhammaddin maxdum
kabilar «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tashkil
qilib, 1911-yilda 15 nafar, 1912-yilda esa 30 nafar talabani
Turkiyaga o‗qishga yuborganlar.
1254
Tatariston qachon mustaqilligini e‘lon qildi???
1992-yili.
1991-yil oxiri - 1992-yil boshlarida Tatariston, Boshqirdiston va
Yoqutistondagi milliy harakatlar o‗zlarining syezdlarini o‗tkazib,
ularda RSFSR tarkibidan chiqish masalasi qo‗yildi. Chechen-
Ingush Avtonom respublikasida Chechen xalqining umummilliy
kongressi avtonomiyani Checheniston va Ingushetiyaga bo‗lishni,
Chechenistonning RSFSR tarkibidan chiqishini bildirdi. 1992-yili
Tatariston ham o‗z davlat mustaqilligini e‘lon qildi.
1255
Tavochi mansabi Amir Temur qo‗shini qanday
ish qilgan? Viloyatlardan askar to‗plash?
Amir Temur qo‗shiniga chorvadorlar qatori o‗troq aholidan ham
askar to‗plangan. Askariy qismlarni viloyatlardan to‗plash bilan
tavochi mansabidagi amaldorlar shug‗ullanar edi.
1256
Taypinlar davlatida hududlaridagi hokimiyati
kimlar amalga oahirgan? Harbiy qism
boshlig‗i.
Harbiy qism boshlig‗i ayni paytda qism joylashgan hududda
davlat hokimiyatini amalga oshirardi. Barcha erkaklar bitta
mehnat lageriga, ayollar va bolalar boshqa yerga joylashtirildi.
1257
Temir asri boshlarida O'rta Osiyoda aholi
to'rtta guruhga bo'lindi mld. Avv. I ming
yillikda?
Kohin,jangchi,dehqon,hunarmand
1258
Temuriylar davlati qachon to‘la barham
topdi??? XVI ASR BOSHLARIDA.
Temuriylar saltanati Qachon inqirozga yuz tutdi??? XV asrning
ikkinchi yarmida. Eslab qolish kerak 2 ta bir-biriga o‘xshash
savol.
1259
Tilak tomonidan aytilgan gaplar? «Xudo
Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech...
Yoshlar o‗rtasida vatanparvarlik g‗oyalarini targ‗ib qildi.
Hindiston sharoitida qurolli qo‗zg‗olon yo‗li bilan ozodlikka
chiqishning iloji yo‗qligini anglagan Tilak «kuch ishlatmaslik»
yo‗lini tanladi. Bu usulda asosiy e‘tibor ingliz tovarlarini boykot
qilishga qaratildi. «Xudo Hindistonni xorijiy mamlakatlarga hech
qachon hadya qilgan emas», der edi Tilak. Gazeta yoshlar
o‗rtasida vatanparvarlik g‗oyalarini targ‗ib qila bosliladi.
1260
To‗rtinchi respublika (4- respublika)
konstitutsiyasi??? 1946-yili.
1946-yili Fransiyaning yangi konstitutsiyasi kuchga kirdi. Bu
Yevropadagi eng demokratik konstitutsiyalardan biri bo‗ldi.
1261 To‘g‘ri fikrni toping?
Amir Temur qo‘shinida markaz va qanotlar haqidagisi to‘g‘ri.
1262
To‘g‘ri ma‘lumot berilgan qatorni toping?
Davlat madhiyasi to‗g‗risida‖gi qonun qachon
qabul qilindi??? 1992-yil 10-dekabr.
O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-
dekabrida bo‗lib o‗tgan XI sessiyasida ―O‘zbekiston
Respublikasining Davlat madhiyasi to‗g‗risida‖gi qonun qabul
qilindi.
1263
To‘rtlar ittifoqidan birinchi chiqqan davlat?
Bolgariya.
Agar urushdan birinchi qaysi To‘rtlar ittifoqi a‘zosi chiqqan?
Degan savol bo‘lsa, Bolgariya. 1918-yil Sentabr oyida
Bolgariyaga qaqshatqich zarba berildi. U urush harakatlarini
to‗xtatdi va urushdan chiqdi. Avstriya-Vengriya yarash bitimini
imzolash haqida Antantaga murojaat qildi. 1918-yil 3-noyabr kuni
shunday shartnoma imzolandi va Avstriya-Vengriya ham
urushdan chiqdi. Usmonli davlati ham Antanta bilan yarash
bitimini imzolashga majbur bo‘lgan edi.
1264
Tog'lik, dasht va cho'l yerlarida yashagan???
Saklar.
O'rta Osiyoning tog'lik, dasht va cho'l yerlarida asosiy mashg'uloti
chorvachilik bo'lgan saklar istiqomat qilishgan. (Massagetlar bilan
adashtirmang!!!)
1265
Toshhovuz shahrida shahrida qachon Orol
dengizi muammosiga bag‗ishlangan
uchrashuvlar??? 1995.
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 1993-yil Qozog‗iston
Respublikasining Qizil O‗rda shahrida, 1994-yil Nukus shahrida,
1995-yil Turkmaniston Davlatining Doshhovuz shahrida, 1995-yil
yana Nukus shahrida Orol dengizi muammosiga bag‗ishlangan
uchrashuvlar o‗tkazdilar va bu borada amaliy ishlar olib bora
boshladilar.
1266
Toshkent metropoliteni qurilishi??? 1977-yil
noyabrda.
1966-yildagi zilziladan so‗ng Toshkentni qayta tiklash ishiga u
ko‗p kuch-quvvat va g‗ayratini sarfladi. Toshkent metropoliteni
qurilishi uning tashabbusi bilan boshlangan. Metropolitenning
birinchi navbati (9 ta bekat) 1977-yil noyabrda ishga tushirildi.
1267
Toshkent shahrining 12 ta darvozalari
qaysilar???
XIX asr ikkinchi yarmida Toshkent shahrining 12 ta, ya‘ni
Labzak, Taxtapul, Qorasaroy, Sag‗bon, Chig‗atoy, Ko‗kcha,
Samarqand, Kamolon, Beshyog‗och, Qo‗ymas, Qo‗qon, Qoshg‗ar
darvozalari bo‗lgan.
1268
Toshkent sud palatasi nimaga bo‗ysunar edi?
HUKUMAT SENATIGA.
1898-yilda Turkiston o‗lkasida sud nizomlarini qo‗llash
qoidalariga muvofiq viloyat sudlari tugatildi, ularning o‗rniga
okrug sudlari va Toshkent sud palatasi tuzildi. Toshkent sud
palatasi faqat imperiyaning oliy sudi HUKUMAT SENATIGA
bo‗ysunar edi.
1269
Toshkent to‗rtta dahaga bo‗lingan. Ular
qaysilar??? Beshyog‗och, Ko‗kcha, Sebzor va
Shayxontohur.
Toshkent to‗rtta (4 ta) - Beshyog‗och, Ko‗kcha, Sebzor va
Shayxontohur dahalariga bo‗linib, har bir daha o‗z oqsoqoli
tomonidan boshqarilgan. XIX asr o‗rtalarida shahar aholisi 80
mingga yaqin kishini tashkil qilgan.
1270
Toshkentda (oltmish ming kishilik) 60000
kishi ishtirok etgan? Munavvarqori. 1917-yil.
―Ulug‗ Turkiston‖ gazetasining yozishicha, 1917-yil dekabrda
Toshkentda (oltmish ming kishilik) 60000 kishi ishtirok etgan
miting o‗tkazildi. Munavvarqori rahbarligida uyushtirilgan bu
miting qatnashchilari Muxtor Turkiston hukumatini bir ovozdan
ma‘qulladilar va Turkistonda endi ushbu muvaqqat hukumatidan
boshqa hech qanday hukumatni tan olmaslikka qaror
qilganliklarini e‘lon qildilar.
1271
Toshkentda 1996-yil avgustda Olimpiya shon-
shuhrati muzeyi tashkil etildi. 2000-2016-yillar
oralig‗idagi yozgi Olimpiya va Osiyo
o‗yinlarida mamlakatimiz sportchilari
muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi.
A.Taymazov, M.Ibragimov (erkin kurash), A.Doktorashvili
(yunon-rum kurashi), R.Sobirov (dzyudo), O‗.Haydarov,
A.Atoyev, B.Sultonov (boks), A. Fokin (sport gimnastikasi),
Yekaterina Xilko (gimnastika) kabi sportchilarimiz mamlakatimiz
sporti shuhratining xalqaro maydonda yanada oshishiga o‗z
hissalarini qo‗shdilar. Xususan, erkin kurashchi Artur Taymazov
bir necha karra Olimpiya chempioni unvoniga sazovor bo‗lgan
yagona sportchi bo‗ldi.
1272
Toshkentda 1999-yil may oyida Xotira va
Qadrlash maydoni barpo etilib, unda
―Motamsaro ona‖ haykali hamda xiyobonning shimoliy va
janubiy tomonida qad ko‗targan ayvonlar tokchalarida Ikkinchi
jahon urushida halok bo‗lgan o‗zbekistonlik barcha jangchilarning
ism-sharifi bitilgan metall tokchalar o‘rnatildi.
1273
Toshkentda Amir Temur haykali qachon
ochildi??? 1993-YIL TOSHKENTDA.
1993-YIL TOSHKENTDA, 1996-yil Samarqand va Shahrisabzda
Amir Temur haykali ochildi. Shu yili Samarqand va Shahrisabz
shaharlari «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi.1996-yil
Samarqand va Shahrisabzda.
1274
Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi,
Turkiston muzeyi tashkil etilgan yillar to‘g‘ri
ko‘rsatilgan javobni toping? J. 1870, 1876
yillar
1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi.
Kitoblarning aksariyat qismi Turkiston tarixi va tabiatiga oid
nodir asarlar bo‗lgan. 1876-yil Toshkentda Turkiston muzeyi
(hozirgi O‗zbekiston tarixi davlat muzeyi) tashkil etildi.
1275
Totalitar tuzum urnatilmagan davlat qaysi
edi??? Fransiya.
Fransiya.
1276
Toxariston hukmdorlari qanday atalgan???
―Malikshoh‖, keyinchalik ―yabg‗u‖.
Toxariston hukmdorlari dastlab ―malikshoh‖, keyinchalik
―yabg‗u‖ nomi bilan atalgan.
1277
Toxariston nomi qayerdan olingan?
YUECHJILAR NOMIDAN. Menga 2021-
yilda tushdi!
Toxariston nomi qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan
chorvador qabila - yuechjilar nomidan olingan. Toxariston
hukmdorlari dastlab ―malikshoh‖, keyinchalik ―yabg‗u‖ nomi
bilan atalgan.
1278
TRAYAN - DUNAY DARYOSI
BO'YLARIDA (Milodiy 98-yilda Trayan Rim
imperatori taxtini egalladi. Trayan zamonida
Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar
bilan urushlar olib borildi.)
KONSTANTIN - XRISTIANLIK BOSHQA DINLARGA TENG
(Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa
dinlarga teng deb e‘lon qilingan farmon chiqardi.) ANTONIY -
SHARQIY RIM IMPERIYASINI OLDI. (Oktavian Rim
davlatining G'arbiy qismini, Antoniy esa Sharqiy qismini
boshqarishni o'z qo'liga oladi.) MARK KRASS - SPARTAK
QO‘ZG‘OLONINI BOSTIRDI. (Spartakka qarshi tajribali
sarkarda Mark Krass boshchiligida ko'p ming sonli qo'shin
jo'natildi. Mil. avv 71-yilning bahorida ro'y bergan hal qiluvchi
jangda Spartak lashkari tor-mor etildi.)
1279 Trayan Daklar??? Suriya va Mesopotamiya.
Milodiy 98-yilda Trayan Rim imperatori taxtini egalladi. Trayan
zamonida Dunay daryosi bo'ylarida yashovchi daklar bilan
urushlar olib borildi. Balandligi 40 metrga teng Trayan ustuni
sirtidagi tasvirlar daklar bilan urush manzaralari haqida hikoya
qiladi. Bu davrda Suriya va Mesopotamiya hududlari Rim
imperiyasi tarkibiga kirdi.Trayan ustuni sirtidagi tasvirlar???
Daklar bilan urush manzaralari.Trayan davridan so‘ng rimliklar
yirik bosqinchilik urushlarini olib borolmaganlar.Milodiy III asrda
Rim imperiyasining kuch-qudrati zaiflasha boshladi.
1280 Trializm (uchlik) talabi ...
Shunday bir sharoitda, ayrim siyosatchi arboblar trializm (uchlik)
talabi bilan chiqdilar. Trializm g‗oyasi imperiyani Avstriya,
Vengriya va imperiya tarkibidagi slavyan xalqlari yerlarini o‗z
ichiga oluvchi, har uch tomonni teng huquq asosida
birlashtiradigan federatsiyaga aylantirish, degani edi. Biroq
federatsiyaning slavyan qismi kuchayib ketishidan cho‗chigan
hukmron doiralar trializm g‗oyasini rad etdilar.Bu hol Birinchi
jahon urushi arafasida imperiyada ichki ziddiyatlarning
keskinligicha qolishiga sabab bo‗ldi.
1281 TTZ qachon barpo etildi???
1969-yili. 1948-yili ―Tashselmash‖ zavodi paxta terish
mashinalarining dastlabki partiyasini ishlab chiqardi. Oradan bir
yil o‗tgandan keyin ―Tashavtomash‖ zavodi ishga tushirilib,
traktorlar, paxta terishga moslashtirilgan mashina va traktor
pritseplari (tirkagichlari) ni ishlab chiqarish yo‗lga qo‗yildi. Shu
zavod bazasida 1969-yili Toshkent traktor zavodi (TTZ) barpo
etildi.
1282 Tulsidas asari?
Tulsidas «Ramayana» sujetlari asosida «Ramaning jasoratlari»
nomli juda katta poema yaratdi.
1283
Tumori yer egaligi qaysi davlatda? Uslonli
turklarda.
Bu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo'lgan paytida
taqdim etilgan. Natijada otliq qo'shin soni 150 ming suvoriygacha
yetgan.
1284
Tumori yerlar qaysi davlatda berilgan???
Usmonli turklar. Suvoriylarga.
Usmonlilar otliq qo'shinni kuchaytirishga alohida e'tibor
qaratganlar. Qo'shinning har bir suvoriysiga yetarlicha daromad
keltiradigan yer-mulk - tumori berilgan. Bu yerlar faqat turklarga
va harbiylarga xizmatda bo'lgan paytida taqdim etilgan. Natijada
otliq qo'shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan.
1285 Tura shahri qayerda? Janubi-g‗arbiy Sibirda.
Abulxayrxon 1428-yilda «O‗zbek ulusi» deb atalgan davlatga
asos soldi. Janubi-g‗arbiy Sibirdagi Tura shahri bu davlatning
poytaxti deb e'lon qilindi.
1286
Turg‗ut O‗zol qachon prezident etib saylandi?
1989-yili.
1983-yili Turkiya bosh vaziri bo‗lgan Turg‗ut O‗zol Turkiyada
XX asrning oxirlarida amalga oshirilgan islohotlarda juda katta
rol o‗ynadi. U Turkiyada zudlik bilan iqtisodiy islohotlar boshlab
yubordi. 1989-yili taniqli islohotchi Turg‗ut O‗zol Turkiya
Respublikasi prezidenti etib saylandi. Saylov to‗g‗risida yangi
qonun qabul qilinib, siyosiy partiyalar uchun bir qator yengilliklar
yaratildi.
1287
Turk xoqonligi davrida qaysi hududlardan
kumush va qo‗rg‗oshin qazib olingan? Eloqda.
G‗arbiy turk xoqonligiga: Farg‗ona va Sug‗dda oltin, mis, temir
va simob, Eloqda qo‗rg‗oshin, kumush va oltin qazib olinardi.
Eski kitob.
1288
Turkisdonda 2 jadid maktabi Kim qachon asos
slogan? 1898-yil Qo‘qonda Salohiddin domla.
1898-yilda Qo‗qon shahrida Salohiddin domla ikkinchi jadid
maktabini ochdi.1893-yil Buxoroda birinchi, 1898-yil Qo‗qon
shahrida ikkinchi jadid maktabi ochildi. 1899-yili Andijonda
Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktablarini
ochadilar.
1289
Turkisrondagi birinchi gimnazizya qachon?
1896-yil. Savolda Toshkentmi yoki
Turkisron???
1896-yilda Toshkentda birinchi gimnaziya ochilib, unda
zamonaviy fanlar va kundalik turmushda zarur bo‗ladigan bilimlar
o‗qitilgan.
1290
Turkiston (1864-yil 12-iyul kuni N. Veryovkin
otryadi Qo‗qon xonligiga qarashli Turkiston
shahrini bosib oldi), Xo‗jand (1866-yil 24-
may) Samarqand (1868-yil 8-iyun) Namangan
(1875-yil 18-oktabr)
Turkiston (1864-yil 12-iyul kuni N. Veryovkin otryadi Qo‗qon
xonligiga qarashli Turkiston shahrini bosib oldi), Xo‗jand (1866-
yil 24-may) Samarqand (1868-yil 8-iyun) Namangan (1875-yil
18-oktabr)
1291
Turkiston ASSR, BXSR va XXSR ni iqtisodiy
rivojlantirish uchun 1923-yili qaysi kengash
tuzildi?
1923-yil martida Toshkentda Turkiston, Buxoro, Xorazm
respublikalari vakillari ishtirokida konferensiya chaqirilib, unda
mazkur respublikalarni iqtisodiy jihatdan birlashtirish maqsadida
O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzildi. Eski kitob. Yana qadirib
ko‘rish kerak.
1292
Turkiston ASSRda NEP ga o‘tish mohiyati???
Turkiston ASSRda yangi iqtisodiy siyosatga
o‗tish Turkiston Kompartiyasi VI syezdida
(1921-yil avgust) siyosiy jihatdan asoslab
berildi va shundan so‗ngra Turkiston ASSR
Sovetlari X syezdi qarori bilan
rasmiylashtirildi.
NEPning asosi iqtisodiyot, xalq xo‗jaligiga rahbarlik qilishning
harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab
chiqaruvchiga, dehqonlarga bir qadar erkinlik berishdan iborat
edi. NEPning asosi iqtisodiyot, xalq xo‗jaligiga rahbarlik
qilishning harbiy-kommunistik usullaridan voz kechish, ishlab
chiqaruvchiga, dehqonlarga bir qadar erkinlik berishdan iborat
edi.
1293
Turkiston general gubernatorligi eng oxirgisi?
Kurapatkin. Eski kitob.
Kurapatkin.
1294
Turkiston general-gubernatorligininf
Amudaryo bo‘limi tashkil...???????
Amudaryoning avval Xiva xonligi tasarrufida bo‗lgan va
Gandimiyon shartnomasiga ko‗ra Rossiya imperiyasi ixtiyoriga
o‗tgan o‗ng qirg‗og‗i hududida Turkiston general-
gubernatorligining Amudaryo bo‗limi tashkil qilingan edi. Uning
boshlig‗i ayni mahalda Rossiya imperiyasining Xiva xonligidagi
vakili sifatida mamlakatni boshqarishda xonning hamma
harakatlari ustidan nazoratni amalga oshirar edi. Xonlik ming
yillik tarixga ega va o‗zbek xalqining madaniy rivojlanishida
muhim rol o‗ynagan turkiy urug‗ qo‗ng‗irotlarga mansub sulola
vakillari tomonidan boshqarilayotgan monarxiya edi. Qo‗ng‗irot
urug‗i siyosiy va ijtimoiy hayotda hamda harbiy sohada xonning
suyanchig‗i edi.
1295
Turkiston muhtaryoti tuzulganda..... vaziri
bo'ldan? Юргули Агаев? Yer Suv vaziri
Yurg‘uli Agayev.
8 nafar kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati
tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib
Muhammadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton Shoahmedov
- Bosh vazir o‗rinbosari, Mustafo Cho‗qay - tashqi ishlar vaziri,
Ubaydulla Xo‘jayev - harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg‘uli Agayev -
yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat
vaziri, Abdurahmon O‗rozayev - ichki ishlar vazirining
o‗rinbosari, Solomon Gersfeld - moliya vaziri lavozimlarini
egallashdi.
1296 Turkiston muxtoriyati rahbarlari 1,4,6
M.Tinishboyev M.Choʻqay K.Ergash
1297 Turkiston muxtoriyati rahbarlari 1,4,6
8 nafar kishidan iborat tarkibda Turkiston Muxtoriyati hukumati
tuzildi. Hukumatning Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib
Muhammadjon Tinishboyev saylandi. Islom Sulton Shoahmedov
- Bosh vazir o‗rinbosari, Mustafo Cho‗qay - tashqi ishlar vaziri,
Ubaydulla Xo‘jayev - harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg‘uli Agayev -
yer va suv boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat
vaziri, Abdurahmon O‗rozayev - ichki ishlar vazirining
o‗rinbosari, Solomon Gersfeld - moliya vaziri lavozimlarini
egallashdi. Hukumat tarkibida keyinchalik ayrim o‗zgarishlar yuz
berdi. Mustafo Cho‗qay Bosh vazir lavozimini bajarishga kirishdi.
1298
Turkiston muxtoriyati rahbarlari
M.Tinishboyev M.Choʻqay K.Ergash.
M.Tinishboyev M.Choʻqay K.Ergash.
1299
Turkiston muxtoryoti tuzulganda vazirlarni
aniqlang.
Bosh vaziri hamda ichki ishlar vaziri etib Muhammadjon
Tinishboyev saylandi. Islom Sulton Shoahmedov - Bosh vazir
o‗rinbosari, Mustafo Cho‗qay - tashqi ishlar vaziri, Ubaydulla
Xo‗jayev - harbiy vazir, Hidoyatbek Yurg‗uli Agayev - yer va suv
boyliklari vaziri, Obidjon Mahmudov - oziq-ovqat vaziri,
Abdurahmon O‗rozayev - ichki ishlar vazirining o‗rinbosari,
Solomon Gersfeld - moliya vaziri lavozimlarini egallashdi.
Keyinchalik ayrim o‗zgarishlar yuz berdi. Mustafo Cho‗qay Bosh
vazir lavozimini bajarishga kirishdi.
1300
Turkiston o‗lkasida lkadagi mavjud sud
tizimidagi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha
qozilarning huquqi tenglashtirildi?
Podsho hukumati tomonidan dastlab o‗lkadagi mavjud sud
tizimidagi qozikalon lavozimi tugatilib, barcha qozilarning huquqi
tenglashtirildi. Boshqa mustamlakachi davlatlar singari Rossiya
imperiyasi ham o‗z mustamlakasiga aylangan Turkiston o‗lkasida
dastlab tub joy aholining diniy e‘tiqodiga mos ravishda amal
qilingan shariat qoidalariga asoslangan qozilik va ko‗chmanchi
tarzda hayot kechiruvchi aholining urf-odatlariga asoslangan biy
sudlarini butunlay tugatmasdan, uni saqlab qoldi.
1301
Turkistonni boshqarishda Ruslar dastlab katta
o'zgarishni amalga oshirmasdan nimalarni
saqlab qolgan?
Rossiya imperiyasi O‗rta Osiyoning bosib olingan hududlarida o‗z
hukmronligini saqlab qolish, uni mustahkamlashni birinchi
darajali vazifa hisoblagani uchun dastlab boshqaruv sohasida katta
o‗zgarishlarni amalga oshirmagan. Yuqori organlar nazoratida
bo‗lgan mahalliy aholi vakillaridan iborat quyi boshqaruv
organlari va soliq tizimi saqlab qolingan. Quyi boshqaruvning
saqlab qolinishiga asosiy sabab mahalliy aholining ichki hayotiga
dastlabki davrda keskin aralashish va aholining an‘anaviy turmush
tarziga katta o‗zgartirishlar kiritish salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarishi mumkin edi.... o‗lka sharoitini to‗liq bilmasliklari
dastlabki vaqtda mahalliy aholi vakillarining quyi boshqaruvda
ishtirok etishiga yo‗l bergan.
1302
Turkiya XVIII asrda Rossiya qarshi kurashda
qaysi davlatlar madadiga tayangan?
ANGLIYA VA FRANSIYA.
Turkiyada iqtisodiy tanglik davri boshlandi. Bunday sharoitda
Turkiya Yevropa davlatlari madadiga tayanishni lozim ko‗rdi.
Tashqi siyosatda esa Turkiya, birinchi navbatda, ANGLIYA VA
FRANSIYA bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar nazdida ular
Rossiyaga qarshi kurashda imperiyaga ittifoqchilar bo‗lishi kerak
edi. Turkiya XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor urushlar olib
bordi, biroq yengildi.
1303
Turkiyada qaysi partiya „Yosh turklar―ni xudo
sizlikda aybladi?
Ittihodi Muhammadi partiyasi.
1304
Turkiyaga XVIII asrda Rossiyaga qarshi
kurashda qaysi davlatlar yordam bergan?
Angliya va Fransiya. (Mustafo III 1768-yili Rossiyaga qarshi
urush boshladi.) Turkiya, birinchi navbatda, Angliya va Fransiya
bilan yaqinlasha boshladi. Sultonlar nazdida ular Rossiyaga qarshi
kurashda imperiyaga ittifoqchilar bo‗lishi kerak edi. Angliya va
Fransiya hukumatlari ham mavjud vaziyatdan o‗z manfaatlari
yo‗lida foydalanib qolishga intildilar. Ularning madadidan
umidvor bo‗lgan Turkiya XVIII asrda Rossiya bilan bir necha bor
urushlar olib bordi, biroq yengildi. Mag‗lubiyat Turkiyada hukm
surayotgan O‗rta asr munosabatlarining inqiroziga sabab bo‗ldi.
1305 Tyuring, aleman bavar ...
Shimoliy Galliyada tashkil topgan frank qirolligi Xlodvigning
vorislari davrida Burgundiya va Provansni bosib oladi. Franklar
germanlarning tyuring, alemann, bavar qabilalarini ham
bo'ysundirib, ularni har yili o'lpon to'lashga majbur etadilar.
1306
U. Gajibekovning qaysi musiqiy pyesalari
musiqali pyesalari o‗zbek jamoatchiligi orasida
iliq kutib olindi?
«Go‗ro‗g‗li», «Layli va Majnun» va «Arshin mol olon»
1307
Ubaydullaxon davridagi siyosiy o‘zgarishlar?
Ubaydullaxon o‗z davlatining chegarasini
Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta
tiklashga harakat qildi. Ubaydullaxon
hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt
sifatidagi nufuzi har tomonlama o‗sdi.
Ubaydullaxon (1533-1540) qo‗liga o‗tdi. U 1533-yilda xonlik
poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‗chirtirdi. Ubaydullaxon
o‗z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda
qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg‗ol etgan Eron
qo‗shinini bir necha marta mag‗lubiyatga uchratgan edi. Ayni
paytda, u mamlakat ichkarisidagi siyosiy tarqoqlikka barham
berdi. Ismoil Safaviy qo‗shinining hujumlarini bartaraf etib,
Movarounnahrni ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab
qoldi. Ubaydullaxon bu g‗alabani Mir Arabga bag‗ishladi va
1533-1536-yillarda Buxoroda uning nomi bilan mashhur madrasa
qurdirdi. Mir Arab madrasasi hali-hamon ilm-ma‘rifat o‗chog‗i
bo‗lib qolayotir. Ubaydullaxon o‗z davlatining chegarasini
Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi.
U Hirotni ishg‗ol etgan Eron qo‗shinini bir necha marta
mag‗lubiyatga uchratgan edi.
1308 Ubaydullaxon II pul islohoti?
Ubaydullaxon II o‗tkazgan islohotlar ham muvaffaqiyatsizlikka
uchradi.Ubaydullaxon II tarkibining 35 foizini kumush tashkil
etuvchi tanga pul ishlatilardi. 1708-yilda esa bu tangalarning
bittasidan 4 ta yangi tanga zarb etila boshlandi. Natijada, yangi
pulning tarkibidagi kumush miqdori 4 marta, binobarin, amalda
pulning qadri ham 4 marta kamaygan bo‘lsa-da, yangi tanga
avvalgi eski tangaga qiymat jihatdan teng deb belgilandi.1702-yili
Subhonqulixon vafot etdi. Taxtni o‗g‗ li Ubaydullaxon II (1702-
1711) egalladi.Ubaydullaxon II ning otasi Subhonqulixon Balxni
qatag‗on qabilasi boshlig‗i, Badaxshon hokimi Mahmudbiy
otaliqqa alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi. Ubaydullaxon
davrida Mahmudbiy Balxda hokimiyatni to‗liq o‗z qo‗liga oldi va
o‗zini 1706-yilda xon deb e‘lon qildi.Ubaydullaxon II
tanhodorlarni o‗z mulkidan keladigan daromadlaridan mahrum
etdi, soliq va majburiyatlar miqdorini ko‗paytirdi.1711- yil
Ubaydullaxon II fitna qurboni bo‗ldi.1709-yilda Farg‗ona
vodiysining Buxoro xonligidan ajralib chiqishi esa siyosiy ahvolni
yanada murakkablashtirdi.Mir arab madrasasini qurdirdi.
1309 Uchinchi bosqich (3-bosqich) ???
Uchinchi bosqich (3-bosqich) 1873-1879-yillar davomida Xiva va
Qo‗qon xonligi yerlarini bosib olishdan iborat bo‗ldi.
1310 Ukraina bilan bo‘g‘liq voqealar?
1991-yil 24-avgustda Ukraina o‗z mustaqilligini e‘lon qildi. 1991-
yil dekabrda referendumda mutlaq ko‗pchilik Ukraina
mustaqilligi uchun ovoz berdi. 1991-yil dekabr Referendum bilan
birga saylovlarda Leonid Kravchuk birinchi prezident. 1996-yili
milliy valuta - grivna muomalaga kiritildi. 1996-yili Ukraina
konstitutsiyasi qabul qilingan.
1311 Ukraina bilan bo‘g‘liq voqealar?
2013-yili V. Yanukovich Yevroittifoq bilan kelishuvni
imzolashdan bosh tortishi siyosiy inqirozga sabab 2014-yil bo‗lib
o‗tgan saylovlarda Pyotr Poroshenko Ukraina prezidenti Qrim
Avtonom respublikasi va Sevastopol shahri Rossiyaga qo‗shib
1312
Ukraina prezidenti Yuchenko qaysi
Do'stlaringiz bilan baham: |